I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Download 1,84 Mb.
bet9/97
Sana15.06.2023
Hajmi1,84 Mb.
#951780
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
UMK

Siyosiy inqirozlar – makro darajada vujudga keladi va davlat siyosatini sustlashuvi bilan bog‘liq tarzda boradi. Siyosiy inqirozlar katta-kichik urushlar, millatni qirib tashlanishi, xukmron partiyalarning parchalanishi va davlat tuzumining ag‘darilishi natijasida paydo bo‘ladi. Siyosiy inqiroz natijasida subyekt yo‘qolib ketmasligi mumkin, lekin uni xukmronligi sustlashadi va boshqaruv doirasi torayadi. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • urushlar;

    • genotsid – butun bir millatni qirib yuborish;

    • partiyalarning parchalanishi;

    • davlat tuzumining ag‘darilishi.

Ijtimoiy inqirozlar – ko‘proq aholi, millat va xalqlarning dunyoviy va diniy qarashlari bilan bog‘liq ravishda kechadi. Ijtimoiy inqirozlar natijasida ma’lum dinlardan odamlar yuz o‘giradi va boshqasiga o‘tadi, millatlar o‘z urf-odatlarini unutadilar, tillarini o‘lik tilga aylanishiga sababchi bo‘ladilar, aholining populyasiyasida – qarishning ko‘payishi, tug‘ilishning kamayishi va unga nisbatan o‘lim darajasini ko‘tarilishi kabi muammolar vujudga keladi. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • diniy inqirozlar;

    • milliy inqirozlar;

    • aholining populyasion inqirozlari, qarish darajasini ko‘tarilishi;

Tabiiy inqirozlar – bu insonni hohish irodasidan tashqarida shakllanadi va paydo bo‘ladi. Faqatgina ba’zi tabiiy inqirozlarni paydo bo‘lishiga inson sababchi bo‘lishi mumkin, lekin ularni to‘xtata olmaydi va boshqara olmaydi. Tabiiy inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • tabiiy boyliklarning yo‘qolib ketishi;

    • turli tabiiy ofatlar;

    • iqlim o‘zgarishi va boshqalar.

Iqtisodiy inqirozlar. Olimlar A.V.Vohobov, N.H.Jumaev va E.A.Hoshimovlar tomonidan iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar haqida fikrlar bildirilgan. Ularning fikricha, iqtisodiy inqiroz retsessiyaga tenglashtirilgan.
Inqirozlarni miqyosi jihatidan ikki turini ajratib ko‘rsatish mumkin: makro va mikro darajadagi inqirozlar.
Makrodarajadagi inqirozlar moliya va iqtisod sohasidagi qarorlar real iqtisodiy qonuniyatlardan farqli ravishda qabul qilinganda muammolar ko‘zga ko‘rinmagan holda to‘planib borib katta “BUM” bilan boshlanadi. Bunga dunyodagi eng yirik inqirozlarni o‘rganib guvohi bo‘lish mumkin.
Bugungi kunda, dastlabki inqirozlar qaysi davlatlarda sodir bo‘lganligi va uni bartaraf etish mexanizmlarini izohlash bo‘yicha olimlar o‘rtasida ixtiloflar mavjud.
Ba’zi iqtisodchilar1 inqirozni bundan 2200 yil avval Qadimiy Rimda bo‘lgan deb ta’kidlasalar, boshqalari AQSHda 19-asrda dastlabki inqirozlar paydo bo‘lgan deb tushuntiradilar. Lekin bir narsani tan olib aytish kerakki, agar tarixiy chuqurlashib borilsa, Odam Ato va Momo Havolarning jannatdan quvilishini eng dastlabki insoniyatning inqirozi deb atash mumkin. Ammo masalani bunday tushunish ishni chigallashtiradi xolos.
Shu sababdan, inqirozlarning tarixini o‘rganishda AQSHda 1857 yilda bo‘lib o‘tgan inqirozdan boshlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu qarashni “Finansoviy direktor” jurnalidan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlagan.
Demak, eng birinchi inqiroz 1857 yil kuzda AQSHda fond bozoridagi kotirovkalarning pasayishi natijasida vujudga kelgan. Inqiroz shu yilning o‘zida Angliyani va keyingi yili esa Germaniyagacha bo‘lgan hududni qamrab olgan. Bu inqirozning sababi ham bank tizimini asosiga shakllangan. Qisqa muddat ichida 200 ga yaqin banklar 6 oyga yopilgan. 1857 yilning 13 oktyabr kuni banklar ertalabdan tushgacha bo‘lgan davrda ishlagan va tushdan keyin o‘zlarini bankrot deb e’lon qilganlar. Shuningdek inqirozdan engil sanoat korxonalari va mashinasozlik sanoati korxonalari eng katta zarar ko‘rgan.
1858 yillar oxiriga borib AQSH iqtisodiyoti inqirozdan qutulib o‘sa boshlagan. Angliya banklari esa dastlab inqirozdan qutulish uchun qayta moliyalash stavkasini 2 baravarga oshirishga harakat qilganlar, bu ijobiy natija bermagach qo‘shimcha banknotalarni emissiya qila boshlaganlar va bu 1858 yilning kuziga borib inqirozdan qutulish uchun imkon yaratgan.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish