Obyekt tushunchasi
Kundalik hayotda bizni turli xil narsalar o‘rab oladi. Ulardan ba’zilari oddiy shaklda, boshqalari juda murakkabdir. Har birida odam oddiy narsalar asosida murakkab obyektlarni yaratish qobiliyatiga egadir.
3D grafikasi har qanday predmetga oddiy obyektlar to‘plami sifatida qaraydi. 3D animatorlar, xuddi bolalar singari, oddiy kublar va boshqa narsalardan virtual olamlarni yaratadilar. Bitta kubni ishlatish bilan nima qilish mumkin, degan savol tug‘iladi. Hammasi mahorat, iqtidor va sabr-toqatga bog‘liq. Agar uzoq vaqt davomida ko‘plab kublarni ustma-ust joylashtirish orqali siz hatto juda murakkab obyekt shaklini takrorlash mumkin.
Atrofga diqqat bilan qarasangiz, ko‘p narsalar to‘g‘ri shaklga ega ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Vaqt o‘tishi bilan siz murakkab narsada oddiylikni ko‘rishni o‘rganasiz, va qiyinchiliksiz predmetda kublar, sferalar, piramidalar, konuslar va boshqa eng oddiy uch o‘lchamli obyektlarni ko‘rishingiz mumkin.
Obyektni ko‘rsatishni sozlash
Yaratilgan obyektlarni boshqarish mumkin. Buning uchun 3 ta maxsus boshqarish asboblari mavjud:
Select and Move (Belgilash va Ko‘chirish).
Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish).
Select and Scale (Belgilash va Masshtablashtirish).
Birdaniga uch o‘lchamli fazoda kerakli nuqtada obyektini yaratishning deyarli ilojisi yo‘q. Odatda obyekt ixtiyoriy joyda yaratiladi, so‘ngra boshqaruvchilar yordamida kerakli nuqtaga ko‘chiriladi. Buning uchun obyekt kerakli gradusga buriladi va masshtablashtiriladi. Boshqaruvchilar asosiy asboblar panelida joylashgan (11-rasm).
rasm. Move, Rotate, Scale buyruqlari.
Ana shu harakatlarni ko‘rsatish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
Obyektni ko‘chirish.
Sahnada biror obyekt belgilanadi. Agarda sahna bo‘sh bo‘lsa, biror sodda obyekt yaratilib, u belgilanadi.
Asosiy asboblar panelidan Select and Move (Belgilash va Ko‘chirish) harakat boshqaruvchisi tanlanadi. Obyektda 3 ta ko‘rsatuvchi vektorlar x, y, z paydo bo‘ladi. Ular harakatlanish mumkin bo‘lgan yo‘nalishni ko‘rsatadi.
Kursorni ma’lum vektorga yo‘naltiriladi. Belgilangan vektor sariq rangda bo‘ladi. Sichqonchaning tugmasini bosib, kursor suriladi – obyekt yoritilgan vektor bo‘ylab harakat qiladi.
Obyektni nafaqat yo‘nalish bo‘yicha, balki yuza bo‘yicha surish uchun kursor bilan vektorlarni va maxsus chiziqlarni kesishishi natijasida hosil bo‘lgan kvadrat yoritiladi.
Demak obyektni ko‘chirish ketma-ketligi quyidagicha: avval obyektni yoki obyektlarni belgilanadi, so‘ngra harakat boshqaruvchilari tanlanadi va kerakli yo‘nalish yoritiladi va obyekt ko‘chiriladi.
Obyektni aylantirish. Obyektni aylantirish quyidagicha amalga oshiriladi: obyekt belgilanadi, Select and Rotate (Belgilash va Aylantirish) boshqaruvchi tanlanadi, aylanish yo‘nalishi ko‘rsatiladi, obyekt atrofida u yoki bu aylana yoritiladi va aylantirish bajariladi. Aylantirish davrida obyektning yuqorisida burilish gradusi ko‘rinadi (12-rasm).
rasm. Obyektni aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |