I oilada shaxs ma’naviyatini shakllantirish usullari



Download 146 Kb.
bet6/8
Sana20.04.2022
Hajmi146 Kb.
#565659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KKKKKK

Keng ma’noda: madaniyat-insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarining yig’idisidir.
Torma’noda : tushunchasi jamyatning ma’naviy hayotini ko’rsatish uchun qo’llaniladi .Madaniyat atamasi keng ma’noda qo’llanilib ,jamiyatning ishlab chiqrish ,ijtimoiy va ma’naviy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlar majmuini ,biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma’lum davrda qo’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini ,o’qimishlilik ,ta’lim –tarbiya ko’rganlik,ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmishning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi .
Demak ,ma’danyat so’zi ,tushunchasi ham ma’rifat sigari ma’naviyatni mukammallashtirishga xizmat qiladi va bir-birini to’ldiruvchi , boyituvchi, shaxsning komil inson bo’lib voyaga yetishivudagi asosiy shartlardan biridir .Ma’naviy nur ,ma’naviyatli shaxs –dilida haqiqat nuri aks etgan,o’zligini anglagan ,o’zining borliqdagi o’rni va vazfasini tushinib yetgan ,haqiqat oldidagi o’z maqomiga loyiq bo’lish va burchini ijro etish mas’ulyatini zimmasiga ola biladigan inondir.Millat ma’naviyatini tarixiy shakillangan o’z qiyofasiga ega ,shu bilan birga ,mohiyatan umumbashariy qadiryatlarga also zid emas ,balki muvofiqdir. Jahon madanyati silizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan O’rta Osiyolik allomalar ,islom olamidagi buyuk zodlar bilim masalasiga jiddiy e’tibor berib qaraganlar.Komil insonni tarbiyalashning birdan-bir yo’li ana shu bilimda, deb bilganlar.Bu haqda ko’plab ma’lumotlar keltirish mumkin.
Hadisi sharifda ; “Kimki dunyoni xohlasa ,ilm olsin, kimki ohiratni xohlasa ,ilm olsin “- deyiladi.Aslida ,hadislar o’z mohiyatiga ko’ra Qur’ondan keyoigi ikkinchi muqqaddas manba ,eng mo’tabar va bebaho hikmatlar majmuasidir .Shuningdek,hadislar ko’p hollada Qur’onning turli oyatlarini tushitirib,ularni to’ldirib ham beradi.

II.2. Mustahkam oila jamiyat asosi.
Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi.
Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi. Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:
Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;
Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari;
Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proqyozma pandnomalarda; Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si, «To‘ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlarni ijodiy faoliyatida oila muammosi asosi o‘rin egallagan. Buning sababi bo‘lajak Oila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy qadriyatlardir. Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini to‘g‘ri uyushtirish, ularni vaktdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniksa ota-onalarning oilada mexnatsevarligi bilan farzandlarini xam kasb va xunarga o‘rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino tarbiyaviyqarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga xar tomonlama yurish-turishda, nutk odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.
YUsuf Xos Xojib «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. U kishilarni uylanib, oilaqurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng zaruriy vazifalarini birma bir bayon etadi. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. SHu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda muhimdir. Jamiyatda farzandlari hulqatvorigaqarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni ogohlantiradi. Mirzo Ulug‘bekning qarashlarida bolaning bilim olishiga bo‘lganqiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. SHunday ekan, avvalambor bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkilqilish darkor.
Unsurulmaoniy Kaykovus «Qobusnoma» pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ishqilsang, farzanding ham sening haqingda shundoqishqilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o‘xshaydir» deb yoshlarni ota-onasini hurmatqilishga e’zozlashga, mexr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona o‘z farzandi uchun hatto o‘limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mexr-muxabbatini ado etmakdin bosh tortmaydi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikoxdan oldin uylanmoqchi bo‘lganqizini ko‘rmog‘i, uylanadiganqizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, komatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada, husnda va jamolda, hulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo‘lgan hulq-odobqoidalarini singdirishga, yurish-turishga, eyish-ichish, o‘zqilmishi uchun ma’suliyatni sezish, shirinsuxand bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloqqoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim». Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi haqida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. CHunonchi ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma’rifatli zotlar ham farzardlarining tarbiyasiga e’tiborsizlik bilanqarab, donishmandning bolasi joxil bo‘libqolayotganligidan afsuslanadi. Buning uchun oila muxitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro xurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytidanoqtarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-onasidir.
Ma’rifatparvar Munavvarqorining «Oila a’zolari» nomli darslikininig bo‘limlarida ota-onani xurmatlash, aka-ukaqarindosh urug‘ini e’zozlash kabi g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi.
Kishining bor ersa ota-onasi
G‘animatdir unga olarning rizosi
Xudoniqoshidaqabul ekandir
Ota va onaning bolaga duosi
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. CHunki o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning halqilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘langandir. Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo‘lib, unda oilaviy xayotni isloxotidan baxs yuritilgan va adib najot yo‘llarini axtarib halqlarning umuminsoniyqardoshlik g‘oyasini targ‘ib etgan. Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari deb, «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo‘ladi.
Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning engqimmatli boyligi bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, xatto, xalokatga aylanishini uqtirgan. SHuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir katorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat bergan. Oilada to‘g‘ri yo‘lgaqo‘yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu xolda maktabning ta’lim-tarbiya ishini judaqiyinlashtiribqo‘yadi. Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o‘zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hechqanday rasmiyatchilikning yo‘qligi bilan ajralib turishi lozim. Oila odamzod o‘zining dastlabki ijtimoiy yo‘lini bosib o‘tadigan eng muhim soxadir. Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ma’lum ma’noda izzat hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo‘ladi.
Oilada bolalarning o‘zga bir oilada yotibqolishiga hech bir xolda sira yo‘lqo‘ymasligi kerak, bola yotibqoladigan joy anik tanish va ishonchli bo‘lgan taqdirdagina istisno bo‘lishi mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik xamkorligi yosh avlodni muvaffakiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir ota-ona e’tiboriga oladigan aloxida axamiyat berish kerak bo‘lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish, unga o‘ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaxolanki bola ham ish o‘rganadi, ham jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishga harakatqiladi. Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabati, oila a’zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi.
Oila boshlig‘i ota – ona bola tarbiyasi haqida etarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bulishi kerak. Agar ularda etarlicha bilim ko‘nikma va malaka bo‘lmasa u oila a’zosiga ya’ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o‘ziga hos bo‘lmasdan balki qo‘ni-qushni va mahallalardagi tarbiyaga ham salbiy ta’sirqiladi.
Komеnskiy o`zining pеdagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg`un bo`lishi to`g`risidagi tushunchani ilgari suradi. «Buyuk didaktika»da o`qitish tabiiylikka bo`ysunishi, o`qitish tabiat talabiga bo`ysunishi kеrak, dеydi. Bolaning aqliy va jismoniy o`sish jarayoni tabiatdagi o`sish jarayoniga o`xshagan bo`ladi. Masalan, bog`bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o`sish xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o`qituvchi tarbiyalash qonuniyatiga bo`ysinadi. O`qitish jarayoni tabiatga o`xshab sеkinlik bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir bo`lagi dеb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat qonunlari uning o`sishiga ta'sir etadi dеyishi o`z davrida ilg`or sanaladi. Lеkin kishi ijtimoiy borliq bo`lib, ijtimoiy qonun ta'sirida o`sadi.
Komеnskiy, tarbiyachi boladagi istе'dodni o`stirishi kеrak. Agar bola pеdagogik ta'sirsiz yashasa, bu istе'dod tasodifan o`sadi. Kishi dunyoga kеlganda kishiga xos istе'dodga ega bo`ladi. Xuddi olmadagi urug`ga o`xshab ba'zida ko`proq, ba'zida kamroq bo`ladi.
Komеnskiy tarbiyaning tabiatga uyg`unlik masalasida hamma narsaning asosi 4 ta dеydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga kеlgan, ya'ni; еr, suv, havo, yorug`lik. Dunyoning rivojlanishi ham 4 qismga bo`linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning rivojlanishi ham 4 davrga bo`linadi; go`daklik, bolalik, o`smirlik, еtuklik. Shuningdеk ta'lim jarayoni ham 4 ga bo`linadi; maktabgacha tarbiya, boshlang`ich ta'lim, o`rta ta'lim, oliy ta'lim.
Umumta'lim g`oyasi. Komеnskiy yashagan davrda hammani o`qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o`qishi kеrak, dеgan g`oya mavjud edi. Komеnskiy esa o`qishga hammaning tortilishini, hamma o`z ona tilida umum boshlang`ich ta'lim olishi kеrakligini uqtiradi. Umumta'lim to`g`risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O`sha davrda xotin-qizlar uchun o`qish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi. Komеnskiyning pеdagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni o`quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo`lsa ham, baribir kishi o`z aksini ko`rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko`rsatadi. O`qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya'ni bilimni bola ongiga еtkazish, ani aqliy tomondan o`stirishdir, dеgan edi.
Komеnskiy o`z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko`rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:


  1. Download 146 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish