10. Burchak tomonlaridan bir xil uzoqlikda yotgan burchak ichki nuqtalarining geometrik o‘rni burchak bissektrisasidir. 11. To‘g‘ri burchakli uchburchakning 30° li burchagi qarshisidagi katet gipotenuzaning yarmiga teng. 12. Agar to‘g‘ri burchakli uchburchakning kateti gipotenuzaning yarmiga teng bo‘lsa, bu katet qarshisidagi burchak 30° ga teng. 13. Uchburchak tengsizligi.Uchburchakning ikki tomoni yig‘indisi uchinchi tomondan katta. 14. Uchburchak tengsizligidan kelib chiqadigan natija. Siniq chiziqning bo‘g‘inlari yig‘indisi birinchi bo‘g‘inining boshi va so‘nggi bo‘g‘inining oxirini tutashtiruvchi kesmadan katta. 15. Uchburchakning katta burchagi qarshisida katta tomon yotadi. 16. Uchburchakning katta tomoni qarshisida katta burchak yotadi. 17. To‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi katetidan katta. 18. Agar bir nuqtadan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar va og‘malar tushirilsa, u holda 1) Perpendikulyar og‘madan qisqaroq; 2) Katta og‘maga katta proyeksiya mos keladi va aksincha.