3.5-jadval
2020 yilda turistik oqimni vujudga keltiruvchi lider
mamlakatlar (JTTining istiqbollari)*
Mamlakat
Turistlar oqimi (mln.kishi)
Dunyo umumiy ko`lamidagi
salmog`i, %
Germaniya
163,5
10,2
Yaponiya
141,5
8,8
AQSH
123,3
7,7
Xitoy
100,0
6,2
Buyuk
Britaniya
96,1
6,0
Frantsiya
37,6
2,3
Niderlandiya
35,4
2,2
Kanada
31,3
2,0
Rossiya
30,5
1,9
Italiya
29,7
1,9
jami
788,9
49,2
*manba [93, s.442]
Qayd qilish kerakki, UzDMC – bu ma`muriy-boshqaruv organ
emas, balki
marketing boshqaruv
organidirki, u O`zbekiston uchun
turistik oqimlarni shakllantirish va yo`naltirish faoliyatida bevosita
qatnashadi. Uning bosh ofisi O`zbekistonda faoliyat ko`rsatadi. U ham
xuddi mahalliy sayohatgoh boshqaruv organlari singari o`z tuzilmasiga
ega
bo`lib,
“informatsion texnologiyalar”, “tashqi aloqalar”,
“buxgalteriya va kadrlar”, “marketing va jamoatchilik bilan aloqalar”
bo`limlaridan tarkib topgan va undan farqli o`laroq milliy jozibador
sayohatgohlar haqida ma`lumot to`plash va ularni milliy darajada
shakllanishini ta`minlash bilan shug`ullanadi. Ushbu vazifalarni
bajarishda u mustaqil shakllangan “Toshkent destinatsiya”, “Buxoro
destinatsiya”, “Samarqand destinatsiya”, “Qashqadaryo destinatsiya” va
boshqa mahalliy sayohatgoh boshqaruv organlari bilan hamkorlik qiladi.
O`zbekistonda
milliy
va
mahaliy
sayohatgoh
boshqaruv
organlarining tashkil etilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni
yanada rivojlantirish yo`lidagi muhim destinatsion menejment tadbiri
sifatida quyidagi samarani beradi.
Birinchidan
, sayohat qilishni osonlashtiradigan infotuzilmalarning
shakllanishi
evaziga,
O`zbekistonda
hali-hanuzgacha
uncha
rivojlanmagan
“individual” turizmi paydo bo`ladi. JTTining
ma`lumotlariga qaraganda 2012 yilda dunyo miqyosida 1 mlrd.dan ortiq
106
tashrif buyuruvchiga xizmat ko`rsatilgan bo`lib, ushbu ko`rsatkichning
faqat 25% i tashkil qilingan turizm segmentidir.
Ikkinchidan
,
xorijda
faoliyat
ko`rsatadigan
UzDMCning
sho``balari evaziga turistik bozor turistik oqimni mustaqil vujudga
keltirishga erishib, milliy turoperatorlar o`z turistik paketlarini xorijiy
turoperator ko`magida emas, balki mustaqil sotishga erishadilar.
Natijada,
xorijiy
turoperatorning
o`z
ulushi,
shaxsiy
hisob
kitoblarimizga qaraganda u 28%ni tashkil etadi, milliy turoperatorlar
tomonidan o`zlashtiriladi.
Uchinchidan
, hamkorlikda ish olib borayotgan sayohatgoh taklif
tizimi qatnashchilari bir-birlari bilan jipslashgan holda sohada mavjud
boshqa muammolarni yechishga erishadilar.
To`rtinchidan
, turistik taklif bozorining hozirgi holatidan farqli
o`laroq, taklif qilinayotgan turistik yo`nalishlar differensiallashgan
holda namoyon bo`lishiga olib keladi, ya`ni ichki raqobat kuchayadi.
Taklif qilinayotgan tuzilma kooperatsiya, ya`ni hamkorlikda raqobat
qilish
(co-operation
– competition & cooperation) muhitini
shakllantiradi.
Beshinchidan
,
davlat
miqyosida
sohani
takomillashtirish
maqsadida siyosat olib borish jarayonida milliy va mahalliy sayohatgoh
boshqaruv organlari bilan hamkorlik qilish yuqori samaraga olib keladi.
Mazkur tashkiliy-boshqaruvga oid taklifimiz bilan bog`liq bir
o`rinli savol tug`ilish mumkin: Shakllantirishni taklif qilayotgan organ,
allaqachon mavjud “O`zbekturizm” milliy kompaniyasi va uning
viloyatlardagi hududiy bo`linmalaridan farq qiladimi? Bu savolga to`la
javob berish maqsadida ushbu milliy kompaniya faoliyatiga to`xtalib
o`tamiz [133] va uni UzDMC bilan taqqoslaymiz (3.6-jadvalga qarang).
107
Do'stlaringiz bilan baham: |