3.Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Falsafa va bolalar psixologiyasi.
Falsafa-tabiat, jamiyat va inson tarakkiyotining eng umumiy konunlari xakidagi fan. Falsafa konunlari boshka fanlarning, shu jumladan, bolalar psixologiyasi fanining konunlari bulib xisoblanadi. Masalan, falsafa qonunlari orasida dialektika ta’limotining uch konuni–karama karshiliklar birligi va kurash, miqdor uzgarishlarining sifat uzgarishlariga utish, inkorni inkor etish konunlari asosiy urinni egallaydi.
Bola taraqqiyoti xam karama-karshiliklar birligi va kurash, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari o’rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa konunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos bulib xizmat kiladi.
Pedagogika va bolalar psixologiyasi.
Pedagogika-ta’lim va tarbiya konunlari, metod va usullari xakidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maksad va vazifalarini, ularning shaxs tarakkiyoti va jamiyat xayotidagi urnini ochib beradi. Pedagogika va psixologiya fanlarining insonga ta’lim va tarbiya berish soxasidagi xamkorligi chukur tarixga ega. Uz davrida mashxur rus pedagogi KA. Ushinskiy pedagogika barkamol shaxs tarbiyasining rejasini ishlab chikishi uchun inson xakidagi barcha fanlarning yutuklariga tayanishi kerakligi, bu fanlar orasida esa psixologiya markazi o’rin egallashini ta’kidlagan edi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni xal etishda pedagogika kanday qilib ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi.
Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida uyin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o’yin yetakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.
Tibbiyot va bolalar psixologiyasi.
Tibbiyot-inson salomatligi va kasalliklari, kasalliklarning oldini olish va ularni davolash, shuningdek, salomatlikni mustaxkamlash xakidagi fan. Tibbiyot va psixologiyaning uzaro xamkorligi natijasida psixosomatika – psixologik omillarning salomatlikka kasalliklar kelib chikishga ta’sirini o’rganadi. Bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning manbai psixologik xarakterga egadir. Masalan, Tadkikotlarning ko’rsatishicha, bronxial astma bilan ogrigan kasallarning ko’pchiligiga bolaligidan ota-onalari emotsiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chegaralaganlar.
Umumiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Umumiy psixologiya – umumiy psixologik konuniyatlarni, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operatsiyalari xakida umumiy tasavvurni xosil kiladi. Bolalar psixologiyasi esa turli yosh boskichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini urganadi. Bundan albatta, umumiy psixologiyadagi tasavnurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalanadi.
Ijtimoiy psixologiya va bolalar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining tarmogi bulib, insonlarning ijtimoiy guryxlarga mansubligi bilan takozolangan xulk atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning uzini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini urganar ekan, albatta, bolalar guruxi, bu guruxda bolalar urtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi.
Bolalar psixologiyasi, ayniksa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bulgan mulokoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga aloxida e’tibor karatadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yosh psixologiyasi tarkibidagi o’rni.
Bolalar psixologiyasi – yosh psixologiyasi fanining bulimlaridan biridir. Yosh psixologiyasining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining psixologiya fanidagi boshqa tarmoqlardan farqi shundaki, u psixik xodisalarni o’zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bogliq ravishda uzgarishini tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |