Bog'liq I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari
4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muxim muammolari quyidagilardan iborat:
a) turli psixofiziologik funksiyalarning yoshga oid me’yorlarini ilmiy jixatdan asoslab berish;
b) individ, shaxsning yetuklik mezonlari va namunalarini aniqlash;
v) xayotning turli bosqichlarida insonning real va potensialimkoniyatlari qanday bulishini aniqlash;
g) inson xayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi tarqqiyotida qanday rol uynashini tushunish va ilmiy bashorat kilish.
Ushbu muammolarni xal etish uchun inson xayotining xar bir bosqichida - bolalikda, uspirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasidagi uzgarishlarni chuqur o’rganish talab etiladi.
Ayrim urinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida «genetik psixologiya» tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g’ri deb baholash mumkin emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlarning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqiyoti bilangina cheklanib qolmaydi.
Bolalar psixologiyasi fanining peadagogik psixologiya fani bilan aloqasi.
Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib vujudga kelgan va psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirishi bilan yanada rivojlandi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) o‘z asarlarida jumladan “Inson tarbiya predmeti sifatida” asarida shunday deb yozadi: “Insonni har tomonlama tarbiyalaydigan pedagog uni har tomonlama bilishi, tushunishi kerak”.
Bola tarbiyalash va uning rivojlanishining psixofiziologik jixatlarini I.M.Sechenov (1829-1905) ko‘rsatib o‘tgan. U kishining psixik rivojlanishi sababli bog‘lanish asosida sodir bo‘ladi deydi. Ya’ni psixikaning kelib chiqish manbai - o‘zgarib turuvchi hayot sharoitlaridagi qo‘zg‘atuvchilardir va bu qo‘zg‘atuvchilar inson nerv sistemasiga ta’sir qiladi va murakkab bog‘lanish paydo bo‘ladi. Mana shu bog‘lanish esa bola psixikasining rivojlanishiga olib keladi.
I.P.Pavlovning bosh miya qobig‘idagi nerv bog‘lanishlari to‘g‘risidagi qonunlari va umuman psixologik sohasida eksperimentlarning sezilarli yutuqlari (Veber, Fexner) tomonidan xotiraning o‘rganilishi yosh va pedagogik psixologiyaning rivojlanishi yetarlicha asos bo‘ldi.
Pedagogik psixologiya esa ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rgaadi. o‘quvchining bilish faoliyati va ularning aqliy rivojlanishi bilishning muloqotga kirishishi va mehnatining ongli sub’ektlari sifatida shakllanib borishi pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun mazkur kurs bo‘yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. o‘qituvchi o‘z faoliyatida yosh psixologiya ma’lumotlarini qo‘llay olish kerak.
O‘z navbatida bolaning psixik rivojlanishidagi barcha bosqichlarda o‘kuv tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik psixologiya to‘laqonli javob beradi.