I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


 Atom energetikasi tarmog‘i



Download 3,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/96
Sana16.04.2022
Hajmi3,78 Mb.
#556569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Bog'liq
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

3.3. Atom energetikasi tarmog‘i
2018-yil 19-iyulda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
« O ‘zbekiston R espublikasida atom energetikasini rivojlantirish 
c h o ra -ta d b irla ri t o ‘g ‘ris id a » g i fa rm o n ig a m u v o fiq , atom
energetikasini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini va 
slrategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha 
vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruvi organi - atom energetikasini 
rivojlantirish bo‘yicha agentlik ( « 0 ‘zatom» agentligi) tashkil qilindi, 
uning asosiy vazifalari va faoliyati y o ‘nalishlari sifatida quyidagilar 
belgilangan:
- atom energ iy asid an tin ch lik m aq sadlarida fo y d alanish 
sohasida davlat siyosatining ustuvor y o ‘nalishlari bo‘yicha takliflar 
tayyorlash, shu jum lad an , norm ativ-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish 
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, atom energeti­
kasi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalami, 
shu jumladan, xorijiy investitsiyalami jalb etish;
- sanoat va ekologiya xavfsizligining xalqaro talablariga javob 
beradigan zam onaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy
21


etgan holda, atom energetikasi obyektlarini loyihalashtirish, qurish 
va ulardan foydalanish bo‘yicha bitimlar va shartnomalar tuzish;
- atom fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha 
kompleks chora - tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, 
tajriba konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash 
va amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalami joriy etish;
- tad q iq o t va energetika atom reak to rlari, y ad ro -fizik a 
qurilmalari, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, 
radioaktiv chiqindilarni k o ‘mish punktlarining rivojlanishini va 
ularning xavfsiz ishlashini ta’minlash;
- respublikadagi obyektlarning radiatsiyaviy va yadroviy 
xavfsizligi tizimini boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yadro 
avariyalari va radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining oldini olish 
bo'yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda takomillashtirish;
- yadro materiallari va texnologiyalari, radioaktiv materiallar 
tarqalmasligini ta ’minlash, jismoniy himoya qilish hamda yadroviy 
va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta ’minlash tadbirlarini amalga oshirish;
- kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyor­
lash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
- Xalqaro atom energiyasi agentligi, atom energiyasi bo‘yicha 
Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro 
hamkorlik va o ‘zaro aloqalarni amalga oshirish;
- atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalami va ilg‘or 
texnologiyalam i ja lb etish m aqsadida m anfaatdor vazirlik va 
idoralar ishtirokida xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, 
kompaniyalar va banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
H ozirgi paytda « 0 ‘zatom» agentligi tizim ida 80 dan ziyod 
yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, chet ellik mutaxassislar 
mehnat faoliyatini yuritmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida 
AES q urilishi b o ‘yicha loyihani am alga oshirish m aqsadida 
« 0 ‘zatom » agentligi huzurida AES qurilishi b o ‘yicha direksiya 
tashkil qilindi, u obyekt qurilishining yagona buyurtmachisi bo‘lib, 
kelajakda respublika atom energetikasi obyektlarini ekspluatatsiya
22


qiluvchi tashkilotga aylantiriladi. Shuningdek, ioyihaning mustaqil 
narxga oid, texnik va yuridik ekspertizasini amalga oshirish uchun 
jahonga taniqli, Rossiya dizayni bo‘yicha atom elektrostansiyasini 
qurish sohasida tajribaga va tegishli m alakaga ega «UJV REZ» 
(Chexiya) va W hite&Case (Buyuk Britaniya) kompaniyalari jalb 
qilindi.
Tashkil topganidan buyon o ‘tgan davr mobaynida «O ‘zatom» 
agentligi tomonidan O ‘zbekistonda yadro energetikasini rivojlanti- 
rish sohasida hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida birinchi 
AES ni qurish loyihasi b o ‘yicha keng k o ‘lamli ishlar am alga 
oshirildi.
«()‘zatom» agentligining tashkilotchilik va muvofiqlashtiruvchi 
rol i vordamida (Vzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi 
liukumati o'rtasida hududda atom elektrstansiyasini qurish bo‘yicha 
ham korlik to ‘g ‘risidagi bitim tayyorlanib, ushbu hujjat M oskva 
shahrida 2018-yil 7-sentabrida im zolandi. U shbu hujjat bilan 
0 ‘zbekistonda VVER-1200 suv-suvli energetik reaktorlar asosida 
ikkita energoblokli «3+» avlodga mansub, quvvati 2400 M Vt ga 
ten}: alom clektrstansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Bunday yuqori texnologiyali sohani rivojlantirish uchun hamkor 
tanlashda 0 ‘zbekiston uning atom energetikasi sohasidagi ko‘p yillik 
tajribasini va dunyodagi yetakchiligini hisobga olib, «Rosatom» 
davlat korporatsiyasini tanladi.
H o z irg i p a y td a d u n y o n in g 12 m a m la k a tid a R o s s iy a
texnologiyalari bo‘yicha 36 ta energoblok qurilmoqda — bu xorijda 
qurilayotgan energobloklar soni bo‘yicha jahon sohasidagi rekord 
ko‘rsatkichdir.
«R osatom » davlat k orp oratsiyasi V V E R -1200 (suv-suvli 
energetik reaktor) texnologiyali «3+» avlodga mansub, zamonaviy 
xalqaro talablarga va MAGATE tavsiyalariga jav o b beradigan 
zam onaviy evolyutsion loyihani tak lif etuvchi dunyodagi yagona 
kompaniyadir. 0 ‘zbekiston tom onidan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida AES qurilishi uchun referent sifatida «Atomenergoproyekt»
23


(N ovovoronej A ES-2) AJ dizayni b o ‘yicha V V E R -1200 suv- 
energetik reaktorli AES referent loyihani tanlash haqida qaror qabul 
qilindi.
Novovoronej AES-2 loyihasi yuqori seysmik va issiq iqlimli 
o ik a la r uchun puxta ishlab chiqilgan va sinovdan o ‘tgan, bu Eron, 
Turkiya, Bangladesh, SaudiyaArabistoni, Rossiya milliy regultorlari 
tomonidan inshootga berilgan litsenziyalar bilan tasdiqlanadi.
Hozirgi paytda « 0 ‘zatom» agentligi mutaxassislari tomonidan 
ag en tlik va «R osatom » davlat korporatsiyasi m utaxassislari 
im zolashi 2019-yilning oxiriga rejalashtirilgan A ESni qurish 
bo ‘yicha asosiy shartnomalar bo‘yicha kontrakt munozaralar olib 
borilm oqda. Shuningdek, AES qurilishi b o ‘yicha shartnom ani 
moliyalash maqsadida 0 ‘zbekiston va Rossiya moliya vazirliklari 
to m o nidan 0 ‘zbek isto n R esp u b lik asi hukum ati va R o ssiy a 
Federatsiyasi hukum ati o ‘rtasida atom elektrstansiyasini qurish 
uchun Rossiya Federatsiyasi davlat kreditini jalb qilish to ‘g ‘risida 
bitim tayyorlanmoqda. Uning imzolanishi ham 2019-yilning oxiriga 
rejalashtirilgan.
BoM ajak A E Sni jo y la s h tiris h m a y d o n ch asin i an iq lash
m aqsadida, respublika hukum ati tom onidan shak llantirilgan, 
tarkibi asosiy vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va 
loyihalashtirish tashkilotlari m utaxassislaridan tashkil topgan 
ishchi guruh tom onidan, arxiv m a’lum otlari va real geografik, 
geologik, geografik va ijtim oiy-iqtisodiy m a’lum otlar asosida 
AES ni joylashtirish bo‘yicha 10 ta taxminiy punktlar belgilangan. 
Ishchi guruh xulosasi asosida hukumat tomonidan to ‘rtta salohiyatli 
m ayd onchalard a - N avoiy v iloyatidagi T o‘d ak o 4 punkti va 
Jizzax viloyatining Aydarko‘1 punkti bo‘yicha uchta salohiyatli 
maydonchada barcha turdagi muhandislik tadqiqotlarini (geologik, 
gidrologik, meteorologik, ekologik, seysmologik, radiologik va h.z.) 
o ‘tkazish to ‘g ;risida qaror qabul qilingan.
2019-yil 7-mayda Bosh vazir raisligidagi Respublika komis- 
siyasi « 0 ‘zatom» agentligining llmiy-texnik va ekspert kengashi bi-
24


Ian birgalikda mazkur tadqiqotlarni o ‘tkazgan Davlat geologiya qo‘- 
initasi va «UzGASHKLITI» Davlat unitar korxonasi rahbarlarining 
hisobotini tinglab, Aydar-Arnasoy tizimi ko‘llarining Tuzkon ko‘li 
yaqinidagi 1-sonli maydonchani ustuvor joy sifatida tanlash haqida 
qaror qabul qildi. Zero, ushbu m aydonda AES joylashtirilishini 
taqiqlovchi va nomaqbul omillar mavjud emas hamda to ‘liq xalqaro 
talablarga va MAGATE tavsiyalariga mos keladi.
Maydonni uzil-kesil tanlash ham da yadroviy va radiatsiyaviy 
xavfsizlik sohasidagi tartibga soluvchi organ - D avlat sanoat 
xavfsizligi q o ‘m itasining ruxsatini olish m aqsadida shu yilning 
17-mayida « 0 ‘zatom» agentligi qoshidagi AES qurilishi bo‘yicha 
direksiya bilan «Rosatom» AJ Davlat korporatsiyasining Injiniring 
divizioni o ‘rtasida AES texnik loyihasini ishlab chiqish maqsadida 
muhandisliktadqiqotlarini o ‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolangan. 
Jizzax viloyatidagi ustuvor maydonchada bu y o ‘nalishdagi ishlar 
boshlangan.
Shuningdek, atom energetikasi sohasidagi obyektlam i qurish 
sohasidagi xalqaro amaliyotga muvofiq ayni paytda atrof-muhitga 
ta ’sirini baholash b o ‘yicha hisobotni tay yorlash ishlari olib 
borilmoqda. Bu hisobot ham O ‘zbekistonda, ham transchegaraviy 
mamlakatlarda jam oat eshituvlariga qo‘yiladi.
A tom elek tro stan siy alarin in g q urilish i har doim tegishli 
yadroviy infratuzilm ani yaratish bilan birga davom etgan, unga 
MAGATE ning rahbariy hujjatlariga m uvofiq, 19 ta elem ent, 
jum ladan, qonunchilikni takom illashtirish va m e’yoriy-huquqiy 
bazani rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash, m oliyalash, tartibga 
solish, manfaatdor tom onlar bilan o ‘zaro ham korok qilish, elektr 
tarmoqlarini rivojlantirish, ishlatilgan yadro yoqilg‘isi va radioaktiv 
chiqindilar muom alasi kiritilgan. Ushbu y o ‘nalishda « 0 ‘zatom» 
agentligi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi paytda « 0 ‘zatom» agentligi tom onidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti va Vazirlar M ahkamasi tom onidan qabul
25


qilingan 20 tadan ortiq qarorlar loyihasi tayyorlangan bo‘lib, ular 
asosida mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish strategiyasi 
shakllantirilgan.
Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 
7-fevraldagi 2019-2029 yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasida Atom 
energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish 
bo ‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Shu yil oktabr oyining 
oxirigacha ishlab chiqilgan Konsepsiyaga muvofiq, 0 ‘zbekiston 
Respublikasida Atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat 
dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlashga kiritilgan.
A tom en erg iy asid an fo y d alan ish n in g m e ’y o riy -h u q u q iy
asosini yaratish m aqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasining «Atom 
energiyasidan tinchlik m aqsadlarida foydalanish to ‘g ‘risida»gi 
qonuni loyihasi ishlab chiqildi va shu yilning 10-iyunida ikkinchi 
va uchinchi o ‘qishlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Q onunchilik 
palatasi tomonidan qabul qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, Qonun 
loyihasi MAGATE, «Rosatom» davlat korporatsiyasi, Rostexnadzor, 
«Worley Parsons» kompaniyasi va ushbu sohadagi boshqa mustaqil 
xalqaro ekspertlar tavsiyalarini hisobga olib, qabul qilingan.
Hozirgi kunda, shuningdek, Yadroviy zarar uchun fuqarolik 
m as’uliyati to‘g ‘risidagi Vena konvensiyasi, Yadroviy halokat haqida 
tezkor xabardor qilish to ‘g ‘risidagi konvensiya, Yadroviy xavfsizlik 
to ‘g ‘risidagi konvensiya, Yadroviy halokat yoki radiatsion avariya 
holatida yordam ko‘rsatish to ‘g ‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish 
bo'yicha tegishli m e’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash 
ishlari olib borilmoqda.
MAGATE tavsiyalariga, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
bilan Rossiya Federatsiyasi o ‘rtasidagi atom elektrstansiyasini qurish 
sohasida ham korlik to ‘g ‘risidagi hukumatlararo bitimga, Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga muvofiq, AES qurilishi bo‘yicha loyihani 
am alga oshirishda Rossiyaning atom energiyasidan foydalanish 
sohasidagi m e'yorlari va qoidalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.
B unday keng k o ‘lam li loyihani am alga o shirishda atom
energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida m illiy kadrlarni
26


(ayyorlash muhim aham iyatga ega. Shu m unosabat bilan o ‘tgan 
yildan boshlab «Moskva muhandislik-fizika instituti» Milliy tadqiqot 
yadro universiteti negizida «Rosatom » davlat korporatsiyasi va 
MTYAU MIFI kvotalari b o ‘yicha 56 nafar o ‘zbekistonlik talaba 
tahsil olmoqda.
Shu bilan birga,mamlakatRahbariyatitomonidanushbumasalaga 
slumchalik jid d iy e ’tibor qaratilm oqdaki, « 0 ‘zatom » agentligi 
tashkil lopgan kunning ertasiga 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tom onidan Toshkent shahrida MTYAU M IFI filialini tashkil 
etish to ‘g ‘risida qaror qabul qilindi. Hozirgi paytda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi hududida MTYAU MIFI filialini 
tashkil etish uchun ajratilgan binoda keng ko‘lamli qurilish-montaj 
ishlari olib borilmoqda, eng zamonaviy laboratoriya va umum ta’lim 
uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuni ta’kidlash zarurki, filialda ta ’lim Rossiya dasturlari va 
ta’lim standartlariga muvofiq olib boriladi. Shu yilning 12-iyulida 
kirish imtihonlari natijalari e ’lon qilindi, ularga muvofiq, filialga 
davlat granti asosida 100 nafar talaba o ‘qishga qabul qilindi, bu esa 
t-ilabalarga o'/, e ’tiborini ta ’lim olishgajam lab, o ‘qish haqini toMash 
haqida bosh qotirmasligiga imkon beradi.
Bundan tashqari, mamlakat atom sohasi uchun mutaxassislarni 
o ‘z vaqtida va sifatli tayyorlash m aqsadida 2018-yil 19-oktabrda 
« 0 ‘zatom» agentligi va «Rosatom» davlat korporatsiyasi o ‘rtasida 
0 ‘zbekiston Respublikasining atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash 
sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Memorandum, shuningdek, shu 
yilning 16-aprelida « 0 ‘zatom» agentligi bilan Rosatomning Texnik 
akadem iyasi o ‘rtasida yuqorida tilg a olingan kadrlar b o ‘yicha 
M em orandum ni rivojlantirish b o ‘yicha m o ‘ljallar to ‘g ‘risidagi 
bitim imzolandi. Ushbu hujjatlar asosida hozirgi paytda « 0 ‘zatom» 
agentligi, 0 ‘zbekiston R espublikasi D avlat sanoat xavfsizligi 
qo‘mitasi va Fanlar akademiyasi mutaxassislari atom energetikasi 
va yadroviy texnologiyalar sohasida malaka oshirish bo‘yicha qisqa 
muddatli va o ‘rta muddatli kurslarda ta ’lim olmoqda.
27


O ‘zbekiston atom sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasida 
faqat Rossiya bilan hamkorlik qilish bilan chegaralanmaydi. Hozirgi 
paytda B elorussiya, H indiston, WNA Jahon yadro uyushm asi 
qoshidagi Jahon yadro universiteti va boshqa xorijiy tashkilotlar 
bilan kadrlar tayyorlash sohasida ham korlik qilish to ‘g ‘risidagi 
memorandumlar mavjud.
Bunday loyihani Xalqaro Atom energiyasi agentlig (MAGATE) 
va xalqaro hamjamiyat bilan o ‘zaro ham korliksiz amalga oshirib 
boMmaydi.
0 ‘zbekiston 1994-yilda MAGATE ga a ’zo davlatga aylandi. 
Hozirgi paytda MAGATE bilan texnik ko‘mak doirasida loyihalarni 
am alga oshirish b o ‘yicha ham korlik faol am alga oshirilm oqda, 
x u su san , h o zirg i p ay tg ach a q u y id ag ilar b o ‘yicha lo y ih alar 
yakunlangan:
respublika onkologik m arkazlarining radiatsion xavfsizligni 
kuchaytirish, yuqori texnologiyali ilmiy tibbiy uskunalarni xarid 
qilish va radiatsion tibbiyot sohasida kadrlami tayyorlash;
0 ‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti 
yadro fizikasi laboratoriyalarida yangi usullar b o ‘yicha kadrlar 
tayyorlash;
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi 
institutining yagona tadqiqot yadro reaktorini modemizatsiya qilish 
va uning radiatsion va yadro xavfsizligini kuchaytirish;
ishlangan, yuqori darajada boyitilgan yadro yoqilg‘isini kelib 
chiqqan mamlakatiga (Rossiya Federatsiyasiga) olib chiqish;
« 0 ‘zeltexsanoat» uyushm asi AJ «Foton» tad q iq ot yadro 
reaktorining butun maydonchasini dekomissiya qilish va h.z.
0 ‘zbekiston MAGATE doirasidagi texnik hamkorlikni yadroviy 
sohada ilg‘or g ‘oyalar, texnologiyalar va tajribani bo‘lishish vajoriy 
etishning eng muhim vositasi deb hisoblaydi. MAGATE ning qolgan 
boshqa k o ‘plab a ’zo davlatlari uchun bo‘lganidek, 0 ‘zbekiston 
uchun texnik ham korlik - yadroviy bilim lar va texnologiyalam i
28


qo'llash ehtimoli bilan bog‘liq qator sohalardagi salmoqli yordam 
hisoblanadi.
2018-yilning 17-sentabrida Venada (Avstriya) MAGATE ning 
bosh qarorgohida «O ‘zatom» agentligi, Fanlar akademiyasi va Davlat 
sanoat xavfsizligi tarkibidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 
ilk bor MAGATE ning 62-Bosh konferensiyasi davom ida milliy 
yadroviy-energetik dasturni yaratish va rivojlantirish istagini e’lon 
qildi. 0 ‘zbekiston tashabbusi MAGATE va jah o n ham jam iyati 
tomonidan nihoyatda ijobiy qabul qilindi.
Shu tarzda, 2018-yildan buyon hozirgi paytgacha MAGATE 
ekspertlari 0 ‘zbekiston R espublikasiga 4 m arta ta sh rif buyurdi 
ham da o ‘zbek m utaxassislari uchun m illiy yadroviy-energetik 
dasturni rivojlantirish bo‘yicha ishchi seminarlami o ‘tkazdi. Bundan 
tashqari, MAGATE ekspertlari tavsiyalariga k o ‘ra, 0 ‘zbekiston 
M A G A I'Ega 2 0 2 0 -y ild a AES jo y lash tirilad ig a n m aydonning 
x av fsizlig in i baholash b o ‘y ich a m issiy a n i ham da yadroviy 
infratuzilm ani baholash b o ‘yicha INIR missiyasi o ‘tkazilishiga 
so‘rov yo‘lladi.
Shuni ta’kidlash zarurki, 0 ‘zbekiston bilan MAGATE o ‘rtasi- 
dagi ikki tom onlam a muloqotlarning jonlanishi 0 ‘zbekistonning 
xalqaro imidjiga ijobiy ta ’sir k o ‘rsatdi. K eyinchalik 0 ‘zbekiston 
R espublikasi P rezidentining alohida qarori bilan 0 ‘zbekison 
R espublikasining A vstriyadagi elchixonasida yangi lavozim -
MAGATE bilan ham korlik qilish b o ‘yicha m aslahatchi lavozimi 
joriy qilindi.
Bugungi kunga kelib, MAGATE bilan shu yilning oktabrida 
T o sh k en td a M A G A TE m issiy a la rig a ta y y o rg a rlik k o ‘rish, 
shuningdek yadro infratuzilm asi b o ‘yicha o ‘zini o ‘zi baholash 
metodologiyasi bo‘yicha qo ‘shma seminar o ‘tkazilishi to ‘g ‘risida 
kelishuv mavjud. Shuningdek, MAGATE bosh direktori o ‘rinbosari 
Mixail Chudakovning shu yilning avgustida 0 ‘zbekistonga tashrifini 
yuqori darajada tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.
« 0 ‘zatom» agentligi tom onidan atom energiyasidan tinchlik 
m aq sadlarida foydalanishning ja m o a tc h ilik tom onidan qabul 
qilinishi masalalariga alohida e ’tibor qaratilmoqda.
29


2018-yilning 19-oktabrida « 0 ‘zatom » agentligi va «R osa­
tom» davlat korporatsiyasi o ‘rtasida atom energiyasidan tinch- 
lik m aq sadlarid a foydalanish ja ra y o n id a aholida ijobiy ijti- 
m oiy fikrni sh ak llan tirish sohasidagi h am korlik to ‘g ‘risid a 
memorandum imzolangan. Hozirgi paytda ushbu M emorandumni 
rivojlantirish maqsadida 2018 va 2019-yillarda ushbu yo‘nalishdagi 
K om m unikatsion rejalar imzolangan. Kommunikatsion rejalarga 
muvofiq, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilikpalatasi 
deputatlari va milliy OAV vakillarining faoliyat yurituvchi «Tokay» 
AES (Yaponiya), Novovoronej AES-2 (Rossiya), «Paksh-1» AES 
(Vengriya)ga tanishuv va media turlari tashkil qilingan.
Bundan tashqari, shu yilning 15-mayida « 0 ‘zatom» agentligi 
binosida O ‘zbekistondagi birinchi bo‘lgan atom texnologiyalari 
b o ‘yicha axborot m arkazi ochilgan. M azkur axborot m arkazi 
negizida hozirgi kungacha 1000 dan ziyod kishi bilan, shu jumladan, 
0 ‘zb ekiston R espublikasi O liy M ajlisi Q onunchilik palatasi 
deputatlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi, Ekologik 
harakat, OAV vakillari, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlari o ‘quvchilari bilan uchrashuvlar va muhokamalar o ‘tkazildi.
« 0 ‘zatom » agentligi tom onidan am alga oshirilayotan rejali 
ishlar loyihaning belgilangan muddatda, xavfsizlik va sifatning 
barcha m e ’yorlari va talablariga rioya qilingan holda am alga 
o sh irilish in i t a ’m in layd i. M am lakat rah b ariy ati, resp u b lik a 
hukumati, 0 ‘zbekistondagi « 0 ‘zatom» agentligi mutaxassislarining 
sa’y-harakatlari tufayli 0 ‘zbekistonda yangi arzon elektr energiyasi 
m anbai paydo b o ‘ladi va bu iqtisodiyotim iz rivojlanishiga va 
xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qiladi.

Download 3,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish