Ichki a'zolar to'qrisida umumiy tushuncha. Xazm a'zolarining taraqqiyoti



Download 1,63 Mb.
bet17/27
Sana13.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#787989
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Ichki a’zolar haqida ta’limot, splanxnologiya

ME’DA OSTI BEZI
Me’da osti bezi (pancreas, 121- l), me’daning orqa sohasida I–II bel umurtqalari qarshisida ko‘ndalang joylashgan. Me’da osti bezi og‘irligi 70–90 g bo‘lib, uch qism (bosh, tana va dum) dan iborat: boshi – caput pancreatis ilgaksimon o‘simtasi (processus uncinatus) bilan, tanasi – corpus pancreatis va dumi – cauda pancreatis. Bezning bosh qismini o‘rab olgan o‘n ikki barmoq ichak taqa shaklida joylashgan. Bezning bosh va tana qismlari chegarasida kemtik – incisura pancreatis bo‘lib, u yerdan yuqori ichak tutqich arteriya va venasi o‘tadi. Me’da osti bezining tanasi uch qirrali prizmani eslatadi va unda uchta yuza tafovut qilinadi: oldingi yuzasi – facies anterior botiq bo‘lib me’daga tegib turadi, orqa yuzasi – facies posterior qorin bo‘shlig‘ining orqa devoriga yopishgan, pastki yuzasi – facies inferior pastga qaragan. Bu yuzalar uchta qirra – margo superior, anterior va inferior yordamida o‘zaro ajralgan. Bez tanasining orqa tomonidan aorta va pastki kovak venasi o‘tadi.
Bezning dumi tanasining bevosita davomi bo‘lib, asta-sekin ingichkalashadi va taloq darvozasigacha boradi. Me’da osti bezi qorin pardadan tashqarida (ekstraperitoneal) yotadi.
Me’da osti bezi murakkab tuzilgan, chiqaruv nayi (ductus pancreaticus) ko‘p tarmoqlangan bezlarga kiradi, ishlab chiqaradigan mahsuloti jihatidan oqsil bezlariga mansub. Me’da osti bezining shirasi ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan rangsiz suyuqlikdir. Shira chiqaruv nayi orqali o‘n ikki barmoq ichakning pastga yo‘naluvchi qismiga quyiladi va oqsil, yog‘, uglevodlarni parchalab shimilishida bevosita qatnashadi. Me’da osti bezi shirasi ovqat yeyila boshlagandan so‘ng 2–4 minut o‘tgach, ajralib chiqa boshlaydi. Uning ichki sekretsiya gormoni – insulin, me’da osti bezining tana va dum bo‘laklari tarkibida joylashgan maxsus hujayralar (pankreatik Langergans orolchasi)da ajralib, qonga shimiladi. Insulin qon tarkibida (organizmda) qand miqdorini bir me’yorda saqlaydi. Insulin ishlab chiqarilishining kamayishi qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish