I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


Obyektlarning tayanch nuqtalari



Download 3,99 Mb.
bet12/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Obyektlarning tayanch nuqtalari. Obyektlarda tayanch nuqtalari bo‘ladi. Tayanch nuqtasi obyekt vaziyatini maksimal aniqlikda uzatishga imkon beradi. Obyektning aniq koordinatlarini bera turib, haqiqatda esa obyektning tayanch nuqtalar koordinatlarini beramiz. Barcha boshqarishlar obyektning tayanch nuqtasiga nisbatan sodir bo‘ladi. Masalan, obyektga nisbatan Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish) boshqaruvini o‘qllashda aynan tayanch nuqtasiga nisbatan aylantiriladi.
Aniq obyektni tayanch nuqtasini aniqlash uchun, uni belgilash kifoya. Hohlagan belgilangan obyektning vektorlari bo‘ladi, ular uch o‘lchamli fazoda obyektning yo‘nalishini ko‘rsatadi (qolagan boshqaruvchilardan foydalanilganda bu obyektlar faol bo‘ladi). Vektor kelib chiqqan nuqta aynan obyektning tayanch nuqtasi bo‘ladi.
Tayanch nuqtasi nafaqat bitta obyektda bo‘ladi, balki belgilangan bir guruh obyektlarda ham bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun sahnada bir necha erkin obyektlar yaratiladi va ularni belgilash ramkasi yordamida belgilanadi. Tayanch markazi bitta bo‘lib qoladi, agarda belgilangan guruhga aylantirish boshqaruvi qo‘llansa, barcha obyektlar aynan ana shu nuqtaga nisbatan aylana boshlaydi.
Obyektning tayanch nuqtasini avtomatik ravishta joylashuvi ko‘pincha aynan obyekt qaysi oyna proyeksiyasida yaratilganligiga bog‘liq. Sahnani tozalab
2 ta kub yaratiladi: birinchisi Top (Yuqoridan ko‘rinish) oyna proyeksiyasida, ikkinchisi Front (Oldidan ko‘rinish) oyna proyeksiyasida. Ahamiyat berilsa, birinchi kubda tayanch nuqtasi pastki qirrada, ikkinchisida esa, yon tarafda joylashgan. Gap shundaki, kub misolida tayanch markazi qaysi obyekt birinchi yaratilishi uchun chizilsa, o‘shaning qirra markazida joylashgan bo‘ladi.
Tayanch nuqtasining vaziyatini boshqarish foydali. Masalan, fazoda obyekt nusxasini to‘g‘ri taqsimlash uchun uning vaziyatini berish lozim. Bunda ba’zi modellashtirish usullaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Obyektga nisbatan tayanch nuqtasining vaziyatini ikkita usul bilan o‘zgartirish mumkin: avtomat ravishta va qo‘l yordamida.
Markazni va tayanch nuqtasini avtomatik ravishta to‘g‘rilash. Obyekt markazini va tayanch nuqtasining vaziyatini avtomatik to‘g‘rilash, asosiy asboblar panelidagi Use Center (Foydalanish markazi) asbob yordamida bajariladi. Bu tugma asboblar panelida tayanch nuqtasini to‘g‘rilashning uch variantini ochadi (17-rasm).

      1. rasm. Use Center asbobi.

Bular Use Pivot Point Center (Markaz deb tayanch nuqtasidan foydlanish), Use Selection Center (Belgilangan markazdan foydalanish), Use Transform Coordinate Center (Shakl o‘zgarganda koordinata markazidan foydalanish). Use Pivot Point Center (Markaz deb tayanch nuqtasidan foydlanish) – obyektlar uchun alohida ajratilgan standart rejim. Bunda obyekt markazining vaziyati va tayanch nuqtasining standart vaziyati mos keladi. Agar 1 ta obyekt belgilansa, u holda bu


rejim dastur standartiga ko‘ra foydalaniladi, barcha transformatsiyalar tayanch markzi bilan bog‘liq holda bajariladi.
Bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarni belgilab, ana shu rejimdan foydalanish alohida qizqiish uyg‘otadi. Bir necha obyektlar belgilanib, ana shu rejimga o‘tiladi (umumiy belgilanishda boshqa rejim avtomatik ravishta yoyiladi). Aylantiruvchi boshqaruvchini tanlanib, belgilangan obyektlar buriladi. Endi ular monolit blok kabi aylanmaydi, balki ularning har biri alohida aylanadi.
Use Selection Center (Belgilangan markazdan foydalanish) – bu rejimda tayanch nuqtasining vaziyati obyektning geometrik markazining vaziyati bilan mos keladi. Hohlagan obyektni belgilab, ana shu rejim yoqiladi va obyekt buraladi. U aynan o‘zining markazi atrofida aylanadi. Endi bir necha umumlashgan obyektlarni belgilab, ana shu rejim yoqiladi. Tayanch nuqtasining vaziyati belgilangan obyektlar tasvirlagan paralellopipedning geometrik markazining vaziyati bilan mos keladi. Umuman olganda bir vaqtning o‘zida ko‘pgina obyektlarni belgilaganda, bu rejim standart hisoblanadi.
Use Transform Coordinate Center (Shakl o‘zgarganda koordinata markazidan foydalanish) – bu rejimda tayanch nuqtasi avtomatik ravishta koordinata boshiga ko‘chadi, barcha shakl o‘zgarishlar koordinata nuqtasining 0, 0,
0 da sodir bo‘ladi, ya’ni uch o‘lchamli fazo markaziga nisbatan. Bu qoida faqatgina Perspective (Perspektiva) oynada ishlaganda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agarda hohlagan ortografik oynada ishlansa, faqat ko‘ruvchiga nisbatan yo‘nalgan perpendikulyar koordinatalargina 0 ga tenglashadi (z – Top, y – Front, x – Left). Bu rejim bitta yoki umumlashgan obyekt tanlanishidan qat’iy nazar bir xilda ta’sir etadi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish