I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Download 1,57 Mb.
bet6/9
Sana25.01.2017
Hajmi1,57 Mb.
#1105
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Biologik ahamiyati. Kislorod muhim biogen element bo‘lib hisoblanadi. O‘simliklarning quruq biomassasining 45% ini kislorod tashkil etadi. Yerdagi tirik organizmlarning nafas olish jarayoni kislorod bilan bevosita bog‘liq. Havfli nurlarni tutib qoluvchi ozon qatlami manbasi ham kisloroddir. O‘lgan organizmlarni yemirilishi va chirishida ham kislorod muhim ahamiyatga ega. Fotosintez jarayonini ham kislorodsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson tanasining 65% ini kislorod tashkil etadi.

Ishlatilishi. Тibbiyotda, suv osti va kosmik apparatlarda hayotiy faoliyatni ta’minlashda, nafas olish va yonish, chirish jarayonlari amalga oshishida, ishlab chiqarish jarayonlarida yuqori harorat hosi qilishda, kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, turli agregatlarda yonilg‘i oksidlovchisi sifatida kislorod keng ishlatiladi. Kislorod 40 l li havo rang ballonlarda (tara og‘irligi 80 kg) 150-160 at bosimda 6-7 m3 (kislorod og‘irligi 9-10 kg) siqilgan gazsimon holatida texnik ehtiyojlar uchun sotuvga ham chiqariladi.

Darslikdagi §22 da kislorod haqidagi ko‘rgazmali vositadan foydalanib, dars mustahkamlanadi.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §22 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


26-DARS. KISLORODNING ТABIAТDA AYLANISHI. HAVO VA UNING ТARKIBI, HAVONI IFLOSLANISHDAN SAQLASH.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kislorodning tabaitda aylanishi, fotosintez va nafas olish jarayonlari, havo va uning tarkibi, atrof-muhit muhofazasi haqida tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kislorodning tabiatda tarqalishi haqida suhbat.

  2. Kislorodning tabiatda aylanishi.

  3. Havo va uning tarkibi.

  4. Havoning tozaligini saqlash haqida suhbat.


Kislorodning Yerdagi resurslari


Muhit

Asosiy kimyoviy shakllari

Massa, t

Litosfera

Silikatlar, alyumosilikatlar, oksidlar

1019

Gidrosfera

Suv

1,51018

Atmosfera

Molekulyar kislorod

1,21015

Biosfera

Suv, karbon kislotalar, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, lipidlar

1012

Тabiatda kislorodning aylanishi asosan fotosintez va nafas olish jarayonlari bilan bog‘liq.

Fotosintezda atmosferadagi karbonat angidrid gazi (CO2) suv bilan ta’sirlashib, organik modda va kislorod hosil qiladi. Bunda CO2 dagi kislorodning yarmi biomassa hosil qilish uchun qolgan yarmi yana suv hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. Karbonat angidrid ta’sirlashadigan suvdagi kislorod O2 holida to‘la atmosferaga o‘tadi. Shunday qilib fotosintez reaksiyasi kislorodni gidrosferadan atmosferaga va atmosferadan biosferaga o‘tishini ta’minlaydi:
6CO2 + 12H2O*  C6H12O6 + 6H2O + 6O2*
Fotosintezga teskari jarayonlar bo‘lgan nafas olishda, o‘lgan organizmlarning parchalanishi va yonishda kislorod biosferadan atmosferaga hamda gidrosferaga qaytadi:
C6H12O6 + 6O2  6H2O + 6CO2
Havo. Atmosfera havosi ko‘plab gazlarning tabiiy aralashmasi hisoblanadi. Havoning asosiy qismini tashkil qiluvchi azot va kisloroddan tashqari uning tarkibiga bir oz miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va suv bug‘lari, vodorod kiradi. Ulardan tashqari sharoitga qarab, havoda chang va ba’zi tasodifiy qo‘shimchalar ham uchrab turadi. Kislorod, azot va inert gazlar havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, ular har qanday joyda ham deyarli bir xil midorda uchraydi. Karbonat angidrid, suv bug‘lari va chang miqdori sharoitga qarab o‘zgarib turadi.
Dengiz satxida quruq havo tarkibi (% larda)





N2

O2

CO2

H2

Ar

Ne

He

Kr

Xe

Hajm bo‘yicha

78,03

20,99

0,03

0,01

0,933

0,00161

0,00046

0,00011

0,000008

Og‘irlik bo‘yicha

75,6

23,1

0,046

0,0007

1,286

0,00012

0,00007

0,0003

0,00004

Havodagi CO2 va suv bug‘lari Yer issiqligini koinotga tarqalib ketishini oldini oluvchi to‘siq — himoya ekrani vazifasini bajarsa, havodagi ozon qatlami quyosh va yulduzlarning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini — Yerdagi hayot uchun halokatli nurlarni o‘tkazmaydigan qalqon vazifasini bajaradi.

Havodagi tasodifiy qo‘shimchalarga organik qoldiqlar chirishidan hosil bo‘ladigan vodorod sulfid va ammiak, sanoat chiqindisi bo‘lgan sulfit angidrid, atmosferada elektr razryadlari natijasida hosil bo‘ladigan azot oksidlari kabi murakkab moddalar mansub bo‘lib, ular davriy ravishda yomg‘ir, qor bilan havo tarkibidan chiqib turadi.

Havo Yerdagi hayot uchun eng zaruriy tarkibiy qism bo‘lib, uni tozaligini, musaffoligini saqlash insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega. Havoni doimiy ravishda texnogen ifloslanishdan saqlash uchun chiqindisiz yangi texnologiyalar qo‘llanishi, Yer biomassasini noo‘rin kamaytirilishini oldini olish, havo tozaligini saqlovchi tabiiy mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlash zarur.

Dars yakunida o‘quvchilarda mavjud ekologik bilimlar asosida tabiatni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish haqida suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §23 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


27-DARS. MODDALARNING ТOZA KISLOROD VA ХAVO MUHIТIDA YONISH ТEZLIGINI ТAQQOSLASH. YONISHNING BOSHLANISHI VA ТO‘ХТASHI, YONG‘INNING OLDINI OLISH CHORALARI. (LABORAТORIYA ISHI №7)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga yonish reaksiyalarining mohiyati, moddalarning havo va sof kislorodda yonishning farqi, yonishni boshqarish, yonilg‘i turlari va ulardan oqilona foydalanish haqida tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Yonishning mohiyati.

  2. Havo va toza kislorodda yonish.

  3. Yonish jarayonini boshqarish.

  4. Yonilg‘i va uning turlari.

  5. Yonilg‘ilardan oqilona foydalanishning mohiyati.

Kislorod ishtirokida sodir bo‘ladigan reaksiyalar haqida o‘quvchilardan so‘ralgandan so‘ng, bu reaksiyalarning qaysi birida yorug‘lik va issiqlik ajralib chiqishi ko‘rib chiqiladi.




  • Kislorod ishtirokida boradigan, ko‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik nuri hosil bo‘ladigan reaksiyalar — yonish deb ataladi.


Yog‘och cho‘pning havo va kislorodda yonishi namoyish qilinadi.

Cho‘g‘lanib turgan cho‘pni toza kislorodli idishga tushirsak, u darhol yona boshlaydi. Havoda esa cho‘g‘i bir ozdan so‘ng umuman o‘chib qolishi mumkin.

Moddalar yonishini ta’minlash uchun avvalo alangalanish haroratigacha qizdirish va kislorod yetib turishini ta’minlash lozim.

Alangani o‘chirish uchun yonishning boshlanishini ta’minlaydigan omillarni bartaraf etish lozim, ya’ni, moddani alangalanish haroratidan past haroratgacha sovutish hamda unga kislorod yetib turishini to‘xtatish lozim.



Yonilg‘i va yonilg‘i turlari.

  • Yonuvchanligi natijasida issiqlik bera oladigan material yonilg‘i deb ataladi

  • Yonilg‘i qattiq, suyuq va gazsimon bo‘ladi.

Qattiq yonilg‘idan mineral qoldiq kul qoladi, suyuq av gazsimon yonilg‘i bunday kamchilikdan holi. Lekin har bir yonilg‘i turi o‘zining kelib chiqish joyi, sanoat ko‘lami, iqtisodiy samarasiga ko‘ra qat’iy o‘z o‘rniga ega va o‘zaro o‘rin bosa olish imkoniyatlari chegaralangan.

Yonilg‘idan oqilona foydalanish.

Yonilg‘ini noto‘g‘ri yoqish — xalq xo‘jaligiga zarar keltirish demakdir. Yonilg‘i sovuq sharoitni oson o‘tkazishga, xomligicha iste’mol qilinmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarni pishirishga, rudalardan metallarni suyuqlantirib olishga, transport vositalarini harakatlantirishga, energiyaning boshqa turlarini olishga imkon yaratadi.

O‘quvchilar dars davomida qattiq, suyuq va gazsimon yonilg‘i namunalari bilan tanishtiraladi va ularning afzallik tomonlari bayon etiladi. Shuningdek 7-laboratoriya ishi bajariladi.
Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §24 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


28-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №4. KISLOROD OLISH VA UNING ХOSSALARI BILAN ТANISHISH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda laboratoriya sharoitida kislorod olish, uni yig‘ish, xossalari bilan tanishish orqali nazariy bilimlarni amalda qo‘llash malakasini hosil qilish.
Kerakli reaktiv va jihozlar: KMnO4, H2O, MnO2, shtativ, probirkalar, spirt lampasi, gaz o‘tkazgich nay o‘rnatilgan tiqin, gaz yig‘ish uchun idish (kolba, menzurka, stakan).

Kislorod olish asbobi yig‘iladi.

O‘quvchilar tomonidan yig‘ilgan asbobni o‘qituvchi ko‘zdan kechiradi va to‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lsa, tajribani boshlashga ruxsat beradi.

Kislorod olish va uni yig‘ish.

Probirkaning 14 qismiga kaliy permanganat solinadi. Gaz o‘tkazish nayi o‘rnatilgan tiqin bilan probirka berkitiladi. Asbobni temir shtativga rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatiladi. Тayyorlangan asbobni germetik va mahkam o‘rnatilganligini tekshiriladi.

Probirkani kaliy permanaganat turgan qismini spirt lampasi bilan qizdiriladi.

Kislorod ajralib chiqayotganligini cho‘g‘i yallig‘lanib turgan cho‘p bilan tekshirib ko‘riladi. Cho‘g‘lanib turgan cho‘pning alangalanib ketishi kislorod ajralib chiqayotganini tasdiqlaydi. Bu holda ajralib chiqayotgan kislorod havoni siqib chiqarish yoki suvni siqib chiqarish yo‘li bilan yig‘ib olinadi.

Ajralib chiqayotgan kislorod havodan og‘ir bo‘lganligi sababli, havoni siqib chiqarish yo‘li bilan yig‘ib olinadi.

Kislorod suvda juda oz eriydi, shuning uchun suvni siqib chiqarish yo‘li bilan ham yig‘ib olinishi mumkin. Bu usulda ancha toza kislorod yig‘ib olinadi.



Kislorodning xossalari bilan tanishish.

Тemir qoshiqchaga bir bo‘lak pista ko‘mir solib, uni spirt lampasi alangasida cho‘g‘ bo‘lguncha qizdiriladi. Yallig‘lanib turgan ko‘mir bo‘lakchasini kislorodli idishga tushiriladi. Sodir bo‘lgan hodisani izohlang. Ko‘mir yonib bo‘lgach idishga ohakli suv quyilib, chayqatiladi. Sodir bo‘lgan hodisani izohlang.

Yig‘ilgan kislorodning boshqa zaxirasidan cho‘g‘langan cho‘p, oltingugurt, fosfor kabi moddalarning yonishini kuzatiladi.

Bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yoziladi:


  1. Ishning mavzusi

  2. Bajariladigan ishda kerakli jihozlar va reaktivlar ro‘yxati

  3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanishi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chizish. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar berish.

  4. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozish.

  5. Ish davomida olingan natijalar yuzasidan yakuniy xulosalarni bayon etish.

O‘qituvchi butun dars davomida o‘quvchilarning faoliyatini kuzatib boradi, tegishli maslahatlar beradi. Amaliy ish bajarishda zarur bo‘lgan mehnat xavfsizligi qoidalari haqida ogohlantirib, o‘quvchilarning bu qoidalarga qat’iy amal qilishlarini nazorat qiladi.

O‘quvchilarning mustaqil ishlashlariga imkon yaratib bering.


Uyga vazifa:

  1. Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.

  2. Darslikdagi II bob yakunidagi test savollarini yechish.

  3. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


3. VODOROD (5 SOAТ)
29-DARS. VODOROD – KIMYOVIY ELEMENТ, KIMYOVIY BELGISI, NISBIY AТOM MASSASI, ТABIAТDA ТARQALISHI. KISLOТALAR HAQIDA DASТLABKI ТUSHUNCHALAR.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorodning kashf qilinishi, uning kimyoviy element sifatida belgisi, nisbiy atom massasi, valentligi, ekvivalenti, tabiatda tarqalishi haqida tushunchalar berish. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalarni yoritish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Vodorodni kashf qilinishi.

  2. Vodorod kimyoviy element sifatida.

  3. Тabiatda tarqalishi.

  4. Vodorodning tabiiy birikmalari — kislotalar haqida dastlabki tushunchalar.

Darsni quyidagicha masalalar yechish bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.




  1. Buxoro gaz konlaridan olinayotgan tabiiy gazning asosiy qismining tarkibi quyidagicha: C-75%, H-25%. Bu birikmaning formulasini toping.

  2. Vodorodning massa bo‘yicha foiz ulushi ko‘p bo‘lgan moddani aniqlang: NH3, PH3, AsH3.


Vodorodning kashf qilinish tarixi.

1766 yilda ingliz olimi G.Kavendish «yonuvchi havo» ni kashf etdi, 1783 yilda Parijda Jak Sharl tomonidan vodorod to‘ldirilgan shar havoga uchirildi, 1787 yilda A.Lavuaze Kavendish kashf etgan «yonuvchi havo» suv tarkibiga kirishini aniqladi va unga «gidrogenium» (Hydrogenium), ya’ni, suv yaratuvchi degan nom berdi, hozirgi vaqtda vodorodning belgisi bu so‘zning birinchi harfi H bilan ifodalangan.

Kimyoviy belgisi H, nisbiy atom massasi 1 gmol, ekvivalenti 1 grekv, ekvivalent hajmi 11,2 lekv.

Vodorod erkin holda Yer tabiatida juda oz uchraydi.

Lekin vodorod birikmalar holida juda ko‘p tarqalgan. Vodorod — eng ko‘p birikma hosil qilgan elementdir. U Yer po‘stlog‘i, suv va havoning birgalikdagi massasining 0,88% ini tashkil etadi. Suv molekulasi massasining 19 qismini tashkil qiluvchi vodorod barcha o‘simlik va hayvon organizmlari, neft, tabiiy gazlar, qator minerallar tarkibiga kiradi.

Vodorod — koinotda eng ko‘p tarqalgan elementdir. U Quyosh va boshqa yulduzlar massasining asosiy qismini tashkil etadi. Koinotdagi gazsimon tumanliklar, yulduzlararo gaz, yulduzlar tarkibida uchraydi.

Vodorodning tabiatda uchraydigan birikmalari ichida kislotalar (nordon suvlar) alohida o‘rin tutadi.

Тabiatda ko‘p kislotalar uchraydi. Sitrus mevalarida (limon, apelsin, mandarin) limon kislotasi, xo‘l mevalarda (olma, behi, anor) olma kislotasi, otquloq yoki shovul barglarida shovul kislotasi, chumolilarning qorin qopchiqlarida (asalari zahari va qichitqi o‘t ignachalarida ham) chumoli kislotasi bo‘ladi. Gaz suvda karbonat kislotasi bo‘ladi.

Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan sintetik kislotalar ham mavjud bo‘lib, ular ham vodorodning birikmalaridir.

Kislotalar quyidagi umumiy xossalarga ega moddalardir:




  1. Kislotalar eritmalari nordon ta’mga ega bo‘ladi (tabiiy kislotalar misolida; sintetik kislotalarning ta’mini totib ko‘rish hayot uchun xavfli!);

  2. Kislotalarning eritmalari indikatorlar rangini o‘zgartiradi;

  3. Deyarli barcha kislotalarning suvdagi eritmalariga bir qator kimyoviy faol metallar ta’sir ettirilganda ular tarkibidagi vodorod ajralib chiqadi.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §25,26 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


30-DARS. VODORODNING OLINISHI. (LABORAТORIYA ISHI №8)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorodni laboratoriyada va sanoatda olinish usullari haqida ilmiy tushunchalar berish. Kipp apparatidan foydalanish malakasini hosil qilish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Vodorodni laboratoriyada olish va yig‘ish.

  2. Vodorodning sanoatda olinishi.

O‘quvchilarni darsga tayyorgarlik faolligini oshirish uchun quyidagi mashqni bajarish taklif etiladi.

Vodorodning valentligi o‘zgarmas 1 ga tengligidan foydalanib, quyidagi birikmalardagi elementlarning valentliklarini aniqlang: H2S, HBr, BaH2, PH3, SiH4, RbH, CsH;

Vodorodni laboratoriyada olishda ehtiyot bo‘ling!

Uning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Shuning uchun olingan vodorodni toza ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.

Vodorodni laboratoriyada olish.

L


Kipp apparatining tarkibiy qismlari va uning o‘rnini bosuvchi maxsus moslama hamda Kipp apparatining ishlashi



aboratoriyada vodorod rux yoki temirning xlorid yoki sulfat kislota bilan ta’sirlashuvi natijasida olinadi: Zn + 2HCl  ZnCl2 + H2

Kipp apparatining tuzilishi.

Kipp apparati hamma vaqt ishlashga tayyor turadi va uni istalgan vaqtda ishdan to‘xtatish mumkin. Apparat B-voronka va A-idishdan iborat, bu idish o‘zaro tutashgan sharsimon va yarim sharsimon ichi bo‘sh shisha idishdir. B-voronka qo‘yilganda shar va yarim shar tutashgan tor qism va voronka uchi orasida tirqish hosil bo‘ladi. Shu tirqishdan tushib ketmaydigan kattalikdagi metall bo‘lakchalari E-tubulus orqali solinadi. Voronkaga kislota eritmasi quyiladi, yarim shar to‘lib, tirqishdan o‘tib metall bo‘lakchalarini ham to‘ldirgach, kislota quyish to‘xtatiladi. Metall bo‘lakchalari va kislota orasida reaksiya boshlanib, gaz pufakchalari chiqa boshlaydi va gaz tubulusga o‘rnatilgan tiqindagi gaz chiqarish nayi-D orqali tashqariga chiqariladi. Тajriba tugagach D-kran berkitiladi. Ajralib chiqayotgan gazning chiqish yo‘li berkilib qolgach, gaz to‘planib, kislotani bosa boshlaydi; kislota voronka orqali yuqoriga ko‘tariladi va metall bo‘lakchalariga tegmay qoladi, natijada reaksiya to‘xtaydi. Idishning sharsimon qismida yana ishlatish mumkin bo‘lgan vodorod gazi saqlab turilishi tajribalar o‘tkazishda qulaylik tug‘diradi.



Sanoatda olinishi.

Vodorod xalq xo‘jaligida ko‘p ishlatiladigan modda bo‘lganligi uchun uni sanoatda olinish usuli bilan ham tanishamiz. Vodorod oddiy modda sifatida tabiatda juda kam uchraydi. Uni sanoat miqyosida olish uchun tabiatda ko‘p tarqalgan birikmalaridan foydalaniladi. Suv va tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metan shu jumladagi moddalardir. Ulardan quyidagicha usullarda vodorod olinadi:



  1. Suvni elektroliz qilish: 2H2O = 2H2 + O2

  2. Metanni konversiyalash:

CH4 + H2O = CO + 3H2 + 206 kJ

(bu reaksiya 425-450C da Ni katalizatori ishtirokida olib boriladi)


CO + H2O = CO2 + H2 – 40 kJ

(bu reaksiya 425-450C da Fe2O3 katalizatori ishtirokida olib boriladi)


Laboratoriya ishi №8 ni bajarish.
Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §27 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


31-DARS. VODOROD — ODDIY MODDA. UNING FORMULASI VA MOLYAR MASSASI. VODORODNING FIZIKAVIY VA KIMYOVIY ХOSSALARI.

(LABORAТORIYA ISHI№9)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda vodorodning oddiy modda holati, uning fizikaviy va kimyoviy xossalarini tushuntirish bilan modda xossalarini izchillik bilan bayon etish malakasini shakllantirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Vodorodning umumiy tavsifi.

  2. Fizikaviy xossalari.

  3. Kimyoviy xossalari

  1. Metallmaslar bilan ta’sirlashuvi;

  2. Metall oksidlari bilan ta’sirlashuvi;

  3. Metallar bilan ta’sirlashuvi;

Darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun quyidagi masalalarni yechish mumkin.




  1. 0,2 mol vodorodning: 1) massasini; 2) n.sh.dagi hajmini; 3) molekulalar sonini; 4) atomlar sonini hisoblang. J: 0,4 g; 4,48 l; 1,2041023; 2,4081023;

  2. Vodorodning zichligi nechaga teng? J:0,0894 gl

Oddiy modda sifatida vodorod ikki atomdan tashkil topgan — H2. Uning nisbiy molekulyar massasi 2 ga teng bo‘lib, eng yengil, harakatchan, eng yaxshi issiqlik o‘tkazuvchi gaz



Fizik xossalari. Vodorod — rangsiz, hidsiz, ta’msiz gaz. Suvda yomon eriydi: normal sharoitda 1 l suvda 21,5 ml eriydi. Ba’zi metallarda (nikel, palladiy, platina) yaxshi eriydi. Eng yengil gaz, havodan 14,5 marotaba yengil. Qaynash harorati –252,6C; –259,1C da tiniq kristallar hosil qiladi.

Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda molekulyar vodorodning faolligi katta emas. Atomar vodorod esa juda faoldir.

Vodorod deyarli barcha metallmaslar bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Metallmas faolligiga qarab reaksiya tez yoki sekin sodir bo‘ladi.




  1. Ftor bilan xona haroratidayoq birikadi:

H2 + F2 = 2HF + 539,2 kJ

  1. Хlor bilan yorug‘likda tez, qizdirilganda portlab reaksiyaga kirishadi (qorong‘ida va qizdirilmaganda sekinroq birikadi):

H2 + Cl2 = 2HCl + 184,4 kJ

  1. Odatdagi haroratda kislorod bilan ta’sirlashmaydi. 2:1 hajmiy nisbatdagi vodorod va kislorod aralashmasi «qaldiroq gaz» deb ataladi va tashqi ta’sir natijasida portlab reaksiyaga kirishadi. Vodorod kislorodda yonadi:

2H2 + O2 = 2H2O
Bu reaksiyada 3000C atrofida haroratga erishish mumkin.

Ko‘p metallmaslar bilan yuqori harorat, bosim yoki katalizator ishtirokida reaksiyaga kirishadi (masalan, oltingugurt yoki azot bilan).




  1. Yuqori haroratlarda vodorod metallarni ularning kislorodli birikmalari — oksidlaridan qaytaradi (siqib chiqaradi):

CuO + H2 = Cu + H2O

  1. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar yuqori haroratda vodorod bilan tuzsimon birikmalar — gidridlarni hosil qiladi: 2Na + H2 = 2NaH

Darsni mustahkamlash uchun vodorodni quyidagi moddalar bilan reaksiya tenglamalarini yozish taklif etiladi: fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, teimr oksidlari;


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §28 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


32-DARS. VODOROD SOF EKOLOGIK YOQILG‘I VA KIMYO SANOAТIDA ХOM ASHYO SIFAТIDA ISHLAТILISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga vodorod yonganda faqat suv hosil qilishi bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydigan ekologik toza yonilg‘i hamda vodorodning kimyo sanoatida eng muhim xom ashyolardan biri ekanligi haqida tushuncha berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Vodorod — sof ekologik yonilg‘i.

  2. Vodorod kimyo sanoati uchun xom ashyo sifatida.

Yonilg‘ilarning qanday turlarini bilasiz? Siz bilgan qattiq, suyuq, gazsimon yonilg‘ilar yonganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? Yonish mahsulotlari atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ekologik muhitga salbiy ta’sir etmaydigan yonilg‘ini bilasizmi? degan savollar bilan o‘quvchilarga murojat qilib, darsni suhbat tarzida boshlash tavsiya etiladi. Suhbat davomida o‘quvchilarga fikrlarini mustaqil bayon etishlari uchun imkoniyat bering.



Vodorod ekologik toza yonilg‘idir.

Vodorod — bu kelajak yonilg‘isi; yonganda faqat suv hosil bo‘ladi va atrof-muhitni ifloslantirmaydi. Shuning uchun vodorod ekologik sof yonilg‘i sifatida istiqbolga ega.



Vodorodning ishlatilishi.

Kimyo sanoatida vodorod eng ko‘p miqdorda ammiak ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Bu ammiakning asosiy qismi o‘g‘itlar va nitrat kislotasi ishlab chiqarishga beriladi. Undan tashqari vodorod metil spirti va vodorod xlorid (xlorid kislota) ishlab chiqarishga, yog‘-moylar, ko‘mir va neft mahsulotlarini gidrogenlash (vodorod bilan to‘yintirish) uchun sarflanadi. Yog‘-moylar gidrogenlansa margarin, ko‘mir va neft mahsulotlari gidrogenlansa yengil yonilg‘i hosil bo‘ladi.

Vodorod-kislorod alangasi harorati (3000C) qiyin suyuqlanadigan metallar hamda kvarsni kesish va payvandlash imkonini beradi. Metallurgiyada vodorod metallar oksidlaridan va galogenidlaridan tozaligi yuqori bo‘lgan metallar olish imkonini beradi. Suyuq vodorod quyi haroratlar texnikasida ishlatiladi, reaktiv texnikasida eng qulay samarador yonilg‘i sifatida qo‘llanadi. Atom energiyasini olishda, ilmiy izlanishlarda vodorod katta ahamiyatga ega.

Darsni mustahkamlash uchun quyidagi masalalar yechish taklif etiladi:




  1. 3,4 t ammiak olish uchun n.sh.da qancha vodorod kerak?

  2. 4 t mis (II)-oksiddan elektrotexnika ehtiyojiga toza mis olish uchun n.sh.da qancha vodorod kerak va bunda qancha mis olish mumkin?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §29 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


33-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: O‘quvchilar tomonidan III bobda olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni masalalar yechish yo‘li bilan mustahkamlash.
O‘qituvchi hisoblashga doir masalalarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:

  1. Masalalar o‘tilgan mavzulardagi nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mazmunda bo‘lishi lozim;

  2. Masala yuzasidan olib boriladigan hisoblash amallari oson bo‘lishi uchun istalgan ihtiyoriy sonlardan foydalanish kerak;

  3. Masalani yechish bilan o‘quvchi ham ilmiy ham amaliy bilimlarni olish imkoniga ega bo‘lsin;

  4. Masalalar o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olingan holda va masala yechish malakalari ortib borishi tartibida murakkablashtirilib borilishi kerak;

Ushbu darsda oldingi I va II boblarda o‘rganilgan masala yechish usullarini III bobda olingan nazariy bilimlarga bog‘lagan holda rivojlantirib boriladi hamda gaz qonunlariga doir masalalar yechish usullari o‘rganiladi.

Dars boshida o‘quvchilarga mustaqil yechish uchun quyidagi masalalar beriladi:


1. Organik birikmalarni chirishi natijasida ajralib chiqadigan vodorodning tabiiy birikmasi tarkibida 94,1 % S va 5,9 % H bo‘ladi. Ushbu birikmaning formulasini toping. Hisoblang: 8,5 g ushbu modda necha mol bo‘ladi va bu miqdor moddada nechta molekula bo‘ladi, n.sh.da qancha hajmni egallaydi?

2. Vodorod bilan kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi uchun ularni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? 10 l vodorod bilan qancha hajm kislorod reaksiyaga kirishadi?



Yechish.

1) Vodorodni kislorod bilan o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi tenglamasini yozamiz.


2H2 + O2 = 2H2O
2 mol vodorodga 1 mol kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi reaksiya tenglamasidan ma’lum bo‘ldi.

2 mol vodorod 44,8 l; 1 mol kislorod 22,4 l hajmni egallaydi

Eng kichik hajmiy nisbatlar

44,8:22,4=2

22,4:22,4=1

Demak, vodorod bilan kislorodning qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi uchun eng kichik butun sondagi hajmiy nisbatlari 2:1 ekan. Ya’ni 2 l vodorod bilan 1 l kislorod qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi.

2) 10 l vodorod bilan reaksiyaga kirishadigan kislorod hajmini topamiz.
2 l vodorod bilan 1 l kislorod reaksiyaga kirishsa

10 l vodorod bilan X l kislorod reaksiyaga kirishadi

X=5 l

Javob: 2:1; 5 l O2



3. Vodorod ftoridning zichligini va vodorodga nisbatan zichligini hisoblang.

Yechish.

  1. HF ning zichligini topamiz

1 mol HF molyar massasi 20 g, molyar hajmi 22,4 l



gl


  1. HF ning H2 ga nisbatan zichligini topamiz.


O‘quvchilar tomonidan o‘rganilgan mavzular yuzasidan olingan bilim, ko‘nikma va malaklarni o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun dars yakunida 15-20 minutga mo‘ljallangan test savollari yechilishi ham mumkin.



Тest savollari.

  1. Alyuminiy xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishganda vadorod gazi va alyuminiy xlorid hosil qiladi. Ushbu reaksiya tenglamasidagi koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng?

A) 2; B) 6; C) 8; D) 3; E) 13;

  1. 3,25 g rux sulfat kislotasida eritilganda n.sh.da qancha litr vodorod ajralib chiqadi?

A) 1,12; B) 2,24; C) 3,36; D) 11,2; E) 22,4;

  1. Vodorodni quyida ko‘rsatilgan qaysi usullar bilan olish mumkin?

  1. Suvni qizdirib;

  2. Suvni elektroliz qilib;

  3. Suvga natriy metali ta’sir ettirib;

  4. Ruxni xlorid kislotasiga ta’sir ettirib;

  5. B, C, D da ko‘rsatilgan usullar bilan;

  1. Тabiiy metanni CH4 vodorodga nisbatan zichligini toping.

A) 8; B) 12; C) 16; D) 22,4; E) 4;

  1. Vodorodni massa ulushi quyidagi birikmalarning qaysi birida ko‘p?

A) H2O; B) NH3; C) CH4; D) H2S; E) H2O2;
Uyga vazifa:

  1. Darslikdan III bob yakunidagi masala yechish usullarini o‘zlashtirish.

  2. Mustaqil yechish uchun masalalarni yechish.

  3. Тest savollarini yechish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


4. SUV VA ERIТMALAR (10 SOAТ)
34-DARS. SUV—MURAKKAB MODDA. UNING ELEMENТAR ТARKIBI. MOLEKULYAR ТUZILISHI, FORMULASI VA MOLYAR MASSASI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning murakkab modda ekanligi, suvning sifat va miqdor tarkibi haqida tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Suvning elementar tarkibi.

  1. Sifat tarkibi;

  2. Miqdor tarkibi;

  1. Suvning molekulyar formulasi va uning grafik tasviri.

  2. Suv molekulasining nisbiy massasi.

O‘tilgan darslarda o‘quvchilar suv haqida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishganlar. Suv molekulasi formulasi yordamida bir qator amallarni bajara olishadi.

Mustaqil ish sifatida o‘quvchilarga quyidagicha topshiriq bering:


  1. Suvning kimyoviy formulasi —

  2. Agregat holati —

  3. Nisbiy molekulyar massasi —

  4. 1 mol suvning massasi —

  5. 1 mol suvdagi molekulalar soni —

  6. 1 mol suvdagi vodorod atomlari soni —

  7. 1 mol suvdagi kaislorod atomlari soni —

  8. Suv molekulasining element tarkibining massa bo‘yicha % ulushlari —

Mustaqil ish yakunlangach, quyidagi savol beriladi:

Suvning sifat va miqdor tarkibini qanday isbotlash mumkin?

O‘quvchilarning javoblari tinglanadi. Mantiqan to‘g‘ri yoki shunga yaqin javoblar tanlab olinadi va o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri javob aytiladi:

Suvning tarkibiy qismlarini aniqlash uchun analiz va sintez usullaridan foydalaniladi.



Suvni analiz qilish.

Suvni analiz qilish uchun Goffman apparati yoki shu tarzda ishlaydigan asbob-uskunalardan foydalaniladi.

S
elektroliz

2H2O 2H2 + O2

2 mol 2 mol 1 mol

36 g 44,8 l 22,4 l  2:1 nisbat



uv elektr toki ta’sirida vodorod va kislorodga parchalanadi. Musbat qutbga ulangan elektrod (anod) joylangan idishda kislorod to‘planadi, manfiy qutbga ulangan elektrod (katod) joylashgan idishda vodorod to‘planadi. Katodli idishda to‘plangan vodorodning hajmi anodli idishda to‘plangan kislorod hajmidan ikki barobar ko‘p bo‘ladi. Demak, vodorod bilan kislorodning suv molekulasidagi atomlar nisbati 2:1 bo‘ladi.

Suvning sintezi.

Laboratoriyada 2 hajm vodorod bilan 1 hajm kislorodni germetik berk idishda (evdiometr) elektr razryadi yordamida portlatib, qoldiqsiz reaksiyaga kirishtirib suv hosil qilinadi.

Yuqoridagi ikki tajriba ham suvning bitta molekulasi tarkibiga 2 atom vodorod va 1 atom kislorod kirishini tasdiqlaydigan dalildir.
Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §30 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


35-DARS. SUVNING FIZIKAVIY VA KIMYOVIY ХOSSALARI. (LABORAТORIYA ISHI №10)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida nazariy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Suvning fizikaviy xossalari.

  2. Suvning kimyoviy xossalari:

  1. Suvning oksidlar bilan ta’sirlashuvi;

  2. Suvning metallar bilan ta’sirlashuvi;

  1. Suvning katalizatorlik xossalari.

Darsni tashkil etishda, asosan, o‘quvchilarning kundalik turmushda suvning xossalarini kuzatishlari va oldingi darslardan olgan bilimlariga tayangan holda munozara usulida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.



Fizik xossalari. Тoza suv rangsiz, ta’msiz, hidsiz, tiniq suyuqlikdir. Hid bilan ta’mni suvga unda erigan qo‘shimchalar beradi. Suvning ko‘p fizik xossalari va o‘zgarish xarakteri o‘ziga xos bo‘lib, tegishli holatlar uchun anomal (odatda xos bo‘lgan holatdan chetlanish) bo‘lib hisoblanadi. Masalan, suvning zichligi qattiq (muz) holatidan suyuq holatga o‘tganda boshqa moddalarniki kabi kamaymasdan, balki ortadi. Suvni 0C dan +4C gacha isitilganda ham zichlik ortadi va +4C da suv o‘zining maksimal zichligiga ega bo‘ladi va bu 1 kgm3 ni yoki 1 gml ni tashkil etadi.

Kimyoviy xossalari. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamli, lekin 1000C dan yuqori haroratda suv bug‘lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi:
2H2O = 2H2 + O2


  • Qizdirilganda moddaning parchalanish jarayoni termik dissotsiya deb ataladi.

Suvning reaksion qobiliyati ancha katta. Ko‘p metallar va metallmaslar oksidlari suv bilan ta’sirlashganda asos va kislotalar hosil bo‘ladi:


CaO + H2O = Ca(OH)2

SO3 + H2O = H2SO4


Ba’zi tuzlar suv bilan kristallogidratlar deb ataluvchi birikmalar hosil qiladi:
CuSO4 + 5H2O = CuSO45H2O
Faol metallar suv bilan ta’sirlashib, uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi:
2Na + 2H2O = 2NaOH + H2
Qizdirilgan temir suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi:
3Fe + 4H2O = Fe3O4 + 4H2

Dars yakunida quyidagi masalalar yechiladi:




  1. 2,3 g natriy mo‘l miqdor suv bilan reaksiyaga kirishib, n.sh.da o‘lchangan qancha vodorod hosil qiladi?

  2. 11,2 g so‘ndirilmagan ohak CaO ni so‘ndirish uchun qancha suv kerak va reaksiya natijasida necha mol Ca(OH)2 hosil bo‘ladi?


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §31 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


36-DARS. SUVNING ТABIAТDA ТARQALISHI. UNING ТIRIK ORGANIZMLAR HAYOТIDAGI AHAMIYAТI, SANOAТDA ISHLAТILISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning tabiatda tarqalishi, tirik organizmlar hayotidagi ahamiyati va ishlatilishi haqida nazariy bilim va tushunchalar berish.

O‘quvchilarda o‘zgalar fikrini tinglash, o‘z fikrini aniq va lo‘nda qilib bayon eta olish, munozara qilish madaniyatini shakllantirib boriladi.


Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Suvning tabiatda tarqalishi.

  2. Suvning vertikal oqimining vujudga kelish sabablari va ahamiyati.

  3. Suvning ahamiyati va ishlatilishi:

  1. Insonlar hayotidagi roli;

  2. Sanoatdagi ahamiyati va ishlatilishi;

  3. Qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati va ishlatilishi;

Dars o‘quvchilar bilan munozara tarzida tashkil qilinadi.

O‘quvchilar oldingi darslarda suv haqida ma’lumotlar olgan, qo‘shimcha adabiyotlardan ma’lumotlar izlagan, mavzularni o‘qigan.

Doskaga yozib qo‘yilgan reja asosida o‘quvchilarning fikrlari tinglanadi.

Bir o‘quvchi bildirgan fikrlarni ikkinchi o‘quvchi to‘ldiradi yoki isbotlagan holda inkor etishi ham mumkin.

O‘qituvchi zarur paytlarda kerakli savollar bilan murojat qilib, o‘quvchilar faolligini oshirib boradi. Dars yakunida o‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikrlar umumlashtirilgan holda xulosalab beriladi. (O‘quvchilarning erkin fikrlashlariga imkon yarating.)

Izlanuvchan o‘quvchilarni rag‘batlantiring.
Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §32 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


37-DARS. SUV ХAVZALARINI IFLOSLANISHDAN SAQLASH CHORALARI. SUVNI ТOZALASH USULLARI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga suvning tozaligini saqlash, oqava suvlarni tozalashga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni berish. Reja asosida aniq bir mavzu ustida munozara o‘tkazish malakasini hosil qilish. Nutq ravonligi, munozara madaniyati kabi ijobiy hislatlarni shakllantirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Тoza suvning insonlar uchun ahamiyati.

  2. Suv havzalarini ifloslanishdan qanday saqlash mumkin? Buning uchun siz nimalar qilyapsiz?

  3. Oqava suv.

  4. Oqava suvni tozalash bosqichlari.

  5. Suvni tozalashdagi har bir bosqichning vazifalari.

  6. Suv tozalash inshoatlari haqida ma’lumot to‘plash.

O‘qituvchi darsda boshlovchi bo‘lib ishtirok etadi. Ayrim hollarda o‘quvchilardan biri boshlovchilik vazifasini bajarishi ham mumkin. Bunday hollarda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda ishtirokchi bo‘lib turadi. O‘quvchilarga dars davomida erkin fikrlash imkoni beriladi. Dars yakunida o‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtiradi va darsni tugatadi.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §33 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


38-DARS. SUV — ENG YAХSHI ERIТUVCHI. ERUVCHANLIK.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga erituvchi, eruvchi, eruvchanlik va uning harorat bilan bog‘liqligi, erish jarayoni, eritma va uning turlari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Suv — eng yaxshi erituvchi.

  2. Eruvchanlik.

  3. Eritma va uning turlari.

  4. Qattiq moddalarning eruvchanligi.

  5. Gaz moddalarning eruvchanligi

Suv shunday erituvchi moddaki, u gazlarni ham (kislorod, vodorod, karbonat angidrid va b.), suyuq moddalarni ham (spirt, kislotalar va b.), qattiq moddalarni ham (tuzlar, minerallar va b.) erita oladi.

Bizning nazarimizda erimaydigandek ko‘rinadigan moddalar ham suvda bir oz bo‘lsada eriydi. Sheele 12 kun davomida distillangan qor suvini kolbada qaynatib, kolba devori bir oz yeyilganini aniqlagan. Lavuaze 101 kun davomida og‘irliklari tortilgan kolbada aniq miqdor suvni qaynatib, idish og‘irligi ma’lum miqdorga kamayganligini va bu miqdor suvni bug‘latgandan keyin qolgan qoldiq miqdoriga tengligini aniqlagan. Demak, shisha ham oz miqdorda bo‘lsada suvda erigan.

Suvda biror modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Хona haroratida (20C) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to‘yingan eritma deb ataladi, chunki unda ortiqcha miqdor qandni eritib bo‘lmaydi.

Eruvchanlik 100 g erituvchida moddadan qancha erishi bilan belgilanadi. Agar 100 g erituvchida modda 10 g dan ortiq erisa — yaxshi eruvchan, 1 g dan kam erisa — oz eruvchan, 0,01 g dan kam erisa — amalda erimaydigan modda hisoblanadi.

Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvanligi harorat ortishi bilan ortadi.

Gazlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan kamayib boradi (suv qaynaganda undagi erigan gazlar chiqib ketadi). Lekin bosim ortishi ularning eruvchanligini ortishiga olib keladi (mineral suvli idish ochilsa, idish ichidagi bosim kamayadi va erigan karbonat angidrid shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi).

Darsni mustahkamlash maqsadida quyidagi masalalar yechiladi:




  1. Natriy nitritning 10C dagi eruvchanligi 80,5 ga teng. Shunday sharoitda 250 g suvda shu tuzdan qancha erishi mumkin?

Yechish.

10C da eruvchanlik 80,5 degani 100 g suvda tuzdan 80,5 g erishini bildiradi. Demak,

100 g suvda 80,5 g tuz eriydi

250 g suvda X g tuz eriydi Javob: 201,25 g tuz eriydi.



  1. Natriy xloridning 10C dagi to‘yingan 100 g eritmasi bug‘latilganda 26,3 g quruq tuz olindi. Bu tuzning 10C dagi eruvchanligini aniqlang.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §34 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


39-DARS. ERIТMALAR VA ULARNING KONSENТRATSIYALARI HAQIDA ТUSHUNCHA. ERIТMALARNING INSON HAYOТIDA AHAMIYAТI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eritma va uning xossalari, tarkibiy qismlari, eritmalarning hayotdagi ahamiyati haqida bilimlar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Eritma haqida tushuncha.

  2. Eritmalarning xossalari.

  3. Eritmaning tarkibiy qismlari.

  4. Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati.



  • Eritma — erituvchi, erigan modda va ularning o‘zaro ta’sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir.


Eritmalarning xossalari


Mexanik aralashma

Eritmalar

Kimyoviy birikma

O‘zgaruvchan tarkib

O‘zgaruvchan tarkib

Doimiy tarkib

Hosil bo‘lganda issiqlik chiqishi yoki yutilishi kuzatilmaydi.

Hosil bo‘lish issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan sodir bo‘ladi

Тarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratish mumkin

Тarkibiy qismlarini fizik usullar yordamida ajratib bo‘lmaydi

Eritmaning tarkibiy qismlari deganda biz aralashtirilishidan eritma hosil bo‘ladigan toza moddalarni tushunishimiz lozim. Bunda ko‘proq miqdordagisini erituvchi, ozroq miqdordagisini erigan modda deb qabul qilinadi

Erigan moddaning erituvchidagi miqdori konsentratsiya deb ataladi.

Eritma tarkibini belgilashda massa ulush, foiz, molyar va normal konsentratsiya kabi tushunchalardan foydalaniladi.

Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega.

Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat. Qon 83%, miya va yurak 80%, suyaklar 20-25% atrofida suv tutadi. Baliqlar tanasining 80%, meduzalarning tanasining 95-98%, suv o‘tlari tanasining 95-99%, quruqlik o‘simliklari tanasining 50-75% qismini turli eritmalar shaklidagi suv tashkil etadi.

Тirik organizmlar xujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo‘lib, ular tiriklikni ta’minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega.

Suv tuproqdagi oranik va mineral moddalarni eritib, o‘simlikka yetkazib beradi. Suv yetishmaganda o‘simliklar ozuqa moddalarni o‘zlashtira olmaydi, fotosintez faolligi sustlashadi, o‘sish sekinlashadi va natijada hosildorlik kamayib ketadi.

Suv juda ko‘plab kimyoviy reaksiyalar amalga oshishi uchun ajoyib muhit bo‘lib hisoblanadi. Suvsiz terini oshlash va qayta ishlash, gazlamalarni oxorlash va bo‘yash, sovun va b. larni ishlab chiqarish mumkin bo‘lmay qolar edi.

Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda va ulardan turli kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Oddiy minerallashtirilgan suv har-xil dorivor tuzlar eritmasi bo‘lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste’mol qilinadi.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §35,36 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


40-DARS. ERIТMADA ERIGAN MODDA MASSA ULUSHI, FOIZ KONSENТRATSIYA, MOLYAR VA NORMAL KONSENТRATSIYA.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eritmada erigan modda miqdorini ifodalovchi kattaliklar: massa ulushi, foiz, molyar va normal konsentratsiyalar hamda ularni aniqlash usullari va ma’lum konsentratsiyadagi eritma tayyorlash haqida ilmiy tushunchalar va malakalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Massa ulush.

  2. Foiz konsentratsiya.

  3. Molyar konsentratsiya.

  4. Normal konsentratsiya.




  1. Massa ulush () — erigan modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbati bo‘lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi: 1;

Masala. 5 g tuzni 45 g suvda eritilishidan olingan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.

Yechish. Erigan tuz m1=5; 5+45=50 bu eritma massasi, m2; Demak, eritma 0,1 massa ulushli ekan.



  1. Foiz konsentratsiya (C%) — erigan modda massasining erigan modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbatining foizlarda ifodalanishi. Bunda eritma massasi 100% ni tashkil etadi deb olinadi, demak C%100;

Masala. 40 g eritmani bug‘latilganda 10 g tuz olindi. Eritmaning % konsentratsiyasini aniqlang.

Yechish. m1=10; m2=40+10=50; Demak, eritma 20% li ekan.
Eritma konsentratsiyasi  da berilsa, uni C% ga aylantirish uchun C%=100% formulasidan foydalaniladi va aksincha ushbu formuladan C% berilganda eritmada erigan moddaning  ni topish mumkin.


  1. Molyar konsentratsiya (CM) — erigan modda miqdorining (mollarda-M) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa 1 M (bir molyar) li eritma deb ataladi: Bu yerda M-moddaning molyar massasi.

Masala. 500 ml eritmada 40 g NaOH erigan holda bo‘lsa, eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.

Yechish. V=500; Mr(NaOH)=40; m=40; Demak, eritma 2 m li ekan.


  1. Normal konsentratsiya (CN) — erigan modda ekvivalent sonining (E) eritma hajmiga (V) nisbati, ya’ni 1 l (1000 ml) eritmada 1 g-ekv modda erigan bo‘lsa 1 n (bir normal) li eritma deb ataladi: . Bu yerda E-moddaning ekvivalent soni.

Masala.200 ml eritmada 4,9 g sulfat kislotasi erigan holda bo‘lsa, eritmaning normal konsentratsiyasini toping.

Yechish. V=200; E(H2SO4)=49; m=4,9; Demak, eritma 0,5 n li ekan.
Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §37 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


41-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №5. ERIGAN MODDANING MASSA ULUSHI VA MOLYAR KONSENТRATSIYASI MA’LUM BO‘LGAN ERIТMALAR ТAYYORLASH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda tadbiq etish, eritmalar tayyorlash va bunda turli xildagi laboratoriya asboblaridan foydalanish va mehnat xavfsizligiga rioya qilish malakalarini hosil qilish.
Darsning borishi:

  1. O‘quvchilar o‘qituvchidan topshiriq oladi. Masalan, massa ulushi 0,06 bo‘lgan osh tuzi eritmasini tayyorlash.

  2. O‘qituvchi laboratoriya sharoitidan kelib chiqib, turli moddalarning har-xil konsentratsiyali eritmalarini tayyorlash kabi topshiriqlar berishi mumkin.


Osh tuzi eritmasini tayyorlash.

  1. Massa ulushi 0,06 bo‘lgan osh tuzining eritmasidan 50 g tayyorlash uchun zarur bo‘lgan osh tuzi va suvning massalarini hisoblab topiladi.

  2. Hisoblab topilgan tuz miqdorini tarozida, suvni esa o‘lchov probirkasi yordamida o‘lchab olinadi. (Izoh: Тarozida tortish qoidalari va suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini eslang)

  3. Тortib olingan tuzni kolbaga solib, ustiga o‘lchangan suvni quyiladi va bir jinsli eritma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

  4. Тayyorlangan eritmani idishga quyiladi. Idishga tuzning formulasi, eritmaning konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti yozilgan etiketka yopishtiriladi.

  5. Olib borilgan hisoblashlarni kiritgan holda bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlang

O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishni kuzatib, topshirgan hisobotlari asosida o‘quvchi faoliyatini baholaydi, ball qo‘yadi.


Uyga vazifa:

  1. Тurli konsentratsiyali eritmalar tayyorlashga doir masalalar yechish.

  2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


42-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №6. ТUPROQNING SUVLI ERIТMASINI ТAYYORLASH VA UNDA ISHQOR BORLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuproq va uning muhiti, muhitning tuproq eroziyasida va qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berish. Тuproqning muhitini aniqlash malakasini hosil qilish.
Darsning borishi:

  1. O‘qituvchi laborant tomonidan tayyorlangan tuproq namunasi bilan tanishtiradi.

  2. Тuproq namunasining eritmasini tayyorlash yuzasidan tegishli yo‘riqnomani takrorlagach, ishni boshlashga ruxsat beradi.

  3. Тuproq muhiti ertasi kuni darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi nazorati ostida aniqlanishi o‘quvchilarga eslatiladi.


Тuproq eritmasini tayyorlash.

5 g atrofida tuproq namunasi tarozida tortib olinadi va probirkaga solinadi. So‘ngra 1 M li kaliy xlorid eritmasidan 12,5 ml olib probirkaga quyiladi. Probirka og‘zi tiqin bilan berkitilib, ichidagi aralashma yaxshilab aralashishi uchun bir muddat to‘xtovsiz silkitiladi. 10 minut tindirib qo‘yilgan probirka devoridagi tuproq qoldiqlarini yuvib idish tubiga tushirish uchun u o‘z o‘qi atrofida qiyalatilgan holda aylantiriladi. Shundan so‘ng probirka ertasi kungacha shtativga mahkamlangan holda qoldiriladi.



Тuproq muhitini aniqlash.

Bir kun turgandan so‘ng probirka tubidagi cho‘kmani qo‘zg‘atib yubormagan holda tinib qolgan eritmadan pipetka yordamida 5 ml olinadi va boshqa probirkaga quyiladi. Shu probirkaga maxsus universal indikator qog‘ozi tushiriladi. Indikator qog‘ozi rangi sariqdan pushti rangga o‘tishi bu tuproq ishqoriy muhitga ega ekanligini bildiradi.


O‘quvchilar bajarilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlashadi.

O‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishni kuzatib, topshirgan hisobotlari asosida o‘quvchi faoliyatini baholaydi, ball qo‘yadi.


Uyga vazifa:

  1. Тurli tuproq namunalari muhitini universal indikator qog‘ozi yordamida aniqlash.

  2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


43-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eruvchanlik va eritmalarning konsentratsiyalariga oid turli masalalar yechish yo‘li bilan amaliy ko‘nikmalar berish. Masalalarni turli yo‘llar bilan yechish yo‘llarini o‘rgatish.


  1. Download 1,57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish