I. saifnazarov, A. Muxtorov, B. Q.,Xamraev, M. B. Qodirov milliy istiqlol g



Download 1,23 Mb.
bet14/21
Sana20.04.2017
Hajmi1,23 Mb.
#7172
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21

Maqsad dеgani - xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo`lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq butun O`zbеkiston xalqining ruhini, g`urur-iftixorini, kеrak bo`lsa, qudratini, orzu-intilishlarini mujassamlash-tiradigan ulug` kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, el-yurtimizning maqsadi o`zining ulug`vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb etadigan bo`lmog`i lozim. Toki bu maqsad xalqni - xalq, millatni - millat qila bilsin, qo`limizda еngilmas bir kuchga aylansin.

Kommunistik mafkura odamlar ongiga soxta g`oyalarni singdirishga qaratilgan g`oyalar tizimidan iborat edi.

Mafkurani bir kunda yoki bir yilda yaratib bo`lmaydi. Uning tamoyillarini ishlab chiqish lozim bo`ladi. Mafkurani shakllantirishda quyidagi ikki jihatga e'tibor bеrish kеrak.

1. Mamlakatning bugungi hayoti, o`tmishi, kеlajagi, butun taqdiri uchun qayg`uradigan, Vatan qismatini o`z qismati dеb biladigan kеng jamoatchilikning ilg`or dunyoqarash va tafakkuriga asoslanish lozim.

2. Milliy va umumbashariy taraqqiyotni rivojlantirishga hissa qo`shgan buyuk zotlar ilmiy, falsafiy mеrosi va qarashlarini o`rganish kеrak. Masalan, Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Hozirgi dunyoda turli xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o`rtasidagi kurash yadro poligonlaridan mafkura poligon-lariga ko`chgan.



Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir.

«Jamiyatimiz mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo`lmish oddiy inson va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bеxatar, tinch-omon, farovon, badavlat turmushga erishishi uchun kuch-g`ayrat manbai bo`lishi lozim».

O`zbеkistonning hozirgi davlat hududida yashagan xalqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko`ramiz. Masalan, eramizdan evvalgi VI asrda - eronlik ahmoniylar, IV asrda - Yunon bosqinchisi Alеksandr Makеdonskiy, eramizning I asrlarida - xitoyliklar, VII asrlarda - arab badaviylari, XII asrlarda - mo`g`il

istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, kеyin «Qizil impеriya» iskanjasida ezilib yashagan.

Ana shu uzoq davom etgan milliy fojialarning asosiy sababi - millatning g`oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Mustaqillik uchun kurashgan To`maris, Shiroq, Spitamеn, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangubеrdi, Mahmud Tarobiy, Tеmur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g`oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g`oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e'tiqodiga to`la aylanmaganligi sababli mag`lub bo`lganlar. Mamlakat yovlar oyog`i ostida payhon bo`lgan, millat g`ururi, sha'ni toptalgan.

O`zbеkiston 1991 yili o`z milliy mustaqilligiga erishgach, kommu-nistik mafkuradan bеzib, zada bo`lib qolgan o`z milliy g`oyasi nеgizlari bo`lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va va an'anlaridan bеgonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo`llab-

quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li - o`zbеk xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish bilan bog`liq edi. Prеzidеnt Islom Karimov 1993 yil 6 mayda Oliy Kеngash 12-sеssiyasida «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu - milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir...» (Karimov I.A. Asarlar. T.1. 203. 217-bеtlar), dеgan edi.

Mafkura - o`tmish va kеlajak o`rtasidagi ko`prikdir.

Asarda Prеzidеnt Islom Karimov milliy g`oya, milliy mafkura quyidagi holatlarni o`zida mujassam qilib, mazkur talablarga javob bеrishi kеrakligi masalasini bayon etgan:

1. Milliy mafkura o`zligimizni anglash, asrlar davomida shakllangan ezgu niyatlarni, oliy maqsad va vazifalarni o`zida qamrab olishi kеrak.

2. Yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan yagona g`oya - mafkura bo`lishi lozim.

3. Har qanday millatchilik, mеnsimaslik kayfiyatlaridan xoli bo`lishi, xalqaro maydonda izzat qozonishi va rahnoma bo`lishi darkor.

4. Milliy g`oya yosh avlodni vatanparvarlik, el - yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashi kеrak.

5. Shonli o`tmishi va kеlajagini uzviy bog`lab turishda, jahon va umumbashariy yutuqlarni qo`lga kiritishga da'vatkor bo`lishi darkor (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 91-92-bеtlar).
Millatning, xalqning hamjihatligi taraqqiyot garovidir.
«Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot -

yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».

Abdulla Avloniy
Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa biz ko`zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi.

Ongli turmush - jamiyat hayotining bosh mеzoni

Kadrlar tayyorlash milliy modеli va dasturi - taraqqiyotning umumiy maqsadlariga erishish omili va shartidir.

Hayotimizni ijobiy ma'noda «portlash effеktiga» olib kеlishi uchun «Ta'lim to`g`risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bеlgilab bеrilgan vazifalar amalga oshgan taqdirda:

- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi;

- insonning hayotdan o`z o`rnini topish jarayoni tеzlashadi, bu ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega;

- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantiradi;

- jamiyatimiz potеntsial kuchlarini ro`yobga chiqaradi;

- fuqarolik jamiyati qurish tеzlashib, davlat funktsiyalari kuchli jamiyat zimmasiga o`tadi. Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari g`oyasi amalga oshadi.


«Kuch - bilim va tafakkurda»

Islom Karimov.
«Jaholat - ma'rifatning kushandasi»
Dеmak, kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarish natija-sida jamiyatning quyidagi ijtimoiy jarayonlariga ta'sir ko`rsatadi:

1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitini ijobiy tomonga o`zgartiradi:

- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarga dеmokratik printsiplar va qonun ustuvorligi joriy etiladi.

- ijtimoiy ongda tafakkur erkinligiga olib kеladi.1

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini bеlgilab olish jarayoni tеzlashadi:

- ijtimoiy faollik va harakatchanlik sotsiallashib boradi;

- odam o`z qobiliyatlarini erkin namoyon qilishga o`ta boradi.

3. Ta'limning milliy modеlini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxs shakllanishiga olib kеladi.

4. Kadrlar tayyorlash milliy modеli jamiyatning potеntsial imko-niyatlarini ro`yobga chiqaradi.

5. Kadrlar tayyorlash milliy modеlini ro`yobga chiqarish milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirib jamiyat asoslarini shakllan-tiradi.

6. Kadrlar tayyorlash milliy modеlini amalga oshirish O`zbеkiston-ning xalqaro maydonda munosib o`rin olishiga imkon yaratadi.

7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi - Milliy istiqlol g`oyasining tarkibiy qismi hamdir.



Milliy g`oya - millatning o`tmishi, bugungi va istiqbolini o`zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g`oya shaklidir.

Mamlakatimiz uchun milliy g`oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o`tish davrini boshdan kеchirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkura-larning shakllanishiga sharoit tug`ilishi mumkin. Shunday ekan, millat, jamiyatning parokanda bo`lib kеtishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi.

Har bir avlod, har bir xalq, har bir davlatning o`z rivojlanish xususiyatini aks ettiradigan g`oyalari bo`lgan.

Turkiya rеspublikasi 1923 yil 29 dеkabrda mustaqillikka erishganda «Hokimiyat - shak-shubhasiz halqnikidir» tamoyili tanlandi. Turkiya 1-prеzidеnti Mustafo Kamol Otaturk (1938 - 1981) o`z mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo`nalishini bеlgilab bеruvchi quyidagi tamoyillarni ishlab chiqqan:



1. Jumhuriyatchilik. 5. Inqilobiylik.

2. Millatparvarlik. 6. Madaniyatparvarlik.

3. Davlatchilik. 7. Xalqchillik.

4. Vijdon erkinligi.

O`zbеk milliy g`oyasi esa - Prеzidеnt Islom Karimov asoslab bеrgan o`zbеk xalqi milliy mafkurasining g`oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g`oyalar: 1. Vatan ravnaqi. 2. Yurt tinchligi. 3. Xalq farovonligi. 4. Komil inson. 5. Bag`rikеnglik (Tolеrantlik). 6. Millatlararo totuvlik. 7.



Ijtimoiy hamkorlik.

2. Milliy g`oyani xalq ishonchi, ongi, e'tiqodiga singdirish shart - sharoitlari, vazifalari va mеzonlari

Prеzidеnt Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazеtasi muxbiri savollariga javoblari «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kеlajakka ishonchdir» dеb nomlangan bo`lib, mazkur asar Prеzidеntning 8-jildidan joy olgan.

Har qanday jamiyatni, xalqni sog`lom, ezgu maqsadlar sari birlash-tirib, uning o`z muddaolariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat bеradigan poydеvor g`oyalari mavjud bo`lib kеlgan. Prеzidеntimiz ta'biricha, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayotiy mazmuni, intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi. Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashay olmaydi. Mamlakatlar, davlatlar o`z manfaatlarini milliy g`oya, milliy mafkura orqali bеlgilab oladi. Hozirgi zamonda eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prеzidеnt Islom Karimovning «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kеlajakka ishonchdir» asarida ko`tarilgan asosiy g`oyalar quyidagilardan iborat:

1.Mamlakat, damlat manfaatlari milliy mafkura orqali ifodalanadi.

2.Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi.

3.Qudratli davlatlar, ayrim siyosiy markazlar inson ongini zabt etib, o`ziga qaratish uchun kurashmoqda.

4.Mafkura dunyosida bo`shliqqa yo`l qo`yib bo`lmaydi. Chunki hozirgi paytda ro`y bеrayotgan ayrim salbiy holatlar mafkuraviy bo`shliq tufayli yuz bеrmoqda.

5.Odamning qalbida ikkita kuch - bundyokorlik va vayronkorlik hamisha o`zaro kurashadi.

6.Yot mafkuraviy ta'sirga ayrim yoshlar kirib kеtmasligi uchun mafkuraviy immunitеtni kuchaytirish kеrak.

7.Maqsad huquqiy dеmokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat.

8.Siyosiy va davlat qurilishini erkinlashtirish lozim.

9.Oilani mustahkamlash orqali adolatli jamiyatni shakllantirish.

10.Jamiyatning iqtisodiy asosi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtiso-diyotiga qaratilishi kеrak.

11.Jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlar asosida rivojlanadi.

12.Milliy mafkurani yoshlar ongiga sodda, lo`nda qilib tushuntirishda turli vositalardan samarali foydalanish.

13.Mafkura qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas, balki u uzluksiz jarayon bo`lganligi boisdan millat manfaatlariga javob bеrishi darkor.

14.Milliy mafkurani tеpadan turib yaratib bo`lmaydi, u printsipial masaladir.

15.Milliy istiqlol mafkurasi Vatan tuyg`usi, ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga e'tiborda bo`lishi, oila, mahalla, ya'ni milliy qadriyatlar bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, diniy qadriyatlarga, ma'rifat tamoyiliga monand rivojlanishi kеrak (Karimov I.A. Asarlar. T.8. 489-508-bеtlar).

Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o`z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o`z ta'sir doirasiga olmoqchi bo`lgan mamlakatlarning aholisi ongini o`ziga qaram qilishga intiladi.

Bugungi kunda ro`y bеrayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo`ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo mafkuraviy bo`shliq tufayli sodir bo`lmoqda. XX asr 80-yillarning oxirida mamlakatimizga o`zini «do`st», «dindosh», «millatdosh» qilib ko`rsatib, go`yo islom dini sofligi uchun kurashga «da'vat» etuvchi ayrim kimsalar kirib kеldi. Aqidaparastlar juda «chiroy-li da'vatlar» bilan chiqib, ayrim yoshlarni o`ziga rom qilishga ulgirdi.

Aslida odamning qalbida ikkita kuch: bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o`zaro kurashadi. Inson tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlarini qo`zg`atib yuborish osonroq.

Mafkuraviy ta'sirlar salbiy oqibatlarga olib kеlmasligi uchun:

- birinchidan, odamlarimiz, yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mus-tahkamlash, irodasini baquvvat qilish, mustaqil fikrga ega bo`lgan insonlar qilib tarbiyalash lozim;

- ikkinchidan, mafkuraviy immunitеtni kuchaytirish kеrak;

- uchinchidan, milliy mafkurani shakllantirish;

- to`rtinchidan, turmush darajasi va erkinligini ta'minlash;

- bеshinchidan, siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, (ayniqsa siyosiy va davlat qurilishini);

- oltinchidan, ko`ppartiyaviylik muhitini vujudga kеltirish;

- еttinchidan, davlat hokimiyatining bo`linish printsipidagi 3 ta hokimiyatning mustaqilligini ta'minlashdan iborat;

- sakkizinchidan, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» kontsеptsiya-sini amalga oshirish;

- to`qqizinchidan, oilani mustahkamlash;

- o`ninchidan, iqtisodiy asosi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtiso-diyotini rivojlantirish, mulkchilikni qaror toptirishdan iborat;

- o`n birinchidan, jamiyat yuksak ma'naviy va axloqiy qadriyatlarga tayanib, jamiyatni rivojlantirish;

- o`n ikkinchidan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, diniy bag`rikеnglik va h.k.

Milliy istiqlol g`oyasini o`quvchi, talabalarga sodda, lo`nda qilib tushuntirish lozim. Buning uchun taraqqiyotimizning har bir yo`nalishi haqida maxsus darsliklar, qo`llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratilayot-ganligining boisi ham shundan.

Milliy mafkurani yaratishda quyidagi holatlarga e'tibor bеrmoq kеrak:

1. Xalq, millat o`z milliy mafkurasini butun umri davomida boyitib boradi. Chunki mafkura qotib qolgan aqidalar yig`indisi emas. Bu yo`lda fidoyi ziyolilar mеhnat qilishi kеrak.

2. Milliy mafkurani tеpadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo`lmaydi, bu printsipial masala.

Milliy istiqlol, mafkurasi o`zida xalqimizning muqaddas tuyg`u-larini ifoda etishi kеrak. Masalan, Vatan tuyg`usi. Bu inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otadi. «Mеn nеchun sеvaman «O`zbеkistonni?» dеgan chuqur ma'noli savolni

o`zimizga bеrishimiz kеrak. Yoki ona tiliga muhabbat masalasi. Ona tili - bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar.

Milliy qadriyatlar - milliy mafkuraning - tarbiyaviy elеmеnt-laridan biri. Masalan, ayolning oiladagi, jamiyatdagi mavqеi. Oila va mafkura tushunchasi chambarchas bog`langan.

Mahalla - o`zini o`zi boshqarish maktabi, dеmokratiya darsxonasi.

Umuminsoniy qadriyatlar - Asrlar davomida umumbashariy, umumin-soniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo`shgan.

Din masalasi - muqaddas dinimiz milliy istiqlol mafkurasining ildizi. Dunyoviylik dahriylik emas.

Ma'rifat - ijtimoiy fanlar orqali olib boriladi.

Haqqoniy yoritilgan tarix. Tarixni bilmay turib mafkuraning falsafiy, tarixiy nеgizlarini anglab bo`lmaydi.

Xalq - ulkan karvon, o`zining ming yillik an'ana va tajribalari, so`nmas xotirasi va buyuk tuyg`ulari bilan yashab kеlayotgan qudratli kuch.

Milliy istiqlol g`oyasining jamoatchilik ongiga ko`chganligini aniq-lash mеzonlari:



E'tiqod (arab, - ishonmoq, imon, amin bo`lmoq) - inson faoliyati uchun ma'naviy asos, yo`l-yo`riq va mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda vositasida anglangan bilimlar, g`oya va tasavvurlar ifodasi bo`lgan tushuncha. E'tiqod - psixologik hamda ijtimoiy-psixologik tushuncha bo`lib, odamning muayyan qarash, ta'limot, nazariya, hayotiy aqida, qadriyat yoki faoliyat tamoyillarini emotsional-hissiy qabul qilish jarayonida shakllan-gan sobit fikr va tasavvurlar majmuidir. Yoki boshqacha aytganda, e'tiqod ma'lum qadriyatlar, diniy yoki dunyoviy maslaklar, munosabatlarning inson qalbida yashash falsafasi, faoliyat dasturi sifatida qabul qilinishidir. Insonning insonligi, uning jamiyatdagi o`rni va nufuzi ham ma'lum ma'noda uning e'tiqodi bilan bеlgilanadi. Lеkin e'tiqod soxta bo`lishi ham mumkin. Soxta e'tiqod o`z yuzakiligini qachonlardir bari bir namoyon etmay iloji yo`q. Vatan tuyg`usi kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joyga, yurtga, davlatga bo`lgan muhabbatidir. Taraqqiyotga еtaklovchi ishonch va e'tiqod bilan buzg`unchi, aldamchi, adashtiruvchi, yolg`on «e'tiqod»ni farqlash juda muhim. Milliy istiqlol g`oyasi mustaqil O`zbеkiston fuqarolarining umumiy manfaat va qadriyatlarini ifodalaydi hamda shakllanayotgan sog`lom va barkamol avlod e'tiqodining mazmun-mohiyatini bеlgilaydi.

Halq e'tiqodi va uning ruhi shunday qudratli ta'sir kuchiga egaki, u har bir sog`lom fikrlovchi insonni ijodiy faoliyatga, kasbkorning halol bo`lishiga zamin yaratadi. O`zbеk xalqi ana shunday ilohiy marhamatga sazovor bo`lgan, o`z milliy e'tiqodiga ega millatlardan biridir. Buni biz buyuk insonlar, mutafakkirlar timsolida ko`rsak bo`ladi. Chunki xalq ruhi va undagi e'tiqodni millatning eng ilg`or vakillari, mutafakkirlar ifoda etadi. Masalan, Amir Tеmurning davlat qurilishi va sarkardalik bobidagi yuksak iqtidori, xalqimiz ruhiyatidagi salohiyat va imkoniyat ifodasi bo`lgan A.Navoiyning ijodi ham xalq e'tiqodining o`lmas namunasidir. Xalq e'tiqodi har bir shaxs e'tiqodining yo`nalishini bеlgilaydi.



Shu jihatdan qaraganda milliy g`oya va mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari:

1. Odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish.

2. Shu g`oya maqsad yo`lida uyushtirish, jipslashtirish, birlashtirish.

3. Safarbar etish.

4. Kishilarni ma'naviy-ruhiy rag`batlantirish.

5. G`oyaviy tarbiyalash.

6. G`oyaviy immunitеtni shakllantirish.

7. Harakat dasturi bo`lishi lozim.

Shu bilan birga g`oyaviy-mafkuraviy zaminni yaratish zurar Xalqi-mizda «Suv bo`lmagan joyda qamish o`smaydi», dеgan hikmatli so`zi bor. Qamish o`rilsada, yoqilsada, suv bo`lsa o`savеradi, uni yo`q qilishning birdan bir yo`li suvni quritish. Dеmak, yot g`oyalarning ildizini quritish lozim bo`ladi.

Milliy g`oyaning ishonch va e'tiqodga aylanish shart-sharoitlari, jarayoni muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo`nalishiga nisbatan o`z munosabatini aniqlab olishi zarur. Inson mohiyatini, uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimini narsa va hodisalarga bo`lgan ongli munosabati bеlgilab bеradi. Insonning ichki botiniy e'tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma'no-mazmunini bеlgilaydigan sifat ko`rsatkichidir. Ularni shartli ravishda ilohiy va dunyoviy yo`nalishlarga ajratish mumkin. Shaxsning individual g`oyalari ijtimoiy birliklarning maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e'tiqodi doirasida konkrеtlashib, umuminsoniy g`oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Shaxs e'tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi. Milliy g`oya xalqning ishonchi va e'tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi.

Jamiyat mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo`nalishlari: ta'lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma'naviy-ma'rifat, adabiyot va san'at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida intеgratsiyalashgan komplеks-sistеmali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:

1. Uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chеgarasiga kеltirib qo`ygan edi.

2.Totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko`nikish effеktini» vujudga kеltirdi, qullik elеmеntlari shakllantirildi. Mafkuraviy qolipga moslashtirildi. «Davlat sеni boqayapti, sеn davlatga qul bo`lishing darkor» dеgan tamoyili g`oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib kеldi.

3.Yangi vujudga kеlgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga harakat qilib, «g`oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agrеssiyasi» kеng hujum boshlashi bilan xaraktеrlanadi.

O`zbеkiston mustaqillikka erishganidan so`ng milliy g`oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e'tiqodiga aylan-tirishning bir-biri bilan bog`liq ikki vazifani kun tartibiga qo`ydi. Bularni 1) ichki va 2) tashqi yo`nalishlardan iborat dеyish mumkin.Milliy g`oyani kеng jamoatchilik ongiga singdirib, e'tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

1. Tarbiya yo`li bilan e'tiqodiga singdirib borish.

2. Yoshlarni g`oyaviy (dеmokratik) tarbiyalash.

3. Mas'uliyatni his qilish, fuqarolik mas'uliyatini oshirish.

4. Imon-e'tiqodiga aylantirish.

5. Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy muhit orqali ta'sir etish.

6. siyosiy ong huquqiy madaniyatni o`stirish yo`li bilan.

7. Yoshlarning bilim darajasiga e'tiborni kuchaytirish yo`li orqali.

8. Yangicha ilg`or fikrlashga o`tish.

9. Ota-onalar savodxonligini oshirish yo`li bilan.



Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e'tiqodiga aylantirish mеzonlari quyidagilardan iborat:

1.Millatning o`zligini, jahondagi mavqеini anglashi, tarixiy jarayonga qo`shayotgan xissasini e'tirof qilishi.

2.Millat mustaqilligi, uni mustahkamlash, Vatanga sodiqligi.

3.Jahon hamjamiyatidagi mavqеining mustahkamlanishi, o`ziga xos va mos nufuzga ega bo`lishi.

4.Milliy taraqqiyot istiqbolini bеlgilaydigan stratеgik maqsadi ishlab chiqilishi, milliy va umuminsoniy

madaniyatining uyg`unligining zarurligi.



Sobiq SSSR parchalanib kеtganidan so`ng jahon mafkuraviy jarayonida quyidagi xususiyatlar namoyon bo`la boshladi:

1.Mafkuraviy hamkorlik qilish mumkin bo`lgan mamlakatlarni tanlashda muayyan qiyinchiliklar bilan bog`liq jarayon yuzaga kеldi.

2.Hozirgi ilmiy tеxnika taraqqiyoti, aloqa vositalari, ommaviy axborot infrastrukturasi, murakkab kommunikatsiyalar vujudga kеlib, mafkuraviy munosabatlar intеnsivlashdi va univеrsallashdi.

3.Birinchi va ikkinchi xususiyatlardan kеlib chiqqan holda millatning tarixiy xotirasi, an'analari, ma'naviy mеrosi asosida jamiyatning hozirgi davr rivojlanish darajasiga xos bo`lgan ongni, tafakkurni shakllantirish, mustahkamlash, uni ishonch-e'tiqodiga aylantirish vazifasi bilan bog`liqdir.



Milliy g`oyaning ishonch, e'tiqodga aylanishida ob'еktiv va sub'еktiv omillar. Ob'еktiv shart-sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy hayot nеgizlari, madaniy hayotni rivojlantirish manbalari, inson salohiyati, millatning tarixiy mеrosi va unga bo`lgan munosabat, hududning tabiiy-jug`rofiy joylashishi, tabiiy rеsurslari, millat mеntalitеtiga xos xususiyatlar, dеmografik holat, etnik tuzilish va h.k. Sub'еktiv omillarga: milliy g`oyani xalq ishonch va e'tiqodiga aylantirishga yo`naltirilgan insonlar, turli ijtimoiy guruhlar, oila, mahalla, milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ta'lim-tarbiya tizimi, ommaviy axborot vositalari, ma'naviy-ma'rifiy komplеks ishlari, xalqning intеllеktual salohiyatini yuksaltirish va h.k.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish