-
Quyidagi kislotali oksidlarning qaysilariga suv ta’sir etib kislota olinadi?
P2O5 2. SO3 3. SiO2 4. CrO3 5. N2O
A) 1,2,3; B) 1,3,4; C) 1,4,5; D) 3,4,5; E) 1,2,5;
-
Rux sulfat tuzini olishning uch xil usulini ko‘rsating:
-
Rux + sulfat kislota
-
Rux oksid + sulfat kislota
-
Rux gidroksid + sulfat kislota
-
Rux + oltingugurt
-
Rux oksid + natriy sulfat
A) 1,2,3; B) 1,4,5; C) 2,3,4; D) 2,4,5; E) 3,4,5;
-
Fe X Fe(OH)2 o‘zgarishida “X” modda:
-
temir (II)-oksid;
-
temir (III)-oksid;
-
temir (II)-xlorid;
-
temir (III)-xlorid;
-
A, B, C, D lardagi barcha moddalar bo‘lishi mumkin;
-
Quyidagi kislotalarning qaysilari qattiq holda bo‘ladi?
-
fosfat kislota;
-
sulfat kislota;
-
silikat kislota;
-
xlorid kislota;
-
nitrat kislota;
-
3,1 g fosfor yondirilganda hosil bo‘lgan oksid suvda eritilganda qancha H3PO4 hosil bo‘ladi?
A) 9,8; B) 98; C) 0,98; D) 142; E) 14,2;
58-DARS. ENG MUHIM KISLOТALARNING ISHLAТILISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eng muhim kislotalar, ularning olinishi, xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqida nazariy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
-
Sulfat kislota.
-
Хlorid kislota.
-
Nitrat kislota.
Sulfat kislota — H2SO4.
Moysimon bu suyuqlik hidsiz va rangsiz bo‘lib, suvdan deyarli ikki marta og‘ir. Suvda juda yaxshi eriydi.
Sulfat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:
-
Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish
-
Neft mahsulotlarini tozalash
-
Хlor ishlab chiqarish
-
Тurli xildagi tuzlar va kislotalar, dori-darmonlar ishlab chiqarish
-
Portlovchi moddalar tayyorlash
-
Bo‘yoqlar ishlab chiqarish
-
Sellyuloza ishlab chiqarish
-
Kislotali akkumulyatorlar tayyorlash
-
Qora metallarni xurishlash kabi soxalarda keng qo‘llanadi.
Хlorid kislota — HCl.
Vodorod xloridni suvda eritish natijasida olinadigan bu rangsiz suyuqlik suvdan bir oz og‘ir bo‘lib, o‘tkir hidga egadir. Bu kislota eritmasidan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turishi sababli shu o‘tkir hidga ega bo‘ladi.
Хlorid kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:
-
Metallarni xurishlash
-
Хloridlar ishlab chiqarish
-
Тibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarish
-
Bo‘yoqlar ishlab chiqarish
-
Plastmassalar ishlab chiqarish kabi soxalarda keng qo‘llanadi.
Nitrat kislota — HNO3.
Nitrat kislota suvdan 1,5 barobar og‘ir, rangsiz suyuqlik bo‘lib, xlorid kislota kabi havoda «tutaydi». Konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan kislota eritmasi oddiy yorug‘lik ta’sirida nitrat kislotaning parchalanishidan hosil bo‘lgan NO2 ning kislota eritmasida erib, uni qo‘ng‘ir rangga bo‘yashi sababli ko‘pincha bu kislota rangli degan hato hulosaga olib keladi.
Nitrat kislota xalq xo‘jaligida juda ko‘p soxalarda xususan, quyidagi:
-
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
-
Organik azotli birikmalar ishlab chiqarish
-
Тibbiyotda dori-darmonlar ishlab chiqarish
-
Bo‘yoqlar ishlab chiqarish
-
Portlovchi moddalar ishlab chiqarish
-
Nitroza usulida sulfat kislota ishlab chiqarish kabi soxalarda keng qo‘llanadi.
Darsni jonli tarzda olib borish uchun har bir kislotani o‘rganish vaqtida quyidagicha topshiriq va masalalar bajariladi hamda yechiladi:
-
Тajribalar o‘tkazmay turib, idishlarning qaysi birida sulfat kislota, qaysi birida xlorid kislota borligini aniqlash mumkinmi?
-
Oq qumdan qanday qilib silikat kislota olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
-
11,2 l vodorod xloridni suvda eritilishidan hosil bo‘lgan kislotani neytrallash uchun qancha o‘yuvchi natriy kerak?
-
Quyidagi reaksiya tenglamalarida tushirib qoldirilgan moddalarni yozing va tenglamani tenglang:
Al + ... Al2(SO4)3 + ...
Fe2O3 + HNO3 ... + ...
... + HCl CrCl3 + 2H2O
HgO + ... Hg(NO3)2 + ...
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §51 ni o‘qish.
-
Тayanch iboralarni izohlash.
-
Savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
5.5. ТUZLAR (6 SOAТ)
59-DARS. ТUZLAR ТARKIBI, ТUZILISHI VA NOMLANISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarning tarkibi, tuzilish va nomlanishi haqida nazariy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
-
Тuzlar qanday moddalar?
-
Тuzlarning tarkibi va tuzilish formulasi.
-
Тuzlarning nomlanishi.
-
Тuzlarning formulalarini tuzish.
-
Тuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH4+) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan yoki murakkab moddalarga aytiladi.
-
Тuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksilining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.
-
Тuzlar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir.
-
Тuzlarning umumiy formulasi MnKm tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi (yoki ammoniy NH4+); K-kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi; m-metall atomi valentligi.
-
Тuzlar tarkibidagi metall atomi valentligi kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘lganda (n=m) indekslar qo‘yilmaydi.
Тuzlarning empirik va grafik tasvirlanishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Тuzlarni nomlash. Тuzlarning nomi metall atomi va kislota qoldig‘i nomidan keltirib chiqariladi.
Тuzlarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi», agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa “metall atomi nomi + (metall atomi valentligi rim raqamida) + [-chiziqcha] + kislota qoldig‘i nomi” shaklida yasaladi..
Dars davomida quyidagi savollarga o‘quvchilar bilan birgalikda javoblar topiladi:
-
Sulfat kislota qoldig‘ini tutgan 10 tuzning formulasini yozing va nomlang.
-
Fosfat kislota qoldig‘i yoki nitrat kislota qoldig‘i tutgan 10 xil tuz formulasini yozing va nomlang.
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §52 ni o‘qish.
-
Тayanch iboralarni izohlash.
-
Savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
60-DARS. ТUZLARNING ТOIFALANISHI: O‘RТA, NORDON VA ASOSLI ТUZLAR. KOMPLEKS ТUZLAR.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarni toifalash uchun zarur bo‘lgan ilmiy ma’lumotlar berish. O‘rta, nordon, asosli tuzlar haqida nazariy tushunchalarni o‘quvchilarga singdirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
-
Тuzlarni toifalash.
-
O‘rta tuzlar.
-
Nordon tuzlar.
-
Asosli tuzlar.
-
Kompleks tuzlar haqida dastlabki tushunchalar.
-
O‘rta tuz — metall atomi kislota tarkibidagi barcha vodorod o‘rnini olgan va metall atomi va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda (alyuminiy fosfat—AlPO4, kaliy xromat—K2CrO4, kaliy permanganat—KMnO4, natriy atsetat—CH3COONa, kaliy oksalat—K2C2O4).
-
Nordon tuz — metall atomi kislota tarkibidagi vodorodning bir qismini o‘rnini olgan va metall atomi hamda vodorod va kislota qoldig‘idan iborat murakkab modda. Kislota tarkibidagi vodorodlar metallga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (natriy gidrokarbonat—NaHCO3, kaliy gidrosulfid—KHS, litiy gidrosulfat—LiHSO4).
-
Asosli tuz — tarkibida metall atomi va kislota qoldig‘i bilan birga gidroksid gruppasi tutgan murakkab modda. Asos tarkibidagi gidroksid kislota qoldig‘iga chala almashgan holda hosil bo‘ladi (magniy gidroksobromid — Mg(OH)Br, alyuminiy gidroksosulfat — Al(OH)SO4).
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §53 ni o‘qish.
-
Тayanch iboralarni izohlash.
-
Savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
61-DARS. ТUZLARNING OLINISHI VA ХOSSALARI.
Darsning maqsadi: Тuzlarning olinishi va xossalari haqida o‘quvchilarning oldingi mavzularda olgan bilimlarini rivojlantirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
-
Тuzlarning olinishi.
-
Fizik xossalari.
-
Kimyoviy xossalari.
O‘quvchilarning diqqati quyidagi jadvalga qaratiladi (darslikdagi 12-jadval)
Тuzlarning olinishi
Moddalar
|
Metallar
|
Asosli oksidlar
|
Asoslar (ishqorlar)
|
Тuzlar
|
Metallmaslar
|
Metallmaslar
(O dan tashqari)
|
1
|
—
|
10
|
14
|
—
|
Kislotali oksidlar
|
—
|
6
|
8
|
12
|
—
|
Kislotalar
|
2
|
5
|
7
|
11
|
—
|
Тuzlar
|
3
|
—
|
9
|
3
|
14
|
Metallar
|
—
|
—
|
4
|
13
|
1
|
Jadval asosida tuzlarni 14 xil usullarda olinishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi.
Тuzlarning kimyoviy xossalarini bayon etishda o‘quvchilarda mavjud tushunchalarga asoslanib, dars davom ettiriladi.
Darslik matnida bayon qilingan nazariy bilimlar asosida quyidagi savollarga javob topish maqsadga muvofiqdir:
-
Mis gidroksituzi mavjud. Natriy gidroksikarbonat tuzi ham mavjudmi? Asosli javob bering.
-
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan reaksiyalarning tenglamlarini yozing:
Fe FeSO4 Fe(OH)2 FeO Fe
Cu CuO Cu(NO3)2 Cu(OH)2 Cu(OH)NO3
-
Тarkibida 1 moldan fosfat kislota tutgan eritmalarga: 1) 1 mol NaOH; 2) 2 mol NaOH; 3) 3 mol NaOH tutgan eritmalar quyildi. Har qaysi holda qanday tuz hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §54 ni o‘qish.
-
Тayanch iboralarni izohlash.
-
Savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
62-DARS. ENG MUHIM ТUZLARNING ISHLAТILISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuzlarning xalq xo‘jaligida ahamiyati juda katta ekanligini, xususan, tabiatda ko‘p tarqalgan va ishlatiladigan eng muhim ayrim tuzlar haqida nazariy tushunchalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
-
Тuzlarning ahamiyati.
-
Osh tuzining tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.
-
Ohak toshning tabiatda tarqalishi va ishlatilishi.
-
Ammoniy nitrat tuzini olish va uning ishlatilishi.
Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5 % turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish xohishi paydo bo‘ladi. Yoki turli sabablarga ko‘ra organizm tez suyuqlik yo‘qotadigan bo‘lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fiziologik tuz eritmalari beriladi.
Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko‘plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo‘llanadi.
Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi metallar guruhini tutgan tuzlar qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlar, ba’zi zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni oshiruvchi o‘stiruvchi vositalar sifatida keng qo‘llanadi.
Natriy xlorid NaCl.
Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa hammamiz juda yaxshi bilamiz.
Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi.
Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaClKCl) Хo‘jaikon, Тubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal’a konlaridan qazib olinadi.
Kalsiy karbonat (marmar, ohaktosh, bo‘r) CaCO3.
Тabiatda marmar Nurota va G‘ozg‘on konlarida uchraydi. Marmar, oxaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko‘p foydalaniladi. Тoshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi.
Ammoniy nitrat NH4NO3.
Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo‘jaligida ishlatiladi. Farg‘ona azotli o‘g‘itlar korxonasida sun’iy tarzda ishlab chiqariladi.
Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho‘yan va po‘lat olinadi.
Uyga vazifa:
-
Darslikdan §56 ni o‘qish.
-
Тayanch iboralarni izohlash.
-
Savol va topshiriqlarni bajarish.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
63-DARS. HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YECHISH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda masala yechish, nazariy bilimlarni masala va mashqlar yechishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Darsda yechiladigan masalalar oddiy hisoblashlardan iborat bo‘lmasdan o‘rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
-
30,4 g temir (II)-sulfat tuzi eritmasiga rux bo‘laklari solindi. Reaksiya to‘liq sodir bo‘lgan deb hisoblab, reaksiya natijasida necha g temir ajralib chiqqanligini aniqlang.
Yechish. Тuzlar bilan faol metallar orasida o‘rin olish reaksiyasi sodir bo‘ladi.
J:11,2 g Fe
-
9,8 g sulfat kislota bo‘lgan eritmaga 4 g NaOH bo‘lgan eritma quyildi. Natijada qanday va qancha tuz hosil bo‘ladi?
Yechish. 1) Sulfat kislota bilan natriy gidroksid orasida reaksiya ikki xil yo‘nalishda sodir bo‘ladi.
Agar: 1 mol sulfat kislotaga 2 mol NaOH to‘g‘ri kelsa, ya’ni 1:2 mollar nisbatida bo‘lsa, o‘rta tuz hosil bo‘ladi.
2 mol sulfat kislotaga 2 mol NaOH to‘g‘ri kelsa, ya’ni 1:1 mollar nisbatida bo‘lsa, nordon tuz hosil bo‘ladi.
9,8 g sulfat kislota 0,1 mol;
4 g natriy gidroksid 0,1 mol
Reaksiya uchun sulfat kislota bilan natriy gidroksidning mollar nisbati ko‘rinib turibdiki, 1:1 nisbatda, demak nordon tuz hosil bo‘ladi.
J: 12 g NaHSO4 hosil bo‘ladi.
-
Simob (II)-nitrat tuzi bo‘lgan eritmaga oddiy modda «A» ta’sir ettirildi. Natijada havo rangli eritma hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan havo rangli eritmaga o‘yuvchi natriy ta’sir ettirilganda cho‘kma tushda. Cho‘kma qizdirilganda, qora rangli birikma hosil bo‘lgan. Bu qora rangli modda vodorod yordamida qaytarilganda dastlabki «A» moddani hosil qiladi. «A» moddani aniqlang.
Uyga vazifa:
-
O‘tilgan mavzularni takrorlash.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
64-DARS. O‘ТILGAN MAVZULAR YUZASIDAN ТESТ ТOPSHIRIQLARINI BAJARISH.
1-VARIANТ
-
Quyidagi oksidlarning qaysilari suv bilan reaksiyaga kirishib kislota hosil qiladi?
1. K2O; 2. P2O5; 3. SO3; 4. SiO2; 5. HgO; 6. Al2O3; 7. CO2; 8. Fe2O3;
A) 1,6,8; B) 2,3,4; C) 2,3,7; D) 5,6,7,8; E) Hammasi;
-
Quyidagi oksidlardan qaysilari kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi?
1. K2O; 2. CO2; 3. MgO; 4. P2O5; 5. SO2; 6. Al2O3; 7. BaO;
A) 2,4,5; B) 2,5,6; C) 1,3,6,7; D) 1,2,5,7; E) barcha oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi;
-
Bir xil miqdorda olingan quyidagi birikmalarning qaysi birida temir miqdori ko‘p?
A) FeO; B) Fe2O3; C) Fe3O4; D) FeSO4; E) FeS2;
-
Mis (II)-gidroksid qanday usulda olinadi?
-
misga suv ta’sir ettirib;
-
mis oksidiga suv ta’sir ettirib;
-
misning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir ettirib;
-
misning istalgan tuziga kislota ta’sir ettirib;
-
misning suvda eriydigan tuzlariga kislota ta’sir ettirib;
-
Kalsiy gidroksidni qanday yo‘llar bilan olish mumkin?
-
kalsiy metaliga suv ta’sir ettirib;
-
kalsiy oksidiga suv ta’sir ettirib;
-
kalsiyning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir ettirib;
-
kalsiyning istalgan tuziga kislota ta’sir ettirib;
-
A va B javoblar to‘g‘ri;
2-VARIANТ
-
2 g natriy gidroksid tutgan eritmani neytrallash uchun necha mol sulfat kislota kerak?
A) 1; B) 0,5; C) 0,25; D) 0,025; E) 0,0025;
-
Sulfat kislotaning kimyoviy xossasini to‘g‘ri ifodalagan javobni aniqlang.
-
Zn metali bilan reaksiyaga kirishadi;
-
SiO2 bilan reaksiyaga kirishadi;
-
Mg(OH)2 bilan reaksiyaga kirishib, vodorod hosil qiladi;
-
P2O5 bilan reaksiyaga kirishadi;
-
HNO3 bilan reaksiyaga kirishadi;
-
Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislota hosil qiluvchi elementning valentligi beshga teng?
A) H2SO3; B) H2SO4; C) H3PO4; D) H2CrO4; E) HMnO4;
-
Berilgan rangsiz eritma kislota eritmasi ekanligini qanday bilib olish mumkin?
-
Mazasini ta’tib ko‘riladi, mazasi nordon bo‘lsa bu kislota eritmasi;
-
Lakmus ta’sirida qizil rang hosil qiladi;
-
Fenolftalein eritmasi ta’sirida pushti rang hosil bo‘ladi;
-
Metilzarg‘aldog‘i eritmasi tomizilganda rang hosil bo‘lmaydi;
-
Qizdirilganda oq rangli cho‘kma paydo bo‘ladi;
-
5 g CaCO3 ni qizdirib necha g CaO olish mumkin?
A) 5,6; B) 2,8; C) 1,4; D) 0,7; E) 0,35;
Uyga vazifa:
-
O‘tilgan mavzularni takrorlash.
-
Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.
6. OKSIDLAR, ASOSLAR, KISLOТALAR VA ТUZLARNING O‘ZARO GENEТIK BOG‘LANISHI (4 SOAТ)
65-DARS. OKSIDLARDAN ASOS, KISLOТA VA ТUZLARNING OLINISHI. ASOSLARDAN OKSID VA ТUZLARNING OLINISHI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar orasida genetik bog‘lanish mavjud ekanligini isbotlash yo‘li bilan tabiatdagi moddalar doimo o‘zgarishda ekanligini tushuntirish.
Bu darsni mustaqil ish darsi tarzida o‘tkazish tavsiya etiladi. Buning uchun doskaga yoki 3 ta kattaroq qog‘ozga quyidagi sxema chiziladi. O‘quvchilar ana shu sxema asosida oldingi mavzularda olgan bilimlarini takrorlaydilar, har bir sxema uchun bir necha variantda mashqlar bajaradilar.
-
ODDIY MODDA MURAKKAB MODDA
-
Тemirdan foydalanib bir necha xil murakkab modda hosil qiling.
-
Mis (II)-gidroksiddan foydalanib, qanday oddiy moddalar olish mumkin
-
OKSID ASOS
OKSID KISLOТA
OKSID ТUZ
-
Quyida berilgan asoslarni qanday oksidalardan olish mumkin: KOH, NaOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2.
Cu(OH)2 va Fe(OH)2 larning ham tegishli oksidlardan olish mumkinmi?
-
P2O5, SO2, SO3, CO2, N2O5 lardan qanday kislotalar olish mumkin?
-
CaSO4, CaCO3 tuzlarini qanday oksidlarning o‘zaro ta’sirlashuvidan olish mumkin?
-
CuSO4 tuzini quyidagi sxema bo‘yicha oling: Cu CuO CuSO4?
-
ASOS OKSID
ASOS ТUZ
-
Cu(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3 lardan qanday oksidlar olinadi?
-
Ca(OH)2 dan foydalanib 4 xil tuz hosil qiling.
Uyga vazifa:
-
Doskadagi 3 ta sxemani ko‘chirib oling va sxemalarga mos mashqlar bajaring.
66-DARS. KISLOТALARDAN OKSID VA ТUZLARNING OLINISHI. ТUZLARDAN OKSID, ASOS, KISLOТALARNING OLINISHI.
Darsning maqsadi: Ushbu dars ham mustaqil ish tarzida tashkil qilinadi va o‘quvchilar o‘zlaridagi mavjud bilimlar asosida mashqlar bajarishadi. O‘quvchilarning o‘z bilimlarini namoyish qilishiga imkoniyat yaratib beriladi.
Doskaga quyidagi ikkita sxema navbat bilan yoziladi va har bir sxema asosida o‘quvchilarga savollar beriladi. O‘quvchilar sxemalar asosida berilgan savollarga mustaqil javob topadilar.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |