I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

yorug‘lik 
1.5 – rasm. Yarimo‘tkazgichli fotodiod. 
Selen qatlamiga tushayotgan yorug‘lik 
elektronlar oqimini hosil qiladi va bu oqim 
galvanometr yoki mikroampermetr 
yordamida o‘lchanadi. 1-selen qatlami; 2-
metall taglik; 3- oltinning shaffof qatlami; 4-
metall halqa. 


40 
maxsus sxemalar qo‘llaniladi. Fotodiod bilan mikroampermetrning 
oddiy kombinatsiyasidan fotografiya eksponometrlarida foydalaniladi. 
1.4-rasmdagi fotometrik kursida vizual fotometr o‘rniga fotodiod 
o‘rnatish mumkin. Bundan tashqari yoniga qarama-qarshi tomonga 
qaratilgan ikkita fotodiod o‘rnatib ulardagi toklarning farqini o‘lchash 
mumkin. Bunday variantda chiroq 1 solishtirish chirog‘i sifatida hizmat 
qiladi va tajriba vaqtida o‘z joyida turadi. Solishtiriladigan chiroq 2- 
holatda o‘rnatiladi va uni toklar farqi nul bo‘lguncha siljitiladi. 
Fotodiod, korreksiyalovchi svetofiltr va mikroampermetrdan 
tashkil topgan lyuksmetrlar mavjud. Bunday lyuksmetrlardan yoritish 
bo‘yicha muhandislar va boshqa mutaxassislar keng foydalanishadi. 
Masalan, 
korreksiyalovchi 
svetofiltrli 
fotodiod 
korxonalar 
laboratoriyalarida har kungi hamma turdagi fotometrik o‘lchovlarda 
qo‘llaniladi. Agar 1-2% li aniqlik yetarli bo‘lsa, hamda yorug‘lik 
kuchining 
yetarlicha 
kattaligida 
bunday 
qurilmalar 
bilan 
qiyinchiliklarsiz ishlash mumkin.
Kuchsiz yorug‘lik manbalarida, hamda yuqori aniqlik va ishonchli 
kalibrlash talab qilinganda vakuumli fotoelementdan foydalaniladi. 
Bunday fotoelement bir nechta metallar va ularning oksidlari bilan qop-
langan metall plastinkali fotokatod va ikkinchi elektrod - anoddan 
tashkil topgan bo‘lib, ikkilasi ham yuqori vakuumli ballon ichiga 
joylashtirilgan bo‘ladi. Fotokatodga to‘lqin uzunligi ma’lum bir 
«bo‘sag‘aviy» qiymatdan yuqori (yoki past) bo‘lgan (fotokatod 
materialiga bog‘liq bo‘ladi) yorug‘liq tushganda undan elektronlar urib 
chiqariladi. Agar fotoelement tok manbasiga va sezgir o‘lchov asbobiga 
ketma ket ulangan bo‘lsa (1.6-rasm), unda katoddan ajralib chiqqan 
elektronlar anodga tortiladi. Bunday elektron-larning oqimi, ya’ni 
zanjardagi tok yoritilganlikka proporsional bo‘ladi.
O‘lchov asbobining o‘rniga elektron kuchaytirgichdan ham 
foydalansa bo‘ladi, bunda kuchsiz toklar kuchaytiriladi. Bundan tashqari 
qo‘shimcha kuchaytirgich kaskadlarini ham qo‘shish mumkin; bunday 
turdai alohida loyihalashtirilgan apparatlar o‘ta kuchsiz yulduzlarning 
yorug‘ligini o‘lchash imkoniyatini beradi. Bunda bu yulduzlarni oddiy 
ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Sezgirlikni oshirish va 
o‘lchashlarning stabillash uchun fotoelement oldiga aylanadigan 
yorug‘lik uzgichini o‘rnatilgan taqdirda hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan 
tokni kuchaytirish mumkin bo‘ladi. Agar kuchatirilayotgan tok uzgich 
bilan aniq sinxron ravishda to‘g‘rilanayotgan bo‘lsa bu usul nihoyatda 
samarali bo‘ladi. 


41 
 
Agar ikkilamchi elektron emissiyasi hodisasidan foydalanilsa tokni 
kuchaytirish uchun tashqi kuchaytirgichning hojati qolmaydi. Bunday 
qurilma fotoelektron ko‘paytirgich deyiladi (FEK); 1.7-rasmda FEKning 
ba’zi bir turining sxemasi tasvirlangan. Fotokatoddan ajralib chiqqan 
elektronlar dinod deb ataladigan birinchi qatordagi elektrodga tortiladi. 
Dinodlarning har qaysisi avvalgisiga qaraganda yuqoriroq kuchlanishga 
ega bo‘ladi. Dinodga tushayotgan elektron bir nechta ikkilamchi 
elektronlarni ajratadi; ikkilamchi elektronlar keyingi dinodga tomon 
harakat qiladi va har qaysisi yana bir nechta elektronlarni ajratadi va 
hokazo. Qo‘shni dinodlar o‘rtasidagi kuchlanishni o‘zgartirib uchib 
chiqqan elektronlar sonining tushayotgan elektronlar soniga o‘rtacha 
nisbatini (kuchaytirish koeffitsientini) osongina boshqarish mumkin. 
Kuchaytirish koeffitsienti million va undan ham ko‘pga yetishi mumkin 
va uning chegarasi fotokatoddan qorong‘ida ham uchib chiqadigan 
ma’lum miqdordagi elektronlar holati bilan aniqlanadi. Ular ham boshqa 
elektronlar kabi ko‘payadi.
Birorta ham fotoelement yoki fotoelektron ko‘paytirgichlarning 
spektral sezgirlik egri chizig‘i inson ko‘zining sezgirlik egri chizig‘iga 
aniq mos kelmaydi. Spektral sezgirlik fotokatod materialiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shu sababli har xil rangli yorug‘lik oqimlarini solishtirish kerak 
bo‘lganda svetofiltr kerak bo‘ladi. Aniq fotometriya uchun svetofiltrni
hisoblash va darajalash apparaturalarga bo‘lgan harajatning asosiy 
qismini tashkil etishi mumkin. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish