I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 3,99 Mb.
bet39/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


  1. Vizualizatsiya nima?

  2. Scanline vizualizator xaqida ma’lumot bering?

  3. Mental ray vizualizator xaqida ma’lumot bering?

  4. Kadr o‘lchami xaqida ma’lumot bering?

  5. Qanaqa qilib olov effektini yaratish mumkin?
  1. BOB. ANIMATSIYA YARATISH. TAYYOR LOYIHALAR USTIDA ISHLASH




Tayanch so‘z va iboralar
Animatsiya, kalit animatsiyasi, sahna, vaqt shkalasi, kadr chastotasi, rejim
    1. Animatsiya asosiy xususiyatlari


Sahna ustida yakunlovchi ishlaridan biri bu animatsiya. Bu bosqich to‘rtinchi o‘lchov – vaqt bilan ishlanadi. Animatsiyalash yo‘li bilan sahnadagi obyektlar berilgan trayektoriya bilan harakatga keladi, ya’ni to‘qnashish, o‘zaro ta’sirlanish, deformatsiyalanish va boshqalar.
Animatsiya bu sahna ustida ishlashning majburiy bosqichi emas. U faqatgina oxirgi mahsulotni video formatda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgandagina bajariladi. Bu reklama roliklari, taqdimotlar, video rasmlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Umumiy qoidaga binoan animatsiya teksturalashdan keyin asosiy modellar to‘liq tayyor bo‘lganidan so‘ng bajariladi. Sahna obyektlarini animatsiyalashning ko‘p usullari mavjud. Eng keng tarqalgan animatsiya usullaridan birini, qaysiki fazoda qo‘zg‘atishgina emas, balki ularni deformatsiyalash, hamda ularni maxsus ketma-ketlik zanjiriga bog‘lash imkonini beradi.
Umuman olganda animatsiya juda murakkab bosqich, ularni bir necha mustaqil bosqichlarga bo‘lish ham mumkin. Katta va ko‘p mehnat talab qilinadigan animatsiyali loyihalar mutahassislar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning vazifalari malakasiga binoan aniq taqsimlangan bo‘ladi.


    1. Kalit animatsiya


Sahna obyektlarini animatsiyalashning sodda usuli – bu kalitlar yordamida amalga oshiriladi. Animatsiya kaliti fazoda obyektni joylashganligini aniq nuqta
bilan bog‘laydi. Soddaroq qilib aytganda, animatsiya kaliti ma’lum vaqtda obyekt aynan qayerda joylashganligini eslab qoladi.
Animatsiya kalitlari bilan ishlash uchun animatsiyani boshqarish paneli hamda vaqt shkalasi kerak bo‘ladi. Vaqt shkalasi oynalar proyeksiyasining ostida joylashgan, u bir uzun shkala bo‘lib, uning qiymatlari 0 dan 100 gacha bo‘ladi. Shkala boshida animatsiya polzunogi (surgichi) joylashgan (105-rasm).



      1. rasm. Animatsiya polzunogi.

Animatsiya surgichida ikkita son ko‘rsatilgan: birinchisi surgichning shkaladagi dastlabki holatini ko‘rsatadi, ikkinchisi – shkalaning umumiy davomiyligini ko‘rsatadi. Boshlanishiga bu 0/100, surgich vaqt shkalasining boshida joylashgan degani. Surgichni shkala bo‘ylab surib, birinchi sonni o‘zgartiriladi. Endi kalitlar yordamida bevosita animatsiya jarayonini ko‘rib chiqamiz.



  1. Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasining chap tarafida sodda Teapot (Choynak) primitiv choynak yaratiladi (106-rasm).




      1. rasm. Dastlabki sahna ko‘rinishi.

Maqsad choynakni mustaqil ravishta proyeksiya oynasining boshqa bo‘lagiga o‘tkaztirish.

  1. Buning uchun eng avvalo animatsiya rejimini yoqish lozim. Bu rejim animatsiyalar kalitini o‘rnatish deb ataladi. Buning uchun Auto Key (Kalitlarni avtomatik o‘rnatish) yoki “N” tugma bosiladi. Bu rejimni faol proyeksiya oyna zihining qizil rangidan va vaqt shkalasidan oson aniqlash mumkin. U yoqilgandan so‘ng vaqt birligida obyektning tasnifini o‘zgartirish amallari yozilib boradi.

  2. Obyektni qo‘zg‘atish animatsiyasini yaratish uchun, hodisa jarayonini yaratish lozim. Hohlagan hodisa jarayoni bu harakat+vaqtdir. Demak, avvalo vaqtinchalik interval jarayonini, keyin aynan qaysi hodisa jarayoni sodir bo‘lishini ko‘rsatish lozim. Sichqonchaning chap tugmasini animatsiya surgichiga bosish lozim va uni qo‘yib yubormasdan surgichni vaqt shkalasining o‘rtasiga suriladi, 50/100 son paydo bo‘lishi uchun. Demak, yaratiladigan jarayon hodisaning davomiyligi 50 kadr (30 kadr 1 sekundga teng, demak, 50 kadr 1.66 sekunddir).

  3. Vaqtinchalik interval berildi, endi harakatni berish lozim. Harakat manipulyatori olinadi va sahnada Perpective (Perspektiva) oyna proyeksiyasining o‘ng burchagiga ko‘chiriladi.

  4. Ahamiyat berilsa, vaqt shkalasida ikkita qizil belgi paydo bo‘ladi: 0 kadrda va 50 kadrda. Ana shu animatsiya kalitidir. Vaqtinchalik shkala bo‘lagi mazkur kalitlar doirasida – bu hodisa jarayonidir. Animatsiya kalitlari ko‘rinadi, agarda obyektga nisbatan animatsiya bajarilishi belgilansa (bizning holatimizda bu choynak).

  5. Yaratilgan hodisani ko‘rish uchun animatsiyani bosqarish tugmasining hududi joylashgan Play Animation (Animatsiyani ishga tushirish) tugma yordamida animatsiyani ishga tushirish kerak (107-rasm).




      1. rasm. Play Animation tugma.

  1. Animatsiya surgichi shkala bo‘yicha mustaqil harakatlanishni boshlaydi. Kadrlar orasida vaqt 0 va 50, choynakni mustaqil ravishta boshlang‘ich nuqtadan oxirgi nuqtaga qo‘zg‘atilishi sodir bo‘ladi. Ahamiyat berilsa, choynak siz qo‘zg‘atgandek qo‘zg‘almaydi. U eng qisqa trayektoriya bo‘ylab qo‘zg‘aladi, to‘g‘ri chiziq bo‘yicha A nuqtadan B nuqtagacha. Choynakni qo‘zg‘atishda 4 qadamida hohlagan trayektoriya bo‘yicha yo‘naltirish mumkin edi. Lekin dastur boshlang‘ich va oxirgi nuqtani yozadi va mustaqil ravishta ular orasidagi eng qisqa yo‘lni tanlaydi. Harakatni yaratayotganda buni unutmaslik lozim.

  2. Play Animation Animatsiyani ishga tushirish) tugma orqali animatsiya yaratish to‘xtatiladi (agar u ishlayotgan bo‘lsa). Animasiya surgichini 50 kadrga o‘rnatiladi choynakni sahnada belgilangan, animatsiya kalitlari vaqt shkalasida akslantirilgan va animatsiya rejimi yoqilganligiga ishonch hosil qilish lozim. Masshtablashtirish manipulyatori olinadi va choynakning o‘lchamlari bir necha bor kattalashtiriladi.

  3. Yana animatsiya ishga tushiriladi. Endi choynak nafaqat fazoda qo‘zg‘aladi, balki bir vaqtning o‘zida o‘lchamlari ham kattalashadi. Bu shuning uchun sodir bo‘ladiki, yana bitta amal dastlabki hodisa qo‘shilganligi uchun. Amalning qo‘shilishi, agarda animatsiya polzunogi bilan oxirgi hodisa kalit kadrini belgilab va amal qo‘shilsa sodir bo‘ladi. Aks holda qo‘shimcha mustaqil hodisa yaratiladi.

  4. Vaqtinchalik hodisa intervalini yaratilgandan so‘ng ham o‘zgartirish mumkin. Buning uchun animatsiyalanadigan obyekt (choynak) belgilanganligiga ishonch hosil qilish lozim so‘ngra vaqt shkalasida chetgi animatsiya kaliti belgilanadi va uni qo‘zg‘atiladi. Amalni bajarish davomiyligini oshirish uchun kalitni o‘ngga surish, davomiylikni kamaytirish uchun chapga surish lozim.

  5. Birinchi animatsiya kalitini shkala bo‘ylab surib, hodisani yaratish davomiyligi ham o‘zgartiriladi, lekin u boshlanishi hisobiga. Shunday qilib hodisani ozgina kechiktirish mumkin.

  6. Shunday qilib hozir bitta hodisa bor, ya’ni choynak qo‘zg‘aldi va 50 kadr davomida u kattalashib bordi. Yana bitta hodisa yaratildi u choynakni

dastlabki holiga qaytardi.

  1. Choynak belgilanadi va animatsiya surgichini oxirgi kadr – 100 (surgichda 100/100 yozuvi paydo bo‘ladi) holatiga ko‘chiriladi. So‘ngra harakat manipulyatori yordamida choynak avvalgi holatiga oyna proyeksiyasining chap qismiga qaytariladi masshtablashtirish manipulyatori yordamida choynakning dastlabki o‘lchamlari qaytariladi (taxminan).

  2. Endi animatsiyani yaratishda, choynak butun vaqt shkalasi bo‘yicha harakatlanadi: birinchi yarmida u o‘ngga harakatlanadi va bir vaqtning o‘zida kattalashadi, ikkinchi yarmida chapga va kichiklashadi. Shunday qilib, quyidagilar o‘rganildi:

    • animatsiya rejimini ishga tushirishni;

    • vaqtinchalik hodisa intervalini berishni;

    • vaqt oralig‘ida obyektlarning harakatini yaratishni;

    • tayyor hodisa olishni;

    • yaratilgan animatsiyani yaratish;

    • tayyor hodisalarning vaqtinchalik ramkalarini o‘zgartirishni;

    • hodisalar qo‘shishni.


Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish