I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 7-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-DARS. AТOMLARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI



Download 1,57 Mb.
bet3/9
Sana25.01.2017
Hajmi1,57 Mb.
#1105
1   2   3   4   5   6   7   8   9

7-DARS. AТOMLARNING O‘LCHAMI, NISBIY VA ABSOLYUТ MASSASI.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga atomlar ham materiyaning bir ko‘rinishi, ya’ni asosiy tuzilma birligi ekanligini, demak, uning o‘lchamlari bo‘lishi lozimligini tushuntirish. Atomlarning diametri, hajmi, massasi juda kichikligi va bunday kichik sonlar bilan turli hisoblash amallarini bajarishda qiyinchilik vujudga kelishini hisobga olib, atomlarning absolyut massalari o‘rniga ularning nisbiy massalari keltirib chiqarilganligi va hisoblashlarda ulardan foydalanish qulayligi haqida tushunchalar berish.

O‘quvchilarda atomning absolyut, nisbiy massasi, massaning atom birligi (m.a.b.) kabi tushunchalarni ilmiy asosda shakllantirish.


Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Atomning absolyut massasi.

  2. Massaning atom birligi.

  3. Atomning nisbiy massasi

Olamdagi barcha ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan mavjudotlarning albatta o‘z o‘lchamlari bo‘lishini tushuntirilgandan so‘ng, atomlarning o‘lchamlari haqida tushuncha beriladi.

Atomlarning absolyut massasi — juda kichik kattalikdir. Masalan, vodorod atomining absolyut massasi 0,00000000000000000000000000167 kg yoki 1,6710-27kg. Uglerod atomi absolyut massasi 19,93.10-27kg. Hisoblashlar olib borishda ushbu absolyut massa kattaligidan foydalanish o‘ziga hos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, kimyoda nisbiy fizik kattalik — elementning nisbiy atom massasi Ar ishlatiladi.



  • Nisbiy atom massa — element atomi massasini C12 uglerod-12 atomi massasining 112 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalikdir.

Uglerod-12 ning 112 og‘irlik qismi 1,6610-27 kg ga teng bo‘lib, massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi.


  • 1 m.a.b.=1,6610-27 kg

Masalan, kislorod atomi massasi 26,6010-27kg, uning nisbiy atom massasi ga teng. Demak, kislorod atomi uglerod-12 atomining 112 qismidan 16 marta og‘ir.



  • Nisbiy atom massa — elementning miqdoriy ko‘rsatkichidir.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §5 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


8-DARS. KIMYOVIY MODDA — AТOM VA MOLEKULALAR UYUSHMASI. MOLEKULYAR VA NOMOLEKULYAR ТUZILISHDAGI MODDALAR.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning oldingi darslarda moddalar haqida olgan bilimlarini hisobga olgan holda modda atomlar yoki molekulalar uyushmasi ekanligi, moddalarning molekulyar va nomolekulyar tuzilishda bo‘lishi haqida nazariy tushunchalar berish.
Dars quyidagi savollar bilan suhbat tarzida boshlanishi maqsadga muvofiq:

  1. Kimyo fani nimani o‘rganadi?

  2. Kundalik turmushda qanday moddalarni uchratgansiz yoki muloqotda bo‘lgansiz? Ularning nomlarini ayting. Ularning qanday xossalarini bilasiz? Suv, osh tuzi, shakar, temirning xossalarini bilasizmi?

  3. Moddalarni jismlardan farqlay olasizmi?

Darsga temir, mis, alyuminiy, oltingugurt, oq qum, shakar, ohaktosh, suv, osh tuzi va boshqalarning namunalari ko‘rgazmali qurol sifatida olib kiriladi.

O‘quvchilar namunalar bilan tanishganlaridan so‘ng, ularga bu moddalarning va tabiatdagi barcha moddalarning eng kichik zarrasi nima ekanligi haqida savol beriladi.

M
oddalar o‘z tarkibiga kiruvchi zarra turi asosida quyidagicha toifalanishi mumkin:

Moddalar, tarkibiga kiruvchi zarralar tabiatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar.




  1. Molekulyar tuzilishdagi moddalar;

Molekula o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat bo‘lib, molekulyar tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topadi va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi (ularni dastlab ingliz olimi J.Dalton ta’riflagani uchun daltonidlar deb ham ataladi).

Odatda moddalar gazsimon holatda molekulyar tuzilishida bo‘ladi (inert gazlar bundan mustasno). Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo‘lganda modda zarralari orasidagi masofa nisbatan yaqinroq va ularni o‘zaro ta’sirlashish kuchlari katta bo‘ladi. Shu kuchlar ularni bir-biriga bog‘lanib turishiga, moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi.

Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatda kristall tugunlarida molekula tutuvchi moddalar ham molekulyar tuzilishdagi moddalar hisoblanadi (muz, «quruq muz» — CO2, yod, naftalin). Тugunlardagi molekulalar atomlar yoki ionlarga qaraganda kuchsiz bog‘langan bo‘lib, bu ularning uchuvchanligi va uncha yuqori bo‘lmagan suyuqlanish haroratiga ega ekanliklarini izohlaydi.


  1. Nomolekulyar tuzilishdagi moddalar;

Nomolekulyar tuzilishdagi moddalarga asosan qattiq moddalar kirib, ular kristall tuzilishga ega. Ularda kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki ion turadi.

Kristall tugunlarida atomlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo‘ladi (olmos).

Kristall tugunlarida ionlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘ladi, uchuvchan bo‘lmaydi (osh tuzi).
Uyga vazifa:


  1. Darslikdan §6,7 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


9-DARS. SOF MODDA VA ARALASHMALAR.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda uchraydigan yoki kundalik turmushda ishlatiladigan moddalarni tarkibiga qarab sof modda va aralashmalarga farqlash hamda aralashmalardan sof moddalarni ajratib olish yo‘llari haqida tushuncha berish.
O‘quvchilardagi modda haqidagi mavjud tushunchalar asosida mavzuni tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

  1. O‘quvchi suvning xossalarini biladi: suv rangsiz, hidsiz, mazasiz, tiniq suyuqlik. 0C da muzlaydi, 100C da qaynaydi.

  2. Ikkita bir xil idishda rangsiz, hidsiz, tiniq suyuqlik o‘qituvchi ish stoliga qo‘yiladi. Har ikki suyuqlik ham suvga o‘xshaydi. Ammo idishlarning biridagi suyuqlik haqiqatdan ham suv, ikkinchisidagi osh tuzining eritmasi. O‘quvchilar bu suyuqliklarni bir-biridan farqlashi lozim. O‘qituvchi ruxsati bilan ularning mazasini totib ko‘rish mumkin. (O‘quvchilarga notanish modda ta’mini totib ko‘rish mumkin emasligi uqtiriladi.)

Darsning boshlanishida yaratilgan bunday muammoli vaziyatni hal etish uchun yangi mavzuni tushunib olish kerakligi ta’kidlanadi.


  • Тarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda — sof, toza modda deb ataladi.

  • Aralashma o‘zgaruvchan tarkibga ega va fizik usullar bilan toza moddalarga ajratilishi mumkin.

Barcha moddalar toza va ikki yoki undan ortiq moddalardan tarkib topgan aralashmalarga bo‘linadi.

Aralashmalarni toza moddalarga ajratish mumkin, bunda tindirish, filtrlash, haydash, ekstraksiya qilish, magnit bilan ta’sir etish, sublimatlash, xromatografiya qilish, zonali suyuqlantirish kabi bir qancha maxsus usullardan foydalaniladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek sof modda butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkib va xossaga ega bo‘ladi. Bunday moddani gomogen (bir xil) deb aytiladi. Osh tuzi yoki shakarni suvda eritsak, tiniq eritma hosil bo‘ladi, bu aralashma ham butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega, lekin sof moddadan farqi tarkibiy qism miqdori o‘zgarishiga qarab, xossalari ham o‘zgarishidadir (bir stakan suvda 1 choy qoshiq tuz eritilsa –2C da, 1 osh qoshiq tuz eritilsa,-4C da muzlaydi). Bunday aralashmalarni gomogen aralashma deyiladi. Agar tuproqni suvda eritib ko‘rsak-chi? Тuproq suvda erimaydi, loyqa hosil qiladi — bunday bir xil bo‘lmagan aralashmani geterogen (har-xil) deb ataladi va ularni osongina gomogen tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.

Dars yakunida o‘quvchilarga doskaga chizilgan quyidagi jadvalni to‘ldirish taklif etiladi:





Тoza modda

Aralashma

Тa’rifi







Misollar








Uyga vazifa:


  1. Ajdodlarimiz qadimdan aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratishning turli usullaridan foydalanib kelganlar. Bu usullarga misollar keltiring va izohlang.

  2. Darslikdan §8 ni o‘qish.

  3. Тayanch iboralarni izohlash.

  4. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  5. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


10-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №3. IFLOSLANGAN OSH ТUZINI ТOZALASH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning sof modda va aralashmalar haqida olgan nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini va amaliy ishga tayyorgarligini tekshirib ko‘rish.

  2. O‘quvchilarga ifloslangan osh tuzi namunalarini va ishni bjarish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlarni tarqatish.

  3. Berilgan yo‘riqnoma asosida ishni bajarilishini kuzatish.

O
‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarning mustaqilligini ta’minlagan holda tegishli maslahatlar berib boradi. Har bir o‘quvchi ishni qanday bajarayotganligini kuzatib boradi. Ishni bajarishda foydalanish uchun berilgan blok-sxemani doskaga ilib qo‘yadi.

Ifloslangan osh tuzini tozalash jarayonida ushbu blok sxemadagi dastlabki uch bosqichning har biri o‘quvchilar tomonidan qanday bajarilayotganiga e’tibor beriladi.

O‘quvchilar bajarilgan ish yuzasidan quyidagi tartibda hisobot yozishadi:


  1. Ishning mavzusi

  2. Bajarilgan ishda foydalanilgan jihozlar va reaktivlar ro‘yxati

  3. Ishni bajarishdagi har bir qismni alohida nomlab, ishni bajarish tartibini qisqacha izohlanadi. Ishni bajarish jarayonida ishlatilgan asboblarning rasmini chiziladi. Sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan xulosalar beriladi.

  4. Yakuniy xulosa

O‘quvchilarning faoliyati ularning amaliy ko‘nikmalari, nazariy bilimlari, hisobotlari asosida baholanadi.
Uyga vazifa:

  1. Amaliy ish natijalarini muhokama qilish.

  2. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


11-DARS. ODDIY VA MURAKKAB MODDALAR. (LABORAТORIYA ISHI №4)
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga molekulalar tarkibiga kirgan atomlarning bir turda yoki har-xal turda bo‘lishiga qarab, moddalarning sinflanishi haqidagi tushunchalarni berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Oddiy moddalar.

  2. Murakkab moddalar.

  3. Murakkab moddalarning aralashmalardan farqi.

  4. Allotropiya hodisasi.

  5. Analiz va sintez.

Moddalar molekulasi tarkibiga kirgan atomlarning bir turdaligi yoki har-xil turdaligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:







  • Bir xil turdagi atomlardan (bir element atomlaridan) tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi.

Suvning parchalanishidan hosil bo‘lgan vodorod va kislorod oddiy moddalardir. Vodorod molekulasi faqat vodorod atomlaridan, ya’ni bir turdagi atomlardan tashkil topgan. Kislorod molekulasi ham faqat bir turdagi atomlardan, ya’ni kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Hozirgi vaqtda 109 ta element ma’lum bo‘lib, ularning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda ularning ayrimlari bir nechtadan oddiy modda — allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qilishi mumkin. Bunda oddiy modda tarkibidagi atomlar soni yoki bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanish hususiyati bilan farqlanadi:

Uglerod — olmos, grafit, karbin, fulleren kabi oddiy moddalar hosil qiladi.

Oltingugurt — rombik va plastik, kristall va amorf shakllarga ega oddiy moddalar hosil qiladi.

Fosfor — qizil, oq, qora fosforni hosil qiladi.

Kislorod — kislorod, va ozon oddiy moddalarni hosil qiladi va hakozo.


  • Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi — allotropiya hodisasidir.

Murakkab moddalar tabiatda keng tarqalgan, ularning soni bir necha milliontani tashkil etadi. Ularning tabiiy vujudga kelganlari va sintetik yo‘llar bilan hosil qilinganlari farqlanadi.




  • Har-xil atomlardan (turli element atomlaridan) tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi.

Suv — murakkab modda, chunki ikki xil atomdan, ya’ni vodorod va kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Karbonat angidrid — murakkab modda, uglerod va kislorod atomlaridan tashkil topgan.

Shakar — murakkab modda, uglerod, kislorod va vodorod atomlaridan tashkil topgan.

Aralashmalarni murakkab moddalardan farqlashni bilib olish muhim ahamiyatga ega.


  • Aralashma tarkibidagi moddalarni fizik usullar bilan ajratish mumkin, chunki ular o‘z xossalarini saqlab qolgan.

  • Murakkab moddani fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratib bo‘lmaydi.

Murakkab moddalarning hosil bo‘lishini va tarkibini o‘rganish uchun bajariladigan kimyoviy jarayonlar analiz va sintez deb ataladi.




  • Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan jarayon analiz deb ataladi

  • Modda hosil qilish jarayoni sintez deb ataladi

4-laboratoriya ishi bajariladi.

Birikmalar tarkibi analiz yo‘li bilan aniqlanadi.




  • Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash sifat analizi deb ataladi

  • Birikma tarkibiy qismlari qanchadan ekanligini aniqlash miqdoriy analiz deb ataladi


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §9 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


12-DARS. MODDANING AGREGAТ HOLAТLARI
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga moddalarning agregat holatlari va bu holatlar o‘rtasidagi farqlarning mohiyatini tushuntirish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Moddalarning agregat holatlari.

  2. Gazlar.

  3. Suyuqliklar.

  4. Qattiq moddalar.

  5. Sublimatlanish.

O‘quvchilar bilan birgalikda quyidagi jadvalni to‘ldirish va bu jarayonda o‘quvchilarda shakllangan bilimlarga tayanib darsni davom etish yaxshi natija beradi:




Gazlar

Suyuqliklar

Qattiq moddalar

Kislorod, azot, vodorod

Suv, spirt, sulfat kislota

Osh tuzi, uglerod, temir

Shaklga ega emas

Shaklga ega emas

Aniq shaklga ega

Hajmga ega emas

Aniq hajmga ega

Aniq hajmga ega

Siqilganda hajmi kamayadi

Siqilmaydi

Siqilmaydi

Molekulalar siljib, oquvchan

Molekulalar siljib, oquvchan

Oquvchan emas


  • Gaz aniq bir hajmiy o‘lcham va shaklga ega emas. Uni qanday idishga solinsa, o‘sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. Kichik idishga solish uchun gazni siqiladi, katta idishda esa gaz kengayib shu idishning butun hajmini egallaydi. Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo‘ladi.

  • Suyuqlik o‘z shakliga ega emas; uni qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi, idishni butun hajmini egallash uchun suyuqlik gazlar kabi kengaymaydi. Suyuqlik aniq hajmiy o‘lchamga ega bo‘ladi. Uni siqish amalda qiyin.

  • Qattiq modda gaz va suyuqlikdan farq qilib, mexanik mustahkamlikka, aniq hajmiy o‘lcham va shaklga ega.

Bir modda turli sharoitlarda har-xil agregat holatida bo‘lishi mumkin. Masalan, suv 0C gacha muz  0 -100C oralig‘ida suv  100C dan yuqorida bug‘ holatlarida bo‘lishi kuzatiladi.

  • Gaz, suyuq, qattiqlik — moddaning agregat holatlaridir.

Ayrim moddalar oraliq holat — suyuqlik holatini egallamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz  qattiq holat sxemasiga amal qiladi. Masalan, «quruq muz» — karbonat angidrid, yod, naftalin shunday hususiyatga ega.

  • Sublimatlanish — qattiq holatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz holatiga o‘tish hodisasidir.


Uyga vazifa:

  1. Darslikdan §10 ni o‘qing va agregat holatlari turlicha bo‘lgan moddalar ro‘yhatini tuzing.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


13-DARS. KIMYOVIY FORMULA VA UNDAN KELIB CHIQADIGAN ХULOSALAR. VALENТLIK. INDEKSLAR HAQIDA ТUSHUNCHA.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga kimyoviy belgi, kimyoviy formula, indeks, valentlik, formulaning grafik tasviri haqida nazariy tushunchalar berish, modda formulasini ifodalay olish hamda formula asosida moddaning sifat va miqdor tarkibi haqida fikrlash malakasini berish.

O‘quvchilar barcha moddalar kimyoviy elementlardan tashkil topganligini bilishadi.

Kimyoviy elementlarning soni cheksiz emas, hozirda 109 ta kimyoviy element ma’lum va 109 ta kimyoviy element uchun maxsus belgilar berilgan.

Тovushlarning belgilari bo‘lgan harflardan juda ko‘plab so‘zlar yasalgani kabi, kimyoviy elementlar belgilaridan foydalanib, millionlab moddalarning tarkibini kimyoviy formulalar tarzida ifodalash mumkin.


Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Kimyoviy formula.

  2. Indekslar haqida tushuncha.

  3. Valentlik.

  1. Modda formulasini valentlik asosida tuzish.

  2. Modda formulasi asosida valentlikni aniqlash.

  1. Modda formulasining grafik tasviri.




  • Kimyoviy formula — modda tarkibini kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishi.


Kimyoviy formula:

  • Modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi);

  • Moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi);

  • Moddaning bitta molekulasini bildiradi.

Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlaridan tashkil topgan va H2O holida ifodalanadi. Suv molekulasidagi vodorodning kimyoviy belgisining pastki o‘ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko‘rsatadi.

Modda formulasi Fe2O3 shaklida yozilgan bo‘lsa, bu modda temirning kislorod bilan birikmasi ekanligi va uning tarkibiga ikki atom temir hamda uch atom kislorod kirishini bildiradi.


  • Valentlik deb, element atomining boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.


Ba’zi elementlar doimiy valentlikka ega: Na, K, H — doimo bir valentli; Ca, Mg — doimo ikki valentli; Al — doimo uch valentli bo‘ladi.

Ko‘p elementlar o‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘ladi. Masalan, temir FeO da ikki valentli, Fe2O3 da uch valentli; mis Cu2O da bir valentli, CuO da ikki valentli; oltingugurt S vodorod va metallar bilan (H2S va Na2S) ikki valentli, kislorod bilan birikmalarida (SO2 va SO3) to‘rt va olti valentli bo‘ladi. Kislorod odatda ikki valentli bo‘ladi.

Valentlik odatda elementning kimyoviy belgisi ustida, rim raqamlari bilan yoki element kimyoviy belgisi, nomi yonida qavs ichida rim raqamlari bilan Cu(II), Cu(I) ifodalanadi.

Modda tarkibini aniq ifodalash, ya’ni uning formulasini to‘g‘ri yozish uchun kimyoviy element belgisini va valentligini bilish kerak.

Elementlar valentligini formula bo‘yicha aniqlashga doir mashqlar bajariladi.

Quyidagi birikmalar tarkibidagi elementlarning valentliklarini aniqlang: N2O, NO, N2O3, NO2, MnO2, Mn2O7, MnO2, PbO2



Elementlarning valentligi ma’lum bo‘lganda modda formulasini tuzishga doir mashqlar bajariladi.

Valentligi ma’lum bo‘lgan elementlarning quyidagi formulalariga indekslar qo‘ying: Sn(IV)O, P(III)H, AlCl, NaS(II), Cu(I)O, Cr(III)O, Hg(I)O, Hg(II)S, Hg(II)Cl, Cl(VII)O, Cl(I)O, P(V)O



Quyidagi birikmalarning formulasini va grafik tasvirini ifodalang: C(IV)O, HS(II), Pb(IV)O, Cr(II)O, Cr(VI)O, Fe(III)Cl
Uyga vazifa:

  1. Quyidagi jadval asosida moddalarning formulalarini tuzing (modda formulasini yozishda avval gorizontal qatordagi element belgisi yozilsin).




K

Ca

Al

Fe (II)

Fe (III)

Cr (II)

Cr (III)

Cr (IV)

Hg (II)

Li

H







-

-

-

-

-

-

-




O































S (II)































Cl (I)


































  1. Darslikdan §11 ni o‘qish.

  2. Тayanch iboralarni izohlash.

  3. Savol va topshiriqlarni bajarish.

  4. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish.


Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish