1 .5 - rasm. Inqirozlarning turkumlanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali tashkil etilishi inqirozlarning sabablari, tavsifi va oqibatlariga bog‘liqdir. Inqiroz sabab natijasida shakllanadi. So‘ng uning xarakteri (tavsifi) ya’ni turi vujudga keladi hamda sabab va tavsif o‘zaro inqirozning oqibatini tashkil etadi.
Rasmda inqirozning sabablari umumiy tartibda berilgan, ular: obyektiv, subyektiv; ichki, tashqi; tasodifiy, qonuniy; notabiiy va tabiiy kabilardir. Natijada inqirozlar xarakteriga qarab: engil, og‘ir; qisqa muddatli, uzoq mudatli; mahalliy, umumiy; yashirin, ochiq bo‘lishi mumkin. Inqiroz oqibatini esa og‘ir yoki engil bo‘lishi undan oldingi ikki omilga bog‘liq. Muallif inqirozni shu tariqa tushuntirib, inqiroz namoyon bo‘lishining har qanday shakli uning oqibatini engil yoki og‘ir bo‘lishiga ishora qilgan. Darhaqiqat, inqirozni o‘rganishning maqsadi ham u bilan kurashishni engillashtirish maqsadida amalga oshiriladi. CHizmada inqirozning turlari ham keltirilgan bo‘lib ular bilvosita sabab, tavsif va oqibat natijasida namoyon bo‘lishi aytilgan. Dastlab inqirozning tabiiy, jamoaviy va ekologik turlari ko‘rsatilgan. Jamoaviy iqirozlarga ijtimoiy tus berib uni: tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va texnologik guruhchalarga bo‘lingan. Rasmda inqirozga makro va (yoki) mikro darajada emas, balki umumiy tomondan yondoshilgan.
1.3.Iqtisodiy va moliyaviy inqiroz sabablari
Iqtisodiy inqiroz - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real YAMMning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin.
Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) – iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketma-ket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy inqiroz deganda, mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy inqiroz ma’lum bir moliyaviy instrumentning qiymati kutilmaganda keskin pasayishi, shuningdek, pulning etishmasligi holatini ifodalashda qo‘llaniladigan tushunchadir. Bundan tashqari, mazkur tushuncha moliya bozorida, xususan, fond bozorida moliyaviy aktivlar bahosining noxolis shakllanishi natijasida yuzaga kelgan “sovun ko‘piklari”ning “yorilishi” holatini ifodalashda ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |