I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


Sahnaning xossa va fon parametrlarini sozlash



Download 3,99 Mb.
bet36/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Sahnaning xossa va fon parametrlarini sozlash


Vizualizatsiyani ishga tushirishdan oldin kadr ko‘rsatkichlarini sozlash lozim. Kadrni sozlashda quyidagi tasniflar bilan ishlash tartibi ko‘riladi:

    • kadr o‘lchamlari;

    • kadrni avtomatik saqlash;

    • tasvirni silliqlash;

    • kadr foni.

Kadr o‘lchamlari. Tasvirning asosiy ko‘rsatkichlari bu uning o‘lchamlaridir. Kadr o‘lchamlarini rasmning vazifasiga bog‘liq ravishta tanlash lozim: agarda kadr keyinchalik bosmaga (pechatga) yaratilgan bo‘lsa, uning o‘lchamlari katta bo‘ladi, agarda internet resursda banner sifatida foydalanish uchun bo‘lsa aksincha kichik bo‘lishi lozim. Kadrning o‘lchamlari vizualizatsiyaning davomiyligiga bog‘liq. Bu Scanline vizualizatordan foydalanishda sezilmaydi, lekin boshqa vizualizatordan foydalanilganda bu seziladi.
Kadr o‘lchamlari piksellarda ifodalanadi. Standart o‘lcham dastur bo‘yicha foydalaniladi 640×480 piksellar. Aynan shunday o‘lchamdagi kadrlar tezkor vizualizatsiyalarni bajarishda yaratiladi. Uskunalar bosh panelida Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) yoki “F 10” tugma bosiladi (83-rasm).


      1. rasm. Render Setup tugmasi.

Natijada Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oyna paydo bo‘ladi. U beshta bo‘limdan iborat, ular orasida bog‘lanish yuqoriddagi bo‘lim nomlariga kirish yordamida amalga oshiriladi. Hozirda Common (Umumiy) bo‘lim ochilgan. Unda bir necha guruh ko‘rsatkichlari joylashgan. Bizni Output Size (Oxirgi o‘lcham) guruh ko‘rsatkichlari qiziqtiradi (84-rasm).


      1. rasm. Output Size guruh ko‘rsatkichlari.

Bunda ikkita asosiy ko‘rsatgich joylashgan: Width (Eni) va Height (Balandligi). Bu yerda kadrga piksellarda aniq qiymatlar, uzunligi va eni beriladi, natijada kadr o‘lchami o‘zgaradi. Kadr o‘zgarganligi qayta vizualizatsiyada seziladi. Masalan, quyidagi qiymatlar beriladi 320×240 piksellar va vizualizatsiya bajariladi. Tasvir joylashgan kadr to‘rt marta kichiklashadi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik kompyuterda ko‘riladigan bo‘lsa, u holda uning o‘lchamlari 1200×900 piksel yetarli bo‘ladi. Agarda yaratilgan tasvir keyinchalik bosib chiqariladigan bo‘lsa, u holda katta qiymatlar berilishi kerak. Masalan, 2000×1500 piksel.


Kadr o‘lchamlarining ko‘rsatkichi o‘stida Image Aspect (Tasvir proporsiyasi) ko‘rsatkich joylashgan. Bu yerda kadr tomonlarining mutanosibligi aks ettiriladi. Standart mutanosiblik – 1,333. Ana shu mutanosiblikni belgilab qo‘yish uchun ko‘rsatkichning o‘ng tomonidagi qulf rasmi tushirilgan tugmani bosish lozim. Endi har xil o‘zgartirishlar, masalan, tasvirning eni o‘zgarsa bo‘yi
ham shunga mos ravishta o‘zgaradi va aksincha.
O‘ng tarafda to‘rtta tugma joylashgan, ularda tayyor kadrning o‘lchamlari sxemasi joylashgan, bular 320×240, 640×480, 720×486, 800×600. Ana shu tugmalarga bosib, avtomatik ravishta taalluqli kadr o‘lchamlarini qabul qilish mumkin. Shaxsiy sxema yaratish uchun, ana shu tugmalardan biriga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va kerakli qiymat oynada paydo bo‘ladi. Pixsel Aspect (Piksel proporsiyasi) ko‘rsatkich tasvirning hamma o‘lchamlarini uzunligi va eni nisbatini bermaydi, balki faqatgina u tashkil topgan piksellarnigina nisbatini beradi. Piksellar proporsiyasini o‘zgartirsa tasvirning ko‘rinishi buziladi. Shuning uchun bu nisbatni birga teng qilib qoldirish lozim.
Kadrni avtomatik saqlash. Kadr vizualizatsiyasining saqlash ko‘rsatkichi vizualizatsiyadan so‘ng tanlanadi, lekin avvaldan, faylning otini, manzilini va formatini berish imkoniyati bor, bunda tasvir avtomatik ravishda saqlanadi. Bu Render Output (Vizualizatsiya xulosasi) opsiya yordamida bajariladi, u Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oynasida Common (Umumiy) bo‘limning pastgi qismida joylashgan (85-rasm).

      1. rasm. Render Output guruh.

Bu yerda Files (Fayllar) tugma bosiladi. Faylni saqlash oynasi paydo bo‘ladi. Bu yerda vizualizatsiyadan so‘ng yaratilgan faylning nomini, manzilini va fayl formatini berish lozim. Barcha kerakli ko‘rsatkichlarni berilgandan so‘ng, bu hamda Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oyna berkitiladi. Sahna vizualizatsiyasi bajariladi (sahna bo‘sh bo‘lsa ham) “Shift+Q” tugma. Endi berilgan manzil bo‘yicha hozirgina yaratilgan tasvirning faylini toppish mumkin.


Tasvirni silliqlash. Sahnani vizualizatsiya natijasi rastrli tasvir hisoblanadi, hohlagan rastrli tasvir piksellardan tashkil topgan. Piksellar kvadrat shaklida bo‘ladi, shuning uchun rasmlarda bo‘ladigan burilishlarda ba’zida piksellardan tashkil topgan zinalar paydo bo‘ladi. Masalan, 86-rasmda ko‘rinib turibdiki, yumaloqlashgan yoki burilgan kontur shakli zinasinom.



      1. rasm. Silliqlash o‘chirilgan, yumaloq yoki burilgan kontur zinasinom ko‘rinishda.

Zinasimon konturlarni silliqlash uchun maxsus Antialiasing (Silliqlash) vizualizatsiya opsiyasi yaratilgan. Ushbu ko‘rsatkich Antialiasing (Silliqlash) guruhidagi, Renderer (Vizualizator) bo‘limining Render Setup (Vizualizatsiyani sozlash) oynasida joylashgan (87-rasm).

      1. rasm. Antialiasing guruh ko‘rsatkichlari.

Bu manbaa dastur bo‘yicha yoqilgan. U Antialiasing (Silliqlash) bayroq yordamida yoqiladi yoki o‘chiriladi. Filter Size (Filtr o‘lchami) ko‘rsatkich tasvirning silliqligiga javob beradi. Ana shu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, silliqlash shuncha kuchli bajariladi.
Shunday qilib, Filter Size (Filtr o‘lchami) ko‘rsatkich bilan ishlash natijasida
yaratilgan tasvirning silliqlash darajasini o‘zgartirish mumkin.
Kadr foni. Vizualizatsiya bajarilganda doimo sahna foni qora bo‘lgan. Qora fon standart hisoblanadi, lekin uni hohlaganiga o‘zgartirish mumkin. Vizualizatsiya foni sifatida bir xil rang qo‘llash bilan bir qatorda biror bir tasvir ham qo‘llanilishi mumkin. Rendering – Enviroment (Vizualizatsiya – Atrof muhit) menyu tanlanadi yoki “8” tugma bosiladi. Enviroment and Effects (Atrof muhit va effektlar) oynasi paydo bo‘ladi. Bu yerda Background (Fon) guruh ko‘rsatkichlari kerak bo‘ladi, u oynaning yuqorigi qismida joylashgan (88-rasm).

      1. rasm. Background guruh ko‘rsatkichlari.

Chap tarafda uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri to‘rtburchak joylashgan. Unga sichqonchaning chap tugmasini bosib, rang tanlash oynasi ochiladi. Bundan hohlagan rangni tanlab, vizualizatsiya fonining rangini o‘zgartirish mumkin. Masalan, oq rang tanlanadi. Endi vizualizatsiyani bajarib, oq fonli sahna hosil qilinadi. Tasvirni vizualizatsiya foni sifatida foydalanish uchun Use Map (Tasvirdan foydalanish) bayroqchasi o‘rnatilishi lozim. So‘ngra None (Hech narsa) tugma bosiladi. Natijada karta tanlash oyna paydo bo‘ladi. Bu yerda ikkinchi band

  • Bitmap (Rastrli tasvir) tanlanadi. So‘ngra fon sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan aniq tasvir beriladi. Shunday qilib, mazkur guruh opsiyasi yordamida vizualizatsiya fonini sozlash mumkin.


    1. Download 3,99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish