Loop (Sikl) – bu opsiya animatsiyani yaratishni qaytadan boshlashga imkon beradi. Sikl ishlash cheksiz, uni faqat foydalanuvchi to‘xtatishi mumkin.
Speed (Tezlik) – bunda animatsiyani yaratish tezligini o‘zgartirish mumkin. Standart rejim 1x, bu animatsiyani yaratilishining 1 soniyasi. 2x bu animatsiyani yaratilishini 2 baravar bajaradi, 1/2x esa 2 baravar kam. Bu ko‘rsatkich faqat animatsiya yaratilishiga ta’sir etadi. Vaqt shkalasining o‘zi esa o‘zgarmaydi.
Direction (Yo‘nalsih) – animatsiyani yaratish yo‘nalishini belgilaydi. Bu opsiya Real Time (Aniq vaqt) opsiyasini o‘chirgandan so‘ng ishlaydi. Bunda uchta yaratish variantlari keltirilgan:
Forward (Oldinga) – yaratish vaqt shkalasining oshish yo‘nalishi bo‘yicha sodir bo‘ladi.
Reverse (Orqaga) – yaratilish qarama-qarshi yo‘nalishda sodir bo‘ladi.
Ping-Pong (U yoqga-bu yoqga) – yaralish avval oldinga, so‘ng orqaga sodir bo‘ladi.
Keyin Animation (Animatsiya) guruh ko‘rsatkichlari joylashgan. Bunda bir necha ko‘rsatkichlar joylashgan, bular vaqt shkalasini davomiyligini uning masofasi bilan ishlash imkonini beradi.
Shkala uzunligini Start Time (Boshlash vaqti) va End Time (Tugatish vaqti) ko‘rsatkichlar, yoki Length (Uzunlik) ko‘rsatkich yordamida o‘zgartirish mumkin. Masalan, Length (Uzunlik) ko‘rsatkich qiymatini o‘zgartirish bilan birga, bir vaqtning o‘zida End Time (Tugatish vaqti) ko‘rsatkich qiymati ham o‘zgaradi, chunki ular o‘zaro bog‘liqdir.
Uzunlik shkalasining o‘lchov birligi Time Display (Vaqtni aks ettirish) guruh ko‘rsatkichlar rejimining tanlanishiga bog‘liq. Masalan, davomiyligi 1 minut
bo‘lsa, vaqt shkalasini yaratish uchun SMPTE rejim tanlanadi va Length (Uzunlik) ko‘rsatkich qiymatini 1:0:0 ga teng qilib beriladi.
Modifikator parametrlarini animatsiya
Avval aytilganidek, animatsiya – bu vaqt birligi ichida obyektning tasniflarining dinamik o‘zgarishidir. Obyekt ko‘rsatkichlari uning tasnifiga kiradi. Demak, ulardan hohlagan biri animatsiyalanishi mumkin.
Obyekt ko‘rsatkichlarining animatsiyalash tartibini aniq misolda ko‘rib chiqamiz:
Sahna tozalanadi va Perspective (Perspektiva) oyna proyeksiyasida o‘rta o‘lchamli murakkab shakl Hose (Yeng) yaratiladi. Yaratilgan obyekt 110- rasmdagidek bo‘ladi.
rasm. Dastlabki obyekt.
Endi kalitlar filtri sozlanadi. U obyektning aynan qaysi o‘zgarishlari animatsiyalanishini va qaysilari o‘zgarmasligini ko‘rsatish imkonini beradi. Key Filters (Kalitlar filtri) opsiyasi animatsiyani boshqarish blokida joylashgan (111- rasm).
rasm. Key Filters opsiya.
Ana shu tugma bosiladi va Set Key Filters (Kalitlar filtrini o‘rnatish) oynasi ochiladi (112-rasm).
rasm. Set Key Filters oyna.
Bu oynada obyektning aynan animatsiya qilinadigan tasniflari ko‘rsatiladi. Ahamiyat berilsa, bayroqchalar faqat Position (Holat), Rotation (Aylanish), Scale (Masshtablashtirish), IK Parameters (Teskari knematika ko‘rsatkichlari) varinatlar oldida qo‘yilgan. Bu yuqorida sanab o‘tilgan tasniflarni o‘zgartirish bilan hodisa yaratish mumkin degani.
Obyekt ko‘rsatkichlarni animatsiya qilish uchun Object Parameters (Obyekt ko‘rsatkichlari) bayroqchani yoki All (hammasi) bayroqchani o‘rnatish lozim. Bu barcha sanab o‘tilgan tasniflarni animatsiyalash imkonini beradi. Biror bir bayroqchani o‘rnatib, mazkur oyna berkitiladi.
Sahnada yaratilgan obyekt belgilanadi, animatsiya rejimiga o‘tish uchun va Auto Key (Kalitlarni avtomatik o‘rnatish) tugma yoki “N” tugma bosiladi, natijada animatsiya rejimi yoqiladi.
Avval vaqtinchalik hodisa bo‘lagini beramiz. Animatsiya surgichi vaqt shkalasining o‘rtasiga olib kelinadi (agarda standart sozlashdan foydalanilsa, u holda bu № 50 kadrning holati.
Buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi, belgilangan obyekt ko‘rsatkichlariga va Height (Balandlik) ko‘rsatkich qiymatini ikki martaga o‘zgartiriladi. Natijada obyekt ikki baravariga cho‘zilishi lozim.
Animatsiya surgichini oxirgi kadr (№ 100 standart sozlashlarda) holatiga, vaqt shkalasini eng oxiriga suriladi va obyektning avvalgi balandlik qiymati beriladi (buni aniqlash uchun vaqt shkalasining birinchi kadriga surgich suriladi).
Animatsiya rejimidan chiqiladi va Play Animation (Animatsiyani yaratish) tugmasi yordamida animatsiyani yatish ishga tushiriladi. Endi yengga jon kirgandek bo‘lib, animatsiyani yaratilishiga ko‘ra goh tepaga, goh pastga harakatlanadi. Agarda kadrning boshida va oxirida obyekt balandligining qiymati bir xil berilsa, u holda tebranish silliq o‘tadi, oxirgi kadrdan birinchi kadrga o‘tishda notekis harakatlar bo‘lmaydi.
Mustaqil ravishta mazkur harakatga boshqa harakatlar berib ko‘rish kerak, masalan: yengning radiusini bir vaqtning o‘zida kattalashtirish va kichiklashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |