I zardushtiylik dining paydo bo`lishi va uning o`sha davr hayotidagi o`rni



Download 172,5 Kb.
bet6/11
Sana15.01.2021
Hajmi172,5 Kb.
#55541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Avestoda jamiyat va davlat boshqaruvi

Haomga sharaflar bo'lsin,

Kalom-so'zga sharaflar bo'lsin,

Va sharaflar bo'lsin taqvodor

Zardushtga.

Haomga sharaflar bo'lsin,

Har qanday mastlikdan keyin,

Qonxo'r g'azab keladir g'olib,

Haomning sharbatidan so'ng, I

Keladir Haq,

Kelar Haqiqat (17-Yasht, "Ard-Yasht", 5).

"Avesto"da tabiat unsurlari — er, olov, suv, havoni ifloslantirish, hayvonlar o'ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini erga ko'mish, suvga oqizish, olovda yoqish og'ir gunohlar qatoriga kiritilgan. Bunday jinoyatni sodir etganlar 400-800 qamchin urib jazolangan. Qilgan jinoyati og'irroq bo'lsa, ya'ni pokiza suv va muqaddas olov qarshisida gustohlik qilsa bu odamning jazosi dunyoning jamiyki dardu-azoblaridan mudhishi — o'lim jazosidir. Yoxud bunday jinoyat qilganlarni oliy sud'ya — Zaratushtroema oqsoqollar kengashi a'zolari bilan bamaslahat adolatli qonunlar asosida katta jarima evaziga afv etish yoki qul sifatida ulardan jamoa ishlarida foydalanishga hukm qilgan.

"Avesto"da jamiyatning asosiy yacheykasi sifatida oilaga katta ahamiyat berilganligini ko'ramiz. Masalan, nikoh oliy jazosiga belgilanganligini ko'ramiz. Gunohkorni o'ldirgan tangri Ahura Mazdaga xush keluvchi ish, nikohsiz oila qurish esa eng og'ir gunoh deb hisoblangan. "Avesto"da ta'kidlanishicha, erkak kishi 15 yoshga to'lganda oila qurish huquqiga ega bo'lgan. Ammo erkak kishi uylanishi uchun awalo moddiy va ma'naviy tomondan to'q va jismonan baquwat bo'lishi lozim. Buning uchun u o'z vaqtida to'yib ovqatlanishi zarur, aks holda er kishi o'zining xizmat va erkaklik burchini ado etolmaydi: "Hech kim xo'raksiz Ashah qonunlariga amal qilish qudratiga ega emas. Omoch tortish qudratiga ega emas. Farzandlar dunyoga keltirish qudratiga ega emas" ("Yasna", 33, 3-band).

Agar erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga temirni olovda qizdirib tamg'a bosishar yoki beliga og'ir temir zanjir kamarni bog'lab yurishga majbur qilishardi. Er yuzida inson zurriyotining ko'payishiga qarshi chiqib, turmush qurmay yurgan qiz qopga solinib, unga 25 darra urilgan.

"Avesto"da ta'kidlanishicha, qizlarning turmushga chiqishi haqida ota-onalari va vasiylari qayg'urishlari lozim. "Vandidod" kitobida ota-onalar voyaga etgan o'z qizlarining oila qurish istagini bilgach, ularga sep berishlari majburiyati bayon etilgan: "Uning qalbini pokiza e'tiqod va muqaddas qonunga moyil qilsin, yaxshi yostiqdoshga intiq qilsin. Yosh qizaloqni qaddi-qomati, rangi-ro'yi har jihatdan benuqson bo'lsin. O'n besh yoshli qiz yaxshi obro'-e'tiborga, shan' va oltin zirakka ega bo'lib, u yaxshi e'tiqodli erga turmushga berilsin" ("Vandidod", XIV fargard, 64-67).

"Avesto"da Zardusht tomonidan o'zining kenja qizi Pourchistaning donishmand Yamaspa (Jomasp) bilan nikohiga bag'ishlab tuzilgan "to'y gohlari", shuningdek, boshqa nikohlanayotgan juftlarga murojaati keltiriladi ("Yasna", 53). Zardushtiylik qonunlarida taloq qilish qat'iyan taqiqlangan bo'lib, er-xotin sadoqatliligi ulug'langan.

"Avesto"da sud ishini yuritish va sudlov jarayoni masalalariga ham katta e'tibor berilgan. Ahura Mazda qonunlari qo'llanganda qohinlar tomonidan haqiqat va o'ta poklik bilan barcha ko'rsatmalar tan olinganligi va ularga qat'iy amal qilinganligining guvohi bo'lamiz.

"Avesto"da mazdaparastlarning yaqin qarindoshlar va o'zga dindagilar bilan oila qurishi zardushtiylik odat qonuni bo'yicha qat'iyan man etilganligi qayd etilgan. Kimki, bu qonunni buzsa, o'lim jazosiga mahkum qilingan. Zardusht Ahura Mazdadan "Serfarzand xonadonga nima berasan?" deb so'raganda u: "Bunday odamlarni o'z himoyamga olaman", deb javob beradi. Shuning uchun ham sernufuz oilalar va homilador ayollar jamoa tomonidan ijtimoiy himoya qilingan.

Ko'p bolali oilalarga davlat xazinasidan nafaqa tayinlangan va bir yo'la 2-3 tadan farzand tuqqan ayollarga imtiyozlar berilib, sigir yoki sariq tuya bilan mukofotlangan. Ayni paytda, ayol homilasini oldirish va tushirish gunoh deb hisoblangan. Zurriyodni hosil qilgan erkak va jonli bolani tushirishga ko'maklashgan doya-kampir homilador ayol bilan birga o'lim jazosiga mahkum etilgan. Shuningdek, ayol yoki oila boshlig'i hisoblangan erkak farzandlarini o'z holiga tashlab qo'yib sarson-sargardon qilsa, zinoga berilgan ayol yoki erkak kabi qamchin va darra bilan kaltaklash, hatto o'lim jazosi qo'llanilgan (bu tartib tushunchalar 3-jadvalda ko'rsatilgan).

Sud jarayoni haqiqat va poklik bilan bog'liq duolarni o'qish marosimi bilan boshlangan. Sudlanayotgan shaxslar jinoyat ishlari uchun jazolanishi va o'limga mahkum etilishi mumkin bo'lgan. Ba'zida sud majlislarida jinoyat ishi sifatida haqoratlangan shaxsni poklash bilan bog'liq fuqarolik ishlari ham ko'rilgan. Sudda ishni ko'rish va adolatli hal etishdan oldin, jinoyatchi yoki qonunni buzuvchining aybi, aybdorlik shakli — qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli, qattiq hayajon holatida, birinchi marta yoki takroran qoidani buzganligi, sudlanuvchi o'z aybini tan olishi, uning qaysi dinga mansubligi va boshqa holatlar aniqlangan. Jinoyatga sabab bo'lgan holatlarni aniqlashda guvohlik ko'rsatmalaridan foydalanilgan ("Vandidod", IV fargard, 164-168).

Xulosa shuki, "Avesto"dagi davlatchilik va qonunchilik tizimi o'z davrida jamiyat, fuqarolar va yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. "Avesto"da mujassam bo'lgan bu kabi tushuncha, yo'l-yo'riq, qat'iy xulosa va qonun kuchidagi fikrlar davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilgan. Bu muhim manbalar hozirgi kunda ham xolislikka, sezgirlikka, ogohlikka da'vat etib turadi.

"Avesto" kitobi ilk bor Xorazm hududida tashkil topgan o'zbek davlatchiligining siyosiy-huquqiy tuzumi to'g'risidagi ma'lumotlar berishi bilan bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqidagi muhim manba hisoblanadi. Zero, davlat siyosiy-huquqiy tizimining rivojlanishi, taraqqiyoti, uning mamlakat va aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rni mavqei bilan belgilanadi. Bu boradagi munosabatlarda qanchalik, mushtaraklik, mutanosiblik mavjud bo'lsa ijtimoiy hayotda adolat va qonunchilik, iqtisodiy turmushda rivojlanish va farovonlikka erishiladi.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining ta'limotlariga asosan moddiy ishlab chiqarish va iste'mol sohalarida uy xo'jaligi va firma (korxona)lar iqtisodiy hayotdagi ijtimoiy talab va taklifhing moddiy asoslari hisoblanadi. Davlatning iqtisodiyotdagi etakchilik roli tan olinadi va ma'qullanadi. Ushbu ta'limotlarning ayrim belgi va xususiyatlarini "Avesto"da ta'riflangan qadimgi 16 mamlakatning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimlarida u yoki bu shaklda mavjudligini ko'rish mumkin. Nisbatan yuqori iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga olib boradigan o'troq hayot tarziga ko'chishning, sug'oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanishning samaradorligiga asoslanadi. Moddiy soha va tarmoqlarda mahsulotlarni jamoa a'zolari o'rtasida adolatli taqsimlanishi zarurligi ko'rsatib o'tiladi. "Avesto" da moddiy boyliklar yaratish eng yaxshi amal deb targ'ib qilinadi. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish asosi bo'lgan ekin maydonlarini, chorva hayvonlarini ko'paytirish va asrashga da'vat qilinadi va bu borada zarur tavsiyalar beriladi3.

"Avesto"da davlat boshqaruvining siyosiy-huquqiy, harbiy va ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari haqida fikrlar bor. Oila, xo'jaliklar, ularning birlashmasi — "nmana", uy, oilalar jamoasi — "dmana", katta oila jamoasi oqsoqoli — "vis", katta qishloq oqsoqoli — "vispati", qabila boshlig'i — "zantupati", viloyat xokimi — "daxiyupati", bir necha viloyatlar hukmdori va qabilalar harbiy boshlig'i — "daxiyusastar"lardan tashkil topgan qonun chiqaruvchi Oliy organ - Oqsoqollar kengashi yoki qabilalar Ittifoqi - "varzanapati" yoki "Xanjamana" va Xalq Majlisi - "v'yaxa" kabi tuzumlar orqali boshqarilgan.

Oqsoqollar kengashi — "varzanapati" jamiyatini diniy mafkura, hukmron g'oya va jamiyatni adolatli qonunlar asosida boshqarishga mas'ul bo'lib, jamoa faoliyatidagi ijtimoiy-huquqiy va xo'jalik-mulkiy masalalarini hal etgan. Urug' jamoasi boshlig'i — "vis" barcha muhim siyosiy huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni xududiy-ma'rifiy boshqaruv tizimida amalga oshirgan (bular 1 va 6-jadvallarda aks ettirilgan). Umuman, urug' jamoasi rivojlanishdagi taraqqiyotni, barqarorlik, hamjihatlik va jamoaning harbiy iqtisodiy qudratini mustahkamlashda ijtimoiy-iqtisodiy mulkiy munosabatlarning ahamiyati katta bo'lganligi e'tirof etiladi. Shu bilan birga, "Avesto"dagi ko'rsatmalar mazmunidan kamroq rivojlangan tovar-pul munosabatlari, jamoa dehqonchiligi, mahsulot ayirboshlash haqidagi masalalar ravshanlashadi.

Jamoaning asosiy boyliklari uning nufuzli ikki toifasiga mansub bo'lgan oqsoqollar, harbiy boshliqlar va mo"tabar shaxslar qo'lida to'plangan. Jamoaning erkin a'zolarini tashkil qilgan chorvadorlar, askarlar, hunarmandlar toifasining asosiy boyligi — chorva, ishlab chiqarish vositalari, qurol-anjomlari hisoblangan. Ayni chog'da " Vandidod"dagi ma'lumotlarga qaraganda odamlarning ko'chmas mol-mulklari, ya'ni o'zlari yashayotgan uylar, ekiladigan erlar va bog'lar, yirik va mayda shohli mollarning egalari bo'lishgan deb hisoblashga asos bor. Mulkchilik huquqi amalda egalik va foydalanish huquqi bilan cheklanmagan. U o'z ichiga boshqarish huquqini, ya'ni boshqa shaxs egaligiga topshirish, boshqa shaxs mulkiga shartnoma bilan egalik qilishni ham o'z ichiga oladi.

Boylik va xususiy mulk ma'nosini anglatadigan "gayta" atamasi "Avesto"da asosan mulkdor kishilarning moddiy ahvoli va farovonligini tariflashda ko'p ishlatilgan. Mulkiy munosabatlarda esa, "gayta", ya'ni xususiy mulk "vis" (urug')ga qarashli bo'lgan. "Vis"ga chorva va ziroat bilan mashg'ul va bir-birlariga qarindosh bo'lgan kamida 15 ta oilalar kirgan. Jamoaning asosiy boyligi chorva hisoblanib, xususiy mulk deyilganda esa, uy, hovli-joy, qal'a, qo'rg'onlar, yaylov, ekinzorlar, kanallar va boshqa boyliklar nazarda tutilgan.

Kishilarning mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqi zardushtiylik qonun-qoidalari bilan tartibga solingan. O'g'irlik qilgan kishining faqat o'ziga tegishli mulklarigina emas, balki butun urug' jamoasi — "vis"ga tegishli bo'lgan mulklar musodara qilingan va lan'atlangan: "Mardud bo'lsin, yo'qolsin o'g'ri va qaroqchilar"!.

"Avesto"dagi kishilarning o'zaro iqtisodiy munosabatlarida o'z ahdida turish, berilgan va'daning ustidan chiqish, qasamga sodiq bo'lish, savdo-sotiq ishlarida majburiyat va shartnomalarga qat'iy amal qilish, omonatni, ya'ni qarzni o'z egasiga vaqtida qaytarish kabi shartnomaviy munosabatlarning shakli va ayirboshlash turlari haqidagi fikrlar muhim ahamiyatga ega. Zardushtiylik iqtisodiy qonunlariga ko'ra ikki xil majburiyat tan olinadi. Birinchidan, tantanali ravishda qasam ichish — "varuna"ga ko'ra kishining biron iqtisodiy majburiyatni olishi yoki olmasligi tushunilgan. Ikkinchidan, bu bitim yoki shartnoma hisoblanib, bunga ko'ra tomonlar o'zaro manfaatdorlik nuqtai nazaridan biron iqtisodiy munosabatlar to'g'risida kelishishgan. Ikkala holda ham kuch ichilgan qasamda yashiringan bo'lib, bu kuch ilohiy deb hisoblangan. Bu ilohiy kuch o'zaro shartnomalashgan odamga hamkorlik qiladi, o'z so'ziga qat'iy bo'lgan kishini qo'llab-quwatlaydi. Qasami va so'zida turmagan kishiiii esa jazolaydi.

Berilgan so'z, olingan majburiyatga ko'ra qasamni qat'iy bajarish va birovdan olingan qarzni egasiga o'z vaqtida qaytarish zardushtiylik e'tiqodi bo'yicha juda ham qadrlangan: "Kimda-kim qarzni o'z egasiga qaytarmasa, uning bu amali o'sha omonatni o'g'irlagan bilan barobar bo'ladi. Qarz olgan kishi omonatni uyida saqlasa, har kun va har tun unga qo'l ursa va o'ziniki deb gumon qilsa, uning bu amali omonatni ikkinchi marta o'g'irlagan bilan barobardir" *.

"Vandidod"ning IV fargardida shartnomalarning bir-biridan farq qiluvchi quyidagi olti turi qayd etilgan:

— Ey, diinyoni yaratgan Zot! Ey Haqiqat!

Qasamlarning sanog'i nechadir? Ahura Mazda javob berdi:

— Mening qasamlarim oltita:

birinchi —so'z qasami;

ikkinchi —qo'l qasami;

uchinchi — qo'y qasami;

to'rtinchi —sigir qasami;

beshinchi —odam qasami;

oltinchi — ekin qasami; Bu eng yaxshi, eng obod, eng serhosil zamindagi ekin.

Kimda-kim so'z qasamini yolg'iz so'zning o'zi deb tasvir etsa, uni qo'l qasami bilan tuzatishi va qo'l qasamining tovonini to'lashi kerak.

Qo'l qasamini qo'y qasami bilan tuzatishi va sigir qasamini uning o'rniga berishi kerak.

Qo'y qasamini sigir qasami bilan tuzatishi va sigir qasamini uning o'rniga berishi kerak.

Sigir qasamini odam qasami bilan o'zgartirishi va uning o'rniga odam qasamini berishi kerak.

Odam qasamini ekin qasami bilan isloh qilishi va ekin qasamini uning o'rniga berishi kerak.

— Ey dunyoni yaratgan Zot!

— Ey Haqiqat!

Kimda-kim so'z qasamini buzsa, bu gunoh uchun giriftor bo'ladigan jazosining andozasi nechukdir?

Ahura Mazda javob berdi:

— Uning va eng yaqin qarindoshlari gunohining tovoni o'sha qasam bahosining olti yuztasiga tengdir.

— Ey, dunyoni yaratgan Zot!

— Ey Haqiqat!

Kimda — kim qo'y qasamini buzsa, bu gunohi uchun giriftor bo'ladigan jazosining andazasi nechukdir?

Ahura Mazda javob berdi:

— Uning va eng yaqin qarindoshlari gunohining tovoni o'sha qasam bahosining etti yuztasiga tengdir.

— Ey, dunyoni yaratgan Zot! Ey Haqiqat!

Kimda-kim sigir qasamini buzsa, bu gunohi uchun giriftor bo'ladigan jazosining andazasi nechukdir?

Ahura Mazda javob berdi:

— Uning va eng yaqin qarindoshlari gunohining tovoni o'sha qasam bahosining sakkiz yuztasiga tengdir.

— Ey dunyoni yaratgan Zot! Ey Haqiqat!

Kimda — kirn odam qasamini buzsa, bu gunohi uchun giriftor bo'ladigan jazosining andozasi nechukdir? Ahura Mazda javob berdi:

— Uning va eng yaqin qarindoshlari gunohining tovoni o'sha qasam bahosining to'qqiz yuztasiga tengdir.

— Ey, dunyoni yaratgan Zot! Ey Xaqiqat!

Kimda — kim ekin qasamini buzsa, bu gunohi uchun giriftor bo'ladigan jazosining andazasi nechukdir? Ahura Mazda javob berdi:

— Uning va eng yaqin qarindoshlari gunohining tovoni o'sha qasam bahosining mingtasiga tengdir.

— Ey, dunyoni yaratgan Zot!

Ey Haqiqat!

Kimda — kim so'z qasamini buzsa, gunohining jazosi nechuk?

Ahura Mazda javob berdi:

— Uch yuz qamchin aspah — hashatra bilan, uch yuz qamchin saravushu-charana bilan savalanadi.

— Ey, olamni yaratgan Zot!

— Ey Haqiqat!

Kimda — kim qo'l qasamini buzsa, gunohining jazosi nechuk?

Ahura Mazda javob berdi:

— Olti yuz qamchin aspahih-ashatra bilan olti yuz qamchin saravushu charana bilan savalanadi.

— Ey olamni yaratgan Zot!

Ey Haqiqat!

Kimda — kim qo'y qasamini buzsa, gunohining jazosi nechuk?

Ahura Mazda javob berdi:

— Etti yuz qamchin aspahih-ashatra bilan, etti yuz qamchin saravushu-charana bilan savalanadi.

— Ey, olamni yaratgan Zot!

Ey Haqiqat!

Kimda — kim sigir qasamini buzsa, gunohining jazosi nechuk?

Ahura Mazda javob berdi:

— Sakkiz yuz qamchin aspahih-ashatra bilan, sakkiz yuz qamchin saravushu-charana bilan savalanadi.

— Ey, olamni yaratgan Zot!

Ey Haqiqat!

Kimda — kim ekin qasamini buzsa, gunohining jazosi nechuk?

Ahura Mazda javob berdi:

— Ming qamchin aspahih—ashatra bilan ming qamchin saravushu-charana bilan savalanadi "1 .

"Suv va yonib turgan olov qoshida qasamini buzgan odamning yozug'i avf

etilmasdir".

Demak, shartnomaviy munosabatlarning xususiyatini ta'kidlash bilan birga, har bir bitimda awalgi bitimdagiga nisbatan qimmatliroq bo'lgan narsa-buyum qo'yilganki, bu awalgisining kafolatini ifodalagan. Har bir buzilgan yoki bajarilmagan shartnoma katta qiymatdagi yangi shartnoma bilan almashtirilgan. Bitim buzilgandajismoniy jazo ham qo'llanilgan. Shuningdek, kelishuvni buzgan kishining yaqin qarindoshlariga nisbatan ham jazo choralari belgilangan. Oila a'zolari o'rtasida kelishuvning buzilishi qasamni buzish bilan barobar hisoblangan. "Avesto"ning guvohlik berishicha, eru-xotin o'rtasidagi shartnomaga ellik karrali, kuyov bilan qaynota o'rtasidagi shartnoma sakson karrali, aka-ukalar o'rtasidagisi to'qson karrali, ota va o'g'il o'rtasidagi shartnoma esa yuz karrali hisoblangan. Bu kelishuvni buzgan kishini jazolashning asosiy choralariga, jumladan, tan jazosi berilgan.

"Avesto"da talqin etilishicha, insonda oliy mavjudot sifatida mehnat qilish, moddiy ne'matlar yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati mavjud. Odamzod bu qobiliyatni ishga solmas ekan, u insoniy qiyofasini yo'qotadi, vahshiylashadi, yovuzlashadi. Shu bois ham mehnat inson barkamolligining asosiy sharti hisoblanadi va uning ma'naviy xulq-atvorini baholashda o'lchov mezoni bo'lib, xizmat qiladi. Noz-ne'matlar mo'l bo'lishi uchun kishi mehnat qilishi, o'z qo'llari bilan moddiy boylik yaratishi zarur. Binobarin, Zardusht ta'limotiga ko'ra, dehqonchilik mehnati ezgulik namoyon bo'lishining asosiy shaklidir. "Kimda-kim bug'doy eksa, u Ashahni (Haqiqat) ekadi. U Mazda dinini yana va yana ko'kartiradi. U Mazda dinini yuzlab hamdu sano, nazru- niyoz va o'n minglab qurbonliklar bilan quwatlantirgandek qudratli qiladi"-^, deyiladi zardushtiylik ta'limotida.

Shunday qilib, "Avesto"da mehnat faqat moddiy ne'matlarni yaratish manbai sifatida nazarda tutilmasdan, balki insonga manfaat, foyda, obro'-izzat, rohat-farog'at keltiradigan mo"jiza nuqtai-nazaridan baholanadi. Shuning uchuti ham ajdodlarimiz noz-ne'mat vositalari-chorva mollari go'sht-sut berish, ulardan turli-tuman oziq-ovqatlar tayyorlash mumkinligi, terisi kiyim-bosh vazifasini o'tashi, bug'doy va boshqa o'simliklar tayyor oziq-ovqat o'rniga o'tishi bilan qimmatli ekanligini tushunib etganlar.

"Vandidod"ning 13-14-boblarida erdan unumli foydalanish, uni ifloslantirishdan saqlash, sug'organda suvni tejash haqidagi odamlarning huquq va burchlari, ularga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlariga alohida o'rin ajratilgan. Dehqon ekinni sug'orishi mumkinligi, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan har bir kishi bir belkurak kengligi va chuqurligidagi ariqqa sig'adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug'ullanishi ko'rsatilgan.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, ichimlik suv manbalari atrofida har xil matolarni yuvish, mol boqish, tuya va otlarni bog'lashga ruxsat etilmagan. Biron kishining ariq suvini ifloslantirganiga mirobning ko'zi tushsa, u ot terisidan yasalgan yoki tikanak qamchin bilan 25 bor qamchin urilib kaltaklash bilan jazolangan.

"Avesto"da daryolar, kanallar, suv shohobchalari haqida, erning meliorativ holatini saqlash borasida qimmatli fikrlar bayon etilganki, bunday dalillar va iqtisodiy o'gitlar biron-bir manbada uchramaydi. Jumladan, Ahura Mazda etti rabboniy zotdan biri, Ardvisura-Anaxitani to'rt oq ot qo'shilgan faytuni bilan zaminga yo'llar ekan, unga olamdagi eng yuksak tog' — Xukardan oqib keladigan, ming anhoru ming shahobchali suvi eng muqaddas va eng pokiza Farog' Kart daryosi (Amudaryo)ni o'z nazoratiga olishni topshiradi. Chunki Amudaryoni Tangri Ahura Mazda ikki sohilida bandalarim bog'u-rog'lar barpo etsin, ziroat ekib, bepayon bug'doyzorlar bunyod etib, keng yaylovlarda chorvachilikni rivojlantirsin deb yaratgan. Shuning uchun ham cho'lga suv chiqarib, erning sho'rini yuvib, zahini qochirib ishlov bergan, insonlar eng mo"tabar zotlar hisoblanadi.

"Avesto"da talqin etilgan iqtisodiy shartnomalar va majburiyatlar, chorvani ko'paytirish, erdan unumli foydalanish, suvni tejash va uni qadrlash, suvning hayotbaxshligi, mo'l don-dun etishtirish moddiy ta'minot manbai ekanligi to'g'risidagi iqtisodiy bilimlardan iborat bo'lib, ular urug' jamoasining iqtisodiy turmush sharoitini yaxshilashga va moddiy farovonligini ta'minlashga qaratilgan.

Demak "Avesto" asarining eng muhim g'oyalaridan yana biri shuki, ijtimoiy-iqtisodiy tartib-qoida va qonuniyatlarga amal qilish iqtisodiy barqarorlikka erishishga har qanday jamiyatni gullab-yashnashi, taraqqiyot sari yuz tutishiga olib keladi. Bu o'sha davrlardagi urug'chilik jamiyatiga xos xususiyat bo'lganligidan dalolat beradi.




Download 172,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish