Ibragimova G. N “ ” “ijtimoiy pedagogika” fanidan kurs ishi mavzu: sharq allomalari asarlarida dars va darsga qoʻyilgan talablar talaba



Download 68,52 Kb.
bet9/10
Sana05.12.2022
Hajmi68,52 Kb.
#879402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibragimova G. N “ ” “ijtimoiy pedagogika” fanidan kurs ishi mavz

Tarbiyaning zamoni. Ushbu bo‘limda Avloniy tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi: “Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq”, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan

  • uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan.

2. Badan tarbiyasi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur: “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”.
3. Fikr tarbiyasi. sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikri, tafakkuri tarbiyasini o‘qituvchilar faoliyatiga bog‘laydi: “Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning “diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur”. Shu o‘rinda alloma ta’lim va tarbiya jarayoni uzviy bog‘liq ekanini ham ta’kidlab, jumladan shunday deydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”.
4.Axloq tarbiyasi. Risolada ushbu masalaga nihoyatda keng o‘rin ajratilgan. Alloma insoniy xulqlarni yaxshi va yomon toifalarga ajratadi va har biriga alohida tushuntirish berib o‘tadi, fikr-mulohazalarini hayotiy misollar orqali dalillashga harakat qiladi. Chunonchi, yaxshi xulqlarni shunday izohlaydi: “Yaxshi xulq – bir qismi o‘z nafsimizga, bir qismini bir- birimizga qarshi ishlatmak uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g‘ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munsilik, sadoqat, muhabbat va afvdur.” Yomon xulqlar esa quyidagicha keltiriladi: “Insonlarni saodati abadiyadan mahrum qiladurgon, janobi Haq qoshida va xalq nazarida mazmum, hayoti jovidonimizda masmum bo‘lgan axloqi zamimalar: g‘azab, shahvat, jaholat, safohat, hamoqat, atolat, hasosat, raxovat, anoniyat, adovat, namimat, g‘iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq, ta’ma, zulmdur”, deydi va ularning har biri borasida alohida to‘xtalib, ularning mazmun-mohiyatini, ijtimoiy zaruratini yetarlicha asoslab beradi. “Turkiy guliston yoxud axloq” risolasida Avloniy, shuningdek, har bir kishi o‘z vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy bo‘lsa, o‘z shogirdlarining ko‘ngliga ma’rifat ishqini solishi, xalq o‘rtasiga ma’rifat tarqatishi zarurligini ta’kidlaydi, ilm-hunar egallashning ijtimoiy ahamiyatini ko‘rsatadi: “Hozirgi zamonda maqsadga yetmak, o‘z millatiga xizmat qilmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur. Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanadur. ...Mol topmoqning eng barakatli yo‘llari: hunarmandchilik, ekinchilik, chorvachilik, savdogarlikdur. Bularning har biriga ham bu zamonamizda bilim lozimdur... ildizi ham shunga borib taqaladi. «Turkiy guliston…» da aql va ilmning, ma’naviy-axloqiy olamning favqulodda ehtiros bilan ulug‘lanishi adib ma’rifatchiligining bevosita mazmunidan kelib chiqadi. Mana u nima deb yozadi:«Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir…».
Abdulla Avloniy asarlarining barchasida o‘quvchilarni tinimsiz ilm egallashga, bilim olishga chaqiradi. Ilm egallash esa o‘zidan-o‘zi bo‘lmaydi, albatta. U har bir kishidan muayyan layoqat va qobiliyatni talab qiladi. Chunonchi, sinchkovlik, har bir narsaga ibrat nazari bilan qaray olish, sa’y- g‘ayrat, shijoat kabilar shunday sifatlar jumlasiga kiradi. «Inson ibrat nazari ila boqub, dunyo kitobidan o‘z qadr-hissasini bilib olmagi lozimdur, - deb yozadi Avloniy. - Shuning uchun aql sohiblari, fatonat egalari o‘zlariga foydasi bo‘lsa-bo‘lmasa, sinchiklab qarag‘on narsalaridan bir hissa olmay qo‘ymaslar».
Xulosa qilib aytganda, eshitishida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish jarayonida Abdulla Avloniy asarlaridan foydalanishimiz, hikoyalaridan misollar keltirishimiz, nafaqat ularga munosib ta’lim berishimizda balki, komil inson qilib tarbiyalashimizda ham juda muhimdir. O‘qitish jarayonida eshitishida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarimizni tarbiyalash xususida Abdulla Avloniy «Turkiy guliston…» asarida shunday deydi: «Alal - hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur».
XULOSA
Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliymadaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaritarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda». Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ allomalarimizdan Forobiyning ta’kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarini – bilimli bo’lishga, to’g’rilik va haqiqatni sevishga, jasur do’stlarga sadoqatli bo’lish singari fazilatlarni egallashga intilmog’i 26 lozim. Bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lish uchun baxt – saodatga eltuvchi jamoa bo’lishi kerak. Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga: aql – ongiga axloqiga (xulq - atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim – tarbiya, uning fikricha, insonning aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim. Forobiy ta’lim – tarbiya ishiga kirishilishi, uni boshlashdan avval odamlarning shaxsiy xislatlarini bilish lozimligini aytadi. Uning fikricha insoning hohishi, ixtiyor, iroda, yaxshilik va yomonlik kabi xislatlarini, nimaga qobiliyati borligini aniqlamay turib ishga kirishish kutilgan natijani bermaydi. Xulosa qilib aytganda Sharq allomalari pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o’z mohiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.


Download 68,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish