Ibtidoiy jamiyat tarixi



Download 281,48 Kb.
bet57/88
Sana28.05.2022
Hajmi281,48 Kb.
#613425
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88
Bog'liq
176876-converted

NAZORAT TOPSHIRIQLARI:


  1. Matrilokal o‘rnashish nima?

  2. Patronimiya nimai?

  3. Patriarxal oilalar va patronimiyalar birlashib nimani tashkil qiladi?

  4. Xususiy xo`jalik va xususiy mulkning vujudga kelishi qanday oqibatlarga olib keldi?

  5. Patriarxal jamoalar kichik oilalarga bo`linib ketish sabablari?

  6. Qanday oila monogam oila deb ataladi?

  7. Qarindoshlik aloqalari territoriya, qo`shni aloqalari bilan almashinganligi sabablari nimada edi?

  8. Qarindoshlik aloqalari territoriya, qo`shni aloqalari bilan almashinganligi sabablari nimada edi?




Asosiy savollar:


  1. Amaliy bilimlar.

  2. San’at.

  3. Ibtidoiy din.

12-MAVZU: MA'NAVIY MADANIYAT. IBTIDOIY JAMOA VA SIVILIZATSIYA.


  1. Ilmiy bilimlar va yozuv kurtaklari.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ibtidoiy jamiyatda hisob-kitoblar. Geometriya. Tabiat haqidagi bilimlar. Jo`g`rofik tushunchalar. Tillar, etnoslar va qabilalar. Tafakkur va nutqning o`sishi. Ibtidoiy jamiyatda san'at. Ibtidoiy din va uning turlari. Yozuv turlari va shakllari.

1-asosiy savol: Amaliy bilimlar.


Darsning maqsadi: Insoniyat amaliy bilimlarni juda uzoq muddat davomida hayotiy ehtiyojlar zamirida egallaganligi sabablari va mohiyatini yoritib berish.
Identiv o`quv maqsadlari: 1.1. Dastlabki turar joylarni tahlil qiladi. 1.2. Ibtidoiy kiyim- boshlarning turlari va uy ro`zg`or anjomlarini yoritib beradi.
1.3. Insonning tabiat bilan kurashida bilimlar zabt etib borilganligi ochib beradi.

  1. asosiy savol bayoni: Insonlar o`z mehnatlarini yengillashtirish uchun mehnat qurollarini takomillashtirib borganlar. Oddiy tosh qurollaridan kamon va o`qlar, suyak va metallardan foydalanib, juda oddiy dastgohlar ixtiro qilish sari rivojlanish yo`li bosib o`tilgan. Odamlar avval qulayroq tabiiy pana joylar g`orlardan turar joy sifatida foydalanganlar. Keyinroq esa turli-tuman sun'iy uylar qurishga o`tganlar. Qurilish xom-ashyosi sifatida xodalar, paxol, qamish, po`stloq, teri, daraxt, tosh, loy, keyinroq g`isht, keyinroq pishirilgan g`ishtlardan foydalanishni o`zlashtirganlar.

Dastlabki turar joylar devorsiz, eshiksiz va derazasiz bo`lgan. Uylar gulxan yordamida isitilgan. Turar joyning tepasi ochiq bo`lgan va yorug` tushib turgan. Arxeologlarning ma'lumotlariga ko`ra madlen davrida uylarni sun'iy yoritish boshlangan. Tosh kosadan pilik

chiqarib yog` solib qora chiroq yasaganlar. Dastlab hech qanday mebel bo`lmagan, yerga bo’yra, teri solib o`tirishgan. So`ri va mebel keyinroq paydo bo`lgan. Amerika indeetslari osma to`r belanchaklarda uxlaganlar. Uy ro`zg`or buyumlari novdalar, qayin po`stlog`i, bambuk, yog`och, loy va teridan yasalgan. Dastavval mahsulotlar to`qib, usti loy bilan suvalgan idishlarda saqlangan, ovqat esa qizitilgan toshlar yordamida yog`och tog`oralarda pishirilgan. Sopol buyumlar ixtiro qilingach, chinakam ovqat pishirish mumkin bo`lgan. Ovqat yeyishda kosa, tovoq, qoshiq, pichoq va cho`plardan foydalanishgan. Don maydalash uchun toshdan yasalgan don yanchg`ichlar, yog`och o`g`irlar yasalgan.
Ibtidoiy kiyim-boshlarning turlari xilma-xildir. Hammadan avval sovuq o`lkalarda kiyim bosh paydo bo`lgan. Fartuk, kamar, plash, yubka erkak va ayollarning eng qadimgi kiyim boshlari namunalaridir. Yengil kiyim va ishton keyinroq paydo bo`lgan. Barglar, teri, o`simlik tolasi va jundan suyak ninalar bilan kiyimlar tikishgan. Oyoq kiyimlari yog`och, kigiz, teri va jundan tayyorlangan. Ibtidoiy davr odami ilk bor kiyim haqida bosh qotirgan ekan, bunga zarurat sabab bo’lgan. Aniqroq qilib aytganda, kiyimning paydo bo’lishi sovuqdan saqlanish, hasharotlardan, ziyon-zahmatdan o’zini himoya qilish va, nihoyat, uyalish tuyg’usi bilan bog’liq bo’lgan. Kiyim paydo bo’lgach, oradan ma'lum vaqt o’tgandan keyin kishining kiyim- kechakka bo’lgan munosabatida nafosat tuyg’usi shakllana boshlaydi.
Agar kiyimning rasm bo’lishi ijtimoiy sharoitlar, iqtisod, ma'naviy maslak, mafkura, iqlimiy va milliy xususiyatlar bilan bog’liq bo’lsa, kostyumni kishining ijtimoiy mohiyatini, jamiyatda tutgan o’rnini ifoda etuvchi kiyimlar, zeb-ziynatlar, boshqalardan farqlovchi belgilar va soch shaklini uyg’unlashtiruvchi vosita deb qarash mumkin.
Nemis faylasufi L. Feyerbax kishilarning biron-bir tashqi qiyofaga ega bo’lish borasidagi intilishlarida o’sha davr kishilarining ijtimoiy munosabatlari doimiy ravishda o’z ifodasini topadi, deb ta'kidlagan edi32.
Qayerdaki inson, uni o’rab olgan atrof-muhit qarshisida ojizlik qilsa, tabiat hodisalari oldida qo’rquvga tushsa, o’sha yerda din vujudga keladi. Ibtidoiy davr dini tashqi dunyoni o’zgartira olmay, kishini tashqi sharoitlarga moslashtirish uchun uning o’zini o’zgartirishga da'vat etdi. Din insonni go’zallik manbai deb hisoblamaydi. Qadimiy dinlardan biri — totemizmga ko’ra, xudo-totemga o’xshagan kishigina go’zal hisoblanadi. Avstraliyadagi qabilalardan birida hozirgacha timsohni totem deb e'zozlashadi; totem sharafiga o’tkaziladigan har yilgi bayramlarda esa odamlar badanini timsoh terisi singari yo’l-yo’l qilib yashil rangga bo’yashadi. Keyin ular timsoh harakatlariga taqlid qilib raqsga tushishadi.
Tinch okeanidagi Bismark orollarida istiqomat qiluvchi tub-joy aholi, Kilimanjarodagi vatchacha qabilasi va Janubiy Amerikadagi botokudalar quloqlarini g’oyat kattalashtirib, muskulini shu qadar pishitishganki, natijada ularning qulog’i fil qulog’iga o’xshab boshqaruv rolini o’ynaydigan bo’lib qolgan. Sayyohlar hazil qilib, bu odamlar yotganlarida ularga na yostiq va na choyshab kerak bo’ladi: bir qulog’ini ikkiga buklab yostiq qiladi, ikkinchi qulog’i esa xuddi choyshabdek uning ustini yopib turadi, deyishadi.
Sehrli bezak hisoblangan tumor haqida ham diniy talqinlar mavjud. Diniy e'tiqodga ko’ra, tumor kishini faqat bardam qilibgina qolmay, balki uni go’zallashtiradi ham. Chunonchi, Avstraliyaning aranda qabilasidagi xotinlar eri o’lganda, dastlab, erining ko’zi va miyasini olib yeyishadi. Bundan maqsad erining aqli va o’tkir ko’zliligini olib qolishdir. So’ngra uning kalla suyagini tumor qilib bo’yinlariga osib yurishadi. Oila tashvishi endi tul xotin zimmasiga tushishi tufayli u ushbu sehrli vositalar foydali va shuning uchun go’zal deb qat'iy ishonadi.
Teriga o’chmas yozuv va shakllar tushirish (tatuirovka) kabi sehrli bezak vositasi ko’p xalqlarga ma'lum. Tinch okeandagi Fija orolining aholisi badaniga tatuirovka tushirgan



32 Н.Ғойибов, В.Голованова. Эътиқод, кийим-бош, гўзаллик. // Фан ва турмуш. 1969, №
9. 22-24 бетлар.
kishilargina narigi dunyoda huzur-halovatda bo’ladilar, deb hisoblaydi. Yangi Zelandiyada faqat qo’l va oyoq, ko’krak va yuzlarigagina emas, labiga va hatto eng nozik a'zolariga ham tatuirovka tushirishadi. Bunday tatuirovka tushirish oylab cho’zilar, hayot uchun xavfli bo’lib, tatuirovka qildirgan kishilar ko’pincha saramas degan dardga yo’liqib halok bo’lardi.
Meksika, Peru, Kolumbiyada va nutka degan hindu qabilasida odam boshining shaklini sun'iy ravishda o’zgartirish rasmi bor. Kalla suyagi yo oldindan orqaga qarab, yo tepadan pastga qarab qisib o’stiriladi. Bir vaqtlar Frantsiyaning Bretan viloyatida, Qrim va Kavkazda, aranda qabilasida kalla suyagi shaklini cheleh deb ataladigan maxsus bosh kiyimi bilan o’zgartirishgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, tubjoy aholisi oddiy, bezaksiz, ya'ni biron xudoga o’xshamaydigan qiyofani ko’rganda g’oyat ajablanadi.
Bunda xudo bilan bog’liq har qanday narsa estetik qiymatga ega bo’ladi. Yuz va badanni rang-barang bo’yash, badanni tilib bezak tushirish, g’alati soch ko’rinishlari va taqinchoqlar urug’doshlik jamiyati a'zolari uchun haqiqiy go’zallik ana shularda namoyon bo’ladi, chunki bular uni narigi, ideal dunyoga muvofiqlashtirishi lozim. Kishi qiyofasida uning ilohiyotga aloqadorligi qanchalik yorqin aks etsa, u qabiladoshlariga shunchalik go’zal ko’rinadi. Masalan, Afrikadagi vatuzi qabilasining ayollari sochlariga gulsimon shakllar berishadi, boshqa bir qabiladagi ayollar esa boshlariga minorasifat qilib o’ragan sochlarini gullar bilan bezatishadi. Bu baland soch o’rami boshni tropik quyosh issiqligidan saqlaydi, uni foydaliligi va xudoga yoqadigan bo’lganligi uchun ham go’zal deb hisoblashgan.
Vishnu va Shiva xudolariga sig’inuvchilar peshonasini bo’ylama va enlamasiga yo’l- yo’l qilib bo’yashadi. Bu odat ularning ana shu xudolarni e'zozlovchilar sifatida ajralib turishlariga yordam beradi. Shimoliy amerikalik hindular ko’zlarining atrofiga g’alati doiralar chizishadi33.
Uy-joy qurilishi, kiyimbosh, oyoq kiyimi, uy ro`zg`or anjomlari, xona kasblarining yog`och, daraxt po`stlog`i va teri ishlash, to`qish shaklida rivojlana borishi bilan bevosita bog`liqdir. Avval boshida qayiqlar, chana, chang`i, bronza asriga kelib g`ildirakli arava transport vositasi bo`lib xizmat qilgan.
Albatta insoniyat bu bilimlarni juda uzoq muddat davomida hayotiy ehtiyojlar zamirida egallaganlar. Urug`ning qabilaning zo`r berish bilan keksa avlod bu amaliy bilimlarni yosh avlodga o`rgatgan. Ilk yoshdagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan. Insonning tabiat bilan kurashida bilimlar zabt etib borilgan. Bu jasorat afsonalar, maqollar, matallarda kuylangan. Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo`lmagan.

  1. Download 281,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish