Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil kilish. Boshqarish tizimi va ishlab chiqarish
Reja:
1. Pedagogik boshkarish tushunchasi.
2. Ta’lim tizimini boshkarish.
3. Ta’lim-tarbiyani boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari.
Xalk maorifini boshkarish davlatimiz siyosatining bevosita ifodasidir.
Umumiy o‘rta va kasb -xunar ta’limining rivojlanishi ularning maksad hamda vazifalarini tobora yakinlashtirib, birlashtirmokda.
Boshkaruv organlari barkamol avlodni o‘kitish va tarbiyalash soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o‘z vaktida va ijodiy xal etishlari, barcha o‘kuv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofik oshirilishini ta’minlashlari kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdan bosh maksad va pirovard natija har jixatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o‘z vatani va xalkini manfaatlariga sadokatli yorkin shaxslarni voyaga yetkazishda namoyon bo‘ladi. Bu maksadga erishish umumiy demokratik yangilanishlar jarayoni,jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatda yangi ijtimoiy-siyosiy muxitni shakllantirish bilan boglikdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, xayotga tadbik kilish, xech bir mubolagasiz, strategik maksadlarimiz farovon kudratli demokratik davlat, erkin fukarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo‘lmogi lozim.
Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlari, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan kaytadan ko‘rib chikishni takozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta’lim va tarbiyaning anik maksadga karatilganligi - erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi.
Erkinlashtirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, birinchi navbatda, yosh avlod an’analari insonparvarlik va demokratik kadriyatlarni singdirish orkali ta’minlanadi.
Jamiyatni ma’naviy yangilash jarayonida, shunga asoslangan xolda Vatan madaniyati va milliy san’atini rivojlantirish, ularning yutugini xorijiy mamlakatlarida targib va tashvik etish, yoyish, milliy va xalkaro tanlovlar, ko‘riklar o‘tkazish kabi chora-tadbirlarni faollik bilan amalga oshirish ayniksa, yoshlar badiiy ijodiyotini yanada rivojlantirish aloxida ahamiyatga egadir. O‘zbek xalki va uning davlatchilik tarixi, O‘zbekiston xalklarining badiiy, falsafiy va pedagogik tafakkuri shakllanishi va rivojlanishi tarixi, etnografiya, etnogenez, adabiyotshunoslik, ijtimoiy-gumanitar fanlarning barcha yo‘nalishlarini yangi saviyaga ko‘tarish talab kilinadi. Mazkur muammolar doirasida ilmiy izlanishlar olib borishning konseptual asoslari O‘zbekiston Prezidentining “Tarixiy xotirasiz - kelajak yo‘k“ risolasida chukur taxlil etilib, boshlab berilgan.
Ma’naviy yangilanish jarayoni milliy bayramlar, urf-odatlar, o‘yinlar shaklida mavjud bo‘lgan tarakkiyparvar milliy kadriyat va an’analarni kayta tiklash, ularni rivojlantirish va zamonaviy xayotga joriy etish bilan ham uzviy boglikdir.
Ta’lim tarbiya tizimiga raxbarlik kilish prinsiplari.
Ta’lim oldiga ko‘yilgan vazifalarni muvaffakiyatli bajarish ta’lim tizimini boshkarish va unga raxbarlik kilish faoliyatining saviyasiga boglik. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chikib, maorifning o‘rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuktai nazaridan karab, Oliy Majlis materiallarida, Prezidentimiz ma’ruzalarida, maxsus karorlarida raxbarlikning yukori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga aloxida e’tibor berib kelmokda.
Ta’lim tizimiga ilmiy raxbarlik asoslarini ishlab chikish pedagogika uchun asosiy yo‘nalishdir. Barkamol avlodni o‘kitish va tarbiyalash tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika nazariyasining asosiy masalalarini ta’lim amaliyotiga va fan yutuklarini nazarda tutgan xolda I.A.Karimov asarlari asosida ijodiy xal kilish pedagogikaning burchidir.
I.A. Karimov o‘z asarlarida kelajagi buyuk O‘zbekiston Respublikasining organlarini tashkil etish, boshkarish va ularningg raxbarlik faoliyatiga doir muxim prinsiplarini har taraflama mufassal ishlab chikdi.
Ilmiylik va pedagogika fani amaliyot bilan boglanish prinsipi.
Bu prinsip xalk ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O‘zbekiston Respublikasi davlatining ko‘rsatmasi, fan va texnika yutuklari hamda ijtimoiy tarakkiyotning ob’ektiv konuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etadi. Chunki idora kilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo‘lmasdan turib, to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lmasdan turib, idora kilish ilmini bilmasdan turib, boshkarish mumkin emas. Xalk ta’limi ishlarini, maktab ishini, kasb-xunar kollejlari ishini va unga raxbarlik kilishda ko‘zlangan maksadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantik, etika va estetika kabi fanlar erishgan yutuklarni muntazam o‘rganib borish, taxlil kilish hamda bu muvaffakiyatlarini keng ko‘llanishi zarur.
Boshkaruv muassasalari barkamol avlodni o‘kitish va tarbiyalash soxasida yagona davlat siyosatini muttasil yetilgan masalalarini o‘z vaktida va ijodiy xal etishlari, barcha o‘kuv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofik oshirish ishini ta’minlash kerak.
Demokratik markazlashgan prinsip.
Ta’lim tizimini boshkarishda markazlashgan raxbarlikni keng demokratiya bilan mustakillik va tashabbuskorlikni rivojlantirish bilan birga ko‘shib olib borish, o‘ziga xos xususiyatlarni va shart-sharoitlarni hisobga olish imkonini beradi.
Yukoridan turib, bir xil andoza bichib berish demokratiya va markazlashgan raxbarlikka butunlay yot narsadir. Barcha tadbirlarda, mahalliy xususiyatlarda ishga kanday munosabatda bo‘lish usullarida, nazoratni amalga oshirish usullarida, har xil yo‘llarini ko‘llanish asosiy, muxim bo‘lgan birliklarni buzmaydi, balki bu birlikni ta’minlaydi.
Ilmiy rejalashtirish ta’limning insonparvarlik (tamoyillari), ta’limda yoshlarni shaxsiy o‘kuv kobiliyatini ro‘yobga chikarish va ularni rivojlantirish va boshka prinsiplari mavjud.
Ishlab chikarish va ta’lim tizimi.
O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘kuv ishlab chikarish majmuasining (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jixozlash ragbatlantiriladi, deyiladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikda ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chikarish saloxiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chikarishda kadrlar tayyorlash ko‘llab kuvvatlanadi.
Ta’lim tizimini xayot bilan va mustakil O‘zbekiston davlatining siyosati bilan boglanganlik prinsipi.
Ta’lim tizimi xayot bilan, davlatimiz siyosati bilan boglash prinsipi O‘zbekiston maktablari, kasb-xunar kollejlari oldida turgan barcha nazariy va amaliy vazifalarni xal etishda asosiy prinsip bo‘lib keldi va shunday bo‘lib koladi.
Ta’lim tizimini boshkarishga siyosiy yondoshish ta’lim-tarbiya ishlaridagi xodisa, fakt va jarayonlarga mustakil O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari nuktai nazaridan turib munosabatda bo‘lish demakdir.
Xozirgi bozor iktisodiyotiga o‘tish davrida O‘zbekiston xalkining irodasi va manfaatlarini ifodalab, kelajagi buyuk davlat kurishga va dadil kadamlar bilan bu vazifani amalga oshirishga kodir bo‘lgan barkamol avlodga ta’lim-tarbiya berishni ta’limning asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Yoshlarni milliy mafkura ruxida tarbiyalash, milliy ongni shakllantirish, Prezidentimizning xayoti va faoliyati timsolida, tajribasi negizida tarbiyalash zarur.
Mustakil O‘zbekiston Respublikasida Xalk ta’limini keng yoyilishi, mikdor va sifati jixatidan jadal o‘sishi, turli xildagi ta’lim tizimi va ta’lim muassasalaridan tashkari o‘kuv-tarbiya maskanlarining ishlab turishi, ta’lim va tarbiya jarayonini boshkarishning juda zarurligini takozo etadi. Sotsial boshkarish masalalari ilmiy bilimning maxsus soxasi kilib ajratiladi. Pedagogik jarayonlarni, xodisalarni va ob’ektlarni boshkarishda pedagogika konuniyatlarini hisobga olish zarur. Bu xolda pedagogik boshkarish tushunchasi ko‘llaniladi.
Barcha tipdagi o‘kuv yurtlari, maktabdan tashkari muassasalar, xalk ta’limi bo‘limlari va boshkalar asosiy boshkarish ob’ektlariga kiradi. Ta’lim-tarbiyani tashkil kilish va boshkarishga doir ishlarning hammasi pirovard natijada yagona asosiy maksadga erishishga, ma’lum darajada umumiy ma’lumot darajasi va kasbiy tayyorgarligiga ega bo‘lgan har tomonlama rivojlangan va imon-e’tikodli kilib tarbiyalangan kishini tarkib toptirishga karatilgandir. Xalk ta’limi tizimi tarkibiga vazirliklar, tuman xalk ta’limi bo‘limlari, maktablar, litsey, kasb-xunar kollejlari kiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil kilish, ta’lim tizimini boshkarish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘grisida”gi Konunida ko‘rsatib berilgan. Ular kuyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ta’lim soxasidagi vakolatlariga kuyidagilar kiradi:
- ta’lim soxasidagi davlat siyosatini amalga oshirish:
- ta’lim soxasidagi davlat boshkaruvi organlariga raxbarlik kilish:
- ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chikish va amalga oshirish:
- ta’lim muassasalarini tashkil etish, kayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash:
- ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash:
- boshka davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining xududida ta’lim faoliyati bilan shugullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish:
- konun hujjatlariga muvofik xorijiy davlatlarning ta’lim to‘grisidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini kayd etish tartibini belgilash:
- davlat ta’lim standartlarini tasdiklash:
- davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi ma’lumot to‘grisidagi hujjatlarni tasdiklash va ularni berish tartibini belgilash:
- davlat grantlari mikdorini va ta’lim muassasalariga kabul kilish tartibini belgilash:
- davlat oliy ta’lim rektorlarini tayinlash:
- ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya kilingan bir ta’lim muassasadan boshkasiga o‘tkazish tartibini belgilash:
Ta’limni boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqiy doirasi.
Ta’limni boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquq doirasiga kuyidagilar kiradi:
- ta’lim soxasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chikarish:
- ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiklashtirish va uslubiy masalalarda raxbarlik kilish:
- davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash:
- davlat ta’lim muassasalarini moliyalash Respublika va mahalliy byudjetlar mablaglari, shuningdek, byudjetdan tashkari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi:
Ta’limni rivojlantirish fondlari.
Ta’limni rivojlantirish fondlari konun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Xalk ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasida maorifga bevosita raxbarlik kiladi. U barcha tipdagi maktablar, bogchalarga raxbarlik kiladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi barcha universitetlarga, kasb-xunar kollejlariga, litseylariga, bilim yurtlariga raxbarlik kiladi. Oliy o‘kuv yurtlari uchun o‘kuv rejalari va dasturlar ishlab chikadi va tasdiklaydi. Xalk ta’limi vazirligi “Ta’lim haqida”gi konunning bajarilishi, maktablarda o‘kuv-tarbiya jarayonining yo‘lga ko‘yilishi, uning moddiy bazasi, o‘kituvchilarning malakasi va kattalar ta’limining tashkil etilishi uchun javob beradilar. Xalk ta’limi vazirligida turli xil o‘kuv-metodika bo‘limlar tashkil etiladi. Ular pedagogika jamoatchiligini xalk ta’limi bo‘limlari va maktablarga yordam berishga jalb etadilar.
Tuman, xalk ta’limi bo‘limlari o‘zlariga karashli maktablari faoliyatini, mahalliy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan xolda nazorat kiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |