I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


 Elektr energetika tarmogM



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/96
Sana16.04.2022
Hajmi3,78 Mb.
#556569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
Bog'liq
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

3.2. Elektr energetika tarmogM
0 ‘zbekiston o ‘z energ etik resu rslari hisobidan o ‘zining 
ehtiyojlarini to ‘liq ta ’m inlovchi m am lakatlar qatoriga kiradi. 
Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimidagi elektr energiyasi 
ishlab chiqarish quvvatlarining salm oqli hissasi respublikaga 
tegishlidir. Energetika vazirl igi energetika sohasida davlat boshqaruvi 
organi hisoblanadi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsim lash va 
iste’mol qilishning texnologik jarayonining o ‘ziga xosligi o ‘zida 
«Issiqlik elektr stansiyalari», «O ‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» 
ham da «Hududiy elektr tarm oqlari» aksiyadorlik jam iyatlarini 
mujassamlashtirgan markazlashtirilgan boshqaruvni saqlashni talab 
qiladi.
2018-yilda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ issiqlik elektr 
stansiyalari tom onidan 56,3 mlrd. kVt elektr energiyasi ishlab 
chiqarildi, 7,3 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi va elektr 
stansiyalarning umumiy belgilangan quvvati 14 ming MVtni tashkil 
etadi.
«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tasarrufidagi elektr energiyasini 
hosil qiluvchi korxonalardan, umumiy uzunligi 9,7 ming kilometrdan 
ortiq bo‘lgan 220-500 kV kuchlanishdagi magistral elektr tarmoqlari 
orqali «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi korxonalarga 
elektr energiyasini yetkazib berish ishlari « 0 ‘zbekiston Milliy elektr 
tarmoqlari» AJ tomonidan amalga oshiriladi.
R espublikada yakuniy iste’m olchilariga elektr energiyasini 
sotish «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi, har bir hududiy


lu/.ilmada aksionerlik jam iyati sifatida faoliyat k o ‘rsatuvchi o ‘n 
to1 rtta taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari 
tomonidan amalga oshiriladi. Korxonalar balansida kuchlanishi 110 
kVgacha b o ‘lgan umumiy uzunligi 250,4 ming kilometrdan ortiq 
elektr tarmoqlari va 1700 ta podstansiyalar mavjud.
R espublika is te ’m olchilarga elektr energiyasini yetkazib 
berish asosan 0,4-6-10 kVli kuchlanishga ega, uzunligi 223,8 ming 
kilometrdan ortiq bo‘lgan elektr tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
«Issiqlik elektr stansiyalari», « O ‘zbekiston M illiy elektr 
tarm oqlari» ham da «H ududiy elektr tarm oqlari» aksiyadorlik 
jamiyatlari loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajaruvchi 
hamda elektr stansiyalari va tarm oqlarining asosiy va yordamchi 
uskunalarini ta ’mirlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi yagona 
ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi.
R ivojlangan ishlab chiqarish b azasi va yuqori m alakali 
xodim larning m avjudligi elektr x o ‘jalig i obyektlarining yuqori 
darajada foydalanish imkonini beradi.
O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si P re z id e n tin in g 0 ‘z b e k isto n
Renpublikasining elektr energetikasini yanada rivojlantirish va isloh 
qilish strategiyasi to ‘g ‘risidagi qaroriga muvofiq vazirlik tomonidan 
2030-yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish quvvatini rivojlanti­
rish dasturi ishlab chiqilmoqda, bu umumiy quvvati 27 GVt bo'lgan 
yangi energo-bloklarini qurish bilan ishlab chiqarish quvvatini 
oshirish bo‘yicha umumiy qiymati 35 mlrd. AQSH dollariga teng 
b o ‘lgan yirik investitsiya loyihalarini am alga oshirishni nazarda 
tutadi. Shu bilan birga issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan 
umumiy quvvati 6,4 GVt bo'lgan energo-bloklar ekspluatatsiyadan 
chiqariladi.
Issiqlik energetikasi sohasidagi chora-tadbirlarning am alga 
oshirilishi energo-bloklarning sam aradorligi 60% ga teng yuqori 
samarali bug‘-gaz turbinali stansiyalarga asoslangan zam onaviy 
energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni ta ’minlaydi.
19


Respublikada quvvati 2,4 GVt b o ‘lgan birinchi atom elektr 
stansiyasini qurishga alohida e ’tibor qaratilmoqda.
«Yashil» iqtisodiyotga o ‘tish jarayonida zamonaviy, umumiy 
quvvati 6,7 GVt b o ‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini 
yaratish elektr energetikasini rivojlantirishning ustuvor y o ‘nalishi 
hisoblanadi.
Barqaror elektr energiyasini yetkazib berish uchun umumiy 
qiym ati 2,4 mlrd. AQSH dollariga teng b o ‘lgan 2,7 m ing km 
uzunlikdagi 220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari hamda 9 
ta yangi podstansiyalarni qurish zarur.
Shu bilan birgalikda, umumiy qiymati 9,9 mlrd. AQSH dollariga 
teng bo‘lgan mavjud 39,6 ming ta transformator podstansiyalari va 
140,9 ming km uzunlikdagi 0,4-10-35-110 kV kuchlanishdagi elektr 
tarmoqlarida rekonstruksiya va yangilash ishlarini amalga oshirish 
zarur.
Tabiiyki, elektroenergetikaga zarur investitsiyalami faqat mav­
jud davlat energetika kompaniyalari mablag‘lari hisobidan amalga 
oshirish mumkin emas. Shu sababdan xususiy investitsiyalami jalb 
qilishga e ’tibor qaratilmoqda. Umumiy quvvati 15 GVt bo‘ lgan elektr 
stansiyalari qurilishi 17.3 mlrd. AQSH dollariga teng to ‘g ‘ridan
- to ‘g ‘ri sarm oya hisobiga rejalashtirilgan. Barcha stansiyalar 
to‘g ‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar hisobiga quriladi, gidroelektrstansiya- 
lar, atom elektrostansiyalari va bir nechta tartibga soluvchi elektr 
stansiyalar bundan mustasno. Masalan:
Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz qurilmasi bazasida ikki bosqichda, 
har birining quvvati 1300 M Vt b o ‘lgan yangi elektr stansiyasi 
qurilishi;
Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi tomonidan Toshkent 
viloyatida umumiy quvvati 850 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi 
asosida yangi elektr stansiyasi qurilishi;
T urkiyaning «Y ildirim E nerji» kom paniyasi to m o n id an
Surxondaryo viloyatida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan bug‘-gaz 
qurilmasi asosida yangi elektr stansiyasi qurilishi;
20


N avoiy IESning quvvati 650 M Vt boMgan 3 va 4 b u g ‘-gaz 
qurilm asini barpo etish, b u g ‘-gaz qurilm alari va gaz-porshenli 
dvigateli asosida boshqariladigan elektr stansiyasini qurish bilan 
Navoiy lESni kengaytirish.
Kelgusida ushbu elektrostansiyalar aksiyalarining bir qismini 
xususiy invcstorlarga sotish va Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) 
lamoyili asosida qo ‘shma korxonalarni yaratish eng maqbul usul 
hisoblanadi.
Elektr energetikasini bosqichm a-bosqich isloh qilish modeli 
iqtisodiyot va aholida elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan 
ehtiyojni, tariflarni keskin oshirmasdan qoplashni kafolatlaydi.

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish