118- . Qizilo‘ngach.
1–pharynx (pars laryngea); 2–pars cervicalis; 3–pars thoracica; 4–pars
abdominalis; 5–pars cardiaca; 6–diaphragma; 7–qizilo‘ngachning
pastki toraygan qismi; 8–qizilo‘ngachning o‘rta toraygan qismi; 9–qizilo‘ngachning yuqorigi toraygan qismi.
Qizilo‘ngach joylashishiga qarab uch bo‘limga ajratiladi: yu q o r i b o‘ y i n q i s m i –
pars cervicalis, VI–VII bo‘yin umurtqalari chegarasiga to‘g‘ri keladi, o‘ r t a k o‘ k r a k q i s m i – pars thoracica eng uzun qismi bo‘lib, II va X–XI ko‘krak umurtqalari ro‘parasiga to‘g‘ri keladi. P a s t k i q o r i n q i s m i – pars abdominalis eng kalta (taxminan 1–2 sm) bo‘lib, diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo‘shiladi.
Qizilo‘ngach orqa tomondan umurtqa pog‘onasi bilan chegaralanadi, oldindan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. Qizilo‘ngachning ikki yonbosh sohasida adashgan nerv – n. vagus joylashgan. Qizilo‘ngachning bo‘yin sohasi ko‘krak qafasiga uning ustki teshigi orqali o‘tadi va IV–VII ko‘krak umurtqalari oldida
chap bronx bilan kesishib, uning orqa tomonidan o‘tib, o‘ng tomonga bir oz surilib joylashadi. IX ko‘krak umurtqasi sohasida, qizilo‘ngachning old tomonida aorta joylashadi va
u bir oz chap tomonga surilib, diafragma orqali qorin bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi.
Qizilo‘ngach d e v o r i u ch p a r d a d a n iborat. Uning eng ustki pardasi – tunica adventitia biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Qizilo‘ngachning qorin bo‘shlig‘idagi qismi ust tomondan qorin pardasi bilan o‘ralgan. Qizilo‘ngachning muskul pardasi – tunica muscularis esa ikki qavatdan iborat bo‘lib, tashqi qavati uzunasiga yo‘nalgan, ichki qavati aylana joylashgan muskul tutamidan iborat. Qizilo‘ngachning yuqori 1/3 qismi ko‘ndalang-targ‘il muskuldan tuzilgan bo‘lib, asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun ham uning pastki 2/3 qismi silliq muskuldan iborat. Qizilo‘ngach, odatda, yuqoridan pastga qarab qisqaradi. Qizilo‘ngachning muskul bilan shilliq pardalari (tunica mucosa) o‘rtasida shilliq osti qavati (tela submucosa) yaxshi rivojlangan. Bu holat shilliq parda harakatchan bo‘lishini ta’minlaydi va uzunasiga joylashgan burmalar hosil qiladi. Shilliq osti qavatida joylashgan qizilo‘ngachning xususiy bezlari o‘z suyuqliklarini qizilo‘ngach bo‘shlig‘iga chiqaradi. Shilliq parda qizilo‘ngachning ichki qavati bo‘lib, yaxshi rivojlangan muskul plastinkasiga yaqin joylashgan uzunasiga burmalar hosil bo‘lishiga va bezlar suyuqligining ajralishiga yordam beradi. Shilliq pardalardagi bez suyuqliklari uning yuzasini namlab turadi va ovqat luqmalari yo‘nalishini osonlashtiradi. Qizilo‘ngachning uch fiziologik toraygan joyi mavjud: birinchi – qizilo‘ngachning boshlangan qismi (halqumdan boshlangan joyida), ikkinchi – kekirdakning ikkita bronxga bo‘lingan yeri (qizilo‘ngachning bronx bilan kesishgan sohasida), uchinchi – qizilo‘ngachning diafragmadan o‘tish joyi.
Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va yutilgan suyuqlikni me’daga o‘tkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: