ENDOGAMIYA(yunoncha ichki nikoh ma’nosini bildiradi) – bu qabilaning faqat birinchi etnik birligi sifatida muhim belgisi bo’lib qolmay, shu bilan birga ibtidoiy davrdagi ijtimoiy tashkilotning oliy shakli sifatida ham muhimdir.
ETNIK GURUH - til, miadaniyat, din, turmushga xos eng ahamiyatli jihatlarni saqlagan elat yoki millatning o’ziga xoslangan qismi. Unday guruhga milliy-etnik, diniy-jamoaviy, til, madaniy-maishiy belgilarga ko’ra o’ziga xoslanib subetnik, etnokonfessiya, etnolingvistik jamoalarni tashkil qiladi, bular keyinchalik muayyan etnosiyosiy mavqeitni davo qila boshlaydi.
Jahon tajribasidan ko’rinadiki, etnik ozchilikning mavqei, tutgan o’rniga ijtimoiy-siyosiy turmushning barqarorligiga bog’liq ekan. Barqaror bo’lmagan vaziyatlarda ko’proq o’z huquqlarini ta’minlashga ko’proq ishonch bo’lishiga muhtoj etnik guruhlar o’zlarini noqulay sezadi, chunki bular o’ziga xos madaniyatlarini yo’qotish xavfi, kamsitilish va xo’rlanish xavfi ostida bo’ladilar.
Etnoslararo munosabat barcha qolgan turlar bilan tarixan irga kechayotgan guruhlararo munosabat turi hisoblanadi. U insoniyat o’tmishi bilan chuqur bog’liq, shu bilan birga ijtimoiy hayotni tashkil etishning ruhiy qonuniyatlariga taloqador, ular qadim antropogenez vaqtida tug’ilgan birinchi galda etnik guruhga mansublik belgisi bo’yicha “biz” – “ular” qarama-qarshiligi osha rivojlanadi.
ETNOGENEZ(yunon –tug’ilish) – xalqlarning kelib chiqishi.Etnogenez etnoslar mavjudligining sezilarli qismini qamrab oladi, ham bir xalqning yuzaga kelishi boshlang’ich bosqichlari va ham uning etnografik-lingvistik va antropologik jihatdan o’ziga xos tarzda keyingi rivojlanishini o’z ichiga oladi.
ETNOLOGIYA(yunon-tushuncha, ta’limot plyus xalq) – etnografiyaga yaqin bo’lgan tushuncha, lekin undan farqli o’laroq xalqlar madaniyatining rivojlanishi, umumlashtiruvchi ilmiy sohadan iboratdir. Bunda etnografiya avvalo tavsifiy fan sanaladi, shu bilan birga umumlashtirishning muayyan darajasini inkor etmaydi. Turli mamlakatlarda bu fan turlicha nomlanadi. Uni ko’pincha etnoslar haqidagi fan, aholishunoslik, ijtimoiy antropologiya va hokazo tarzda nomlaydilar.
FARG“ONATROP – olimlar Farg“onaning Seleng“ur g“oridan topilgan odam suyagi qoldiqlariga shunday nom berishgan. Ilk tariximizning tamal toshlari ilk bor ajdodlarimiz tomonidan Selung“ur g“orida qo“yilgan bo“lib, uning yoshi 1 mln 200 ming yil bilan belgilanadi. Bizning tariximiz Selung“ur g“orida paydo bo“lgan arxantroplardan boshlanadi. O“rta Osiyo xalqlarining ajdodlari ilk bor Farg“ona vodiysida paydo bo“lgan va azaldan ularning avlodlari uzluksiz yashab kelmoqda.
FЕTESHIZM (portugalcha fetico, fransuzcha fetiche - sehrli narsa, tumor) - g“ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar - fetishlarga sig“inish. Sig“inish obyektlari, ya“ni fetishlar - tosh, tayoq, ko“zmunchoq, tumor va har qanday buyum bo“lishi mumkin. Fiteshizm dinining qadimgi unsurlaridan biri. Barcha ibtidoiy xalqlarda bo“lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |