40-DARS. ERIТMADA ERIGAN MODDA MASSA ULUSHI, FOIZ KONSENТRATSIYA, MOLYAR VA NORMAL KONSENТRATSIYA.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga eritmada erigan modda miqdorini ifodalovchi kattaliklar: massa ulushi, foiz, molyar va normal konsentratsiyalar hamda ularni aniqlash usullari va ma’lum konsentratsiyadagi eritma tayyorlash haqida ilmiy tushunchalar va malakalar berish.
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Massa ulush.
Foiz konsentratsiya.
Molyar konsentratsiya.
Normal konsentratsiya.
Massa ulush () — erigan modda massasini (m1) eritma massasiga (m2) nisbati bo‘lib, odatda 1 dan kichik sonlarda ifodalanadi: 1;
Masala. 5 g tuzni 45 g suvda eritilishidan olingan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.
Yechish. Erigan tuz m1=5; 5+45=50 bu eritma massasi, m2; Demak, eritma 0,1 massa ulushli ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |