I BOB. AVTOMOBIL YO’LLARINING TRANSPORT EKSPLUATATSION KO’RSATKICHLARINI PROGNOZLASH HAQIDA TUSHUNCHA
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) yo‘llarining holati va rivojlanishi
Zamonaviy sharoitlarda yo‗llar MDH mamlakatlarining muhim transport arteriyalari bo‗lib, yuk va yo‗lovchilar tashishni ta‘minlaydi. Yo‗llar va ko‗priklarni qurish va reabilitatsiya qilish har bir MDH davlatining ustuvor vazifasi etib belgilandi.
Yo‗l tarmog‗ining takomillashuvi MDH davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Bundan tashqari, yo‗llarning rivojlanishi iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi sharoitida MDH mamlakatlarining yanada integratsiyalashuvi uchun katta ahamiyatga ega va iqtisodiy rivojlanish sur‘atini keltirib chiqarishi, shu bilan odamlar hayotini yaxshilash uchun zarur shart–sharoit va imkoniyatlar yaratishi kerak. MDH Avtomobil yo‗llari tegishli tartibga ega mavjud va yangi tashkil etilgan yo‗llar majmui bo‗lib, MDH ga a‘zo davlatlar hududlarini bog‗lovchi yo‗nalishlar bo‗yicha yo‗lovchilar va yuklarni optimal tashishni ta‘minlovchi tizim sifatida qaralishi lozim. SHu bilan birga, ularning tarmog‗i SHimoliy – Janubiy va G‗arbiy
– SHarqiy yo‗nalishlarga yo‗naltirilgan asosiy va oraliq yo‗llar va bog‗lovchi yo‗llardan iborat.
MDH yo‗llarini rivojlantirishdan maqsad barqaror rivojlanish va yo‗l harakati xavfsizligi, shuningdek Yevropa va Osiyo yo‗l tizimlari va xalqaro transport yo‗laklariga integratsiya nuqtai nazaridan ularning darajasini MDH ga a‘zo davlatlar iqtisodiyoti va aholisi ehtiyojlariga moslashtirishdan iborat.
Umum foydalanish yo‗llarining tarmoq uzunligi – MDH davlatlarida 1231850 km maydoni 22045,1 ming kvadrat kilometr, ko‗priklar va yo‗l o‗tkazgichlar soni– 95593 dona umumiy uzunligi 2 812 600 km.
MDH yo‘llarining holati va ularning rivojlanish istiqbollari
Belarus davlati yo‗llari eng yuqori zichlikka ega (412.6 km 1000 kvadrat. hududi km), eng kam – Qozog‗istonda (25,8 km), Hamdo‗stlik mamlakatlari uchun o‗rtacha 55,9 kmnitashkil etadi (1.1-rasm).
1.1-rasm Umum foydalanadigan yo‗llarining zichligi km 1000 kv km hududiga
1000 aholi boshiga o‗xshash ko‗rsatkichlar quyidagicha: eng yuqori zichlik– Belarusda (8.8 km), eng past – O‗zbekistonda (1.6 km), MDH mamlakatlarida o‗rtacha 4,5 kmni tashkil etadi(1.2-rasm).
1.2-rasm Umum foydalanadigan yo‗llarining zichligi 1000 aholiga km Afsuski, MDH mamlakatlarida ba‘zi yo‗llar hali ham o‗tish turi bilan
qoplangan. Barcha mamlakatlarda, istisnosiz, gruntli yo‗llar bor. Ularning butun Hamdo‗stlik mamlakatlaridagi uzunligi 76,456 km. Ba‘zi mamlakatlarda ko‗prik qurilishining ma‘lum rivojlanishiga qaramay yog‗och ko‗priklar xali xam bor. Yo‗l tarmoqlarining asosiy muammolariga quyidagilar kiradi: normativ–huquqiy bazani modernizatsiya qilish sekin olib borilmoqda; moliyaviy qo‗llab–quvvatlashning pastligi tufayli mavjud yo‗l tarmog‗ining yomonlashuvi ortib bormoqda va
yo‗llarni qurish va rekonstruksiya qilish, asosiy vositalarni yangilash va hokazo. cheklangan.
MDH mamlakatlari yo‗l inshootlarida moliyaviy resurslar yetishmaydi, bu esa milliy yo‗l tarmoqlarining rivojlanishiga ham, holatiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi (1.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |