I oilada shaxs ma’naviyatini shakllantirish usullari


II. BOB. Oilada bolani ma’rifatli qilib tarbiyalashda oilanin



Download 146 Kb.
bet5/8
Sana20.04.2022
Hajmi146 Kb.
#565659
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KKKKKK

II. BOB. Oilada bolani ma’rifatli qilib tarbiyalashda oilanin
vazifalari.
II.1. Ma’rifat tushunchasi va uning mohiyati.
Jamiyat taraqqiyotini ma’rifatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. «Ma’rifat» arab tilidan olingan bo‘lib, «bilish», «bilim», «tanish» kabi ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z qadim zamonlardan tortib, to XX asr boshlarigacha asosan bilim va ilm, uni egallash borasida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ma’nosida qo‘llab kelingan. Evropa adabiyotida bu tushuncha XVII asr oxiri- XVIII asr boshidan beri qo‘llanila boshladi. Bu tushunchani G‘arb falsafiy faniga birnchi bo‘lib Vol’ter va Gerder kabi ma’rifatparvar olimlar olib kirgan. Nemis mumtoz falsafasining asoschilaridan biri Kant mazkur tushunchaning mazmun va mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. U o‘zining «Ma’rifat nima? degan savolga javob» nomli maqolasida bayon qilishicha, ma’rifat inson shaxsini tarbiyalash, uning aqli, axloqi imkoniyatlaridan jamiyatning ilgarilama, ya’ni yuksaklik tomon taraqqiyoti manfaatlari yo‘lida foydalanishdir.
Ma’naviyat va ma’rifat. XX asr boshlarida taniqli rus sharqshunosi Oldenburg Evropaning ma’naviyat sohasida shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlari o‘tmishda SHarq ma’naviyati ko‘tarilgan kamolot cho‘qqilariga nisbatan go‘dak bolaning "chug‘ur-chug‘uri" darajasidadir, degan edi. Nega endi? Mening nazarimda, bu xulosa SHarqda ko‘p asrlik ma’naviy takomil jarayonida ongli ravishda ishlab chiqilgan mukammal ma’rifat yo‘llari, ma’naviy tarbiya vosita va usullaridan hayrat zaminida shakllangan bo‘lishi kerak. Ma’rifat – bilim va ilm, uni egallash ma’nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir. Ma’rifatni kishilar ongiga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Maorif ma’rifatni xalq orasida yoyish quroli va vositasidir. U o‘z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kabi o‘quv yurtlarini qamrab oladi. Ma’rifatni talaba yoshlar o‘rtasida yoyishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari ham muhim o‘rin tutadi.
Ma’rifat qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf qiladi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat ato etadi. Bizning o‘lkamiz xalqlari azal-azaldan ma’rifatga intilib yashagan. SHuning uchun ham bu o‘lkadan umuminsoniyat ilm rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mutafakkirlar, ilmu ulamolar etishib chiqqan. Ular Farg‘oniy, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Buxoriy, Termiziy, Marg‘iloniy, Motrudiy, Zamaxshariy va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallabgina qolmay, uni – ya’ni ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, o‘rgatganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar. Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma’rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar.
Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy inson ma’naviy yuksalishida bilim va ilmning ahamiyati ustida to‘xtab shunday yozgan edi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur»2.
Ingiliz faylasufi F.Bekon ta’kidlashicha «Bilim kuch, kuch esa bilimdadir», Rudakiy esa «Bilim – barcha kulfatlarga qalqon» deb bilimning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini izohlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Kuch – bilim va tafakkurda»degan konseptual g‘oyani ilgari surib, bilimning inson ma’naviyatini butun qiladigan, har qanday qiyinchiliklarni engib o‘tishda, yovuz va begona g‘oyalarga qarshi kurashda unga madad beradigan kuch ekanligini ta’kidlaydi.
Marifat tushunchasi bilish,bilim,ma’lumot,tanish,tanishish manolarini bildiradi.Umuman,uning lug’aviy manosi bilimdir.Atama sifatida esa u ta’biyat,jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar ,ma’lumotlar majmuasini bildiradi .Ma’rfat degani bilimli ,muayyan sohada ma’lumoti bor ,degani bo’lib,insonparvarlik ma’naviyati zaminidagina o’z mohiyatiga ega bo’ladi.Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiyaga ham ma’rifat deb ham qaraladi.Bu so’z ilm-u urfon ma’nolarida ham ishlatiladi. Ma’rifat –kishilarning ong –bilimini ,madanyatini oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiya ,maorif hamdir.Maorif umumiy va o’rta mahsus ta’lim beruvchi maktab va o’quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi. Ma’rifat tushunchasi kenroq bo’lib ,blim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o’zida uyishtirgan.Lekin ma’naviyat bilan ma’rifat,maorif tushichalarini izoxlaganda,ular o’rtasiga “Xitoy devori” ni qo’yib ham bo’lmaydi,ya’ni ular bir-birini to’ldiruvchi,mukammallashtiruvchi tushichalardir.
Ma’rifat tushunchasi bilan bo’liq ma’rifatchilik Garbda XVIII asrda yaxlit oqm sifatida shakillangan bo’lsa, “ma’rifat “ atamasi mashhur nemis atamasi Immanuel Kantning “Ma’rifat nima ?” nomli maqolasidan (1784-yil) so’ng ilm –fanlar uzul-kesil qaror topgandir.G’arbning tarixiy va falsafiy fanida “ma’rifat” deganda inson aql-idroki,kuch va bilimlari tantanasiga cheksiz ishonch anglashilgan. O’rta asr musulmon olami olimlari nuqtayi nazariga ko’ra,kishining odobi ,hulqi unng ma’rifati,bilimdonligi bilan chambarchas bog’yiq bo’lib ,inson qanchalik ma’rifatli bo’lsa ,uning hulqi shunchalik yaxshi va mukammal hisoblangan.Ma’salan,Rohib Isfaxoniyning fikicha,ilim,amal ,adab yuksak mnvonga ,oliy janob nasabga va boylikka tengdir. Madaniyat tushinchasi ham ma’rifat bilan chambarchas bog’liq bo’lib ,u keng va tor ma’noda ishlatiladi .

Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish