1.1 Skandiy va uning xossalari
Chunonchi, 1843-yilda Karl Mosander (1797-1858) itterbia mineralini tarkiban turli xil bo‘lgan uchta alohida qismlarga kimyoviy parchalashga muvaffaq bo‘ldi. Bu mohiyatan bir-biridan boshqa-boshqa bo‘lgan uch xil kimyoviy elementlar edi. Ularning birinchisiga Mosander mineralning nomini qoldirdi. Ya'ni, uni ittriy deb atashni davom ettirdi. Qolgan ikkita yangi kimyoviy elementlarga esa, u ham o‘sha shved shaharchasining nomini boshqa talqinlarini biriktiridi. Ya'ni, Mosander terbia tarzida terbiy elementiga, hamda, erbia tarzida erbiy elementiga nom berdi. Shu tarzda, kichkinagina Itterbyu shaharchasining nomidan birato‘la uchta kimyoviy element nomi yasaldi.
Ushbu hodisa sabab bo‘ldi-yu, kimyogarlar shu va shunga o‘xshash minerallar tarkibidan yangi kimyoviy elementlarni kashf eta boshladilar. Shu tariqa, turli minerallar tarkibidan, davriy jadvalda 57-raqamli elementdan boshlab, 71-raqamli elementgacha bo‘lgan ketma-ket 15 ta kimyoviy elementlar seriyasi kashf qilindi.
Mazkur 15 element kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshashdir. Ayniqsa, ularning kimyoviy xususiyatlarini o‘zaro farqlab olish o‘zi mushkul ish. Bu holat esa, kimyogarlarni juda-juda chalg‘itib, ularni uzoq yillar mobaynida ushbu muammo ustida bosh qotirishga majbur qilgan. Mazkur 15 kimyoviy elementning xossalari shunga ishora qiladiki, ularning barchasi, davriy jadvalda bitta katakchada, yoki, ittriydan pastki qatorga joylanishi kerak. Bu esa, o‘sha paytgacha to‘g‘riligiga shubha uyg‘onmagan davriy jadvalga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqara boshlagandi. Ayniqsa, XIX asr oxiriga kelib, dunyoning eng kuchli kimyogarlari ham ittriy va unga "qarindosh" bo‘lgan elementlar borasida juda chigal tushunchalar bilan qiynalib yurishardi. Yaxshiki, XX asrning dastlabki yillarida ilm-fan olamida elementlarning atom tuzilishi bo‘yicha yetarlicha aniq bilimlar qo‘lga kiritildi. Endi olimlar, nima uchun bu elementlar shu darajada o‘zaro o‘xshashligini bilib oldilar va ularga davriy jadvalda alohida o‘rib ajratildi.
Masalan, 39-raqamli ittriy, har bir atomida 39 tadan elektron tutadi. Agar biz, 1-raqamli element - vodoroddan boshlab butun davriy jadval elementlarini qator tizib chiqsak, unda, yangi elektronlar atomning tashqi qavatlariga qo‘shilishini ko‘ramiz. Elementlarning kimyoviy xossalari, ularda elektronlarning atom atrofida qanday joylashganiga bog‘liq bo‘ladi. 57-raqamli elementdan keyin, muayyan sabablarga ko‘ra, yangi elektronlar atomning tashqi elektron qavatlariga emas, balki, ichki elektron qavatlariga qo‘shila boshlaydi. Tashqi elektron qavatlardagi elektronlarning joylashuvi esa, 57-elementdan boshlab, 71-elementgacha bir xil saqlanadi. Shundan kelib chiqsak, 57-elementdan boshlab 71-elementgacha bo‘lgan kimyoviy elementlar davriy jadvalda bitta joyni egallashi kerak. Chunki, ularning atomlarida tashqi elektron qavati bir xil. Albatta, ularda ichki elektron qavatlaridagi elektronlarning joylashuvi o‘zaro farq qiladi. Lekin bu narsa, ularning kimyoviy xossalarining o‘zaro farqlanishiga unchalik ham katta ta'sir qilmaydi.
Tasavvur qiling, mahallada 15 ta bir xil qurilgan uy bo‘lib, unda 15 ta bir xil daromad qiladigan oila yashaydi. Ularning farqi faqat uyning ichkarisida mebellarning joylashtirilishida xolos. Siz uyning ichkarisiga sinchiklab qaramas ekansiz, ularning o‘zaro farqini bila olmaysiz.
Xabaringiz bo‘lsa, ilk kimyogarlar metallarning kislorod bilan birikmalarini "yer metallari" ( qisqacha qilib "yerlar") deb nomlashgan. Kalsiy va magniyning oksidlari "ishqoriy yer metallari", vanadiy va titanning oksidlarini esa, "kislotali metallari" deb nomlangan. Bu atamalar hali kimyo fani unchalik rivojlanmagan, atamalar ilmiy tizimlashmagan paytlarda urfga kirib qolgan bo‘lib, shu asnoda, ittriydan boshlab keyingi uning oilasiga mansub elementlarning oksidlarini ham "siyrak yer metallari" deya nomlay boshlashgan. Chunki, ushbu metallarning oksidlari boshqalardan ko‘ra tabiatda ancha kam uchraydi. Shundan kelib chiqib, ittriy oilasi elementlarini kimyogarlar "siyrak yer elementlari" deb nomlashgan.
Biroq, qiziq fakt shuki, barcha siyrak yer elementlarini bir joyga jamlasa, ularning miqdori mis yoki, qo‘rg‘oshindan ko‘p bo‘lib chiqadi. Ushbu oilaga mansub metallardan ba'zilari masalan, qalaydan ko‘proq tarqalgan. Ba'zilari esa haqiqatan ham nodir metallar sirasiga kiradi. Biroq, o‘sha eng kam tarqalgan siyrak yer metallari ham, aslini olganda oltin yoki, platinadan ko‘ra ko‘proqdir.
Ushbu siyrak yer metallaridan uchtasi o‘sha shved shaharchasi - Itterbyu sharafiga nomlanganini yuqorida aytib o‘tdik. Ulardan ittriy birinchi bo‘lib ochilgan bo‘lsa, erbiy va terbiyni Mosander tomonidan 1843-yilda kashf qilingan edi. Itterbyu shaharchasi bilan bog‘liq nomlangan to‘rtinchi elementni 1878-yilda Shveysariyalik kimyogar Jan Sharl Galissar de Marinyak (1817-1894) tomonidan kashf qilingan. Bu davriy jadvaldagi 70-raqamli element - itterbiy bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |