I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati



Download 455,5 Kb.
bet20/22
Sana09.08.2021
Hajmi455,5 Kb.
#143416
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati

Huquq va majburiyatlarni tushuntirish. So‘roq qilinuvchining shaxsi aniqlanganidan keyin unga (ushbu kodeksda mavjud) huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Bu huquq va majburiyatlar tushuntirilganligi ham so‘roq bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 100-modda). So‘roq qilishda, umuman istalgan tergov harakatida ishtirok etayotgan fuqarolarning, necha marta ishtirok etishidan qat’i nazar jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquq va majburiyatlari tushuntirilishi shart. Bu qoidaga rasmiyatchilik uchun amal qilmasdan, so‘roq qilinuvchining kim sifatida so‘roq qilinishidan kelib chiqib (guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi v.h.), uning huquq va majburiyatlari mazkur shaxsning huquqiy ongi darajasida tushunarli tarzda yoritib berilishi kerak.

Ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berish. So‘roq qilinuvchiga ishning unga ma’lum bo‘lgan holatlari to‘g‘risida so‘zlab berish taklif qilinmog‘i lozim. So‘roq qilinuvchi erkin so‘zlab berganidan keyin uning ko‘rsatuvlarini to‘ldirish va aniqlashga qaratilgan savollar berilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 101-modda). So‘roq qilinuvchi tomonidan o‘ziga ma’lum holatlar xususida erkin so‘zlab berishi birinchidan, ish yuzasidan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni isbot qilish uchun muhim bo‘lsa, boshqa tomondan mazkur shaxsning bo‘lib o‘tgan holatlarni xotirada qayta tiklash tasodifiy xatolarning oldini olish uchun ahamiyatlidir. Har qanday shaxsni sud majlisida yoki undan tashqarida so‘roq qilishda mazkur qoidaga rioya qilinadi. Shaxs erkin so‘zlab bo‘lganidan keyin, holat yuzasidan savollar berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar erkin so‘zlab berish jarayonida so‘roq qilinuvchi ishga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘zlashda davom etsa, so‘roq qiluvchi vaqtni samarali tejash maqsadida uni to‘xtatib tegishli ish uchun ahamiyatli holatlarga to‘xtalishni va savollarga javob berishni talab qilishga haqli. So‘roq qilinuvchining ko‘rsatuvlari raqamlar yoki xotirada saqlanishi qiyin boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lsa, u so‘roq jarayonida o‘zidagi yoki ishga qo‘shib qo‘yilgan hujjatlardan yoxud boshqa yozuvlardan foydalanishi mumkin. So‘roq qilinuvchiga so‘roq qilish jarayonida o‘zidagi hujjatlar va boshqa yozuvlarni o‘qib eshittirishga ruxsat etilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 103-modda).

So‘roq qilinuvchining hujjatlar va boshqa yozuvlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratib berilishi kerak. Biroq, ushbu huquqdan foydalanish so‘roq qilinuvchi so‘roq paytida oldindan tayyorlab qo‘yilgan ko‘rsatuv (ishlab chiqilgan) matnga aylanmasligi kerak. Agar zarurat tug‘ilsa, masalan sud jarayonida so‘roq qilinuvchining yozuvlardan foydalanishi ishni oshkora ko‘rilishi va dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsiplarini buzadigan bo‘lsa, bu yozuvlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud olib qo‘yadi va bu haqda tegishli bayonnomaga yozuv kiritadi. Ko‘rsatuvlarning haqqoniyligini tekshirish uchun xotirada saqlab qolinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar xususida tegishli hujjat yoki yozuvlar olib qo‘ygan holda ham savollar berilishi mumkin.



So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish. Jinoyat protsessining va dalillarga baho berishning prinsiplaridan biri dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish hisoblanadi. Unga ko‘ra, ilgari so‘roq qilinganligidan qat’i nazar dalil sifatida ma’lumotni qabul qilish yoki tekshirish uchun mazkur ma’lumotga ega shaxs (uni ma’lum qilgan shaxs) bevosita (og‘zaki) so‘roq qilinishi lozim. Biroq shaxs ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan hollarda, shuningdek hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda yoki tergov va suddan yashiringan vaziyatlarda ish yuritilayotganda, uning ilgari bergan ko‘rsatuvlari bayonnnomalashtirilgan bo‘lsa, u o‘qib eshittirilishi mumkin.


Download 455,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish