Ichki a'zolar to'qrisida umumiy tushuncha. Xazm a'zolarining taraqqiyoti



Download 1,63 Mb.
bet19/27
Sana13.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#787989
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
Ichki a’zolar haqida ta’limot, splanxnologiya

O‘T PUFAGI
O‘t pufagi (vesica fellea, 128- ) jigar o‘ng bo‘lagining pastki yuzasida, o‘t pufagi chuqurchasida – fossae vesicae felleae joylashgan nok shaklidagi a’zo bo‘lib, uning tubi – fundus vesicae felleae, tanasi – corpus vesicae felleae va bo‘yni – collum vesicae felleae bor. O‘t pufagining tubi eng kengaygan joydir. O‘t pufagi to‘la bo‘lganda bir oz oldinga chiqib, qorin devoriga tegib turadi.
O‘t pufagining o‘rta qismi tanasi hisoblanib, ko‘pchilik qismni tashkil etadi. O‘t pufagi tanasining oldingi toraygan qismi o‘t pufagining bo‘yni hisoblanadi, u o‘t nayiga – ductus cysticus qo‘shilib ketadi. 3–4 sm li o‘t nayi jigardan kelayotgan umumiy jigar o‘t yo‘li bilan qo‘shilib, umumiy o‘t yo‘lini hosil qiladi. Umumiy o‘t yo‘li – ductus choledochus o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi (pars descendens) katta so‘rg‘ichiga me’da osti bezi yo‘li bilan birgalikda ochiladi. O‘t pufagining devori seroz parda, nozik tuzilgan muskul parda va burmalar hosil qilib joylashgan shilliq pardadan iborat. Muskul qavatdan, umumiy o‘t yo‘lining o‘n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyida qisuvchi muskul halqasi (sfinkter) hosil bo‘ladi. Qorin parda o‘t pufagini faqat pastki tomondan o‘raydi. O‘t pufagining hajmi 50–60 sm3 bo‘lib, jigarda ishlanib chiqqan o‘tning ortiqcha qismini saqlab turadi.
O‘t shirasi jigar hujayralarida tinmasdan ajralib turadi va o‘t yo‘llari sistemasi orqali o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi.
O‘t tarkibida o‘t kislotalar, pigmentlar, xolesterin moddalari bo‘ladi. Pigmentlar hayotini tugatgan eritrotsitlarning parchalanishidan vujudga keladi. Pigmentlarning bir qismi ichak devori orqali qonga so‘rilsa, ko‘proq qismi axlatga rang beradi va tashqariga chiqadi. O‘t ichakka quyilmay qolganda (o‘t yo‘li yallig‘lanib bekilganda, tosh bo‘lganda) axlat rangsiz bo‘ladi. Odamda bir kecha-kunduzda o‘rtacha 800–1200 ml o‘t ishlanadi. O‘t ovqat moddasini, ayniqsa yog‘larni parchalab, ularning shimilishida faol ishtirok etadi.


128- . O‘t pufagi va yo‘llari.
1–tunica mucosa vesicae felleae; 2–tunica muscularis vesicae felleae; 3–corpus vesicae felleae; 4–fundus vesicae felleae; 5–plicae tunicae mucosae vesicae felleae; 6–plica spinalis; 7–collum vesicae felleae; 8–duodenum; 9–ampula hepatopancreatica; 10–ductus pancreaticus; 11–ductus choledochus; 12–ductus hepaticus communis; 13–ductus cysticus.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish