NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH FAKULTETI
“AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” YO’NALISHI
2-KURS 27-ATT-20 GURUH TALABASI
IBROHIMOV MUZAFFARNING
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH
FANIDAN TAYYORLAGAN
AMALIY ISHI
Topshirdi: M.Ibrohimov
Qabul qildi: M.G'ofurjanov
Namangan
1-Amaliy mashg'ulot
Metrologiyaning rivojlanish bosqichlari va uning
ilmiy texnikaviy taraqqiyotga ta'siri
Ishning maqsadi:
1.Metrologiyaning asosiy aksioma va postulatlari bilan tanishish.
2. Sifatning asosiy mezonlari o'lchash bilan bog'langan metrologiyaning asosiy tushunchalarini tarozida m massali namunani o'lchagan holda amaliy tushunish.
Kerakli qurilma va meteriallar: elektron tarozi, m massali namuna, mexanik tarozi, kompyuter qurilmasi, o'quv qurollar.
Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari.
1-aksioma. Aprior ma'lumotisiz o'lchashni bajarib bo'lmaydi.
2-aksioma. O'lchash, taqqoslash, solishtirish demakdir. O'lchash degani sodda qilib aytganda olingan obyektda tekshirilayotgan kattalik qanchalik ko'p yoki kam tadbiq etilganini aniqlash hisoblanadi. Masalan ko'z oldimizda turgan ixtiyoriy bir narsani aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarining uzunligini o'lchash kerak bo'lsa bizning ko'z oldimizga 1 metrga teng uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va bo'yi to'grisidagi ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va g'ayrioddiy tarzda o'tadiki biz bu haqida o'ylashga ham ulgurmaymiz. Boshqa bir kattalik masalan tanovul qilayotgan ovqatning mazasini olaylik bu kattalik hozircha o'lchab bo'lmaydigan kattalik, uni faqat baholanadi.
3-aksioma. O'lchash amalidan oldingi natija tasodifiydir.
Metrologiyaning asosiy postulatlari kattalikning chinakam qiymatini aniqlab bo'lmaydi.
1-postulat. O'lchanayotgan jismning chinakam qiymati mavjuddir.
2-postulat. Kattalikning chinakam qiymatini aniqlash mumkin emas.
3-postulat. O'lchash amalida kattalikning chinakam qiymati doimiydir.
Ishning bajarish tartibi: m massali jismni olinadi. Dastlab uni elektron tarozida 5marta o'lchanadi, so'ngra mexanik tarozida 5marta o'lchanadi. Ularning bir-biridan farqi va foizini aniqlab jadvalga yoziladi.
Elektron tarozi Mexanik tarozi
1-Amaliy mashg'ulot. Bu m massali jismni o'lchashda olingan natijalar kiritilsa o'rtacha qiymatlarining farqi va foizini hisoblab beradigan dastur.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
float m1,m2,m3,m4,m5,n1,n2,n3,n4,n5,M,N,S,Foiz;
cout<<" Dastlab elektron tarozida 5marta o'lchangan jismning massalari kiritilsin:"<cout<<" m_1="; cin>>m1;
cout<<" m_2="; cin>>m2;
cout<<" m_3="; cin>>m3;
cout<<" m_4="; cin>>m4;
cout<<" m_5="; cin>>m5;
cout<<" Endi mexanik tarozida 5marta o'lchangan jismning massalari kiritilsin:"<cout<<" m_1="; cin>>n1;
cout<<" m_2="; cin>>n2;
cout<<" m_3="; cin>>n3;
cout<<" m_4="; cin>>n4;
cout<<" m_5="; cin>>n5;
M=(m1+m2+m3+m4+m5)/5;
N=(n1+n2+n3+n4+n5)/5;
{ if(M>N)
S=M-N;
else S=N-M;}
{ if(M>N) Foiz=100-(N*100/M);
else Foiz=100-(M*100/N);}
cout<<" Elektron tarozi bilan Mexanik tarozida o'lchangan natijalarning o'rtacha qiymatlarining farqi: "<return(0); }
Dasturning natijasi:
Xulosa
Men xulosa qilib shuni aytamanki, bu 1-amaliy mashg'ulotda ko'p narsalarni bilib oldim. Yani elektron tarozi bilan mexanik tarozida o'lchashlarni bajarib ko'rdik va elektron tarozi nisbatan aniqroq o'lchani ko'rdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |