Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
Mehnasevarlik, kishilarga nisbatan mehribonlik, insonparvarlik, samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.
Tartiblilik va intizomlilik, o’ziga va boshqalarga talabchanlik, o’zgalar fikrini tushunish va hisobga olish.
Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |