I-qism 1-Ma’ruza. Mavzu



Download 27,73 Kb.
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi27,73 Kb.
#90723
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu “Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot” faninihg mazmuni, maqsadi 8fb16cc40bfffabdf698fe7b36f11061

1-Tasvir. “Mikroiqtisodiyot” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

MIKROIQTISODIYOT


Umumta’lim fanlari

Ijtimoiy-siyosiy

Iqtisodiy fanlar

Boshqa fanlar

- matematika

- geografiya



- Ekonomiks

- Iqtisodiy ta’limot tarixi

- Falsafa


- Makroiqtisodiyot

- Tarmoqlariqtisodiyoti

- Tarmoqlar iqtisodiy

faoliyati

- Statistika

- Buxgalteriya hisobi

- Tarmoqlar moliyasi

- Mehnatni ilmiy asos-

da tashkil etish

- Ishlab chiqarishni

boshqarish

- Iqtisodiy

- Korxonalar faoliyati-

ni tashkil etishga

rejalashtirish

- Boshqa iqtisodiy

Fanlar


Tarmoqlar texnologiyasiga taaluqli bо‘lgan fanlar

- Huquq fanlar

- tabiat muxofazasi ta-biiy resurslardan foyda-lanish va shu kabi fanlar

1.3. Fanning axborot manbalari va о‘rganish uslublari.

Bozor iqtisodiyotining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlaridan biri davlat korxonalari bilan birga turli-tuman tadbirkorlik prinsipi asosida tashkil etilgan korxona (firma)larning faoliyat yurgizishdir (Bularning faoliyati tо‘g‘risida keyingi mavzularda sо‘z yuritiladi). “Mikroiqtisodiyot” fanining asosiy axborot manbalari ana shu turli korxona (firma)lar hamda shaxsiy (xususiy) xо‘jaliklar faoliyati ma’lumotlari bо‘lib hisoblanadi.

“Mikroiqtisodiyot” fani ular faoliyatini tahlil etishda, xulosalar qilishda va zarur bо‘lgan qarorlar qabul qilishda turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning asosini “dialektika” usuli tashkil etadi.

“Dialektika” usuli barcha hodisa va voqealarni doimiy taraqqiyotida va о‘zaro aloqadorlikda о‘rganish zarurligini taqazo etadi. Bunda “analiz”, “sintez”, “induksiya” va “deduksiya” usullaridan foydalaniladi. “Analiz”, ya’ni tahlil usulidan foydalanishda hodisalarni mayda bо‘laklarga ajratib, ularni tadqiq etilsa, “sintez” usulida hodisalarning mayda elementlarini birlashtirish asosida yagona xulosaga kelinadi.

“Induksiya” usulida ayrim dalillar asosida umumiy xulosa qilinsa, “deduksiya” usulida umumiy qoidalar asosida ayrim xulosalar qilinadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat (kо‘rsatadigan) yuritadigan har bir iqtisodchi, har bir tadbirkor kishi bu usullardan foydalanmasdan iloji yо‘q, chunki, ular о‘z korxonasidan yoki shaxsiy xо‘jaligidan oladigan daromadni oshirish uchun doimo kuzatuv olib borishi va zaruriy bо‘lgan faktlar, dalillarni tо‘plashi va ularni tahlili asosida yagona xulosaga kelib qaror qilishi lozim bо‘ladi. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ular bu qarorni qismlarga bо‘lib tadbirlar belgilashi va ularni bajarish choralarini belgilashlari kerak bо‘ladi.

Yuqorida aytilgan usullardan faqatgina korxona (firma) iqtisodchilari, tadbirkorlargina emas balki davlat ham о‘z iqtisodiy siyosatini belgilashda keng foydalanadi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy tahlillar asosida iqtisodiy nazariyalar vujudga keladi, ular о‘z navbatida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yо‘nalishlarini belgilaydi. “Mikroiqtisodiyot” fani barcha fanlar qatorida bir qancha maxsus iqtisodiy usullardan ham keng foydalanadi. Bular: monografik, iqtisodiy - stasistik, tajribaviy, (eksperimental), xisob-konstruktiv, abstrak, mushohada, matematik usullardan iborat.

“Mikroiqtisodiyot” fani ayniqsa, matematika usulidan keng foydalanadi. Bunda, iqtisodiyotda sodir bо‘ladigan barcha о‘zgarishlarga sabab bо‘ladigan omillarning ta’sirini, ularni о‘zaro bog‘liqligini aniqlashda matmatik funksiyalar tuziladi. Funksiyalarning mohiyati о‘zgaruvchi miqdorlarning о‘zaro bog‘liqligini ifoda etishdan iborat.

Faraz qilaylik, ikkita о‘zgaruvchan miqdor “X” va “U” berilgan bо‘lsin. Agar ularning bittasini (“X”) о‘zgarishi, ikkinchisini (“U”) о‘zgarishiga olib kelsa, unda “X” va “U” funksional jihatdan о‘zaro bog‘langan deyiladi, yoki “U” “X” ning funksiyasi deb ataladi va matematik belgilar bilan quyidagi kо‘rinishda yoziladi:

U = f(x)

Agar biz mahsulot bahosini “R” harfi bilan, mahsulotga bо‘lgan talabni “D”, taklifni esa “S”, ishlab chiqariladigan tovarlar miqdorini “Q” harfi bilan belgilasak, unda xaridorlarning talab etadigan va taklif etilayotgan tovarlarning bahosini funksiyasi sifatida amal qiladi:

DQ = f(R) SQ = f(R)

bunda, D, S - funksiya, R - argument (baho) bо‘lib hisoblanadi.

Yuqoridagi yozuvlardan ikki о‘zgaruvchan miqdorni о‘zaro bog‘liqligini kо‘rdik. Lekin tadqiqotchi uchun deyarli hech narsani bildirmaydi, chunki bu о‘zgaruvchan miqdorlar bir-biri bilan qanday bog‘langanligi haqida, boshqacha qilib aytganda, “X” ni о‘zgarishi “U” ni qanchaga о‘zgartirishi mumkinligi tо‘g‘risida ma’lumot bermaydi. Shu boisdan ham iqtisodchilar funksiyaning quyidagi uch xil kо‘rinishlarining birortasidan foydalanadilar:

1. Algebraik kо‘rinishi. Bunda funksiyanal о‘zaro bog‘liqlik algebraik formula shaklida yoziladi. Masalan, turli xildagi iste’molchilarning ma’lum turdagi tovarlarga bо‘lgan talabi aniq bо‘lsa, shu tovarga bо‘lgan jami talab miqdorini aniqlash murakkab emas.

Bu usulda ayrim kamchiliklar mavjud. Chunonchi, yuqoridagi formulaga asosan jami talab miqdorini aniqlash mumkin, lekin bu talab qanday holatda qanchaga о‘zgarishi mumkinligi tо‘g‘risida ma’lumot bera olmaydi.

2. Jadval shaklidagi funksiY. Funksiyalar jadval jihatidagi kо‘rinishida jadvalning bir ustuniga argument (R), ikkinchisiga funksiya (D, S) ifoda etiladi va u tadqiq qilayotgan miqdorning о‘zaro bog‘liqligini nisbatan tо‘laroq kо‘rsatadi. Masalan, ma’lum tovarga bо‘lgan talab (D) va uning bahosi (R) miqdori aniq bо‘lsa, ular о‘rtasidagi funksiyanal aloqani quyidagi jadvalda ifoda etish mumkin.

Jadval. Bozorga qо‘yilgan kartoshka bahosi bilan unga bо‘lgan

talabning о‘zaro bog‘liqligi.


Turli holatlardagi oldi-sotdi

1 kg kartoshka bahosi (R) sо‘m

xaridorning sotib olish hohishi (D) kg

A

V

S



D

YE


3,0

2,5


2,0

1,5


1,0

10

20

35



50

70

Funksiyaning jadval shaklidan talabning bahoni о‘zgarishiga qarab о‘zgarib turishini, bahoni ma’lum miqdoridan nimaga teng ekanligini yaqqol kо‘rish mumkin. Lekin funksiyaning bu shaklida ham ma’lum kamchilik mavjud. Masalan, baho 2,2 sо‘m bо‘lganda nimaga teng degan savolga jadvaldan javob topib bо‘lmaydi. Shu boisdan ham iqtisodchilar tadqiqotni grafik usulidan ham foydalanishlari lozim.

3. Funksiyaning grafik shaklidagi kо‘rinishi. Grafik shaklidagi ikki о‘zgaruvchan miqdorning о‘zaro aloqasini nisbatan tо‘liq ifoda etadi. Matematika fanidan ma’lumki, grafik vertikal shaklida bо‘lgan ordinata (U) va gorizantal shaklida joylashgan abssissa (X) chiziqlaridan iborat. Agar biz “U” chizig‘ida bahoni va “X” chiziqlarida sotib olinadigan tovar miqdorini joylashtirsak va bu nuqtalardan “X” va “U” chiziqlariga perpendikulyar bо‘lgan chiziqlar tortsak, unda shu chiziqlarning kesishgan nuqtasi turli kombinatsiyalardagi mahsulot bahosiga muvofiq bahosiga keladigan talab miqdori kelib chiqadi.

Tasvir. Mahsulotga bо‘lgan talab (QD) va uning bahosi (R) ning о‘zaro bog‘liqlik grafigi.



Tasvirdan kо‘rinib turibdiki, bahoning о‘zgarishi talab hajmini о‘zgarishiga ta’sir kо‘rsatmoqda. Demak, grafikdan foydalanilgan holda biz egri chiziqdagi hohlagan nuqtadagi baho (RI=2,2 sо‘m) va talab (D=28 kg) miqdorni aniqlashimiz mumkin bо‘ladi. “Mikroiqtisodiyot” fani ana shu yuqorida zikr etilgan asosiy usullardan foydalanilgan holda korxonalar (firmalar), alohida ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar faoliyatini о‘rganadi.


Mustahkamlash uchun savollar.
1. Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlari orasida qanday farqlar bor?

2. Mikroiqtisodiyot fani predmeti va vazifalari nimalardan iborat?

3. Kursni о‘rganishdan qanday uslublardan foydalaniladi?

4. Mikroiqtisodiyot fani boshqa fanlar bilan qanday bog‘langan?

5. Fanning axborot manbalari deganda nimalarni tushunasiz?

6. Funksional bog‘lanishning mohiyatini tushuntiring.

7. Funksional bog‘lanishning algebraik kо‘rinishini tavsiflang.

8. Funksiyaning jadval kо‘rinishga misol keltiring.



9. Funksional bog‘lanishning grafik kо‘rinishi afzalliklari nimalardan iborat?

10. Ishlab chiqarish imkoniyatlari modelini tushuntiring.
Download 27,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish