Ibn sino ta`limotida sog’likni saqlash tadbirlari


Kerishish va esnash haqida



Download 32,75 Kb.
bet10/11
Sana03.01.2022
Hajmi32,75 Kb.
#316683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-maruzaaa

Kerishish va esnash haqida.Kerishish mushakda to`plangan chiqindilardan vujudga keladi. Shuning uchun kerishish ko`p vaqt uyqudan keyin bo`ladi. Xiltlar ko`payib ketganda et uvishish va qaltirash paydo bo`ladi, agar undan ham ko`payib ketsa, isitma paydo bo`ladi.

Esnash kerishishning bir turi bo`lib, jag’, ko`krak va lab mushaklarida paydo bo`ladigan kerishishdan vujudga keladi. Sog’lom kishida esnash dastlab sababsiz paydo bo`ladi. Agar bevaqt esnash ko`paysa, u yomondir. Yaxshisi esa, hazm oxirida paydo bo`lib, chiqindilarni qaytarish uchun bo`ladiganidir. Esnash va kerishish goho sovuqdan, xiltlarning quyuqlashuvidan, tarqalishlarning ozligidan va uyquga to`ymay uyg’onishidan bo`ladi. Esnash va kerishishning yaxshi turi ortiqcha xiltni qaytaruvchidir. Agar birorta mone`lik bo`lsa, sharob va suvni barobar miqdorda aralashtirib ichish esnash va kerishishni to`xtatish uchun foydalidir.

Keksalarni sog’lomlashtirish tadbiri.

Keksalar tadbirining hammasi qo`llovchi va qizdiruvchi narsalarni birgalikda ishlatishdan iboratdir: ular ko`rpa-to’shaklarda yoshlardan ko`ra uzoqroq uxlab yotishlari lozim, doimo suyuq ovqatlar berish kerak, ayniqsa hammomga tushirish, ichimliklar ichirish, siydiklarini doimo ravon qilib turish, me`dalaridan shilliqlarini ichak va qovuq yo`li orqali chiqarib turish va doimo ichlarini yumshatish tadbiri amalga oshiriladi.

Keksalar ko`proq ovqatlanishga e`tibor berishi kerak, to’yib ovqat yemasliklari kerak, ovqatni asosiy tarkibi meva va sabzavotlardan tashkil topgan bo`lishi kerak, keksalar ko`proq badantarbiya bilan shug’ullanishlari darkor. So`ngra yurish yoki yurishga kuchlari yetmasa, ot-ulovga minish foyda qiladi.

Keksalarning zaiflarini qayta - qayta uqalash lozim. Ular mo`tadil issiq xususiyatli atir bilan ko`proq xushbo’ylanib yurishlari kerak. Uyqudan keyin ularning badanini yog’ bilan silab yumshatish kerak, chunki bunday yog’lash hayotiy quvvatni uyg’otadi; undan keyin toza havoda yurish, otda sayr qilish foydalidir.

Keksalarni ovqatlantirish tadbiri

Keksa kishining ovqati oz-oz miqdorga ajratilib, hazm qilish va o`zining kuchli yoki kuchsizligiga qarab bir kunda 4-5 marta beriladi. Ertalabki asal bilan yaxshi pishirilgan non beriladi, tushga yaqin, hammomdan so`ng, ichni yumshatadigan, biz tubanda aytadigan mahsulotlardan beriladi. Undan keyin, kechga yaqin yaxshi oziq bo`ladigan ovqat yediriladi. Agar quvvatli kishi bo`lsa, kechki ovqati bir oz ko`paytiriladi. Tushlikda meva va sabzavotlarga boy ovqatlar buyuriladi. Kechqurun sut va sut mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlar tavsiya qilinadi.

Keksalar savdo va balg’am xiltini ko`paytiradigan har qanday g’aliz ovqatlar, nonxurish va dorivorlar kabi o`tkir, achchiq narsalardan saqlanishlari darkor! Lekin ularni davo o’rnida ehtiyojga qarab iste`mol qilishlari mumkin.

Agar keksalar o`zlariga munosib bo`lmagan ishni qilib, birinchi xil narsalardan, masalan, tuzlangan mahsulotlarni, quyoshda qoqlangan go`shtni, ov go`shtlarini yoki qattiq go`shtli baliqni, tarvuz va tarrakni yesalar, yoki ikkinchi xatolik, mayda qoq baliq va qovurilgan baliq kabilarni yesalar, xastalik yuzaga kelganda ularga zid tabiatli mahsulotlarni yeb davolanadilar.

Bu kishilarda, chiqindi borligi bilinsa, xiltni suyultiruvchi narsalar iste`mol qilish kerak bo`ladi. Ga’yritabiiy xiltlardan tozalanganlaridan keyin, keksalarga badanni ho`llovchi vositalar buyuriladi.

Keyin goh - gohida ovqat bilan birga suyultiruvchilardan oz-oz iste`mol qilish kerak. Sut ko`ngil tusab ichilganda va jigarning atrofida yoki qornida taranglik, qichishish va og’riq paydo qilmasa, keksalarga juda yaxshi foyda qiladi, chunki sut g’izoli bo`lib gavdani ho`llaydi.

Keksa kishiga sutning eng muvofiqi echki va ot sutidir. Ot sutining xosiyatlaridan biri shuki, u ko`pincha me`dada ivib qolmay, tezda o`tib ketadi, ayniqsa, uni tuz va asal bilan qo`shib ichish yaxshi. Buning uchun echki va ot o`tloqlarini shunday saqlash kerakki, ularga kakra, achchiq, nordon yoki qattiq sho`r o`tlarni bermaslik kerak.

Keksalar yeydigan sabzavot va mevalar jumlasidan, ovqat tarkibida lavlagi, kashnich, karam, sholg’om kabi mahsulotlar bo`lishi kerak. Ularni murriy va zaytun yog’i bilan xushbo’y, xushxo`r qilib, ayniqsa, ovqatdan oldin ichni yumshatish uchun eydilar. Sarimsoq yeyishga odatlangan keksalar goho-goho sarimsoq yesalar foydalidir. Zanjabil murabbosi va issiqlik xususiyatiga ega murabbolarning ko`pi keksalarga yoqadigan davolardandir. Murabbolar gavdani qizitadigan va ovqatni hazm qiladigan miqdorda bo`lsin, badanni quritadigan miqdorda bo`lmasin. Ularni shunday miqdorda iste`mol qilish kerakki, ovqatlar gavdani ho`llovchi oziqlardan bo`lishi kerak. Ularni gavdani isitish uchun va hazm uchun iste`mol qiladilar; gavdani quritgunicha iste`mol qilish mumkin emas.

Keksalar iste`mol qilganlarida ichlarini yumshatib, gavdalariga yoqadigan mevalardan yozda anjir va olxo`ri, qish faslida asal suvi bilan qaynatilgan anjir qoqisi tavsiya qilish mumkin. Ularning hammasi ichlarini yumshatish uchun ovqatdan oldin yeyilishi kerak.

Keksalardagi tiqilmalarni ochish to`g’risida.

Agar keksalarda tiqilmalar paydo bo`lsa, ularning eng yengili sharob ichishdan paydo bo`ladi. Keksalarga saryog’ juda foyda qiladi, ayniqsa tiqilmalar paydo bo`lgan vaqtda. Asalli sharobni ist`emol qilish ham keksalarga foyda qiladi va u tiqilmalarni ochadi, bo’gimlarda ogriq paydo bo`lishini oldini oladi.

Biror a`zoda tiqilma borligi sezilsa yoki siydik chiqarish a`zosida tiqilmaga moyillik sezilsa, asalli sharobga kashnich urug’i va ildizini qo`shib, siydik chiqarish a`zolari xastaliklarini davolash uchun ichiriladi. Agar tiqilmalar o`pka yo`llarida bo`lsa, sunbulsoch, seylon dorchini va shunga o`xshash narsalar qaynatib beriladi.

Keksalarni uqalash to`g’risida

Uqalash miqdor va kayfiyatda o`rta darajada bo`lib, kuchsiz a`zolarga va siydik qopchasiga tegmasligi kerak. Agar uqalash bir necha marta takrorlansa, har safar dag’al mato bilan yoki qo`lning o`zi bilan ishqalash lozim. Bu muolaja albatta bemorga foyda qiladi va a`zolarni kasallikdan saqlaydi.

Keksalarning badan tarbiyalari to`g’risida.

Keksalarning badantarbiyalari a`zolarining turli hollariga, ularga odat bo`lib qolgan ba`zi kasalliklarga va badantarbiyadagi odatlariga qarab turlicha bo`ladi. Agar a`zolari juda mo`tadil bo`lsa, ular uchun mo`tadil badantarbiyalar muvofiq keladi. Agar biror a`zolari eng yaxshi holda bo`lmasa, uning badantarbiyasini boshqa a`zolar badantarbiyasiga tobe qiladilar; masalan, birovda bosh aylanishi, tutqa yoki yomon xiltlarning bo`yinga quyilishi yuz bersa, shunda bug’lar boshga va miyaga ko`tariladi, u kishilarga boshni engashtiradigan va quyi tashlatadigan badantarbiyalar to`g’ri kelmaydi. Ular yurish, chopish va ot minish bilan badantarbiya qilmoqlari va gavdaning quyi yarmiga tegishli badantarbiyalarni qilmoqlari kerak.

Tishlarni sog’lomlashtirish tadbiri haqida

Tishlar haqida: tishlar sezuvchi suyaklar turkumiga kiradi, chunki ularga nerv tolalari kelib tarqaladi. Tishlar og’riganda ularda lo`qillash paydo bo`ladi, bu sezilib turadi. Tishlarda bo`shashish, qimirlab turish, bo`rtib chiqish, emal qavatining yemilirishi (tishlar kariyesi) kasalliklari kuzatiladi. Bundan tashqari chirish va sinish kasalliklari paydo bo`ladi. Tishlar doimo o`sib, kattalashib turadi, sug’urib olingan yoki tushib ketgan tish o`rniga ro`parasida turgan tish uzayib o`sib ketadi , agar uning kattalashishiga va o`sishiga to`sqinlik qilinmasa.

Tishlarning rangiga qarab mizoji aniqlanadi.

1.Sariq bo`lsa - safro mizojli, ya`ni quruq

2.Oq bo`lsa- balg’am mizojli, ya`ni ho`l

3.Qoramtir bo`lsa - savdo mizojli, ya`ni sovuq - quruq


Download 32,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish