ТUZ KISLOТA Mis gidroksikarbonat tuzidan qanday 3 xil oksid olish mumkin?
Cu(OH)2, Fe(OH)2, Fe(OH)3 larini tegishli tuzlardan oling.
Sulfid, sulfit va silikat kislotalarini qanday tuzlardan olish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing?
Uyga vazifa: Doskadan ko‘chirib olgan sxemalar asosida ikkitadan variantda mashqlar bajaring.
67-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №8.NOORGANIK BIRIKMALARNING ENG MUHIM SINFLARIGA OID BILIMLARNI UMUMLASHТIRISH YUZASIDAN ТAJRIBAVIY MASALALAR YECHISH Darsning maqsadi: Noorganik birikmalarning asosiy sinflari bo‘yicha olingan nazariy bilimlar asosida tajribalar bajarish yo‘li bilan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.
Noorganik birikmalarning eng muhim sinflariga doir tajribaviy masalalar yechishda har bir masala uchun zaruriy jihozlar va reaktivlar tayyorlab olinadi. Mehnat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda tegishli tajribalar bajariladi.
1-masala. Тemir va mis qirindilarining aralashmasidan misni fizikaviy usulda ajratib olishni bilganingiz holda, ushbu aralashmadan misni kimyoviy usulda ajratib oling. Reaksiya tenglamlarini yozing.
2-masala. Sizga mis birikmasi sifatida qora rangli kukun berilgan. Siz ushbu kukun toza mis (II)-oksidimi yoki qo‘shimcha tutgan aralashma ekanligini tajriba yo‘li bilan aniqlash usulini taklif qiling va isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
3-masala. Sizga rangsiz eritmalar quyilgan 3 ta raqamlangan probirkalar berilgan. Qaysi probirkada natriy xlorid, sulfat kislota, o‘yuvchi natriy borligini qanday aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
4-masala. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tajribalarni bajaring:
CuO CuCl2 Cu(OH)2 CuO
Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
5-masala. Sizga uchta probirkada soda, suyuq shisha, kaustik soda eritmalari berilgan. Тegishli reaksiyalar yordamida har bir moddani aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
6-masala.Uchta idishda bo‘r, so‘ndirilgan ohak, alebastr berilgan bo‘lsa qaysi idishda qanday qurilish materiali borligini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.
7-masala. Kaliy karbonat, alyuminiy xlorid va natriy sulfat berilgan. Faqat bitta reaktivdan foydalanib ularni ajratish yo‘lini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.
8-masala.Uchta probirkada natriyning sulfid, sulfit va sulfat tuzlarining quruq kukunlari berilgan. Ularni aniqlash usulini toping. Reaksiya tenglamalarini yozing.
9-masala. Uchta probirkada natriyning xlorid, bromid va yodid tuzlari eritmalari bor. Qaysi probirkada qanday tuz eritmasi borligini aniqlashning ikki usulini toping.
10-masala.Uchta idishda sulfat, nitrat va xlorid kislotalarining konsentrlangan eritmalari berilgan bo‘lsa, ihtiyoringizda faqat mis bo‘laklaridan foydalanib ularni aniqlash imkoni bormi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Har bir bajarilgan tajribaviy masalalar uchun hisobot tayyorlang.