Bankrotlik alomatlari - Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuning sharhidan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik va bnkrotlik alomatlari korxona to‘lovga qodirlik darajasi bilangina emas, o‘z qarzdorligining muddati bilan aniqlanmoqda. Iqtisodiy nochorlik va moliyaviy nobarqarorlik tushunchalari esa bankrotlikdan tushunchasidan farqli ravishda korxona faoliyati tahlil(monitoring) qilinayotganda qo‘llaniladi. Unda hisob-kitob qilinayotgan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochorlik aniqlanadi. Masalan to‘lovga qodirlik darajasi normal bo‘lishi uchun 1.25 dan katta bo‘lishi kerak bo‘lsa, lekin natija 1.1 koeffitsientni tashkil qilsa, demak korxona aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha iqtisodiy nochor deb yuritiladi va bu holat ham korxonanin ito‘liq iqtisodiy nochor deyilishiga sabab bo‘lmaydi. Bunday xulosaga kelish uchun korxona boshqa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha normal shartdan past natijani ko‘rsatishi kerak. Agar ma’lum ko‘rsatkichlar pastroq qolganlari normal shartdan balandroq natijani bersa, u holda korxonani tarmoq xususiyati, shartlari va o‘ganilayotgan holatning premeti va obyektiga qarab, bundan tashqari koeffitsientni ko‘rsatkichlar tizimida tutgan o‘rniga qarab nochor yoki barqaror degan xulosa berish mumkin.
Iqtisodiy inqiroz tushunchasi esa yuqoridagi barcha tushunchalardan farq qilib faqatgina korxonagan iqtisodiy jihatdan tahdid mavjudligini ko‘rsatib berish bilan kifoyalanadi. Chunki, iqtisodiy inqiroz degani bankrot degani emas, faqatgina shuni ehtimolini mavjudligidan dalolat beradi xolos. Iqtisodiy nochorlik ko‘rsatkichlarni normal shartni qanoatlantirishga qarab topilsa, aynan ishu tahlilni xulosasi iqtisodiy inqiroz tahdidi mavjudiligini ko‘rsatib beradi.
Yuqoridagi tushunchalarni izohidan shuni aniqlash mumkinki, bankrotlik “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuninng 4-moddasi asosida aniqlansa, iqtisodiy nochorlik biznes diagnostikasi yordamida aniqlanadi va har qanday nochor korxona ham bankrot bo‘lavermaydi. Iqtisodiy inqiroz esa tahdid hisoblanib diagnostikaning xulosasi asosida belgilanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bankrotlik holatidan chiqish va to‘lov qobiliyatini tiklash uchun juda ko‘p chora-tadbirlardan foydalanadilar. Yuqorida inqirozdan chiqishni davlat tomonidan amalga oshirilish mukin bo‘lgan chora-tadbirlarini huquqiy xujjatlari bilan tanishib chiqildi, unda faqatgina xujjatlar strukturasi ko‘rildi, endi inqirozga qarshi boshqaruvni davlat tomonidan amlga oshirilishini, ya’ni “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonun asosidagi taomillarda ko‘rib chiqiladi. Unga asosan bankrotlik taomillari kuzatuv taomilidan to tugatishga doir ish yuritish taomiligacha korxonani holatidan kelib chiqib qo‘llanilaveradi. Uni quyidagi rasmda aks ettirish mumkin(7.1-rasm).
7.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bankrotlik taomillarini umumiy turkumlaydigan bo‘lsak, sanatsiyalash ikkiga bo‘linganini ko‘rish mumkin:
Sud sanatsiyasi;
Sudgacha sanatsiya.
Qonunning 3-moddasida keltirilishicha: sudgacha sanatsiya qilish – bu qarzdor yuridik shaxsning muassislari yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash, hamda bankrotligining oldini olish maqsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar majmuasidir.