Aqchahonqala (Qozoqliyotganqala). Beruniy tuman Ozod fermer xojaligi hududida joylashgan yodgorlikda o'nga yaqin turli darajadagi qazishmalar amalga oshirilgan. Kvadratsimon shaklldagi maydon taxminan 56 ga. bo'lib, umumiy muhofaza devoriga ega bo'lgan kohna shahar yuqori va quyi qalalardan tashkil topgan.
Quyi qala kvadratsimon shaklli quyi qala 50 ga. dan iborat joylashishi dunyo tomonlariga mos keladi. Ikki qator muhofaza devorlariga (tashqisi-1,7m., ichkisi 2,1m., oq otish galereyasi 2,3 m.) Muhofaza devori tashqarisi bo'ylab kvadrat shaklli 11,6x11,6x4,8 o'lchamdagi, burchaklarida esa 6,6x6,6 m. o'lchamdagi burjlar barpo qilingan. Muhofaza devori 41-43x41-43x11-14 sm. Xom gishtlardan barpo etilgan. Devorda va burjlarda jangavor shinaklar bilan ta'minlangan. Muhofaza devori va 10 m. dan iborat xandak orasida “proteyhizm” yoki berma qoldirilgan. Qalaga kirish darvozasi shimoliy-sharqiy devor o'rtasida bo'lgan.
Quyi qa'laning shimoli-harbiy burchagida kvadrasimon shaklidagi 11 ga. maydonni egallagan yuqori qala joylashgan. Yuqori qala ham quyi qala qurilish usilida barpo etilga alohida muhofaza devoriga ega. Qalinligi pastdan 7,5-8,5 m. koridor, mudofaa burjlari va jangavor shinaklardan tashkil topgan muhofaza devori yuqorida keltirilgan kvadrat gishtlar va paxsa aralash terilgan.
Qalaning eng yuqori qismida alohida joylashgan tepalikdagi keng hovli (28x16 m.) tagkursi ustida xom gishtlardan (40-44x10-13 sm) barpo etilgan imoratga pandus orqali chiqilgan. Bu erdagi topilmalar orasida tosh ustun taglar muhim o'rin egallaydi. qalaning shimoliy qismidagi xom gishtdan barpo etilgan hovli (55x60 m.) dan ham tosh ustun taglari, loydan yasalib, ustiga alebastr yuritilgan haykalchalar topilgan.
Qalaning sharqiy qismidagi uchinchi bir imorat (100x80 m) xom gishtlardan ko'tarilgan alohida muhofaza devoriga ega. Aqchahonqala shimolida qalinligi 2,8 m. Qalinlikdagi devor qoldiqlari aniqlanib, 5 km. masofagacha kuzatilgan. Bu devor kichik xojalik vohasini muhofaza qilgan bo'lish mumkin.
Arxeologik qazishmalar jarayonida mil.avv. IV asr - milodiy IV asrlarga oid sopollar majmuasi, antropomorf va zoomorf shaklli haykalchalar bo'lib, budda, ehtimol bodhisatva haykalchalaridan iborat. Gishtlarda tamgalar uchraydi. Bu erdan qisman so'nggi arxaik davri sopollari uchraydi.
To'rt tomonida darvozalar o'rin olgan. Darvozalar adashtirma devor yo'l va qoshimcha devor bilan mustahkamlangan. Unda “Yuz ustunli ibodatxona”, undan janubroqda tomonlari 43x43 metrdan iborat shoh saroyining o'rni aniqlangan. Uning devorlariga chizilgan rasmlar orasida shohona kiyim, boshida toji bilan tasvirlangan shaxsning tasvirlari, yozuv namunalari ham ahamiyatlidir. Amalga oshirilgan tadqiqotlar manzilgohning qadimgi Xorazmning poytaxti, degan qarashlarni ilgari surmoqda.
Yirik shahar markazlaridan Tuproqqala Xorazmning madaniy-ma'muriy markazi bo'lgan. Manzilgohdan saroy ibodatxonalar va uy-joy imoratlarining o'rni ochib o'rganilgan. Loydan yasalgan haykalchalar, xususan Xorazmshohlar va ularning ajdodlari tasviri tushirib ishlangan haykalchalar va devorlardagi rang-tasvir namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san'at namunalaridan darak beradi. Bu erda sopollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir tomondan qadimgi Xorazm Yozuvini ikkinchi tomondan esa xojalik xususiyatlarini o'rganishdagi muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Qurol-yarog yasash ustaxonasi esa davlatning kuchli harbiy qudratga ega ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |