Ibragimov sherali eshonkulovich


Ingliz matematik terminlar ro’yxati



Download 1,43 Mb.
bet39/39
Sana29.12.2021
Hajmi1,43 Mb.
#75661
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Malaka ishi Ibragimov asosiy

Ingliz matematik terminlar ro’yxati.




Ingliz tilida

O’zbek tilida

1

Altitude

balandligi

2

Angle

burchak

3

Angle bisectors

burchak bisektorlari

4

Central angle

markaziy burchak

5

Circle

aylana

6

Properties

xususiyatlari

7

Circumcenter

aylanuvchi

8

Collinear, ix

to'qnashuv

9

Concur

concur

10

Cubic equation

kub tenglama

11

Theorem

teoremasi

12

Difference of squares

farqi

13

Exterior angle

tashqi burchak

14

Median

median

15

Parallelogram

parallelogram

16

Pythagorean Theorem

pifagor teoremasi

17

Quadratic equation

kvadrat tenglama

18

Quadrilaterals

to'rtburchaklar

19

Secant

secant

20

Similar triangles

shunga o'xshash uchburchaklar

21

Triangle

uchburchaklar

22

Circumscribed

tirajlangan

23

Inscribed

yozilgan

24

Triangle existence

uchburchak mavjudligi

25

Trigonometric

trigonometrik

26

triangle angle

uchburchaklar

27

triangular side

uchburchak tomoni

28

find the face

yuzani topish

29

requires proof

isbot talab qiladi

30

qualification work

malaka ishi


(Malaka ishi himoyasida o‘qilgan adabiyotning aslini ko‘rsatish hamda inglizcha kalit so‘zlardan foydalangan holda gap tuzish ko‘nikmasi talab qilinadi (tanlov shaklida)
the height of the trapezoid is perpendicular to its base –

trapetsiyaning balandligi uning asosiga tushirilgan perpendikulyar
the length of the circle is multiplied by its radius by 2Pi-

aylananing uzunligi uning radiusini 2Pi ga ko'paytmasidan iborat
in a right-angled triangle the square of the hypotenuse is equal to the sum of the square of the legs-

to'g'ri burchakli uchburchakda gipotenuzaning kvadrati katetlar kvadratining yi'g'indisiga teng
Methods of Solving Complex Geometry Problems-geometrik masalalarni hal qilish metodlari
Many of us fear mathematics. Sometimes we live with this fear all our lives.

We assume that math is not for us and believe that our next-door neighbor is a

genius just because he or she is a math major. When I was young, I trained

professionally as a musician. -

Ko'pchiligimiz matematikadan qo'rqamiz. Ba'zan biz butun hayotimiz davomida bu qo'rquv bilan yashaymiz.

Matematika biz uchun emas deb taxmin qilamiz va qo'shni qo'shnimiz bu

daho, chunki u matematikani yaxshi biladi. Yoshligimda mashq qildim

professional tarzda musiqachi sifatida.
Tinglovchi Ibragimov Sherali Eshonkulovichning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan

YO‘L XARITASI




Amalga oshiriladigan tadbir (muammo)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

(yil, oy)

Kutilayotgan natijalar diagnostikasi

1yil

1

Yangi o’quv yili uchun Avgust kengashlariga tayyorgarlik ko’rish:

ish reja, o’quv dasturi, o’zgarishlarni aniq, to’liq tahlil qilish.



Namunaviy dars mazmuni, o’qituvchilar yuritadigan me’yoriy hujjatlarning namunasi ishlab chiqiladi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalar o’rganib boriladi.

Avgust oyida

Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga ish hujjatlarini yuritilishi va faoliyatini aniq bir yo’nalishda tashkil etiladi. Mazmunnoma, ish reja, jurnal yuritilishini, darsliklardagi o’zgarishlarni to’liq tushunadilar.Yosh mutaxassislarga metodik yordam beriladi.

2

Ko’rgazma qurollar bankini yaratish

Dars beradigan sinflar uchun ko’rgazma qurollar banki yaratiladi

Iyul va avgust ylarida

O’qituvchilar va yosh mutaxassislar haqida statistik ma’lumot yaratiladi. O’qituvchilar bilan metodik ishlarni tashkil etishda qulaylik tug’iladi.

3

Yosh mutaxassislarga metodik yordam berish ishlarin ashkilllashtirish

Metod kunlarda o’qituvchilar bilan yig’ilishlar o’tkaziladi. Ta’limdagi yangiliklar bilan o’rtoqlashiladi

Har hafta metod kunlari

(yil davomida)



Chora-tadbirlar rejasi tuziladi. Reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Darslar tahlil qilinadi, joyida tavsiyalar beriladi, yakka tartibda metodik xizmat ko’rsatiladi.Yosh mutaxassislarga e’tibor kuchaytiriladi. Metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

4

Fan metodbirlashma faoliyati muvofiqlashtirish.
Metodbirlashma a’zolari bilan seminar tashkil etish.

Ommalashtirish, me’yoriy hujjatlar, o’qituvchilar ning darslarga tayyorgarlik darajasi, metodbirlashmaning yuritadigan hujjatlari o’rganiladi va muhokama qilinadi.

2 oyda bir marta

Yilda 2 marta



Ish faoliyatida uchraydigan kamchilik va muammolar bartaraf etiladi, ilg’or ish tajribalar muhokama qilinadi, ehtiyojlar aniqlanadi, hisobotlar tinglanadi

5

Matematika fani bo’yicha 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim” to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida“gi 140-sonli qaror hamda 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori ijrosini ta’minlash.

Fan o’qituvchilardan, o’quvchilaridan onlayn testlar olinadi. Natijalari jadvalda umumlashtiriladi.

Yil davomida

Ta’lim –tarbiya jarayonini amalga oshirishda DTS talablari hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida darslar tashkil etiladi.Ta’limga oid davlat siyosati tizimli tashkil etiladi. Fan bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilarning bilim sifati aniqlanadi. Sinflar kesimida o’qituvchilarning tahliliy ma’lumoti bo’ladi. Reyting qilinadi.Fan metodbirlashma yig’ilishida tahlil qilinadi. O’qituvchi va o’quvchilarning aniq natijasi aniqlanadi.

6

“Bilimlar bellashuvi”, fan olimpiadalarini o’tkazish.

Fan yo’nalishi bo’yicha nazoratchi bo’lish va adolatli tashkil etish.

Reja asosida

Tanlovlarning odilona o’tishiga e’tibor beriladi. O’quvchi va o’qituvchining natijasi aniqlanadi. G’olib o’quvchilar va fan o’qituvchilari munosib rag’batlantiriladi. O’quvchilarning fanga qiziqishi ortadi, o’qituvchilarning mavqyei oshadi.

2 yil

1

Yangi o’quv yili uchun Avgust kengashlariga tayyorgarlik ko’rish:

ish reja, o’quv dasturi, o’zgarishlarni aniq, to’liq tahlil qilish.



Namunaviy dars mazmuni, o’qituvchilar yuritadigan me’yoriy hujjatlarning namunasi ishlab chiqiladi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan berilgan tavsiyalar o’rganib boriladi.

Avgust oyida

Ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarga ish hujjatlarini yuritilishi va faoliyatini aniq bir yo’nalishda tashkil etiladi. Mazmunnoma, ish reja, jurnal yuritilishini, darsliklardagi o’zgarishlarni to’liq tushunadilar.Yosh mutaxassislarga metodik yordam beriladi.

2

Umumta’lim maktabida o’quv samaradorligini oshirish bo’yicha seminar treninglar tashkil etish.

Buyruq va chora-tadbirlar rejasi ishlanadi. Ped.texnologiya lardan foydalanish va reja asosida seminar, treninglar tashkil etiladi.

Yil davomida

Ilg’or ish tajribali o’qituvchilar aniqlanadi o’qituvchilar o’zaro metod almashadi, yosh mutaxasisilarga metodik yordam beriladi.Natijada sifat samaradorligiga erishiladi.

3

Iqtidorli o’quvchilar bankini yaratish

O’quvchilar to’g’risida ma’lumotlari jamlanadi.

Sentyabr

O’quvchilar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish. O’qituvchilar bilan qo’shimcha dars o’tishni tashkil etishda qulaylik tug’iladi.

4

Muassasada faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarga amaliy yordam berishni rejali tashkil etish. Yosh mutaxassislar bilan ishlashga e’tiborni yanada kuchaytirish.

Yil boshida yosh mutaxassislar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuziladi va reja asosida ishlar olib boriladi.

Yil davomida



Yosh mutaxassislarga metodik yordam berish. Ularga dars o’tishdagi zaruriy ko’nikmalar, ishlanma yozish, maqsadlarni to’g’ri qo’yish kabi tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.Metod o’rgatiladi.

5

O’qituvchilarning bilim darajasini oshirib boorish ularni o’z ustlarida ishlashlarini tashkil etish maqsadida onlayn test va diktant olish

O’qituvchilar

ning bilim darajasini bilish va ehtiyojni aniqlash maqsadida, yilida 2 marta onlayn test va diktant, insholar olinadi.Natijasi umumlashtiriladi.



Yilda 2 marta

O’qituvchilarning bilim sifati va ehtiyoji aniqlanadi. Metodik tavsiyalar yaratiladi.O’qituvchilarningehtiyojiga asoslanib, o’quvlar, treninglar tashkil etiladi. O’qituvchilarning tahliliy ma’lumotnomasi shakllanadi.

6

Matematika fani bo’yicha 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o’rta ta’lim” to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida“gi 140-sonli qaror hamda 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori ijrosini ta’minlash.

Fan o’qituvchilardan, o’quvchilaridan onlayn testlar olinadi. Natijalari jadvalda umumlashtiriladi.

Yil davomida

Ta’lim –tarbiya jarayonini amalga oshirishda DTS talablari hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida darslar tashkil etiladi.Ta’limga oid davlat siyosati tizimli tashkil etiladi. Fan bo’yicha o’qituvchi va o’quvchilarning bilim sifati aniqlanadi. Sinflar kesimida o’qituvchilarning tahliliy ma’lumoti bo’ladi. Reyting qilinadi.Fan metodbirlashma yig’ilishida tahlil qilinadi. O’qituvchi va o’quvchilarning aniq natijasi aniqlanadi.

7

“Bilimlar bellashuvi”, fan olimpiadalarini o’tkazish.

Fan yo’nalishi bo’yicha nazoratchi bo’lish va adolatli tashkil etish.

Reja asosida

Tanlovlarning odilona o’tishiga e’tibor beriladi. O’quvchi va o’qituvchining natijasi aniqlanadi. G’olib o’quvchilar va fan o’qituvchilari munosib rag’batlantiriladi. O’quvchilarning fanga qiziqishi ortadi, o’qituvchilarning mavqyei oshadi.

3yil

1

Yangi o’quv yili uchun sho’ba yig’ilishini o’tkazish. Ish reja, dastur, o’zgarishlarni aniq, to’liq tahlil qilish.O’tgan o’quv yilining hisobotlarini tinglash. Reyting natijalari.

Namunaviy tavsiyalar o’qituvchilarga yetkaziladi. O’tgan o’quv yilining reyting natijasi e’lon qilinadi...

Avgust oyida

O’qituvchilar ta’limga oid o’zgarish va yangiliklardan xabardor bo’ladi. Yosh mutaxassislar har tomonlama yordam beriladi. O’tgan o’quv yilidagi kamchiliklar muhokama qilinadi, yangi o’quv yilining rejalari tuziladi.

2

Innovasion g’oyalarni qo’llagan holda yangi ped. texnologiyaning zamonaviy talablarini amalda qo’llash, darslik mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar ishlab chiqish.dasrlik mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.Kamchiliklar bartaraf etiladi.

Yil davomida

O’qituvchilarning qiziqishini, dunyoqarashini oshiradi. O’quvchilarning zamonaviy qiziqishlariga mos darslar tashkil etiladi.

3

Yilning eng faol o’quvchisini reyting asosida aniqlab, o’qituvchilarni rag’batlantirish

O’quvchilarning yil davomidagi faoliyati sarhisob qilinadi, eng yuqori ball olgan 3 nafar o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Yil oxirida

Fanga bo’lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. O’quvchilar rag’batlantiri-ladi. Boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladi.

4

O’quvchilar o’rtasida on line darslar tashkil etishni yo’lga qo’yish

Internet orqali barcha xatlar, yangilik va xabarlar, tanlovlar, metodik tavsiyalar yetkaziladi.O’quvchi-larning uy vazifalarini bajarishlari ham masofaviy tahlil qilinadi.

Yil davomida

Bilim sifatining oshishiga xizmat qiladi. Zamonaviy innovasion metodlardan unumli foydalaniladi.Sifatli metodik xizmat ko’rsatiladi.

5

Ustoz, o’qituvchi, murabbiy bu ulug’vor so’zlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy darajasini ko’tarishga erishish




Yil davomida

O’qituvchilik kasbiga bo’lgan mehr va o’quvchilar bilimining sifat samaradorligiga erishiladi.


TAQDIMOT SLAYDLARI

ISH TAJRIBASIDAGI YANGILIKLAR

Ibragimov Sherali Eshonqulovich ish faoliyati davomida matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirish maqsadida bir qancha yangiliklar yaratgan.

  1. HAR BIR DARSDA BUKLETLARDAN FOYDALANISH.















O’qituvchi o’quvchilarga slaydlar orqali darsni tushuntirish natijasida 75% sifat samaradorligiga erishgan.

O’qituvchining kelajakdagi rejalari

Maktabda matematikani o’zlashtirish jarayoni o’quvchilarning matematika fanidan amaliy topshiriqlarni bajarishlari bilan o’lchanadi.

Kelajakda o’quvchilarning matematika fanidan samaradorligini oshirish uchun quyidagilar bajarilishi zarur deb o’ylayman.:

1.Dars vaqtida o’quvchi ko’proq mustaqil ish bajargani ma’qul. 2.Agar maktabda matematika kabineti yaxshi jihozlangan bo’lib, undagi eng mayda narsa ham o’qituvchi va o’quvchi mehnatining samaradorligini oshirishga, fan bo’yicha o’quv-tarbiyaviy ishning takomillashtirilishiga yordam bersa, matematika o’qitishda yuqori natijalarga erishiladi deb o’ylayman.

3.Matematika o’qituvchisi foydalanishi kerak bo’ladigan jihozlar soni kundan - kunga ortib bormoqda. O’quv jihozlarining turli xillari amaliy ishlarni bajarish uchun kerak. Agar darsni turli xil vositalar qo’llab o’tkazilsa dars samaradorligi oshadi va o’quvchi bilimi mustahkamlanadi.

4.O’qituvchi o’z fan xonasining to’la huquqli egasi bo’lib, u bor imkoniyatlardan samarali foydalanadi. Xonani o’quv jihozlari bilan jihozlash o’qituvchining metodik usullariga, pedagogik qiziqishiga bog’liq. Bundan tashqari o’qituvchi elektron darsliklarni o’zi tayyorlaydi va o’zi zarur deb topgan o’quv qurollarini o’quvchilar tomonidan tayyorlash ishini boshqarib boradi.

5.O’qituvchi yangi darsni o’tishdan oldin sinfning shu darsni qabul qilishga tayyorgarligini, avvalgi darslarni o’zlashtirganlik darajasini aniqlashi kerak. Buning uchun darsdagi hamma o’quvchilar bilimini tezlik bilan tekshirish maqsadga muvofiq. Informatika o’qituvchisi kompyuterda test sinovi usulidan foydalansa bu jarayon tez suratda amalga oshadi. Har bir o’quvchiga test variantlari beriladi va ko’pi bilan 5 minutda o’quvchi kamida 10 ta o’tilgan mavzu bo’yicha savollarga javob berishga harakat qiladi.

O’qituvchi oldidagi asosiy vazifa: o’qish, o’qish va yana o’qish. Bu shior xech kachon eskirmaydigan shiordir. O’quvchi o’qituvchiga bergan istalgan savoliga javob olishi kerak.

Men hozirgi zamon matematikasini o’rganish uchun o’quvchiga darslikni o’zi yetarli emas deb hisoblayman.Hozirgi darsliklarda ayrim mavzular juda qisqa va qiziqarli dasturlar bayoni bilan berilmagan, shuning uchun men har bir darsimda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga harakat qilaman. Bu adabiyotlardan mavzuga oid eng qiziq misollarni darsdan bo’sh vaqtlarda o’quvchilarga o’rgatishni tavsiya etaman.Natija kutilganidan ham a’lo bo’lishi aniq..

Bundan tashqari darsdan tashqari mashg’ulotlarda eng qiyin mavzularni o’quvchilar tushunib olishi uchun imkoniyat yarataman. Bu mashg’ulotlar "Yosh matematiklar" to’garagi nomi bilan ataladi. To’garakda o’quvchi darsga qaraganda o’zini bemalol tutadi. Vaqt ham yetarli bo’ladi. Matematika to’garagi o’quvchilar matematikadan darsdan tashqari bajaradigan ishlarining bir turidir.Bunday to’garaklarda , ayniqsa , matematikaga qiziquvchi o’quvchilar ishtiyoq bilan shug’ullanishadi.Hozirda respublikamizda har bir maktabda bunday to’garaklar mavjud.

Matematika to’garak mashg’ulotlarida o’quvchilar turli xil ko’rgazmali qurollar tayyorlashda menga yordam berishadi. Eng qizig’i shundaki, ular o’zlari tayyorlagan ko’rgazmali qurolda tasvirlangan hodisa yoki voqyeani to’la anglab yetishga urinishadi va bunga erishishadi ham.

Men ana shunda ularni yana bir bor matematika saboqlarini to’laroq tushunib yetishishganiga amin bo’laman.

Kelajakda matematika fanini o’rganish uchun to’garaklar faoliyatini oshirish mening asosiy maqsadim.


Xulosa.

Bitiruv malaka ishi “Geometriyadan nostandart va murakkab masalalarni yechish metodikasi” mavzusida yozilgan bo’lib dolzarb mavzulardan biri deb hisoblayman. O’quvchilarni kundalik hayotda uchraydigan voqealarga befarq bo’lmasdan hal qilishlari uchun fizika, kimyo kabi fanlar bilan bir qatorda geometriya fani ham hayotda asosiy rol o’ynaydi. Bundan necha ming yillar oldin paydo bo’lgan geometriya fani hozirda ham dolzarbligini yo’qotgan emas.

Nostandart geometrik masalalarni yechishning umumtalim maktablarini geometriya kursida o’qitilishi o’quvchilarning geometrik tasavvurini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi yuqorida keltirilgan malumotlardan ko’rinib turibdi.

Shuning uchun ham: 1. O’quvchilarni mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda geometrik tushunchalarning ta’riflarini to’g’ri ifodalash katta o’rin tutadi. Geometrik tushunchalarga to’g’ri ta’rif berish ancha muhim ish bo’lib, uni to’g’ri bajarish onglilikni va ziyraklikni talab qildi.

2. Bir xil geometrik tushunchani turli ko’rinishlarda ta’riflash geometrik mashqlar sistemasini tuzishning ilmiy mantiqiy prinsipini umumta’lim maktab matematikasida o’rganilishi o’quvchilarning fikrlash jaraѐnini unumli bo’lishiga shu bilan birga ularning matematik tafakkurini shakllanishiga va rivojlanishiga o’zining munosib hissasini q¢shdi.

3. Geometriyadan murakkab masalalarni bir necha usul bilan yechish o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi, ularning tashabbuskorlik faoliyatini o’stiradi. O’quvchilar teoremalar isbotlashga doir geometrik masalalar qanday paydo bo’lishini ongli ravishda tushinib yetadilar. Buning uchun yuqorida keltirilgan masalalarning yechimlarida isbotni turli usullar bilan olib borilishi fikrimizning dalilidir.

4. Umumta’lim maktab geometriya kursida isbotlashga doir masalalarni teorema sifatida ifodalash o’quvchilarning nutqini o’stirishda katta rol’ o’ynaydi. Har bir geometrik teoremani o’quvchilarga o’rgatib bo’lgach shu teorema yordami bilan hal qilinadigan masalalar o’quvchilarning bilimini puxta bo’lishiga yordam beradi. Umuman, Nostandart geometric doir masalalarni umumta’lim maktab geometriya kursida yechish o’quvchilarning matematik bilim, ko’nikma va malakalarini nafaqat shakllantirib qolmasdan, balki bu bilimlarni boshqa fan masalalarini hal qilishga tadbiq qilish natijasida bevosita hayotiy natijalarga erishganligini ko’p yillik pedagogik tajribalarimizga suyangan holda shu umumiy fikrga keldik.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.J.S.Toshpo’latov, Matematika master, Toshkent, “Yangi nashr”, 2018 yil

2.M.Usmanov, Matematikadan repetitor,1-2 qism? “Navro’z”, 2017 –yil

3.R.K.Gordin, Buni har bir yosh matematik bilishi kerak, 2020 yil, Navoiy

4. Адамар Ж. Элементарная геометрия. Часть I. Планиметрия. М.:
Учпедгиз, 1936.
5. Делоне Б., Житомирский О. Задачник по геометрии. М.-Л.: ГИТТЛ,
1950.
6. Прасолов В. В. Задачи по планиметрии. М.: Наука, 1991.
7. Прасолов В. В, Шарыгин И.Ф. Задачи по стереометрии. М.: Наука, 1989.
8. Шарыгин И. Ф. Задачи по геометрии. Планиметрия. М.: Наука,1986.

9. M.Rahimova, R.Xoljo’rayev. Planimetriyadan ba’zi murakkab masalalarning yechish usullari,”Farg’ona” nashriyoti, 2005 yil

10. Применение различных способов решения геометрических задач для повышения заинтересованности учеников в самостоятельной работе
Хасанова, Р. Г.
Sayt manzillari

1.http.uzedu.uz. –xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti

2.http, rtm.uz-respublika ta’lim markazi sayti

3.http.ziyonet.uz- ta’lim portal

4.http.ziyouz.uz-ziyo istagan qalblar uchun, kutubxona, O’zbekiston kitobsevarlar rasmiy sayti

5.https://infourok.ru/statya-metodi-resheniya-geometricheskih-zadach-po-planimetrii-460021.html

6.uchitelya.com –Rus tilida fan o’qituvchilari maxsus sayti

7.zadach- po- geometrii- Rossiya matematika o’qituvchilari sayti

8.cyberleninka.ru- Rossiya sayti

9.interneturok.ru-Rossiya online dars o’tish sayti

10.ege.styde.ru классические задачи по геометрии, Rossiya sayti

11.nsportal.ru-сборник нестандартных задач, Rossiya maxsus sayti



12.liveexpert.ru-решить задачу по геометрию онлайн, Rossiya sayti
Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish