Tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Алимов И., Эргашев Ф., Бўтаев А. Архившунослик: Ўқув қўлланма. Тошкент, 1997.
2. Бржовстовская Н. В. Архивное дело в странах Европы и Америки в период капитализма Т-1-2. 1957.
3. Алексеева Е. В., Афанасьева Л. П., Бурова Е. М. Архивоведения. – М., 2002.
4. Иофе В. Г. Всеобщая история архивов и ведущие архивы современного мира. – Т., 2009.
5. Карапетянц И. В. Экономические архивы Западной Европы и США до начала ХХ века – М., 1997.
6. Чориев Ш. Ш. Архивларнинг умумий тарихи ва ҳозирги замоннинг етакчи архивлари. – Тошкент, 2010.
3-mavzu: Qadimgi dunyoning xo’jalik arxivlari
Reja:
1. Xo‘jalik yozma manbalarini saroy omborxonalarida saqlanish tartiblari.
2. Soliq hujjatlari – arxiv manbasi sifatida.
3. Savdo-sotiq hujjatlari.
Insoniyat tarixida yozuv eng qadimgi jamiyatda bundan 3,5-4 ming yil oldin janubiy Mesopotamiyada vujudga keldi. Yozuvning vujudga kelishi o‘sha davr uchun, davlatlar, xalqlar taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilgan, bugungi tariximizni o‘rganishimizda qadimgi yozma manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon tarixidagi dastlabki o‘ziga xos arxivlar albatta yozuv rivojlangandan keyin, asosan xukumdorlarning saroylarida to‘plangan va asosan davlat boshqaruviga oid hujjatlar bo‘lgan.
Bizning o‘lkamiz tarixi haqida ma'lumot beruvchi yodgorliklar ham ko‘p shulardan eng e'tiborga moligi Yuqori Zarafshondagi Qal'ai Mug‘dan topilgan so‘g‘d yozuvidagi hujjatlardir.
So‘g‘d tilidagi yozuvlar asosan IV-X asrlarga oid bo‘lib, turli mazmundagi yuridik hujjatlar (ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar), hukumdorlar (So‘g‘d, glash, Turk va Farg‘ona hukumdorlari) o‘rtasidagi yozishmalar, xo‘jalikning kundalik turmushiga oid hujjatlar, masalan, xarajatlardan iborat hujjatlar hamda farmonlardan iborat.
Bu hujjatlar So‘g‘diyonaning o‘zidan (mug‘ qal'asidan) Samarqandda (Afrosiyobdan), Qirg‘iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan.
Bular orasida Mug‘ qal'a xarobalaridan 1932 yilda topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar jami 80 nafar bo‘lib bulardan 74 tasi qadimgi so‘g‘d, 1 donasi arab, 3 nafari xitoy va 1 tasi turk tilidadir. Ular har xil materialga: charmga, taxtaga va qog‘ozga yozilgan. Hujjatlar so‘g‘d dehqoni va podshosi divashtich (708-722 y.y.) va yirik mansabdorning (framandar), shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo‘lib, So‘g‘dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim manba rolini o‘ynaydi.
Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo`jalik hujjatlari saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan 10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII-XI asrlarga oid Ashshur shahri arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Huquqiy hujatlardan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning ko’pchiligi Mesopotamiyadan topilgan. Ulardan eng qadimgisi podsho Shul'ga qonunlari, (er. avv. III ming yillikning oxiri), er. avv. XX asrga oid Eshnunna qonunlari, undan kirish va 59 modda saqlanib qolgan; er.avv. II ming yillik boshlariga tegishli Larsa va Issin qonunlari parchalari, Lipit-Ishtar nomli hukmdorning kirish, xulosaning bir qismi va 40 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng katta qonunlar to’plami 247-moddadan iborat asosiy qism, xulosadan iborat Hammurapi qonunlaridir. Er.avv. II ming yillik o’rtalariga oid Osuriyaning yoki o’rta Osuriya qonunlari, yangi Bobil podsholigiga oid 20 ga yaqin qonun moddalari bizgacha yetib kelgan.
Eng qadimgi dpilomatik hujjatlardan ikki loy silindrda bitilgan er. avv. XXIV asrga oid Lagash va Umma o’rtasidagi chegara janjali to’grisidagi yozuv bizgacha yetib kelgan. Er. avv. XXIII asrga oid Akkad va Elam davlatlari o’rtasidagi shartnoma, er.avv. II ming yillik boshlariga oid Mari podshosining Bobil, Suriya va Finikiya bilan diplomatik yozishmalari matnlari topilgan. Er.avv. II ming yillikda Old Osiyo, Misr tarixi va xalqaro munosabatlar to`g`risida boy ma'lumot beradigan bosh manba Misrda topilgan Tell-Amarna arxividir.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati og`ir qurollangan, (redum) yengil janchilardan iborat qo’shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi qonunlar to’plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy boshliqlar zo’ravonligidan himoya qilgan, ularni asirlikdan qutqarish uchun to’lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta'minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o’tashlari zarur bo’lgan, aks holda ular o’lim jazosiga hukm qilinganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |