66-DARS. KISLOТALARDAN OKSID VA ТUZLARNING OLINISHI. ТUZLARDAN OKSID, ASOS, KISLOТALARNING OLINISHI. Darsning maqsadi: Ushbu dars ham mustaqil ish tarzida tashkil qilinadi va o‘quvchilar o‘zlaridagi mavjud bilimlar asosida mashqlar bajarishadi. O‘quvchilarning o‘z bilimlarini namoyish qilishiga imkoniyat yaratib beriladi.
Doskaga quyidagi ikkita sxema navbat bilan yoziladi va har bir sxema asosida o‘quvchilarga savollar beriladi. O‘quvchilar sxemalar asosida berilgan savollarga mustaqil javob topadilar.
KISLOТA OKSID
KISLOТA ТUZ Karbonat angidrid va kremniy (IV)-oksidlarini tegishli kislotalardan hosil bo‘lish reaksiya tenglamalarini yozing.
Хlorid kislotadan foydalanib 10 xil tuz hosil qilishga imkon beruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.