III.ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH.
3.1. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini xisoblash.
Ta`mirlash korxonasining asosiy parametrlari jumlasiga kuyidagilar
kiradi: TXK va ta`mirlash soni bilan ifodalanadigan dastur, bajariladigan
ishlarning ish vaqti soatlaridagi sermexnatliligi; ish tartibi va vakt fondlari;
ishlab chikarish maromi, mashinalarni ta`mirlash muddati; ishchi o’rinlari,
ishchilar, uskunalar va maydonchalar soni.
Qishloq xo’jalik texnikasini ta`mirlash yillik dasturini aniklash usullari.
Fermer xo’jaliklarning va boshka turdagi ish yuritish sub`ektlarining traktorlar,
avtomobillar, kombayinlar va qishloq xo’jalik mashinalarini ta`mirlash yillik
dasturi mashinaning xar kaysi markasi bo’yicha ta`mirlash va murakkab texnik
xizmat ko’rsatish turlari soni va muddatlarini xisoblash asosida tuziladi.
Kuyidagilar xisoblashlarni tuzish uchun dastlabki ma`lumotlar sifatida xizmat
kiladi: fermer xo’jaligi yoki MTP xo’jaligi mexanizatsiyalashtirilgan
guruxining yillik ishlab chiqarish topshirigiga muvofiq mashinani ish bilan rejali
ta`minlash; mashinaning oxirgi kapital yoki joriy ta`mirlashdan (agar oxirgisi
joriy bo’lgan bo’lsa) rejalanadigan yil boshigacha bajargan ish xajmi;
mashinaning texnik xolati; mashinaning ta`mirlashlar orasida bajargan ish xajmi.
Ta`mirlanadigan mashinalar sonini (ishlab chikarish dasturi) kuyidagi
usullarning biri yordamida aniklash mumkin: analitik, grafik va jadval usuli.
Analitik usul mashinalarni ish bilan rejali ta`minlash va ularning
ta`mirlashlar orasida bajargan ish xajmi orasidagi bog`lanishni xisobga oladi.
Topilgan xisoblash ma`lumotlarini jamlab, bir yilda ta`mirlanadigan
mashinalar sonini topamiz.
Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini (parametrlarini) xisoblash
uchun:
1. Hisoblanayotgan xudud yagona o’lchagichlar xisobida yoki xudud bo’yicha
traktorlar va mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning umumiy xajmini aniklash.
2.Mashinalar va uskunalarga TXK va ta`mirlashdada solishtirma mexnat sarfi
normalarini aniklash xamda tanlash.
3.Ko’rib chikilayotgan zona yoki xo’jalikda foydalanish taxmin kilingan
traktorlarning markalari bo’yicha traktor ishlari xajmini taksimlash.
4.Solishtirma normalarga ko’ra mashinalarga TXK va ta`mirlashda
sarflanadigan umumiy mexnatni xisoblash.
5.Mashinalar va uskunalarga TXK va ta`mirlash ishlarining umumiy xajmini bu
ishlar bajariladigan joyda taksimlanishi va tuzatishlar kiritilishi
(ixtisoslashtirilgan korxonalarda ishlar samaradorligining ortishi tufayli mexnat
sarfining kamayishi).
6.Ta`mirlash bazasi turli zvenolarining etishmaydigan kuvvatlari va talab
kilinadigan kapital mablag`larni aniklash.
Traktor va mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning umumiy xajmi zonadagi turli
tuman dala ekinlarining fizik (tabiiy) maydonlarini tegishli ko’chma
koeffitsientlarga ko’paytirib olinadi. Viloyat (respublika), tuman yoki fermer
xo’jalik bo’yicha traktor va mexanizatsiyalashtirilgan boshka ishlar xajmi besh
yillik muddatga yoki belgilangan boshka xisoblash sanasi uchun olinadi.
Ishlar xajmini bajariladigan joyda taksimlash. Mashinalarga TXK va
joriy ta`mirlash sodda bo’lgan ishlar xajmi 50-52%ni, kapital ta`mirlashni o’z
ichiga oladigan murakkab ta`mirlash ishlarining xajmi 48-50%ni tashkil kiladi.
Kishlok xo’jaligida MTPga TXK va ta`mirlash tajribasidan umumiy
ishlar xajmini kuyidagi ravishda taksimlash mumkin:
1.kismlarga ajratish, yig`ish, rostlash va sinash ishlari-60%;
2.mashina va detallarni tashki yuvish-6%;
3.chilangarlik—mexanik ishlar-8%;
4.payvandlash usullardagi va temirchilik ishlar -24 %;
5.bo’yash-2 %.
Korxonaning vakt fondlari kuyidagicha aniklanadi:
a) ishchilar va uskuna ishining yillik nominal vakt fondi
Fi.u=(di*tsm-dd*tk)*n, (3.1)
bu erda di-yildagi ish kunlari soni (6 kunlik ish xaftasida
di =305);
tsm-smenaning uzunligi (8 soat);
dd-dam olish va bayram kunlari soni (dd = 58 kun);
tk-dam olishdan oldingi va bayramdan oldingi kunlarda
smenani kiskarish vakti;
n-smenalar soni (n=1 da Fi.u.=207 soat, Fi=207 soatga teng).
b) ishchilar ish vaktining xakikiy yillik fondi
Fi.x= (Fi.u.+ d0*tsm)ηi.v. (3.2)
bu erda d0-bir yilda otpuska ish kunlarining umumiy soni:
ηi.v.-ish vaktidan foydalanish koeffitsienti (ηi.v=0,97).
(Fi.x.=1840 soat)
v) uskunalar ish vaktining xakikiy yillik fondi
Fu.i.=Fi.u-ηo-n, (Fu.i.=2030 soat) (3.3)
bu erda ηo uskunadan foydalanish koeffitsienti (ηo=0,98).
Kuyida ta`mirlash korxonalarining ishlab chikarish
ishchilari sonini xisoblash keltirilgan:
1)ishchilarning bir yildagi o’rtacha soni
Ro’.r.=Tj/Fi.x. (3.4)
bu erda Tj— korxona ishi yilda talab kiladigan jami
mexnat, kishi-soat;
F — ishchining yillik vakt fondi, soat,
2) i.x — ishlab chikarish ishchilarining ro’yxatdagi soni
Ro’.r.=Tj/Fi.u. (3.5)
3)ishlab chikarishda ishga kelgan ishchilar soni
Ri.k.=Tj/Fi.x.*ηi.v. (3.6)
Ish o’rinlari sonini xisoblash:
1)xar bir ish o’rni bo’yicha ishchilar soni kuyidagi formula
bilan aniklanadi:
Ri.o’.=Ti.o’/τ (3.7)
bu erda Ti.u—ma`lum ish o’rnida ishlarni sermexnatliligi,
kishi-soat;
τ—umumiy ta`mirlash maromi;
2)xar bir ish joyida ishchining ish bilan ta`minlanishi
kuyidagicha aniklanadi;
It=Ri.k./Rr*100% (3.8)
3)ish o’rinlari (It) soni
Io’=Ti.o’./τ*Ri.o’. (3.9)
bu erda Ri.o’.-ayni ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan
ishchilarning umumiy soni, kishi;
Ti.o’. — xar bir ish o’rni bo’yicha ishlarning sermexnatliligi, kishi-soat.
3.2.Eyilgan detallarni qayta tiklash ishlab chiqarish uchastkasini tashkil etish
Mavjud mashina traktor parklarida va AGROMASHSERVIS korxonalarida,
qoidalarga asosan, ishdan chiqqan va eyilgan detallarni qayta tiklash
uchastkalari bo’lishi kerak. Uchastkalar MTPning yoki AGROMASHSERVIS
korxonasining xajmiga va ta`mir qilinadigan mashinalarning turiga bog`liq
bo’ladi.
Uchastkalar odatda xilma-xil shakl va turdagi detallarni qayta tiklashga
mo’ljallangan universal stanoklar bilan jixozlangan bo’ladi. SHu turdagi
uchastkalar jixozlari xam slesar-mexanik uchastkalari jixozlarni
joylashtirishning qoida va normalari kabi qoidalar asosida joylashtiriladi.
Payvandlab qoplab qayta tiklash uchastkasining tuzilishi, ishlab
chiqarish maydonining xajmi, ish joylarining soni bartaraf etiladigan
nuqsonlarning
xususiyatiga,
qo’llaniladigan materiallarga, payvandlash
usullariga, qayta tiklanadigan detallarning vazifasi, o’lchamlari va shakliga,
AGROMASHSERVIS korxonasi yoki MTPning turiga, uning quvvatiga va
mutaxassislashtirilganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.
Eyilgan detallarni qayta tiklash uchastkasida umumiy ishlarga
mo’ljallangan tokarlik stanogi, jilvirlash stanogi, charxlash dastgoxi, slesarlik
stoli, turli asbob-uskuna va shkaflar bilan bir qatorda turli payvandlash
qurilmalari bo’ladi.
Detallarni qayta tiklash uchastkasining ish xajmi, ishchilar soni,
jixozlarning turi va soni, ishlab chiqarish maydoni va shunga o’xshash asosiy
ko’rsatkichlarini ta`mirlash korxonalarini loyixalashdagi kabi uslublarda
xisoblanadi.
Eyilgan detallarni qayta tiklashning yillik ish xajmi quyidagicha
aniqlanadi:
Tyx=WTdA
bu erda: W – qayta tiklanadigan detallarning yillik soni,
Td – bitta detalni qayta tiklashga sarflanadigan ish xajmi, a – yillik dasturning
o’zgarishini xisobga oluvchi koeffitsient. Donali vaqt quyidagicha aniqlanadi:
Td = Ta + Ttt/n
bu erda: Ta – bitta letalni qayta tiklashga ketgan asosiy vaqt;
Ttt – detalni qayta tiklashga tayyorlash va tugatishga ketgan qo’shimcha vaqt.
Asosiy vaqt quyidagilardan tashkil topadi:
Ta = To + Tq + Ttxk + Tdt
bu erda: To-operatsiya vaqti; Tq-qo’shimcha vaqt; Ttxk-ish joyiga texnik xizmat
ko’rsatish vaqti; Tdt-dam olish va tanaffuslar vaqti. SHundan so’ng umumiy
ish xajmi yillik qayta tiklashlar soni bo’yicha aniqlanadi.
Ishchilaring yillik vaqt fondi - yillik ish kunlari soni, smenaning davomiyligi,
smenalar soni, dam olish va bayram kunlari soni, otpuska kunlari soni,
qisqartirilgan kunlar soni, ish vaqtidan foydalanish koeffitsientlari kabilar
asosida xisoblab topiladi.
Stanoklar va uskunalarning yillik ish vaqti fondi – yillik ish vaqti,
uskunadan foydalaish koeffitsienti, smenalar soni kabilar asosida xisoblab topiladi.
Ishchilar soni eyilgan detallarni qayta tiklash uchun talab etiladigan yillik umumiy
ish xajmini bir ishchining xisoblab topilgan yillik ish xajmiga bo’lish orqali
topiladi.
bu erda: ΣΤ - eyilgan detallarni qayta tiklash uchun talab etiladigan yillik
umumiy ish xajmi; F
Y
- bir ishchining hisoblab topilgan yillik ish hajmi.
SHu asosida stanok va dastgoxlar soni va ishlab chiqarish maydonlari
xisoblab topiladi. Ishlab chiqarish maydonini hisoblashda stanokning
egallaydigan maydoni, ishchining egallaydigan maydoni, qo’shimcha
jixozlarning egallaydigan maydoni va ularga o’tishni xisobga oluvchi o’tish
koeffitsientlari kabilar xisobga olinadi.
Misol tariqasida, gaza alangasi yordamida qoplash va purkash uchastkasining
jixozlarning joylashish sxemasini keltiramiz.
Qayta tiklash uchastkada jixozlarning joylashish sxemasi rasm 3.1. keltirilgan
Rasm 3.1. Qayta tiklash uchastkada jixozlarning joylashish sxemasi.
1- gaz ballonlari; 2-asbob uskunalar uchun shkaflar; 3-gaz alangasi yordamida
qoplash (purkashsh) uskunasi; 4-kukun quritish pechi; 5- qayta tiklanadigan
detallar uchun stellaj; 6-tiklangan detallar uchun stellaj; 7-tokarlik stanogi; 8-
jilvirlash stanogi; 9- charxlash dastgohi; 10-slesarlik stoli.
Boshqa usullar uchun qayta tiklash uchastkasining xajmi, jixozlarning
joylashish sxemasi va jixozlarning turlari o’zgarishi munosabati bilan bu
uchastkani loyxasi o’zgaradi.
IV. IQTISODIY QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |