Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment


-jadval  JTT hisob-kitoblariga binoan, 2000 yilda xalqaro turizmda eng



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

3.8-jadval 
JTT hisob-kitoblariga binoan, 2000 yilda xalqaro turizmda eng 
ko`p xarajat qilgan lider mamlakatlar* 
 
Mamlakat 
Xarajatlar, (mlrd. 
AQSH dollari) 
Dunyo  umumiy 
ko`lamidagi salmog`i, % 
AQSH 
67,3 
14,1 
Germaniya 
47,1 
9,9 
Buyuk Britaniya  38,0 
8,0 
Yaponiya 
31,9 
6,7 
Frantsiya 
17,9 
3,6 
Italiya 
15,4 
3,2 
Xitoy 
13,1 
2,8 
Gonkong 
12,5 
2,6 
Niderlandiya 
12,2 
2,5 
Kanada 
12,1 
2,5 
jami 
267,5 
55,9 
*manba [93, 443] 
 
Qolaversa ushbu mamlakatlarning asosiy qismi sayohatga eng ko`p 
xarajat qilishga moyil kishilar bo`lib,  JTTining hisob-kitoblariga ko`ra 
2000  yilda  sayohatga  qilingan  xarajatlarning  dunyo  miqyosidagi 
ko`lamining  55,9  %i,  ya`ni  267,5  mlrd.  AQSH  dollari  aynan  shu 
mamlakatlardan  kelgan  turistlar  zimmasiga  tushgan  [93,  443]  (3.8-
jadvalga qarang). 
Sayohatgohning elektron-marketing
 tizimlarining vazifasi yuqorida 
qayd  qilingan  davlat  tillarida,  qolaversa,  yangi  maqsadli  turistik  bozor 


 
 
 
114 
tillarida, masalan xitoy tilida, ma`lumot berishga qodir bo`lgan axborot 
tizimini  yaratish,  yaqin  kelajakda  ushbu  turistik  bozorlarda  ham 
muvaffaqiyat qozonish demakdir . 
Sayohatgohning  elektron-marketing
  tizimlarining  yana  bir  vazifasi 
turistlarning  ikki  yirik  segmenti:  “individual”  va  “tashkil  qilingan”  
turizm 
namoyandalarining 
o`ziga 
xos 
xususiyatlarini, 
ya`ni 
birinchisining  sayohatini  o`zi  boshqarib  vositachilar  xizmatini  inkor 
qilishi va ikkinchisining aksincha turistik vositachilar (turoperatorlar va 
turistik  agentliklar)  xizmatlaridan  foydalanishga  moyilligini  inobatga 
olgan  holda,  ma`lumotni  yetkazib  berishda  har  bir  segmentga 
moslashgan ma`lumotlar yig`indisini havola qilishni o`z oldiga maqsad 
qilib  olishi  kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
sayohatgohning  elektron-
marketing
  tizimida,  ya`ni  turistik  hudud  veb-portalining  Home  Page 
(bosh  sahifasi)ida    “individual”  va  “tashkil  qilingan”  iboralarining 
mavjudligini  ta`minlab,    tashrif  buyuruvchi  qaysi  birini  tanlaganiga 
binoan  segmentini  aniqlashga  erishishi  mumkin.    Shundan  foydalanib 
keyingi  sahifalarning  har  bir    segmentga  moslashgan  ma`lumotlardan 
shakllanganligini ta`minlashi maqsadga muvofiq. 
Turistik  hudud veb-portalining “tashkil qilingan” turizmni tanlagan 
potensial  tashrif  buyuruvchiga  tayyor  turistik  yo`nalishlar,  ularning 
davomiyligi,  narxi,  ushbu  turistik  paketni  taklif  qilayotgan  turoperator 
haqida  ma`lumot  bersa,   “individual”ni tanlaganlarga jozibador joylar, 
ularga  yetib  borish  yo`llari,  xaritalar,  transport,  mehmonxonalar, 
ularning  narxlari,  jo`nash  va  yetib  kelish  vaqti  haqida  ma`lumotlar  va 
ularga buyurtma berish shart-sharoitini yaratishi darkor. 
“Individual”  iborasi  shu  turizm  namoyandalariga  moslashtirilgan 
ma`lumotlardan  tashkil  topgan  bo`lib,  potensial  tashrif  buyuruvchining 
qaysi  turistik  shaharni  tanlaganiga  binoan,  o`sha  shaharda  mavjud 
turistik jozibador makonlar haqida ma`lumot va shu makonlarda turistik 
ehtiyojlarni  qondirishga  yo`naltirilgan  mavjud  barcha  xizmatlar  va 
ulardan qanday foydalanish xususida to`la-to`kis axborot beradi. 
Aytish  joizki,  internetning  paydo  bo`lishi  bilan,  uning  o`z  tili 
shakllangan  bo`lib,  ushbu  til  kundalik  hayotga  kirib  bormoqda.  Ya`ni, 
ingliz  tilida  “do-it-yourself”  yoki  italyan  tilida  “fai  da  te”  standart 
iboralari  mavjuddirki,  bugungi  kunda  ular  o`z  navbatida  “individual” 
turizmi  namoyandalariga  internet  orqali  murojaat  qilishda  keng 
qo`llanilmoqda.  Bundan  tashqari,  standartlashgan  ma`lumotlar  tizimi 
mavjuddirki,  ular  xuddi  yo`l  harakati  qoidalari  kabi  piktogrammalar 


 
 
 
115 
(biror  narsa  yoki  hodisa  ifodalangan  surat)  [108,  57]  yordamida 
ma`lumotni  yetkazish  (xizmat  ko`rsatuvchi  tomonidan)  va  uni  izlab 
topish 
(mijoz 
tomonidan) 
jarayonining 
soddalashuvi 
va 
ixchamlashuviga  olib  kelgan. 
Sayohatgohning  elektron-marketing
 
tizimlarining  yaratuvchilari  internet  tilining  shu  fazilatlarini  ham 
nazardan chetga qo`ymasliklari tavsiya etiladi, holbuki standart internet 
iboralari  va  piktogrammalar  aytilmoqchi  bo`lgan  ma`lumotlarni 
yetkazib berishning eng qulay va ixcham vositasiga aylanmoqda. 
Hududiy  yoki  milliy  turistik  portalning  bosh  sahifasidagi 
“O`zbekistonda  faoliyat  ko`rsatadigan  turoperatorlar”  deb  nomlangan 
qismi  “tashkil  qilingan”  turizm  namoyandalariga  taalluqli  bo`lib, 
o`lkamizda  sayohatni  sifatli  tashkil  qilish  xizmatini  taklif  qiladigan  
mahalliy turoperatorlarning nomlari keltirilishi tavsiya etiladi. Potensial 
tashrif 
buyuruvchi 
veb-saytda 
namoyon 
bo`lgan 
mahalliy 
turoperatorlardan  birini  tanlab,  keyinchalik  Link  yordamida  to`g`ridan-
to`g`ri  turoperatorning  veb-saytiga  ulanishga  muvaffaq  bo`ladi.  Ushbu 
holatda  s
ayohatgohning  elektron-marketing
  tizimlari  “turistik  paket”ni 
sotib  olmoqchi  bo`lgan  potensial  tashrif  buyuruvchini  shu  xizmatni 
beruvchi  vositachi  bilan  to`qnashtiruvchi  sub`yektga  aylanadi.  Faraz 
qilaylik,  bosh  sahifadan  potensial  tashrif  buyuruvchi  “Advantur” 
mahalliy  turoperatorini  tanlab  u  taklif  qilayotgan  tayyor  turistik 
yo`nalishlar,  ularning  narxlari  va  boshqa  barcha  ma`lumotlarga  ega 
bo`lish  maqsadida  “Advan  tur”  iborasi  ustiga  klik  qiladi,  buning 
oqibatida  u, 
Link 
yordamida  uning  veb-saytiga  ulanib  qoladi  (3.5-
rasmga qarang). 


 
 
 
116 
 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish