I semester 1-mavzu: “Jahon arxivlari tarixi va horijiy mamlakatlarda arxiv ishi tarixi” fanining maqsad va vazifalari Reja



Download 0,53 Mb.
bet22/52
Sana30.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#720003
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
1 курс мажмуа Жахон архивлари тарихи

Назорат саволлари:
1. Қадимги Юнонистон тарихи нечта даврга бўлиб ўрганилади?
2. Юнонистонда илк архивлар қачон шаклланган?
3. Юнон архивларида қандай ҳужжатлар шаклланган?


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Бойназаров Ф. А. Қадимги дунё тарихи. – Тошкент, 2004.
2. Практикум по истории древнего мира. – М., 1981. Вып. 2.
3. Неронова В. Д. Введение в историю древнего мира. Учебное пособие. – Пермь, 1973.
4. Историография античной истории. – М., 1980.
5. Тюменев А. И. Передний восток и античность // Вопросы истории. – 1957. – №6–9.
15-mavzu: Qadimgi Spartada arxiv ishi
Reja:
1. Qadimgi Spartada arxiv ishining shakllanishi
2. Qadimgi Spartada harbiy arxivlar. Harbiy yozishmalar.

Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiha to’g’ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o’rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o’rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo’ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko’pchilik doriylar-bo’lg’usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o’rnashdilar.


Mahalliy axey aholisining bir qismi bo’ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo’lishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlarni bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug’ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug’chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o’ringa chiqib oldi va bu erda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera orolini, keyin esa Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o’lka Spartaning kam sonli to’la huquqli fuqarolari tomonidan bo’lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.
Spartaliklar o’zlariga tegishli bo’lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo’ldilar. Har bir to’la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo’jayinlarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so’ng Sparta g’arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o’ziga qo’shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo’ldilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo’lib, qaror ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar – davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o’zining uchdan bir qism qo’shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o’rtasida aloqa zaif bo’lib, alohida polislar bir – biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o’z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o’rniga hech kimga shubha yo’q edi. Bu ittifoq o’sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi.
Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o’g’il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini eng avvalo intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo’lish uchun spartalik go’dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, Spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo’ysunar edilar.
Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-onasidan uzoqda o’z tengqurlari ichida, 20-30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzigohda yashashni belgilab qo’ygan edi. Asosiy e’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlarni xor bo’lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o’smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o’tkaziladigan qiynoq sinovlarda o’z aksini topgan edi. Sinalayotgan o’smir og’riqni sezdirmasligi shart edi.
Yosh yigit 20 yoshga yetgach Sparta (“tenglar jamiyati”)ning to’la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o’tirib uksus, tuz qo’shilib qonda tayyorlangan chuchqa go’shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o’z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o’tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his-tuyg’usini shakllantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar.
Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo’zg’olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug’dirish uchun ularni tunda o’ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.avv. XI asrdayoq spartaliklar o’zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o’zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog’ochdan bo’lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping’ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o’zlarini teng deb hisoblardilar.
Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o’rnatgan tor doiradagi spartaliklar qo’lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug’larida mansub bo’lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo’lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kengashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig’inining keng vakolatlari bilan cheklab qo’yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo’shinga boshchilik qilgan, ammo ular raxbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo’lganlar. Xalq yig’ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo’yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko’ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er. avv. XI asrdan boshlab esa xalq yig’ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo’ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo’shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog’ining har biridan 1 tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo’rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.
Podsholar 60 yoshdan yuqori bo’lgan aslzoda-yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yig’iniga ko’riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar, hamda jinoiy ishlar bo’yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig’ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat bo’lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo’lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (xarbiy o’ljalar 1/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo’lsalarda eforlarning kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko’ringanda o’z o’rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar.
Xalq yig’ini appelada 30 yoshga etgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg’in muhokama qilinadigan oddiy fuqoro faol so’zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu xolatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy ta’limni o’rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo’lganlar. Jangda qo’shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo’lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo’shini er. avv. VI-V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo’shin edi. Qo’shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo’lingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo’shinga qo’mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo’shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo’riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o’ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish