Margiyona. Margiyona O'rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o'lkalaridan biri bo'lib, Margiyona Turkmaniston Respublikasining Murgob vohasi hududida joylashgan.
Ma'lumki, mil.avv. 521 yil Frada boshchiligidagi qo'zgalon Doro I buyrugi bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan so'ng Margiyona o'lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, mil.avv. II asr o'rtalarida o'lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar Yunon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo'lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi.
O'lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma'lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va keyichalik xitoy manbalarida uchraydi. Pliney Iskandar Margiyona Aleksandiyasiga asos solganligini va keyinchalik shahar vayron qilinib, selevkiylar hukumdori Antiox qayta tiklab, o'z nomi bilan yuritganligi togrisida ma'lumotlar qoldirgan bo'lsa, boshqa bir yunon muallifi Strobon ma'lumotlarida Antiox shahar barpo etish bilan birgalikda voha atrofini mudofaa devori bilan o'rab olganligigi togrisida xabar beradi.
Kvint Kurciy Rufning yozib qoldirgan ma'lumotlarda “Aleksandr Oh va Oks daryosiga yaqinlashib, Margiyona shahrini zabt etadi va uni o'zining nomi bilan nomlaydi” (Qarshiliksiz olinganligi tufayli bu shahar vayron bo'lmagan). Keyinchilik vayron etilgan bu shahar, salavkiylar hukmdori Antiox tomonidan qayta tiklanganligi togrisida ham ma'lumotlar mavjud. Kvint Kursiy Ruf ma'lumotlarida esa antik davrida oltita muhofazalangan manzilgohlar qurilganligi keltiriladi.
Margiyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelgan. O'lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o'rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) tashkil etilgandan so'ng boshlanadi. O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zMU) “O'rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo'lgan Gaurqala va Erkqala yodgorliklarida keng ko'lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.Е.Masson Z.I.Usmanova, M.I.Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiyev va antikshunos arxeolog olim G.A.Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o'rganishga o'z hissalarini qo'shishgan.
O'lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko'ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi. Vohaning antik dariga oid manzilgohlaridan Gaurqala, Erkqala, Kohna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqala kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan.
Ular orasida hozirgi Bayramali shahrining shimoli qismida joylashgan Erkqala va harbiy qismida unga tutash joylashgan Gaurqala yodgorliklari muhim o'rin egallaydi. Ushbu manzilgohlar o'z davrida bitta shahar majmuasinining tarkibiy qismlarini (birinchisi-ark, ikkinchisi-shahriston) tashkil etib, mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida shakllangan. Ularning umumiy maydoni taxminan 90 ga.dan iborat. Arxeologik qazishmalar natijalariga ko'ra antik mualliflari ma'lumotlarida qayd etilgan ikki buyuk sarkardalari tomonidan vayron qilinib, qayta barpo etilgan shahar aynan mana shu yodgorliklar bo'lganligini tasdiqlaydi. Shaharning tashqi muhofaza devori mil.avv. III asrning boshlarida ellin o'lchamidagi gishtlardan qayta qurilish ishlari amalga oshirilganligi arxeologik jihatdan tasdiqlangan.
Togri to'rt burchak shakldan iborat manzilgohni ikkita o'zaro kesishgan markaziy ko'chalar shaharning to'rt tomonidagi darvozalarga tutashgan.
Shaharni o'rab olgan mudofaa devori mil avv. I ming yillikning o'rtalarida paxsadan barpo qilingan. Devorda keyingi bosqichlarda bir necha marotaba (mil.avv. III asrning birinchi yarmi, mil.avv. II-I asrlar, milodiy II va IV asrlarda) qayta qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi. Ilk marotaba unda antik davri o'lchamidagi kvadrat (38x38x10, 42x42x12) gishtlardan foydalanilgan. Bu bosqichda togri to'rtburchak burjlar bilan kuchaytirilgan qalin muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Devorlari antik davri standartidagi xom-gishtlardan barpo qilingan. Gaurqalada shaharlikliklar mahallalaridan tashqari, tegirmonchilar mahallasi, kulolchilik xumdoni, temirchilik ustaxonalarining o'rni aniqlangan. Yodgorlikda buddaviylik ibodatxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Uning hovlisida stupa joylashgan. Shaharda hayot ilk o'rta asrlar davriga qadar davom etadi.
Boshqa bir yirik shahar markazlaridan Ko'hna Kishmana ham yaxshi o'rganilgan. U ahamiyatiga ko'ra vohada Marvdan keyingi (may.112 ga.) shahar markazi hisoblanadi. Margiyonaning antik davri imoratlari togri to'rtburchak (50x30x10) kvadrat (40x42x10) gishtlar va paxsadan barpo qilingan.
Qadimgi Margiyonaliklarning asosiy mashguloti sugorma dehqonchilik bo'lgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida bugdoy, guruch, uzum, yunon va sopol buyumlari tez aylantiradigan charxda ishlangan. Yodgorliklardan temirdan ishlangan ro'zgor anjomlari, Mehnat qurollari va qurol yaroglar yasalgan. Shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma'buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi Margiyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |