Mutafakkirlar jamoachilik haqida:
– Ikki kishi bir kishidan yaxshi, uch kishi ikki kishidan yaxshi, to‘rt kishi uch kishidan yaxshi, ko‘pchilik bilan birga bo‘linglar. (Hadis)
Jamoat bo‘lmay yakka yashash davri o‘tib ketdi. (Hadis)
Xodimlaringiz birodarlaringizdir. Ularga yaxshilik qilinglar. Agar ularni qiyinchilikda ko‘rsanglar, yordamlashib yuboringlar.(Hadis)
Odam tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mavjudotdir. (Arastu)
Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak.(I.Gyote)
Kishi jamiyat uchun yaralgan. U bir o‘zi yashashga qodir emasligidan tashqari, bir o‘zi yashashga jasorat ham qila olmaydi..(U. Blekstoun)
Yakka odam uzlatda qolgan Robinzon singari ojizdir; faqat boshqalar bilan hamkorlikdagina u ko‘pgina ishlarni qila olishi mumkin. (A.Shopengauer)
Adolat prinsipi. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining eng muhim prinsiplaridan birini adolat bilan ish yuritish tashkil qiladi.
«Adolat» – arabcha so‘z bo‘lib, odillik, to‘g‘rilik, haqqoniylik degan ma’nolarni anglatadi2. «Adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. Umuman olganda, adolat – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy munosabat- larga kirishgan odamlarning o‘z burch va vazifalarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri, qonuniy, halol, vijdonan, haqqoniy va odilona bajarishlarini o‘zida aks ettiruvchi axloqiy, siyosiy, huquqiy kategoriyadir. Adolat axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosa- batlarni nazorat qilib turuvchi odamlarning faoliyatiga baho beradigan
zaruriy o‘lchov hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining adolat prinsipi deb jamiyat tomonidan belgilangan axloqiy va huquqiy normalarni haqqoniylik bilan, odilona va xolisona, to‘g‘ri, qonuniy tarzda hayotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyatiga aytiladi.
Bu prinsip, o‘z mazmuniga ko‘ra, uch tarkibiy qismdan – taqdirlash
1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. – Т.: Ўзбекистон, 1996 – Б.335.
2 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.1. – Т.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.41.
mezoni, talab qilish mezoni hamda qonuniy baho berishdan – tashkil topadi.
Adolat prinsipining taqdirlash mezoni deganda – jamiyatning, xizmat jamoalarining har bir odamni, xizmatchini qilgan mehnatiga (xizmatiga) yarasha siylashi yoki qilmishiga yarasha jazolashi; talab qilish mezoni deganda – shaxs-xizmatchining jamiyat va xizmat jamoalari tomonidan norma, odob qoidasi, an’ana, urf-odat shaklida qaror topgan axloqiy talablarga og‘ishmay amal qilishini, ularni bajarishini qat’iy talab qilishi; qonuniy baho berish deganda esa o‘rnatilgan axloqiy baholash o‘lchovi asosida har bir harakatga berilgan bahoning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini belgilab berishi tushuniladi.
Adolat prinsipi ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida quyidagi hollarda yaqqol ko‘rinadi.
Respublikamiz Konstitutsiyasida bayon etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi, eng avvalo, o‘zining barcha fuqarolarini – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar – qonun oldida teng deb biladi (12-modda). Bu oliy darajadagi adolat prinsipining ko‘rinishidir. «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas» (26-modda).
Bunday adolatli qonun-qoida ichki ishlar idoralari xodimlarining dasturi hisoblanadi, zero O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, «jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak, hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas» (8-modda), shuningdek «qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart» (10-modda).
Adolat prinsipi ichki ishlar idoralari xodimlarining har bir xodimidan obyektiv, haqqoniy, beg‘araz, sadoqatli, rahmdil bo‘lishni talab qiladi.
Ulug‘ alloma Nosiriddin Tusiy: «Ijtimoiy (axloqiy va huquqiy. – N.M.) adolatning uchta asosi talabi bordir, bular: birinchidan, aholi turli
tabaqalarining o‘zaro uyg‘un bo‘lishini ta’minlash; ikkinchidan, el- ulusning haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish; uchinchidan, barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o‘z ulushini olishiga imkon yaratishdan iboratdir»,1 – degan edi.
Ulug‘ ajdodlarimizning adolatparvarlik haqidagi o‘lmas g‘oyalariga asoslangan holda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ichki ishlar idoralarining har bir xodimi Prezident
A. Karimov tomonidan aytilgan quyidagi: «Adolatga intilish – xalqimiz ma’naviy-ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyat. Adolatparvarlik g‘oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmida o‘z aksini topishiga sidqidildan xizmat qilish kerak2. Chunki, odamlar hamma narsaga chidashi mumkin. Ammo adolatsizlikka chiday olmaydi»3, – degan fikrlarini doimo yodda tutishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |