I qism. Fotometriya asoslari


 Eksponometriyada yoritilganlik



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.1.2. Eksponometriyada yoritilganlik 
Obyektni tasvirga olishdagi yoritish intensivligiga oid bo‘lgan 
yoritilganlik atamasini eksponometriyada mohiyatni tushintiradigan 
qo‘shimcha so‘zlarsiz qo‘llash mumkin emas, aks holda u maqsadsiz 
bo‘lib qoladi. Yoritilganlik kattaligining o‘ziga hos xususiyati shundan 
iboratki, ular har doim fazoda aniq orientirlangan tekisliklarga tegishli 
bo‘ladi va yoritilayotgan yuzaga tushayotgan yorug‘likning tushish 
burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, hajmiy jismning sirti har xil 
orientirlangan bir nechta tekisliklardan tashkil topgan bo‘lsa, unda ular 
har xil yoritilganliklar ta’sirida bo‘ladi. Buni eksponometriya maqsadi 
uchun doimo yodda saqlash kerak.


88 
Yoritilganliklarning quyidagi turlari farqlanadi: gorizontal, 
vertikal, maksimal, minimal, frontal, kalit (hal qiluvchi) va shu kabilar. 
«Ob’ektning yoritilganligi 1000 luks ga teng» degan ifoda aniq 
ma’noliga o‘xshasada, agar gap qanday yoritilganlik yoki qanday ob’ekt 
to‘g‘risida ekanligi noma’lum bo‘lsa, unda bu ifoda eksponometrik 
ma’noga ega emas. 
 
2.1.3. Kalit (chizuvchi, asosiy) yorug‘lik 
Asosiy yorug‘lik manbasidan tasvirga olinayotgan obyektning 
syujetli –muhim qismiga (masalan, aktyor yuziga ) tushayotgan asosiy 
yorug‘lik kalit (hal qiluvchi) yorug‘lik deyiladi va u kadrning tonalli 
kompozitsiyasini qurishda asos qilib olinadi. Ob’ektda kalit 
yoritilganlikni (yana syujetli-muhim detalning kalit ravshanligini) hosil 
qiladigan kalit yorug‘lik bo‘lib, yorug‘likni va vizual yorug‘lik balansini 
eksponomerik hisoblash uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Kalit 
yorug‘ligining kattaligini plenkaning yoki matritsaning yorug‘lik 
sezuvchanligi va ob’ektning normal ton uzatishini tavsiflaydigan 
parametrlar bilan bog‘lash ikoniyati borligi sababli uni eksponometrik 
hisoblash ikoniyatiga ega bo‘linadi. 
Kalit yorug‘lik usuli professional badiiy kinoni tasvirga olishda 
keng foydalanilmoqda. Kinoperatorlar montaj kadrlarni tasvirga olishda 
bir xil kattalikdagi kalit yorug‘likni ushlab turadi. Bu yorug‘lik balansini 
osonlashtiradi, kadrlarni montaj qilishda kinotasvirlarning kerakli 
yagona yorug‘ligini hosil qiladi va kinonegativ nusxalarining yaxshiroq 
sifatli bo‘lishligiga olib keladi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish