Ibtidoiy jamiyat tarixi


asosiy savol: Urug‘ aloqalari o‘rniga qo‘shni aloqalar bilan almashuv jarayoni. Darsning maqsadi



Download 281,48 Kb.
bet56/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88
Bog'liq
176876-converted

asosiy savol: Urug‘ aloqalari o‘rniga qo‘shni aloqalar bilan almashuv jarayoni. Darsning maqsadi: Qarindoshlik aloqalari territoriya, qo`shni aloqalari bilan almashinganligini yoritish.

Identiv o`quv maqsadlari: 3.1. Qarindoshlik aloqalari territoriya, qo`shni aloqalari bilan almashinganligini ta’riflaydi.
3-asosiy savol bayoni: Kichik oilalar o`z jamoasidan ajralib chiqishar ekan, ko`pincha boshqa joyga ko`chib borib, ba'zan, hatto o`zga jamoalarning a'zolari bilan yonma-yon o`rnashganlar. Natijada qon-qarindoshlar kollektivining butunligi, ularning territorial birligi buzilgan.
Qullik, kambag`allar va boylar mavjud bo`lgan sharoitda qarindoshlik oilalari bilan uzviy bog`liqlik yo’qolgan. Chunki, oilalar o`rtasida ham ziddiyatlar paydo bo`lgan. Qarindoshlik aloqalari territoriya, qo`shni aloqalari bilan almashingan. Bir joyda yashagan oilalar ba'zi bir birgalikda qilinadigan ishlar uchun birlashganlar. Masalan, qadimgi Sharqda ular birgalikda sug`orish inshootlarini qurganlar. Shu tariqa qo`shni jamoa - odamlarning yangi birlashish formasi vujudga kelgan. Tarixiy adabiyotlarda u territorial jamoa yoki qishloq jamoasi deb ham aytiladi. Barcha xalqlarda u yoki bu formadagi qishloq jamoasi mavjud bo`lgan.
Kichik oilada ishlab chiqarishda dehqonchilik, chorvachilik ayrboshlash va boshqa sohalarning yuksala borishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talab kuchaya bordi. Kichik oila katta xo’jalik yurita boshlash natijasida oilada kishilarning ish kuchi kifoya qilmay qoldi. Endilikda xo’jalik ishlarini olib borish uchun tashqaridan qo’shimcha yangi ishchi kuchi kerak bo’lib qoldi. Bunday ishchi kuchni o’zga qabilalar bilan olib borilgan urushlar vaqti asr olingan kishilar tashkil etib, ular qullarga aylantirilgan, ular mehnatidan xo’jalikning turli soxalarida foydalanilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, harbiy asrlar qo’shimcha ishchi kuchi qulning yagona manbai emas. Ibtidoiy jamoa tuzumining emirilayotgan so’nggi bosqichiga kelib, iste’mol buyumlarini taqsimoti o’zgarib, ba’zi kishilar nochor ahvolga tushib qoladi. Natijada qarz olish paydo bo’lib, qarzni o’z vaqtida yoki umuman to’lay olmaslik qaramlik va asoratga olib keladi. Shunday qilib qul va qulchilik vujudga keldi. Qulchilik ba’zi joylarda matriarxatning so’ngi bosqichlaridayoq vujudga keldi, ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida uning tanazzulga yuz tutgan davrida biroz rivoj topdi. Lekin bu davrdagi qulchilikni klassik qulchilikka taqqoslab bo’lmas edi. Chunki u hali ishlab chiqarishning alohida vositasiga aylanmagan edi. Ular o’z mulklariga ega bo’lishih bilan birga, ba’zi shaxsiy huquqlarga ham ega edilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan bir sharoitda hamma oilalar boylik jihatidan bir hil emas edilar. Ba’zi oilalar sermulk, badavlat, ba’zilari o’rta hol, ayrimlari esa kambag’alroq edilar. Ko’rinib turibdiki, bu davrga kelib oilalar urug’lar va qabilalar jamoasi ichida ham mulkiy-tengsizlik vujudga keldi. Mulkiy tengsizlikda esa jamiyatni boy va kambag’al tabaqalarga bo’lib yuborib, ular orasida qator ziddiyatlarni vujudga keltirdi. Bu ziddiyatlar esa ular orasidagi to’qnashuvlarga sabab bo’ldi. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi xususiy mulkning vujudga kelishi bilan chambarchas bog’liq. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi bilan jamiyatning bir necha qarama qarshi toifalarga bo’linishi ibtidoiy jamoa tuzumining negizida dastlabki quldorlik davlatlarini vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Ibtidoiy jamoa tuzumining so’nggi davrida urug’ jamoalari tarqalib qo’shni jamoalar vujudga kela boshlaydi. Urug’ jamoalarining ko’chishi boshlanadi. Yoki ular borib o’rnashgan yerga o’zga joylardan o’zga uruqqa mansub odamlar guruhi kelib o’rnasha boshlaydi. Bu ko’chishlar urug’larning dastlabki territorial birligini buzib yuborib, turli urug’lardan tashkil topgan aralash qishloqlarni vujudga keltiradi. Bu qo’shni jamoalar edi.
Shu tariqa qon-qarindosh urug’chiligi buzilib qo’shni jamoalar paydo bo’ladi. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarda bu qishloq jamoasi, chorvadorlarda esa ko’chmanchilar jamoasi nomini oladi.
Qishloq jamoasi ibtidoiy jamoa tuzumining so’nggi bosqichi hisoblanadi. Qishloq jamoasi dualizm-ikki tomonlama xarakterga ega edi. Bu ikkiyoqlik qishloq jamoasida ayni bir vaqtning o’zida ham xususiy ham ijtimoiy mulkning mavjud ekanligi bilan xarakterlanadi. Yerni yakka-yakka ishlash, undan hosilni xususiy o’zlashtirish, hayvonlar, qishloq xo’jalik buyumlari, qullar, «uy va uning qo’shimcha qismi-xovli» xususiy mulk hisoblanib, ekiladigan yer, o’tzorlar, o’tloq, yaylovlar, o’rmonlar, tog’-toshlar va suvlar umumiy mulk hammaga tegishli bo’lgan. Lekin qishloq jamosi ham barqaror bo’lmay, keyinchalik o’zgarishga uchragan. Qadimgi Sharqning sug’orma dehqonchiligi rivojlangan mamlakatlarida qishloq jamoalari nisbatan barqaror bo’lib, uzoq yashaganlar. Chunki sug’orma dehqonchilikka asoslangan mamlakatlarda kanallar qazish, sug’orish inshoatlarini qurish va ularni tartibga solib turish hamisha, hamma vaqt birgalikda mehnat qilishni taqazo etar edi. Shuning uchun ham bunday mamlakatlar uchun qishloq jamoasining ahamiyati katta edi.

Download 281,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish