6-Variant
I.Nazariy savollar.
Nominativ gap va ularning turlari
Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki
voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida
mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap nominativ, yoki atov gap
deyiladi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali
ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang
tufayli oddiy so‘z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda
qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa bir gap keladi.
Nominativ gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda mavjud bo‘lgan predmet
yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi
semantik xususiyatga ega:1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida
katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda
shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari.
(J.Abdullaxonov).
2. Mavhum predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning
hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar...
yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘ dek tovlanib turgan
oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p
latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo‘yida gulsapsar,
namozshomgul, rayhon, uch-to‘rt tup atirgul, yarim bo‘yracha joyda
elpillab o‘sgan o‘sma. (Oybek).
4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... CHo‘lning ham o‘z
gashti bor, zavqi bor! (SH. Xolmirzaev). Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida
o‘sha novcha daraxtlar! (SH. Xolmirzaev).
5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon
bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi
ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Xirot bog‘lariga suv beradigan
Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘ oqlariga za’faron yaproqlar
to‘kilgan. (P.Qodirov).
6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar.
Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov).
7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari
to‘kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (SH. Xolmirzaev). Ana,
akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz
ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzaev).
Nominativ gap yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq nominativ gap
bosh bo‘lakning o‘zidan iborat bo‘lsa, yoyiq nominativ gap bosh
bo‘lakdan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Masalan:
Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda.
(Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan
qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov).
F. Musajonning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag’ishlangan hikoyalarida ilgari surilgan g’oyalar
So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida
ma’lumot olish ko‘zda tutiladigan gap so‘roq gap deyiladi.
So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutqda qo‘llanadi. Bunday gaplar alohida
ohang bilan aytiladi.
So‘roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:
1. So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan
qo‘rqqaningmi bu, Robiya? (P.Q.). Ammo Naziraning o‘rniga o‘zimni
qo‘yib ko‘rsam-chi? (O‘.Usmonov).
2. So‘roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va
boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo‘ydingiz?
(F.Musajonov). Nega o‘rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa
tartibsizlik? (O‘.Usmonov).
3. So‘roq ohangi. Bunda savol mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zda
ohang (ohang) ko‘tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? – deb so‘radi.
(O‘.Usmonov). Juda kamnamolar, Akmalxon? (F.Musajonov).
So‘roq gaplar so‘roqning xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sof so‘roq
gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq buyruq gaplar.
Sof so‘roq gaplar tinglovchidan so‘roqqa javobni talab qiladi. Masalan:
Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xo‘jalik
bo‘limi shumi? (F.Musajonov)Ritorik so‘roq gaplarda so‘roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi.
Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko‘radigan kishining
yuziga oyoq bosishdan og‘ir jinoyat bormi? (A.Muhiddin).
So‘roq-buyruq gaplar so‘roq orqali buyruq jilvasini o‘z ichiga oladi.
Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o‘zi
qaerdaligini aytib berolmaysizmi? (O‘.Usmonov)
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan:
Ertalabki poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi.
(O‘.Hoshimov).
Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi
quyidagicha:
a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan
edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim.
(F.Musajonov).
b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun
qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay
qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov).
v) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat
qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan?
(F.Musajonov).
2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi
Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray.
(F.Musajonov).
3. Shart maylidagi fe’l bilan:
Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz,
tushunishadi. (J.Abdullaxonov).
Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham
ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga
yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz.
(P.Qodirov).
Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda ko‘p
qo‘llanadi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni
bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi
noaniq gap deyiladi.
Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz
aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni
qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘y-hashamlarda,
gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher
Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
b) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong‘oqni suv ombori deyishadi.
(J.Abdullaxonov). Mehr ko‘zda deb bekor aytmaydilar. (F.Musajonov).
v) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar.
(P.Qodirov).
2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirqsinlar.
(A.Qahhor).
3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini
ko‘rsatarmikin deb ko‘zim to‘rt bo‘lib qarayman. Hechki ko‘rsatishmasa!
O‘chiringlar-e, ovozi qulog‘imni teshib yubordi. (P.Qodirov).
Tayanch tushunchalarni izohlang: kiritma qurilma, ot tipidagi kirish bo’laklar, undalma- kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana
shunday xususiyatga ega. So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z
yoki so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga
tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.
Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi.
U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu
jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan
grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh ohangsi,
pauza (to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz
o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan
qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz
o‘rganib, dono bo‘lur»). YUrak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo‘r
etding. (U.Nosir).
Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim
o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan
maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»).
Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar
kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim
ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima
bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni
ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov).
Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu
kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam
qo‘ydim. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). O‘ynashma, puchuq, tek tur,
hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.YOqubov). -Hoy, biron gap topib
keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq
Zargarov (A.Muxtor).
Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning
boshqa bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola,
rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu
kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning
yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘ bon o‘tgan, o‘g‘lim.
(J.Abdullaxonov).
Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi
qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib
qoldik-ku. (P.Qodirov)., doston, dramatik tur - Avval aytganimizdеk, dramaning tasvir prеdmеti — harakat, u
obyеktning plastik obrazini yaratadi, dramada subyеkt — ijodkor
shaxsi ham obyеktga singdirib yuboriladi. Agar bular dramaning turga
xos bеlgilovchi xususiyati bo`lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik
o`ziga xosligini bеlgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun
yaratilishidir. Ya'ni, sahnaga mo`ljallab yozilgan asar ijroni ham ko`zda
tutishi zarur bo`ladi. Shunga ko`ra, dramadagi harakat — sujеt
voqеalari makon va zamonda chеklangan bo`ladi. Ijro vaqtiga sig`ish
uchun asarning kеskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi
sujеtga qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil sujеtning rivojlanish
vaqti ham chеgaralangan, shu sababli ham sujеt voqеalari sabab-natija
munosabatlari asosida konsеnratsiyalanadi. Voqеalar orasidagi sabab-
natija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da
yaqin bo`lishini taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish
jarayonidayoq uning sujеt voqеalari ijro vaqtiga sig`ishi masalasida
qayg`urishi darkordir. Shunga ko`ra, dramatik asarda sujеt
voqеalarining kеskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi
zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asardagi sujеt voqеalari
yuz bеradigan makon ham chеklangan, voqеalar sahnada shartli qayta
yaratish mumkin bo`lgan (ya'ni, sahna ustalari, rassom tomonidan
o`sha joy illuziyasini hosil qila oladigan dеkoratsiyalarning ishlanishi
mumkin bo`lgan) makonda kеchadi. Boz ustiga, harakat makoniy
o`zgarishlar jihatidan ham chеklangan, ya'ni dramatik asar voqеalari
ko`pi bilan to`rt-bеsh joydagina kеchishi mumkin. Masalan,
K.Yashinning "Nurxon" dramasidagi voqеalar asosan ikki joyda:
hojining hovlisi va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kеchadi;
Cho`lponning "Yorqinoy" dramasidagi voqеalar esa bеsh joyda: O`lmas
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
207
207
botirning qo`rg`on boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy bеgining
boqchasi, shu bеkning haram uylaridan biri, Po`latning qarorgohi va
xon saroyida kеchadi. Odatda bir parda davomida sodir bo`luvchi
voqеalarning bitta joyda kеchishi, sujеt voqеalari ayni shu joylar bilan
bog`liq holdagina rivojlanishini e'tiborga olsak, bu narsa dramatik
asarning sujеt qurilishini bеlgilaydigan asosiy omil bo`lib qolishi
anglashiladi.
Dramaturg asarda jonlantirmoqchi bo`lgan hayot matеrialining
barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud
emas. Shunga ko`ra, dramatik asar avvalboshdanoq "shartlilik" kasb
etadi. Ya'ni, muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim
ishoralar orqali tomoshabin (o`quvchi) tasavvurida ko`p narsalarni
uyg`otishi, bеvosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo`lmagan
voqеalarni shartli ravishda to`ldirishi zarur bo`ladi. Masalan, avtor
rеmarkalarida "sahna ortida otlar dupuri, qilichlar jarangi", "sahna
ortidan kеskin to`xtagan mashina ovozi eshitiladi" qabilidagi ishoralar
bеriladi, ularning yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli
(ya'ni, o`quvchi tasavvuridagina) jonlantirish mumkin bo`ladi. Shunga
o`xshash, sujеtga kiritishning imkoni bo`lmagan voqеani pеrsonajlar
tilidan muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag`in bir
ko`rinishidir. O`z navbatida bu shartlilik pеrsonaj nutqiga ham ta'sir
qiladi: dеylik, pеrsonajlarning har ikkisi ham biron bir voqеa yoki
holatdan xabardor, shunga qaramay, ularning "suhbati" o`quvchida
(tomoshabinda) o`sha voqеa yoki holat haqida tasavvur hosil qilishi
zarur, bu asar mazmunining o`quvchi tomonidan anglanishi uchun
zarur. Shu zarurat suhbatni tabiiylikdan chiqaradi, uning muayyan
darajada shartlilik (ma'lum darajada sergaplilik) kasb etishiga olib
kеladi. Gap shundaki, kundalik muloqotda biz «tеjash» prinsipiga amal
qilamiz, sahna esa bu prinsipni inkor qiladi, natijada sahna dialoglari
shartlilik, «sahnaboplik» xususiyatlarini kasb etadi. Umuman,
tafsilotlarni ko`proq shu yo`sin (pеrsonajlar tilidan) bеrish majburiyati
dramatik asar pеrsonajlari nutqining biroz "sun'iy" bo`lishiga olib
kеladi. Asosiy nutq shakli bo`lmish dialogik nutq bilan bir qatorda,
dramatik asarda monologik nutq ham qo`llanadi
II.Amaliy topshiriq
Berilgan gap bir bosh bo’lakli gaplarning qaysi turiga kirishini aniqlang va sintaktik tahlil qiling. Ma’lum bo’lishicha, Matkarimovni hozircha qo’yib yuborishibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |